Gretsiya yoki Gretsiya Respublikasi


Download 23.26 Kb.
bet1/4
Sana11.11.2021
Hajmi23.26 Kb.
  1   2   3   4

Gretsiya


Gretsiya yoki Gretsiya Respublikasi (grekchaΕλληνική Δημοκρατία ή Ελλάδα) — Janubi-Sharqiy Yevropada, Bolqon yarim orolning janubida va uning atrofidagi orollarda (yiriklari — Krit, Evbeya, Rodos, Lesbos) joylashgan davlat. Maydoni 131,9 ming km2. Aholisi 11,28 million kishi (2012). Poytaxti — Afina shahri hisoblanadi. Maʼmuriy jihatdan 52 nom (viloyat)ga, nomlar yeparxiyalarga boʻlinadi. 10 tarixiy-geografik viloyatga boʻlish ham mavjud.

Davlat tuzumi

Gretsiya — parlamentam respublika. Davlat boshligʻi — prezident. Amaldagi Konstitutsiya 1975-yilda qabul qilingan. Unga 1986-yil 7-martda kiritilgan tuzatishlarga binoan prezident parlamentda ochiq ovoz berish yoʻli bilan 5 yil muddatga saylanadi. U yana bir marta shu lavozimga qayta saylanishi mumkin[2]. Prezident 10 kundan ortiq chet elda boʻlganida, vafot etganida, isteʼfoga chiqqanida yoki ishga layoqatsiz boʻlib qolganida uning vazifasini Deputatlar palatasining raisi bajarib turadi. Qonun chiqaruvchi hokimiyatni Deputatlar palatasi (bir palatali parlament) va respublika prezidenti amalga oshiradi. Parlament umumiy toʻgʻri va yashirin ovoz berish asosida 4 yil muddatga saylanadi. Ijroiya hokimiyatni prezident va bosh vazir boshchiligidagi hukumat amalga oshiradi. Prezident bosh vazirni va uning tavsiyasiga koʻra hukumatning boshqa aʼzolarini tayinlaydi[3]. Bosh vazir lavozimiga parlamentda koʻpchilik oʻringa ega boʻlgan partiyaning rahbari tayinlanadi[4].

Tabiati


Gretsiya quruq subtropik mintaqada joylashgan. Mamlakat hududining 80 % togʻlik. Oʻrtacha balandligi 1000-1800 metrli togʻlar koʻp, eng baland choʻqqisi — Olimp togʻi (2911 metr). Togʻlar eroziya taʼsirida parchalanib ketgan va karst avj olgan. Peloponnes yarim orolning sharqida va Kiklada orollarida tez-tez zilzila boʻlib turadi.

Qazilma boyliklar, asosan, Gretsiya sharqidan topilgan: temirmarganesxromnikelqoʻrgʻoshinruxboksitmarmar, qum qayroq, qoʻngʻir koʻmir va boshqalar. Neft ham qazib olinadi.

Iqlimi Oʻrta dengizga xos subtropik, qishi sernam va yumshoq; yozi issiq va quruq. Afinada yanvarning oʻrtacha harorati 4— 12 °C, iyulniki 25—27 °C. Yogʻin shimoli-gʻarbdan janubi-sharqqa kamayib boradi. Oʻrtacha yillik yogʻin togʻlarda 1500 mm gacha, tekisliklarda 400–700 mm (80 % i qishda yogʻadi). Mamlakat shimolda iqlim sovuq, qishda harorat 0 °C dan past boʻladi.

Daryolari — VardarMaritsaStrimonNestos (Mesta) va boshqalar. Togʻ daryolari koʻp, ular yomgʻir va qordan suv oladi, yezda suvi kamayib qoladi. Karst koʻllari va mineral buloqlar koʻp. Koʻllari — Prespa, Trixonis. Dengiz sohillaridagi va past togʻlik joylardagi butazor va quruq oʻrmonlar tagida jigarrang va qoʻngʻirjigarrang tuproqlar; balandroqda qoʻngʻir oʻrmon-togʻ tuproqlari uchraydi. Koʻp joylarda tuproq qatlami suv va shamol eroziyasiga uchraydi. Gretsiyaning 44 % maydoni oʻrmon va 28 % butazorlar bilan band.

Dub, qora qayin, kashtan, shumtol, oq qaragʻay, zarang, yongʻoq va b. oʻsadi. Togʻlarda boʻri, ayiq va yovvoyi oʻrmon mushugi yashaydi. Chiyaboʻri, ilon, kaltakesak va toshbaqa koʻp. Milliy bogʻlari — Vikos-Aoos, Mikra-Presna, Eta va boshqalar[5].

Aholisi


Aholisining 95 % yunonlar. Mamlakatning markaziy viloyatlarida albanlar va aromunlar, sharqida turklar yashaydi. Yahudiy, loʻli va bolgarlar Gretsiyaning hamma joyida bor. Rasmiy til — yunon tili. Aholining aksariyati pravoslavlar; 5 % boshqa dinlarda. Aholining 59 % shaharlarda, 11 % shaharchalarda[6], 30 % qishloq joylarda yashaydi. Uning oʻrtacha zichligi — 1 km2 ga 75 kishi toʻgʻri keladi. 5 mln.ga yaqin yunon mamlakat tashqarisida, asosan AQShda (2 mln. kishi), KanadaAvstraliyaOlmoniyada istiqomat qiladi. Yirik shaharlari — AfinaSalonikiPatri[7].

Tarixi


Hozirgi Gretsiya hududida qadim zamonlarda antik sivilizatsiya mavjud boʻlgan. Mil. 4-asrda Gretsiya Vizantiya tarkibiga kirgan. 14—15-asrlarda Usmonli turk imperiyasi tomonidan istilo etilgan. Yunon xalqi xorijiy bosqinchilarga qarshi bir necha bor qoʻzgʻolon koʻtardi (1571, 1611-yillarda). Buyuk fransuz inqilobidan taʼsirlangan inqilobchi-demokrat Rigas Velestinlis Gretsiya va boshqa Bolqon davlatlari uchun konstitutsiya yozdi. 1814-yil Odesada „Filiki Eteriya“ („Axil jamiyat“) nomli maxfiy inqilobiy tashkilot tuzildi. Bu tashkilotga 1820-yilda rus armiyasi generali, yunon aristokrat oilasidan chiqqan A. Ipsilanti rahbar boʻldi. „Filiki Eteriya“ ozodlik harakati bayrogʻini koʻtardi va 1821-yil 25-martda Gretsiya mustaqillikka erishdi. 1822-yil yanvarda Epidvarda chaqirilgan Milliy majlis Gretsiyaning birinchi konstitutsiyasini qabul qildi va Gretsiyani mustaqil deb eʼlon qiddi. 1827-yil aprelda yunon siyosiy arbobi I. Kapodistriya prezident qilib saylandi. Rossiya-Turkiya urushi (1828—1829) dan soʻng 3 davlat (AngliyaFransaRossiya) London konferensiyasi qarorlariga muvofiq1830-yilning 3-fevraldan boshlab Gretsiya mustaqilligi tan olindi. 1910-yilda Krit o. Gretsiya bilan qayta qoʻshildi. 1910—1915 yillar mobaynida Liberallar partiyasi tashkilotchisi E. Venizelos Gretsiya Bosh vaziri lavozimida ishladi. U bir qator islohotlar oʻtkazdi. Gretsiya 1912-yilgi Bolqon ittifoqini tuzishda, Bolqon urushlari (1912—1913)da qatnashdi.


Download 23.26 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2020
ma'muriyatiga murojaat qiling