Gul bir yon, m a n bir yon
Download 2.19 Mb. Pdf ko'rish
|
- Bu sahifa navigatsiya:
- Rabindranat Tagor NURVASOYALAR Sergey Yesenin XUROSONDA BIRDARVOZABOR Tora Sulaymon GUI BIR YON, CHAMAN BIR YON Muhammad Yusuf
- U O ‘К 821.2 1 + 3 9 8 -2 2 К В К 84 (5 X IN ) Т 14
- © G ‘afu r G u lo m nom id agi n ash riv o t-m a tb a a iio d iv uyi, 2018 ISB N 9 7 8-9943-5150-3-1
RABINDRANAT TAGOR Sergey Yesenin XUROSONDA BIR DARVOIA BOR k J L . To‘ra Sulaymon GUL BIR YON, “ M A N BIR YON Rabindranat Tagor NURVASOYALAR Sergey Yesenin XUROSONDA BIRDARVOZABOR To'ra Sulaymon GUI BIR YON, CHAMAN BIR YON Muhammad Yusuf I0LAQIZGAI00Q U O ‘К 821.2 1 + 3 9 8 -2 2 К В К 84 (5 X IN ) Т 14 Q o'lingizdagi ushbu m ajm uaga H in d isto n n in g bu y u k adibi R ab in d ran at T agorning bir juft hikoyasi, rus shoiri Sergey Y eseninning tu rk u m shc’rlari, shuningdek, atoqli o‘zbek ijodkorlari - To‘ra Sulaym on, M u h a m m a d Y usuf she’rlarid an n a m u n a la r jam landi. Inson, u n i anglash, u ning qalbini q o g o z d a aks ettirish m a zk u r so‘z san’atk o rlarn in g b osh m avzusi, asosiy goyasidir. © G ‘afu r G 'u lo m nom id agi n ash riv o t-m a tb a a iio d iv uyi, 2018 ISB N 9 7 8-9943-5150-3-1 RABINDRANAT TAGOR N U R VA S O Y A L A R Hikoya 1 Kecha kun b o ‘yi y om g ‘ir yo g'ib, bugun tindi, quyosh va to'zigan bulutlar yetilayotgan ertangi sholipoyalar- ga qarab birin-ketin panjalarini ch o ‘zmoqdalar. K eng va k o ‘m -ko‘k dalalar quyosh nuri tushishi bilan birdan yalt etib porlaydi-yu, yana bir lahzada quyuq k o ‘lanka ostida qolib ketadi. Osmon sahnasida faqat ikki aktyor o ‘ynam oqda - bu- lut va quyosh, ulam ing har biri o ‘z rolini bajaradi, am mo yer sahnasida, ayni bir vaqtda n ech a jo y d a, qancha dram a- lar o^ynalayotganini hisoblash mushkul. Biz qishloq y o ‘li ustidagi bir uyda o bynalayotgan ki- chik bir hayot dram asini k o ‘rsatish uchun pardani k o'tar- dik. Bu uyning faqat k o ‘chaga qaragan bir xonasi g ‘isht- dan qurilgan, uning ikki tom onidan boshlanib ketgan eski g ‘isht devor hovlini tam om ihota qilib, hovlidagi boshqa loyshuvoq hujralam i ham o ‘z ichiga oladi. Yarim y alan g ‘och bir yigitchaning divanda o ‘tirgani derazadan k o ‘rinib turadi, u q o ‘lidagi kitobni o ‘qishga berilib, chap qoMidagi xurm o yaprog ‘i bilan b a ’zi-b a'zid a o bzini yclpib, chivinlarni haydaydi. Yo‘l-yo ‘1 soriyga o'ralgan bir qizcha k o ‘chada - dera- za qarshisida u yoqdan-bu yoqqa o ‘tar va soriysining eta- giga solib olgan o lx o‘ridan bitta-bitta olib yer edi. Q izcha- ning yuz ifodasidan uning divanda o4 irib kitob o ‘qiyotgan yigitcha bilan yaqin tanishligi ko‘rinib turibdi. U bir amal- lab yigitning diqqatini jalb qilish niyatida, am mo o ‘zini 4 beparvolikka solar, g o 'y o faqat olxo‘ri yeyish bilan band b o ‘lib, yigitchani payqam aganday k o ‘rinishga tirishar cdi. Baxtga qarshi, qunt bilan o ‘qiyotgan yigitchaning ko‘z- lari ancha zaif, uzoqni yaxshi k o ‘rolm aganidan, qizchaning yasam a beparvoligi unga hech ta ’sir qilmadi. Aftidan, qiz- cha buni bilardi, shuning