G‘o‘za qator oralariga ishlov berish, g‘o‘zani sug‘orish va suv tejovchi texnologiyalarni qo‘llash. Reja


Download 1.98 Mb.
bet1/2
Sana11.11.2021
Hajmi1.98 Mb.
  1   2

G‘o‘za qator oralariga ishlov berish, g‘o‘zani sug‘orish va suv tejovchi texnologiyalarni qo‘llash.
REJA:

1.G‘o‘za qator oralariga ishlov berish

2.YOmg‘irlatib va tuproq ostidan sug‘orish

3. Suv tejovchi texnologiyalarni qo‘llash.



1. G‘o‘za qator oralariga ishlov berish

  • Suvdan samarali foydalanish, suvni tejash va o‘simliklarning yaxshi o‘sib, baravj rivojlanishida g‘o‘za qator oralariga ishlov berishning ahamiyati katta. Kultivatsiyada tuproqning suv-fizik, mikrobiologik xususiyatlari, havo almashinuvi va oziqa tartibi yaxshilanadi, begona o‘tlar yo‘qotiladi, tuproq xususiyatlari, joyning relefi, suv bilan ta’minlanganligi inobatga olinib kultivatsiya chuqurligi, soni hamda muddati belgilanadi.

  • G‘o‘za qator orasi 60 sm bo‘lganda kultivatorda 5 ta g‘ozpanja, 8 ta KKO, 20 ta naralnik, agar o‘t bosgan dala bo‘lsa, 20 ta naralnik va 8 ta pichoq o‘rnatilib, jami ish organi kamida 33 ta, qator orasi 90 sm bo‘lganda 5 ta g‘ozpanja, 32-34 ta KKO, begona o‘t tarqalgan maydonda 8 ta pichoq 24-26 ta naralnik, jami 37-39 ish organi o‘rnatiladi.

  • G‘o‘za qator orasiga birinchi ishlov g‘o‘za nihollari 75-80% unib chiqib, qatori ko‘ringandan boshlanadi.

  • Birinchi ishlov berishda kultivatorga (tuproq yuzasi qatqaloq bo‘lsa) rotatsion yulduzcha, pichoqlar va chuqur yumshatish panjalarini o‘zaro mos holda joylashtirish kerak. SHunda yulduzchalar 3-5 sm, o‘rtadagi organlari 12-14 sm, chekkadagilari esa 6-8 sm ga o‘rnatiladi.



  • Kultivatorning chetki ishchi organlari 6-8 sm, ikkinchi juft organlar 8-10 sm, uchinchi juft organlar 10-12 sm, o‘rtadagilari esa 60 sm qator oralig‘ida 13-14 sm, 90 sm qator oralig‘ida 15-16 sm chuqurlikka moslab o‘rnatiladi.

  • 60 sm qator oralig‘ida o‘simlikdan har ikki tomondan 5-7 sm himoya zonasi qoldirilib, 45-50 sm kenglikda, 90 sm qator oralig‘ida 75-80 sm kenglikda ishlov beriladi




Tuproqni yumshatgich ishchi organlarining joylashti-rilishi (60 sm qator oralig‘i)

Begona o‘tni kesadigan britvaning joy-lashtirilishi

(60 sm qator oralig‘i)



Tuproqni yumshatgich ishchi organlarining joylashtiri

lishi


(90 sm qator oralig‘i)

Begona o‘tni kesadigan britvaning joylashtirilishi

(90 sm qator oralig‘i)









  • SHag‘al va qumli qavati ancha chuqur joylashgan erlarda g‘o‘zani sug‘orish soni kam, lekin u tuproqning mexanikaviy tarkibiga va uning suv sig‘imiga qarab turlicha bo‘lishi mumkii.

  • Tuproqdagi qum zarrachalari qanchalik mayda va chang hamda loyqa zarrachalari ko‘p bo‘lsa, demak, bu xildagi tuproqning suv o‘tkazish qobiliyati shunchalik past va suv sig‘imi katta bo‘ladi. Bunday erlarda g‘o‘zani katta normada, lekin kamroq sug‘orish talab etiladi.

  • Eskidan haydalib kelinadigan erlarning mexanikaviy tarkibi engil tuproqlarda (qum. zarrachalari ko‘p bo‘lgan erlarda) g‘o‘za gektariga 600—800 m3, mexanikaviy tarkibi o‘rtacha tuproqlarda 800—1000 m3 va og‘ir tuproqlarda 1000—1200 m3 normada sug‘oriladi. Mexanikaviy tarkibi og‘ir (ko‘p qismini chang va loyqa zarrachalari tashkil qiladigan) tuproqlarda g‘o‘zani sug‘orish engil tuproqlardagiga qaraganda kech boshlanadi va o‘rta tugallanadi.

  • Bundan tashqari, g‘o‘zani sug‘orish rejimi tuproqning qay darajada madaniylashganligiga va uning unumdorligiga ham bog‘liq.




Download 1.98 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2020
ma'muriyatiga murojaat qiling