Glossary Asosiy jarayonlar


Download 13.11 Kb.
Sana10.04.2022
Hajmi13.11 Kb.
#631508
Bog'liq
Glossary
Hujjat (1), Hujjat (1), фыфд, 4.1 amaliy(1), 4.1 amaliy(1), 4.1, 4.1, Task 2, Task 1, #56, 10-seminar-1, ikkita vektorning skalyar va vektor kopaytmalari va ularning xossalari, ikkita vektorning skalyar va vektor kopaytmalari va ularning xossalari, ikkita vektorning skalyar va vektor kopaytmalari va ularning xossalari, fizika fanining mexanika molekulyar fizika elektr va magnetizm bolimidan laboratoriya ishlaridan uslubij qollanma 1-qism

Glossary

  1. Asosiy jarayonlar — ishlab chiqarishda mehnat predmetlarini sifatiy o‘zgarishlariga olib keladigan jarayonlar (sifatiy o‘zgarishlar mehnat predmetlarining ichki xususiyatlari, tashqi ko‘rinishi, shakli, hajmi va boshqalar).

  2. Differensiyalanmagan marketing — korxona yoki firma barcha iste’molchilarga, bozorga bir xil tovar bilan murojaat qiladi.

  3. Differensiyalangan marketing — aniq segment asosida aniq tovar ishlab chiqarish;

  4. Innovatsiya diffuziyasi — o‘zlashtirilgan innovatsiyani tarqatish va yangi sharoitlarda qo‘llash.

  5. Ishlab chiqarish davri — xomashyoning ishlab chiqarishga uzatilishi va tayyor mahsulot ishlab chiqarishning kalendar vaqtida ifodalangan jarayonlar to‘plami.

  6. Ishlab chiqarish jarayoni — xomashyoning tayyor mahsulotga aylanguncha bo‘lgan barcha jarayonlar.

  7. Ishlab chiqarishni texnologik tayyorlash — bu o‘rnatilgan davlat standartlari (andozalari) va sifatning texnik sharoitlari asosida mahsulot ishlab chiqarishni korxonada ta’minlovchi o‘zaro bog‘langan ilmiy texnik jarayonlar majmuyi.

  8. Konyunktura — bu talab va taklif orasidagi munosabatlar, tovar zaxiralari, baholar harakati va boshqa iqtisodiy ko‘rsatkichlarni o‘z ichiga oluvchi iqtisodiy holat.

  9. Korxona ishlab chiqarish (tuzilmasi) strukturasi — sistema «kirishi»ni, biznes-rejada bajarilishi kerak bo‘lgan tayyor mahsulot parametrlarini, ya’ni «chiqishi»ni qayta ishlashini ta’minlaydigan asosiy yordamchi va xizmat ko‘rsatuvchi bo‘linmalar yig‘indisi.

  10. Raqobatbardoshlik — bu ma’lum bir bozorda o‘xshash obyekt bilan taqqoslanganda unga nisbatan ma’lum bir iste’molni qoniqish darajasini xarakterlovchi obyektiv xossadir. Foydali samara — bu aniq iste’molchi bilan yoki aniq ishni bajarish uchun foydalaniladigan obyekt majmuasi, sifat esa — bu bir necha iste’molchilar guruhi uchun potensial foydali samara.

  11. Sotishning intensiv strategiyasi — maksimal sonli omborlardan va savdo shoxobchalardan foydalanish. Bu strategiya har kuni talab tovarlari va kam mehnat sig‘imli xizmatlar uchun to‘g‘ri keladi. Xususiyatlari: bozorlar bo‘yicha tovarlar rentabelligi har xilligi, tovar markasi imidjini qo‘llab-quvvatlash qiyin.

  12. Franshiza — iste’molga loyiq tovarlar va xizmatlarni sotuvchi vertikal shartnomali marketing sistemasi.

  13. Ishlab chiqarish bosqichi — mehnat predmetining bir sifatiy holatdan ikkinchi sifatiy holatga o‘tishida qatnashadigan bir yoki bir nechta operatsiyalarning birlashmasi.

  14. Ish davri — asosiy texnologik operatsiyalar tabiiy jarayonlar ko‘chuvchi, xizmat ko‘rsatuvchi va nazorat operatsiyalari davomiyligi.

  15. Ishlab chiqarish turlari — doimiy nomenklatura asosida mahsulot ishlab chiqarish, ishlab chiqarishni tashkil qilish elementlari va omillari birligining xususiyatlari va tashkiliy-texnik, iqtisodiy tavsiflarining yig‘indisi.

  16. Resurslar majmuasi — barcha resurslar yig‘indisining puldagi ifodasi.

  17. Ulgurji savdogarlar — boshqa sotuvchilarga, ya’ni chakana savdogarlarga yoki mijozlarga — tashkilotlarga tovarni sotadigan vositachilar, bular tovarni oxirgi iste’molga sotmaydilar.

  18. Chakana savdogarlar — oxirgi iste’molchining ehtiyojini qondirish uchun ularga tovarni sotadigan savdogarlar.

  19. Ekskluziv sotish sistemasi — tayyorlovchining faqat bir savdogarlar orqali bozorni egallash usuli, bitta savdogar aniq territoriyada aniq mahsulotni sotish huquqini oladi.

  20. Remont davri — ikki kapital remonti orasidagi remont turlari va remont xizmatlarining ketma-ketligi, mashinaning ikki kapital remonti oralig‘idagi ish vaqti davriga yoki mashinani ekspluatatsiyaga kiritish va birinchi kapital remontigacha davri.

Download 13.11 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2022
ma'muriyatiga murojaat qiling