uchun birpasdan keyin, u yoq- dan-bu yoqqa behuda yurish va soxta loqaydlik o ‘miga, o lxo ‘ri danaklarini ishga sola boshladi. K o ‘rga ishing tush- sa, o ‘z qadr-u g ‘ururingni saqlab qolishing qiyin! Bir necha danak, g o ‘yo tasodifan borib y o g ‘och eshik- ka tiqillab tekkanda, yigitcha boshini k o ‘tardi. M ug‘am bir qizcha buni payqab, etagidagi o lx o ‘rilardan qip-qizillarini ajrata boshladi. Y igitcha k o ‘zlarini qisib qaragach, qizni tanidi: keyin kitobni q o ‘ydi-da, deraza oldiga kelib, tabas- sum bilan qizni chaqirdi. - Giribala! Giribala z o ‘r berib o lx o‘ri saralardi. Bu m ashg‘ulotga qattiq berilganday b o ‘lib, uydan ohista uzoqlasha boshladi. K o ‘zlari zaif yigitcha qizning bu q ilig ‘i o ‘zining beix- tiyor bir jinoyati uchun berilgan jazo ekanini darrov angla- di-da, yugurib ko^chaga chiqdi. - Hoy, G iribala, o ‘zi nim a gap, bugun m enga olxo'ri berm aysanm i? Giribala unga e ’tibor etmay, bir olx o'rin i olib diqqat bilan k o ‘zdan kechirdi-yu, sovuqqonlik bilan yem oqqa ki- rishdi. Bu olxo ‘rilar G iribalalarning b o g ‘idan bo"lib, yigit chaning har kuni oladigan sovg‘asi edi. Kim biladi, balki bugun G iribala bu odatini unutgandir, har nechuk, uning harakatlari o lxo ‘rini faqat o ‘zi uchungina keltirganini ochiq k o ‘rsatib turardi. U nday desak, nega u olx o 'rin i birovning eshigi oldiga kelib yeydi, m asalaning bu tomoni ravshan emasdi. Yigitcha qizning oldiga kelib, q o ‘lidan ushladi. 5 Dastlab, G iribala eg ilib , qoMini b o ‘ shatishga urinib k o ‘ r- di, a m m o birdan k o 'z la ri jiq q a y osh g a to 'lib , olxo'rila rn i yerga tashladi-da, yigitn in g q o ‘ lidan ch iq ib q och ib ketdi. K ech ga tom on qu yosh bilan bulutlar o 'y in i t o ‘ xtadi, o q m o m iq d a y bulutlar osrnon ufqiga to 'p la n ib q oldi, daraxt yaproqlarida, hovuzlarda, y o m g 'ir d a yu vilgan tabiatning liar bir zarrasida botayotgan qu yosh n in g nurlari chaqnab turardi. Panjarali deraza oldida yana o ‘ sha qizcha yuribdi, xonada csa, yana o ‘ sha yigitch a o ‘ tiribdi. A m m o endi q iz- chaning etagida o l x o ‘ ri, yigitchaning q o ‘ lida kitob y o 'q . D arvoqe, bu orada bosh qa b a 'z i m uhim o ‘ zgarishlar ham r o ‘ y bergan edi. Bu gal ham q izch an in g nim a m aqsad bilan bu yerda aylanib yurganini aytish qiyin. Har holda uning harakatla- ridan, xonada o'tirgan yigit bilan gaplashish niyatida ekani k oT in m a s cdi. Q izch a erta bilan tashlab ketgan o l x o ‘ rila- rim o ‘ sib chiqm adim ikan deb k o'rgan i kelgan b o ‘ lsa ke- rak. uning yurish-turishlariga qarab faqat shunday taxmin qilish m um kin. 0 1 x o ‘ rilam ing o ‘ sib chiqm aganiga bosh sabab shuki, ular h ozir yerda em as, divanda - yigitchaning oldida edi, q izch a bir nim alam i qidirganday b o i i b , ahyon -ah yon da yerga egilganida, yigitch a o ‘ zich a kulib, jid d iy q iyofa da, m evalarni ishtaha bilan birin-ketin yeb bitirm oqda edi. Mana bir necha danaklar g o ‘ y o tasodifiy ravishda borib qizch an in g y on ig a tushdi, hatto o y o g ‘ iga ham tegdi, G i- ribala o 'z in in g