Glossariy jamiyat – insonlardan tashkil topgan ijtimoiy tuzum. Fuqarolik jamiyati


Download 35 Kb.
Sana22.05.2022
Hajmi35 Kb.
#686851
Bog'liq
1-мавзу глоссарий
ch02 we2, Презентация (4), Презентация (1), Презентация (1), 1A-Metrologiya, Araliq qadag\'alawlar, Qoraqolpoq Davlat Universiteti Marketing, Qoraqolpoq Davlat Universiteti Marketing, 7 мавзу маркетинг, glossariy 1, Module 2a (1), glossary, 1-мавзу топшириқлар (1), 1-мавзу маъруза

GLOSSARIY
JAMIYAT – insonlardan tashkil topgan ijtimoiy tuzum.
FUQAROLIK JAMIYATI – qonun ustu­vorligi va inson huquqlari qaror topadigan, ko’ppartiyaviylik, siyosiy mafkura va fikrlar xilma-xilligi ta’minlanadigan, o’zini o’zi boshqarish organlarining mavqei baland bo’lgan ijtimoiy tizim.
FUQAROLIK JAMIYATI INSTITUTLARI – fuqarolarning davlat va jamiyat boshqaruvida ishtirok etishiga xizmat qiladigan nodavlat, notijorat tashkilotlari, jamiyat birlashmalari, oila, mahalla, ijtimoiy harakatlar va boshqa tuzilmalar majmui.
QONUN USTUVORLIGI – jamiyat va davlat hayotining barcha jabhalarida qonun hujjatlariga so’zsiz rioya etilishi.
HARAKAT STRATEGIYASI – davlatning ma’lum muddatga yoki uzoq yillarga mo’ljallangan rivojlanish dasturi.
KUCHLI DAVLATDANKUCHLI JAMIYAT SARI – ushbu konsepsiyaning mohiyati odamlarning siyosiy ongi, siyosiy madaniyati va faolligi yuksalib borgani sari davlat vazifalarining nodavlat tuzilmalari va fuqarolarning o’zini o’zi boshqarish organlariga bosqichma-bosqich o’tishi, mahallalar nufuzi va mavqeining oshishi.
KUCHLI FUQAROLIK JAMIYATI – inson manfaatlari ustuvorligi va fuqarolik jamiyati institutlari orqali ularning davlat hamda jamiyat boshqaruvida faol ishtirok etishi ta’minlangan, qonun ustuvor bo’lgan jamiyat.
MODERNIZATSIYALASH – (fran. Modernizer – zamonaviy) zamona-viylashtirish, hozirgi davr talablari, tarzi va didiga mutanosib ravishda o’zgarishlarni amalga oshirish.
BOZOR IQTISODIYOTItovar ishlab chiqarish, ayirboshlash va pul muomalasi qonun-qoidalari asosida tashkil etiladigan hamda boshqariladigan iqtisodiy tizim.
DEMOKRATIK INSTITUTLAR – jamiyat hayotida demokratik tamoyillarni qaror toptirishga xizmat qiladigan tashkilot va tuzilmalar majmuasi, davlat va jamiyatda demokratik tuzumni shakllantiruvchi demokratik tamoyillarni amalga oshirishning tashkiliy shakllari.
JAMOAT BIRLASHMALARI – fuqarolarning qonunda belgi-langan tartibda ro’yxatdan o’tkazilgan birlashmalari. Ularga kasaba uyushmalari, siyosiy partiyalar, olimlar jamiyatlari, faxriylar va yoshlar tashkilotlari, ijodiy uyushmalar va fuqarolarning boshqa birlashmalari kiradi. J.b. – ma’naviy yoki boshqa nomoddiy ehtiyoj-larni qondirish uchun o’z manfaatlarining mushtarakligi asosida qonunda belgilangan tartibda birlashgan fuqarolar ixtiyoriy birlashmasi.
Jamoat birlashmasi qatnashchilari mazkur birlashmaga mulk qilib bergan mol-mulklariga, shu jumladan, a’zolik badallariga bo’lgan huquqlarini saqlab qolmaydilar. Ular a’zo sifatida qatnashayotgan jamoat birlashmasining majburiyatlari bo’yicha javob bermaydilar, mazkur birlashma esa o’z a’zolari majburiyatlari bo’yicha javob bermaydi.
PLYURALIZM - lot. pluralis-turlicha, turli tuman; turli ijtimoiy qatlamlar manfaatlarini ifodalovchi turli tuman ijtimoiy-siyosiy kuchlar mavjud bo’lgan siyosiy tizim.
KO’PPARTIYAVIYLIK–mamlakat parlamentida ko’pchilik o’rinni olish uchun teng imkoniyatga ega bir necha siyosiy partiyalar mavjud bo’lgan siyosiy tizim.
Download 35 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2022
ma'muriyatiga murojaat qiling