Glossariy Algebra


Download 65.18 Kb.
bet1/7
Sana23.05.2022
Hajmi65.18 Kb.
#693157
  1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
glossary
ch02 we2, Презентация (4), Презентация (1), Презентация (1), 1A-Metrologiya, Araliq qadag\'alawlar, Qoraqolpoq Davlat Universiteti Marketing, Qoraqolpoq Davlat Universiteti Marketing, 7 мавзу маркетинг, glossariy 1, 1-мавзу глоссарий, Module 2a (1), 1-мавзу топшириқлар (1), 1-мавзу маъруза

Glossariy
Algebra- matematik fan bo’lib,undagruppa,halqa,maydon vashukabi ob’ektlar o’rganiladi. Qisqaroq ma’noda algebra tenglamalar yechish haqidagi ta’limot deb qaraladi. Ancha keng ma’noda esa ixtiyoriy tabiatli to’plamning elementlari ustida sonlarni qo’shish va ko’paytirish kabi odatdagi amallarni umumlashtiruvchi amallarni o’rganuvchi fan tushuniladi.
Absolyut-2-tartibli egri chiziq bo’lib,unga nisbatan proektiv tekislikda (kesma va burchaklarning) proyektiv metrikasi.
Absissa- nuqtaning (dekart yoki affin) koordinatalaridan birinchisi, odatda latin alfavitining x harfi bilan belgilanadi.
Algebraik funksiya- shunday y=f(x) funksiyaki, bu funksiya uchun F(y,x) ko’phad mavjud bo’lib, y=f(x) bo’lganda F(y,x)=0 ayniyat qanoatlanadi.
Algebra- matematik fan bo’lib ubda gruppa, xalqa, maydon struktura va shu kabi ob’ektlar o’rganiladi.
Matematik analiz- funksiya va limitga o’tish tushunchalariga asoslangan bir qator matematik fanlarning umumiy nomi. M.a.ga odatda differensial va integral hisoblari, qatorlar nazariyasi, differensial tenglamalar nazariyasi, analitik funksiyalar nazariyasi, variasion hisob, funksional analiz kiritiladi.
Analitik geometriya- matematikaning bo’limi bo’lib, unda geometric obrazlar koordinatalar usuliga asoslanib algebra vositalari bilan tekshiriladi.
Analitik funksiya- kompleks o’zgaruvchili funksiyalar nazariyasining asosiy tushunchasi.
Applikata- fazodagi nuataning dekart koordinatalardan biri bo’lib, abscissa va ordinatadan keyin keladigan uchinchi koordinatadir, odatda z harfi bilan belgilanadi.
Arkfunksiya- (arkus) trigonometric funksiyalarga teskari bo’lgan funksiya.
Affiks- z=а+bi kompleks sonning affiksi bu sonni geometric tasvirlaganda shu a+bi songa mos bo’lgan nuqta, ya’ni Dekart koordinatalari (a,b) bo’lgan nuqta.
Aksioma – biror matematik nazariya yaratishda boshlang’ich fakt deb qaraladigan va isbotsiz qabul qilinadigan jumla. Matematik nazariyani asoslashning mantiqiy poydevori hisoblangan aksiomalar sistemasi hamma vaqt ham tugallangan va takomillashgan bo’lmaydi, balki aksiomalarning o’zi kabi o’zgarib va takomillashib turadi.
Abel gruppasi – kommutativlik (o’rin almashtirish) qonuniga, ya’ni ab=ba qonunga bo’ysinuvchi gruppa. Masalan, n- darajali kompleks ildizlari gruppasi ko’paytirishamaliga nisbatan Abel gruppasidir. Abel gruppasi norvegiyalik matematik Abel nomibilan atalgan.

Download 65.18 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2022
ma'muriyatiga murojaat qiling