pa rvosizligi uchun yigitch a o ‘ ch olayotga- nini angladi. A x ir shu yaxslii ishm i? S h o'rlik qizcha ja jji yuragining g ‘ ururini b osib , yarashish uchun bahona qidi- rib yurganda, uning o g 'i r y o ‘ liga yana g 'o v solish noin- soflik em asm i? U bu gal yigitni xafa qilm ay deb kelgan edi! Uyatdan q izch an in g yuzlari qip-qizarib ketdi, qoch ish uchun bahona qidira boshladi, xuddi shu paytda yigitcha 6 chiqib kelib q o ‘lidan ushladi. Q izcha q o ‘lini ajratib olish- ga urinsa ham, bu safar yigMamadi. A ksincha, qizarib, bo- shini o ‘sha berahm yigitchaning orqasiga yashirib, qahqa- ha urib kulib yubordi; so ‘ngra, g o ‘yo z o ‘rlikka b o ‘ysunib, panjarali zindonga kirayotgan asiradek uyga kirib ketdi. O sm onda quyosh bilan bulutlarning o ‘yini tabiiy bir hoi b o ‘lgandek, bu ikki m avjudotning yerdagi o ‘yini ham tabiiy bir narsadir. Shuning bilan birga, quyosh va bulut- lar o ‘yini tabiiy hoi emas, um um an olganda, buni o ‘yin deb ham b o ‘lmaydi, u faqat o ‘yinni eslatadi, shuningdek, kishilik jam iyatida, ko 'rk am kuz kunida ro ‘y berib tur- gan yuzlab voqealar orasida bu ikki n o m a’lum kishining qisqagina tarixi, aham iyatsizdek k o ‘rinsa-da, aslida unday emas. B eparvolik bilan abadiylikni abadiylikka ulashti- radigan qadimiy, ulug‘ va k o ‘zga k o ‘rinm as tangri o ‘sha kungi tong va oqshom ning kulgisi-yu k o ‘z yoshlariga bir um rning baxt va m usibatlar urug'ini sochib yuborgan edi. Shunday b o ‘lishiga qaramay, qizchaning sababsiz gerda- yishi, y o lg ‘iz tom oshabinlargagina em as, hatto dram aning bosh qahram oni boyagi yigitchaga ham tam om ila angla- shilm as edi. N ega bu qiz b a ’zan jahli chiqadi, b a ’zan esa cheksiz m ehribonlik k o ‘rsatadi, goho k o ‘plab sovg‘alar olib keladi-yu, goho iltifotni butunlay unutadi, - bularning sababini anglash osonmas. Bugun u, butun aql-u fikrini, zakovatini ishga solib, yigitni quvontinnoq istasa, ertaga bor kuchini, qaysarligini ishga solib, uning ji g ‘iga tegadi. A gar yigitni biror y o ‘l bilan xafa qilolm asa, qaysarligi ikki d a f’a ortadi, mabodo uni xafa qilguday b o is a , q at’iyati pushaym onlik bilan chil-chil b o ‘lib har bir b o ‘lagi k o ‘z- yoshida erib ketar, bepoyon m arham at va m ehribonlik oqi- miga aylanardi. Q uyosh va bulutlar orasidagi bu aham iyatsiz o ‘yin- ning dastlabki aham iyatsiz tarixi bundan keyingi bobda qisqacha bayon etiladi. 7 II Butun q ish loq aholisi bir-biriga dushman guruhlarga b o ‘ lingan, bir-birlariga qarshi ig ‘ v o tarqatadilar va sha- karqam ish ekadilar, ch aqim ch ilik qiladilar va ju t ekadilar. Faqat S h oshibushon bilan G iribalagina falsafa va ada- b iy o t o ‘ rganish bilan m ash g'u l. Bu d o ‘ stlik h ech kim ni taajjublantirmas va qiziqtirm as edi, chunki G iribala o ‘ n yosh li qizch a b o ‘ lib, S h oshibu shon yaqindagina san’ at magistri va huquq bakalavri un- von in i olgan. U lar q o ‘ shni edilar. Giribalaning otasi Xorkum ar bir vaqtlar o ‘ z q ish log‘ ida ijaraga yer olib dehqonchilik qilardi, am m o keyin holi tang kelib, bisotida bor narsani sotdi-da, o ‘ z x o ‘jayiniga noib b o i i b ishga kirdi; x o ‘jayini sira qishloqda yashamas edi. Xorkum ar- ning qish log‘ i o ‘ zi yer ijarasi y ig ‘ ib yuradigan viloyatda, shu sababli u o ‘ z uyidan uzoqqa borolmasdi. San’ at magistri unvonini olganda Shoshibushon huquq fanidan ham yaxshi imtihon topshirdi, lekin hech qanday ish bilan m ashg‘ ul b o ‘ lmadi. H ech kim bilan ortiqcha inoq ham b o im a d i; majlislarga qataashsa ham, biror marta ikki o g ‘ iz s o ‘ zlagan emas. K o ‘ zi zaifroq b o ‘ lganidan, ba’ zan oshnala- rini tanimay qolardi, - u k o ‘ zlarini qisib qarar, odam lar esa, buni nopisandlik nishonasi deb hisoblar edilar. O lam d en giziga o ‘ xshagan Kalkuttaday katta shahar- da kishi o ‘ z fikrlariga berilib, tanho yashasa, bu hoi unga alohida u lu g ‘ vorlik b a g ‘ ishlaydi, am m o qish loqda bu xil yurish-turishni tam om boshqacha baholaydilar. Shoshibushonni ishlashga m ajbur etish uchun qilin- gan harakatlari hech qanday natija berm agach, otasi uni qish loq q a keltirib, x o ‘jalikka qarashib turishni topshirdi. Shoshibushon q ish loq aholisidan k o ‘ pgina m azam m at va ta’ nalar eshitdi. Buning o ‘ ziga x o s sabablari b or edi: S h o- 8 shibushon osoyishtalik, tinchlikni yaxshi k o ‘ rardi, shuning uchun uylanishni ham xohlam asdi. Q izlari balog^atga y e - tib, o ‘ zlari yuk b o ‘ lib q olga n ota-onalar esa, uning uyla- nishga m ayli y o ‘ qligin i m anm anlik deb, s h o ‘ rlikning bu « a y b in i» sira kechirm asdilar. Shoshibushonni qancha b e z o r qilsalar, u shuncha uy- dan chiqm as b o ‘ lardi. Y ig it odatda burchakdagi bir xonada divanda o ‘ tirar, atrofida in glizch a kitoblar soch ilib yotardi, u kitoblam i tanlab o ‘ tirmas, q o ‘ lga tushganini o bqiyverar- di. U ning ishi shundan iborat edi. X o ‘ja lik ishlari uni qi- ziqtirm asdi. B iz yuqorida aytib o ‘ tgandek, q ish loqda u bilan m u o- m ala qiladigan birdan-bir odain G iribala edi. Giribalaning akalari maktabda o ‘ qirdilar; maktabdan qayt- gach, esi past singillariga yem ing shakli qanday, yer kattami, quyosh kattami deganday so'roqlar berar edilar. Q izcha bu- larga n o to ‘ g ‘ ri ja v o b berganda, masxaraomuz kulishib uning xatosini tuzatardilar. K o ‘ zga tashlanib turgan narsalar quyosh- ning yerdan kattaligi haqidagi fikrga zid kelardi, am m o G i ribala jasorat etib b a ’ zan bu haqda o ‘ z tushunchalarini bayon etganda, akalari yana-da kekkayib: - Sen nima deyapsan! - derdilar. - B izn in g kitobda shunday deb y ozilga n axir, sen b o is a n g ... B osnia kitoblarda shunday yozilga n in i eshitgach, s h o ‘ rlik G iribala qattiq zarba yegan day jim qolar, uning uchun boshqa dalillar kerak b o im a s d i. Q izch a akalari singari o ‘ qishni o ‘ rgangisi kelardi. B a ’ zan u o ‘ z xonasida o 4 ir ib , kitobni ochar, allanimalar deb gapirar, o ‘ zini o ‘ qiyotgan day k o ‘ rsatib, tez-tez kitob varaqlar edi. K ich ik -k ich ik , tushunib b o ‘ lm aydigan qora harflar, y e l- kalarida « i » , « о » va « г » harflarining belgilarini k o'ta rib, g o ‘ y o sirli bir olam n in g darvozasi oldidagi qorovu llarday 9 yonma-yon turardilar-u, Giribalaning biror savoliga javob qaytarmas edilar. «Kotxamala» havasmandlik bilan zoriqib turgan qizchaga o‘zining yo‘lbars, bo‘ri, eshak va otlar haqidagi afsonalami so‘zlamasdi, «Akenomonchjori» bo‘l- sa, indamaslikka ahd qilgandek, o‘z tarixini so‘zlamay, jim turardi. Giribala akalaridan, o‘qishni o‘rgatinglar, deb iltimos qildi, ammo akalari buni eshitishni ham xohlamadilar. Unga faqat Shoshibushon yordam qildi. Birinchi davrda Shoshibushon ham qizchaga «Kotxa mala», «Akenomonchjori»dek sirli va tushunib bo‘lmay- diganday tuyuldi. Temirpanjarali derazalari ko‘chaga qaragan kichik xo nada yosh bir yigit divanda o ‘tirar, uning atroflarida kitob- lar qalashib yotardi. Giribala tashqaridan deraza panjarasi- ga osilib, o‘qishga ortiq berilgan bu g ‘alati odamga taajjub bilan boqar, kitoblaming ko‘pligini ko‘rib, bu odam me- ning akalarimdan ham bilimdonroq bo‘lsa kerak, degan xulosaga kelardi. Uning uchun bundan ko‘ra taajjubliroq ish yo‘q. Qizcha, bu yigitning «Kotxamala»ni va dunyoda- gi boshqa eng muhim kitoblami o ‘qigan bo‘lishiga shub- halanmasdi. Shoshibushon kitob varaqlar, qizcha bo‘lsa, jim turib, uning bilimi chegaralarini aniqlash uchun behu- da urinardi. Bora-bora Shoshibushon bu qizchaga e’tibor qila bosh- ladi. Bir kun u rangli muqovali bir kitobni ochib, qizchaga qaradi: - Giri, beri kel, senga suratlar ko‘rsataman! Giri darhol qochib ketdi. Ammo ertasiga yo‘l-yo‘l soriy kiyib yana deraza oldi- ga keldi-da, o‘qiyotgan yigitga jimgina tikilib tura berdi. Shoshibushon uni yana chaqirdi, qizcha sochlarini silkitib yana qochib ketdi. 10 Ulaming tanishuvi shu tariqa boshlangan edi, ammo bu tanishuvning keyin qaysi yo‘l bilan do‘stlikka aylanga- nini, qachondan beri qizchaning Shoshibushon divanidagi kitoblar orasidan o‘ziga muqim joy olganini hikoya qilish uchun maxsus tarixiy tekshirish o‘tkazishga to‘g ‘ri keladi. Giribala Shoshibushondan o‘qishnigina emas, yozish- ni ham o‘rgana boshladi. Bu o‘qituvchi o‘zining kichkina shogirdiga o‘qish, yozish va grammatikani o‘rgatish bi lan qanoatlanmay, unga ulug‘ yozuvchilaming asarlarini tarjima qilib berib, bular haqida qizchaning fikrini so‘rar edi desak, hammaning kulishi aniq. Bulardan qizgina biror narsa anglarmidi, yo‘qmi - buni Xudo biladi, ammo o‘qi- tuvchining bu qadar jonbozligi qizchaga juda yoqib tush- gani shak-shubhasiz. Anglashilgan va anglashilmagan nar- salar uning bolalik tasavvurida bir-biriga qo‘shilib, go‘zal lavhalami bunyodga keltirardi. U jim turib, ko‘zlarini kat- ta ochib, diqqat bilan tinglar, ahyon-ahyonda o‘rinsiz sa- vollar berar yoki birdan mavzudan chetga chiqib, gapga tushib ketardi. Shoshibushon bunday hollarda qizchaning gapini bo‘lmas, ulug‘ asarlar haqida kichik tanqidchining fikrlarini eshitib, benihoyat mamnun bo‘lardi. Butun qish- loqda uning dilidagini anglaydigan birdan bir odam shu qizcha edi. Giribala Shoshibushon bilan tanishganda 8 yashar edi, hozir 10 ga kirdi. Bu ikki yil mobaynida u ingliz va ben- gal alifbosini o‘rganib, bir qancha boshlang‘ich kitoblar- ni o ‘qib chiqdi. Shoshibushon bo‘lsa, o ‘zining qishloqda o‘tkazgan ikki yillik umrini yolg‘izlikda o‘tdi deb shikoyat qilolmas edi. 11 I ll Giribalaning otasi Xorkumar bilan Shoshibushonning munosabati yaxshi emas edi. Xorkumar bu o‘qimishlining oldiga dastlab sud ishiga tegishli har xil da’volar, raddiya- lar munosabati bilan maslahatga kelib yurdi, ammo baka- lavr bu xil ishlarga qiziqmay, noibga o‘zining huquq bo- bida hech narsa bilmasligiga ochiqdan-ochiq iqror bo‘ldi. Xorkumar buni faqat bahona deb o‘yladi. Shunday qilib ikki yilcha vaqt o ‘tdi. Bir kun o‘jar bir ijarachining adabini berib qo‘yish za- rurati tug‘ilib qoldi. Noib u ijarachini nojo‘ya harakatlari uchun sudga bermoqchi bo‘lib, shu haqidagi ariza qanday bo‘lishi lozim degan mazmundagi savollar bilan Shoshi- bushonga yopishib oldi. Shoshibushonning noibga masla- hat bermagani-ku mayli-ya, ammo u qandaydir osoyishta- lik va qat’iyat bilan Xorkumarga shunday so‘zlar aytdiki, bu so‘zlami unga yoqib tushadi deb o‘ylash aslo mumkin emas! Xorkumaming ijarachilarga qarshi boshlagan hamma da’volari o ‘zining zarariga hal bo‘ldi. Jig‘ibiyroni chiqqan noib, raqiblarimga Shoshibushon yordam qilgan deb, nima bo‘Isa ham, yigitchani qishloqdan chiqarib yuborish payi- ga tushdi. Shoshibushonning ekin maydonlarida sigirlar yura boshladi, kimdir loviyalariga o‘t qo‘ydi, yerlarining uvoti haqida nizolar pay do bo‘ldi, Shoshibushonning ijarachi- lari ijara haqi to‘lashdan bosh tortdilar va hatto, ustidan yolg‘on maxfiy xabarlar yozmoqchi bo‘ldilar; oxiri ish shu darajaga borib yetdiki, agar kechroq ko‘chaga chiqquday bo‘lsa, o‘zini kaltaklab, uyiga o‘t qo‘ymoqchilar, degan ovozalar ham tarqaldi. 12 Osoyishtalikni yaxshi ko‘radigan yuvosh Shoshibu shon oxiri Kalkuttaga ketishga qaror qildi. U jo ‘nay deb turganda, qishloqqa okrug sudyasi kelib qoldi. Uning yu- gurdaklari, xizmatchilari, politsiyachilari, itlari, otlari va otboqari butun qishloqni larzaga keltirdi. Bolalar, yo‘lbars orqasidan kuzatib borgan chiyabo‘ri galasidek, qiziqish va qo‘rquv bilan sudya tushgan hovli atrofida to‘dalashib yurardilar. Noib janoblari mehmonnavozlikka ketgan xarajatlari- ni ortig‘i bilan qaytishini eslab, sud raisini tovuq, tuxum, yog‘ va sut bilan ta’minlab turdi. Noib janoblari favqulod- da tirishqoqlik bilan, sud raisiga oziq-ovqatni keragidan ortiq yetkazib berdi, ammo bir kuni erta bilan sudning farroshi kelib, sohibning itlariga o‘n qadoq yog‘ talab qil- ganda, Xorkumaming toqati toq bo‘ldi. Agar sohibning it lari mahalliy itlardan ko‘ra ko‘proq yog‘ni uyalmay hazm etsalar ham, har holda bu qadar yog‘ ulaming salomatlik- lariga ziyon qiladi deb, farroshni quruq qaytardi. Farrosh borib o‘z xo‘jasiga: men noibning oldiga bo- rib itlar uchun qayerdan go‘sht sotib olish mumkin deb so‘rasam, u ko‘pchilik oldida past toifaga mansubligimni pesh qilib haydadi, nopisandlik qilib hatto sizga ham til tegizdi, dedi. Sohiblar uchun braxmanlaming toifaviy g‘ururi toqat qilib bo‘lmaydigan hoi edi, buning ustiga noib uning far- roshini haqorat qilgan, bunga sud raisi chiday olmadi, dar- hol «noib chaqirilsin» deb buyruq berdi. Noib titrab-qaqshab, kalima o‘girib sohibning eshigi- ga keldi. Oyoq tovushlari eshitilganda sud raisi tashqariga chiqdi. - Nega sen mening farroshimni haydab yubording? - deb qichqirib so‘radi u ajnabiy talaffuz bilan. 13 Xorkumar ta’zim qilib, shoshilgan holda, o‘zining hech vaqt bu xil bezbetlikka yo‘l qo‘ymasligini aytdi; to‘g‘ri, dastlab o‘n qadoq yog‘ berishga ko‘nmagan bo‘lsa ham, keyin to‘rt oyoqlilarga ezgulik qilish niyatida mazkur narsani topish uchun kishilar yuborgan. Sohib kimni, qayerga yubording deb so‘radi. Xorkumar og‘ziga kelgan birinchi ismni aytdi. Sohib inobatli kishilarga bu masalani aniqlashni topshirib, noibni o‘z uyida olib qoldi, yuborilgan odamlar kechqurun kelib, hech kimni hech yoqqa yuborgan emas ekan, deb xabar qil- dilar. Endi sud raisida noibning so‘zlari yolg‘on, farrosh- ning gaplari to‘g ‘ri ekaniga shak-shubha qolmagan edi. Sud raisi g‘azab bilan qichqirib, farroshga buyurdi: - Qani, qulog‘idan cho‘zib, uydan chiqarib yubor! Farrosh fursatni boy bermay, atrofga to‘plangan xalq- ning ko‘z oldida sohibning buyrug‘ini bajardi. Bu haqdagi xabar darhol qishloqqa tarqalib ketdi. Haqoratlangan Xorkumar uyiga kelganda tomog‘idan ovqat ham o‘tmay, o‘likday cho‘zilib yotdi. Xorkumarning lavozimi unga ko‘pgina dushmanlar orttirgan edi, bu xabar ulami juda mamnun etdi. Ammo Kalkuttaga jo ‘nashga hozirlangan Shoshibushon bu xabar- ni eshitganda g‘oyat darg‘azab bo‘lib, tuni bilan uxlay ol- madi. Erta bilan u Xorkumarning uyiga keldi. Xorkumar Shoshibushonning qo‘lidan ushlab o‘pkasi to‘lib yig‘ladi. - Haqorat da’vosi bilan sud raisini javobgarlikka tor- tish kerak. Men sizning himoyachingiz bo‘laman. Sohibni sudga berish haqidagi fikmi eshitib, noib qo‘rqib ketdi. Lekin Shoshibushon o‘z fikrida turib oldi. Xorkumar o‘ylab ko‘rish uchun fursat so‘radi. Biroq o ‘zining xo‘rlangani haqidagi ovoza hamma yerga tarqa- lib, dushmanlari o‘z quvonchlarini yashirmay yurganini Katalog: Elektron%20adabiyotlar -> 84%20Бадиий%20адабиёт(асарлар) Elektron%20adabiyotlar -> IM. M. Vaxitov, sh. R. M irzayev I q I s m. M e ’ morf hilik tarixi Elektron%20adabiyotlar -> I oism. M e ’ m o r c h IL ik tarixi 0 ‘zbek3ST0n respublikasi oliy va Elektron%20adabiyotlar -> Milliy manaviyatimiz asoslari. Imomnazarov M.pdf [Abdulloh ibn Abu Avona Shoshiy] Elektron%20adabiyotlar -> Sa id a h b o r bulatov asrol m u xto ro V g a n c h k o r L i k Elektron%20adabiyotlar -> Namangan davlat universiteti Elektron%20adabiyotlar -> Binolar zilzilabardoshligi. Rahmonov B, Siddiqov M.pdf [Abdurasulboy madrasasi] 84%20Бадиий%20адабиёт(асарлар) -> Suv ostida sakson ming kilometr 84%20Бадиий%20адабиёт(асарлар) -> Yoshlar 4 kutubxonasi 84%20Бадиий%20адабиёт(асарлар) -> Xamsa alisher Navoiy xamsa 84%20Бадиий%20адабиёт(асарлар) -> Shokolad fabrikasi Download 2.19 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2020
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling