Green and Orange English Class Minimalist Lesson Presentation


Download 102.07 Kb.
Pdf ko'rish
Sana19.06.2023
Hajmi102.07 Kb.
#1609516
Bog'liq
Gulmurodova Dilbar



Gulmurodova
Dilbar
O'zbekistonning eng
yangi tarixi


M AVZU : Milliy
xavfsizlikni ta'minlash
borasida amalga
oshirilayotgan ishlar.


Reja
1. Milliy xavfsizlikni taminlash.
2. Milliy xavfsizlikni ta'minlash borasida amalga
oshirilayotgan ishlar.


Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev tomonidan yaqin qoshnilar bilan
konstruktiv va ozaro manfaatli munosabatlar ornatish, mintaqaviy
xavfsizlik va barqarorlikni mustahkamlash Ozbekiston tashqi
siyosatining ustuvor yonalishi sifatida belgilab berildi. Markaziy
Osiyoda ishonch muhitini qaror toptirish yolida amalga oshirilgan
say-harakatlar Toshkentga chegara hamda suvdan foydalanish
singari murakkab va nozik masalalarda tub burilish yasash
imkonini berdi. Bu muammolar yillar davomida yechilmasdan,
mintaqadagi tanglikka sabab bolayotgan edi. Otgan yili
Ozbekistonning qoshni davlatlar bilan ozaro tovar ayirboshlash
hajmi 20 foiz osib, qariyb 3 milliard AQSh dollariga yetdi. 


Prezidentimiz Markaziy Osiyo davlatlari rahbarlarining Ostona
shahrida bolib otgan maslahat uchrashuvida yaqin yillarda ozaro
savdo hajmini 5 milliard AQSh dollariga yetkazish
moljallanayotganini takidladi. Ayni paytda mintaqadagi barqarorlik
hamda izchil taraqqiyot bevosita qoshni Afgonistonda tinchlik va
osoyishtalik qaror topishi bilan uzviy bogliqdir. Binobarin, ushbu
mamlakat Markaziy Osiyoning ajralmas qismi bolgan hamda
shunday bolib qolajak. Bizni umumiy tarix, din, madaniyat va urf-
odatlar hamda xavfsizlikni taminlash, savdo-sotiqni rivojlantirish
sohasidagi manfaatlar birlashtiradi. Tinch Afgoniston Markaziy
Osiyo davlatlarining Hind okeani va Fors korfazi portlariga eng qisqa
yolini taminlashi, Hindiston, Eron hamda Pokistonni Yevropa va
Yaqin Sharq bozorlari bilan boglashi mumkin.


Shuning uchun ham Afgonistonni mintaqaviy muammolar,
tahdidlar manbai sifatida emas, balki noyob strategik
imkoniyatlar mamlakati sifatida qarash orinli. Bu esa, oz
navbatida, butun Yevroosiyo mintaqasida keng
transmintaqaviy munosabatlarni rivojlantirishga turtki beradi.
Otgan davr mobaynida Ozbekiston Afgoniston bilan ikki
tomonlama munosabatlarni sezilarli darajada kengaytirdi,
afgon muammosini hal qilish boyicha xalqaro say-harakatlarga
faol qoshildi. Ozbekiston Afgoniston munosabatlari yuqori
suratlarda rivojlanayotgani mamlakatimiz rahbari 2017 yil
sentyabr oyida BMT Bosh Assambleyasining 72-sessiyasi,
noyabr oyida Samarqandda bolib otgan Markaziy Osiyo boyicha
yuqori darajadagi anjuman hamda yaqinda Ostonada bolib
otgan mintaqa davlatlari rahbarlarining maslahat uchrashuvida
ilgari surgan Ozbekistonning yangi tashqi siyosat
strategiyasining amaliy natijasidir. Bugun Toshkent Afgoniston
bilan savdo-iqtisodiy, transport, energetika va madaniy-
gumanitar aloqalarni har tomonlama rivojlantirish boyicha izchil
hamda qatiy siyosat olib borayapti. Ikki mamlakat
rahbarlarining muntazamlik kasb etgan ozaro muloqotlari
birgalikdagi hamkorlikka katta turtki bolmoqda. Prezidentlar
dostona va samarali, ozaro ishonchga asoslangan muloqotni
yolga qoyishga erishdilar. Shu manoda aytganda, otgan yili
dekabr oyida Afgoniston Prezidenti Ashraf oanining
mamlakatimizga rasmiy tashrifi tom manoda tarixiy voqea
boldi. Tashrif davomida siyosiy muloqot hamda amaliy
hamkorlik aloqalari sifat jihatidan yangi bosqichga chiqdi.
Hind okeani
Fors ko'rfazi
Yevropa va
sharq bozorlari
Afg'oniston


Muzokaralar natijasida tomonlar xavfsizlik, energetika va
transport masalalarini qamrab olgan 20 ta qoshma hujjatni,
shuningdek, qoshni mamlakatga yarim milliard dollarga teng
bolgan qurilish materiallari, oziq-ovqat mahsulotlari, bugdoy,
maishiy texnika, avtotransport vositalarini yetkazib berishga
doir 40 ta tijorat shartnomasini imzoladi. Vazirlik hamda
idoralar rahbarlari darajasida muloqotlar faollashdi. Otgan bir
yarim yil ichida Afgoniston Islom Respublikasidan
Ozbekistonga 20 dan ortiq yuqori martabali delegatsiyalar
tashrif buyurdi. Qayd etish kerakki, bu ozbek afgon
munosabatlari tarixida oldin kuzatilmagan. 


Joriy yilning fevral oyida Toshkentda Xavfsizlik masalalari boyicha Ozbekiston Afgoniston qoshma
komissiyasining ilk majlisi bolib otdi. Uchrashuvda terrorizm va ekstremizmga qarshi kurashish,
qurol savdosi hamda giyohvandlik moddalarining noqonuniy aylanishi sohasida hamkorlikning
dolzarb masalalari atroflicha muhokama qilindi. Barcha darajadagi jadal va ishonchli muloqotlar,
mamlakatlar rahbarlarining siyosiy xohish-irodasi ikki tomonlama hamkorlikka yangicha shukuh
bagishladi. Birinchidan, 2017 yilning ozida ozaro savdo aylanmasi 15 foiz osib, qariyb 600 million
dollarni tashkil qildi. Joriy yilning boshida ushbu tendensiya davom etdi: yanvar oyida tovar
aylanmasi yillik kesimda qariyb 30 foiz osdi. Va etiborlisi, bu bir yilning alohida korsatkichlari
emas, balki tizimli ishlar samarasidir. Prezidentimiz topshirigiga kora, 2017 yilning boshida
hamkorlikni rivojlantirishning yol xaritasi qabul qilindi. Bu hujjatning izchil amalga oshirilishi yaqin
yillarda ozaro tovar ayirboshlash hajmini 1,5 milliard dollarga yetkazish imkonini beradi. Kobulda
Ozbekiston savdo uyi ochildi. Unda doimiy ravishda Ozbekistonda ishlab chiqarilgan nomi ostida
tovarlar korgazmasi faoliyat yuritadi yilning sentyabr oyida Mozori Sharifda UzTrade shourumi
(korgazma zali) ochildi. Unda ozbekistonlik ishlab chiqaruvchilarning turli mahsulotlari orin olgan.
Bugungi kunga qadar UzTrade kompaniyasi afgonistonlik sheriklari bilan 29 million dollardan ortiq
bitimlar imzoladi. Bundan tashqari, yurtimiz 25 ta avtobus, 3 ta traktor va tirkama texnikani
begaraz yetkazib berdi.


Ozbekiston Respublikasining konstitutsiyaviy tuzumi,
suvereniteti, hududiy yaxlitligi va manfaatlarini tashqi va
ichki tahdidlardan himoya qilish borasidagi faoliyatni
tubdan takomillashtirish maqsadida, shuningdek, yillarda
Ozbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta
ustuvor yonalishi boyicha Harakatlar strategiyasi
vazifalariga muvofiq: 1. Ozbekiston Respublikasi Milliy
xavfsizlik xizmati Ozbekiston Respublikasi Davlat
xavfsizlik xizmati sifatida qayta tashkil etilsin.
Belgilansinki, Ozbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik
xizmati Ozbekiston Respublikasi Milliy xavfsizlik
xizmatining huquqlari, majburiyatlari va shartnomalari
boyicha huquqiy voris hisoblanadi. Ozbekiston
Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmati Ozbekiston
Respublikasining konstitutsiyaviy tuzumi, suvereniteti,
hududiy yaxlitligi va manfaatlarini tashqi va ichki
tahdidlardan himoya qiluvchi maxsus vakolatli organ etib
belgilansin.


2. Ozbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmati (bundan buyon Xizmat deb
yuritiladi) faoliyatini tashkil etishning ustuvor yonalishlari etib quyidagilar
belgilansin: Xizmatning maxsus vakolatli davlat xavfsizlik organi sifatidagi
huquqiy maqomi, vakolatlari va faoliyat yonalishlarini aniq belgilab beruvchi
mustahkam qonunchilik bazasini yaratish; bugungi kundagi xavf-xatarlar va
tahdidlarga qarshi kurashishning tasirchan shakl hamda uslublarini joriy etish;
yuzaga kelayotgan ijtimoiy-siyosiy va sotsial-iqtisodiy vaziyatni inobatga olgan
holda davlat xavfsizligini taminlash borasidagi vazifalarni bajarishda mavjud
kuch hamda vositalardan samarali foydalanish imkonini beruvchi tashkiliy
tuzilmani shakllantirish; Xizmat faoliyatini davlat xavfsizligini taminlash
ishlarining shakl va uslublari, shuningdek, Xizmat harbiy xizmatchilarining
idoraviy mansubligi haqidagi malumotlar oshkor bolishini istisno etuvchi
konspiratsiya tamoyili asosida tashkil etish; fuqarolarning huquqlari, erkinliklari
va qonuniy manfaatlariga ogishmay rioya etilishini kafolatlaydigan tasirchan
mexanizmlarni joriy qilish; Ozbekiston Respublikasining manfaatlarini munosib
himoya qilishga qodir, har tomonlama yetuk va vatanparvar yoshlarni Xizmatga
jalb etishga qaratilgan kadrlarni tanlash va tayyorlashning mutlaqo yangi tizimini
yaratish; mehnatga munosib haq tolash, uy-joy va maishiy shart-sharoitlarni
yaxshilash, sogliqni saqlash tizimini takomillashtirish orqali Xizmat harbiy
xizmatchilarining ijtimoiy himoyasini kuchaytirish.


3. Xizmatning asosiy vazifalari va faoliyat yonalishlari etib quyidagilar belgilansin:
Ozbekiston Respublikasining davlat xavfsizligi va manfaatlarini tashqi va ichki
tahdidlardan himoya qilishni taminlash, mazkur sohada qonuniylik va qonun
ustuvorligini mustahkamlash, huquqbuzarliklarning oldini olish, ularni aniqlash va
ularga barham berish; Ozbekiston Respublikasining konstitutsiyaviy tuzumi,
suvereniteti va hududiy yaxlitligiga tajovuzlarning oldini olish, ularni aniqlash hamda
ularga barham berish boyicha razvedka va kontrrazvedka faoliyatini amalga oshirish;
Ozbekiston Respublikasining Davlat chegaralarini qoriqlash va himoya qilish;
Ozbekiston Respublikasining Qurolli Kuchlari va mudofaa-sanoat majmuasini davlat
xavfsizligiga xavf-xatarlar hamda tahdidlardan himoya qilish, mamlakat mudofaa
qobiliyatini mustahkamlash boyicha strategik tashabbuslarni amalga oshirishda
ishtirok etish; terrorizm, ekstremizm, uyushgan jinoyatchilikka, qurol-yarog,
giyohvandlik vositalari va psixotrop moddalarning noqonuniy muomalasiga qarshi
kurashish; davlat manfaatlari va xavfsizligiga tahdid soluvchi milliy, irqiy va diniy
adovatni targib etishga qaratilgan buzgunchilik faoliyatining oldini olish, uni aniqlash
va unga barham berish; iqtisodiy, ilmiy-texnikaviy, ijtimoiy va axborot sohalarida
davlat xavfsizligini taminlash, Ozbekiston Respublikasi xalqining tarixiy-madaniy va
boy manaviy merosini himoya qilish; davlat organlari va boshqa tashkilotlarda davlat
manfaatlari va xavfsizligiga tahdid soluvchi korrupsiya holatlariga qarshi kurashish;


Etiboringiz
uchun
rahmat

Download 102.07 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling