Guliston davlat universiteti axborot texnologiyalari kafedrasi


Download 433.76 Kb.
Pdf ko'rish
Sana28.04.2020
Hajmi433.76 Kb.
#102002
Bog'liq
Tarmoq texnologiyalari IOM 2-kurs


O‗ZBEKISTON RESPUBLIKASI 

OLIY VA O‗RTA MAXSUS TA‘LIM VAZIRLIGI 

 

GULISTON DAVLAT UNIVERSITETI 



 

AXBOROT TEXNOLOGIYALARI KAFEDRASI 

 

 

    



 

 

―Tasdiqlayman‖ 



          

Guliston davlat universiteti    

          

    O‗quv ishlari prorektori   

                   ____________F.G.Sharipov  

                  ―____‖ _________   2019 y. 

                      №__________________ 

 

 



TARMOQ TEXNOLOGIYALARI  

fani bo‘yicha 

 

ISHCHI O‗QUV DASTURI 



 

Bilim sohasi:   

 

100000 – Gumanitar 



Ta‘lim sohasi: 

 

110000 – Pedagogika 



Ta‘lim yo‗nalishi:   

5110700 – Informatika oʻqitish metodikasi 

 

 

    Bosqich: 2    



    Semestr: IV 

     


    Umumiy yuklama hajmi: 178  

    Umumiy  o‗quv soati:   90 

    Shu jumladan:      

                              Ma‘ruza - 28 

                              Amaliy  mashg‘ulot - 20  

 

 



          Laboratoriya mashg‘uloti - 42 

                              Mustaqil ta‘lim - 88 

 

 

 



Guliston - 2019 

 

 



Fanning  ishchi  o‗quv  dasturi  namunaviy  o‗quv  dasturi  hamda  o‘quv  rejasiga 

muvofiq ishlab chiqildi. 

 

 

 



 

 

Tuzuvchi:         Taniberdiyev A.A. – GulDU, ―Axborot texnologiyalari‖  



                                                            kafedrasi katta o‘qituvchisi  __________   

                         Niyozov M.B.   -       GulDU, ―Axborot texnologiyalari‖ 

  kafedrasi o‘qituvchisi  __________ 

                        

                          

 

 

Taqrizchi:     Toshtemirov D. – GulDU, ―Axborot texnologiyalari‖ kafedrasi 



                      kafedrasi mudiri, pedagogika fanlari nomzodi, dotsent  _________ 

 

 



 

Fanning  ishchi  o‗quv  dasturi  ―Axborot  texnologiyalari‖    kafedrasining  2019  

yil  28  avgustdagi  1-sonli  yig‘ilishida  muhokama  qilindi  va  fizika-matematika 

fakulteti Ilmiy – metodik kengashiga ko‘rib chiqish uchun tavsiya qilindi. 

                         

     Kafedra mudiri:                    D.E.Toshtemirov  



 

 

 

Fanning  ishchi  o‗quv  dasturi  Fizika-matematika  fakulteti  Ilmiy  –  metodik 

Kengashining 2019 yil 29 avgust 1-sonli yig‘ilishi qarori bilan tasdiqlandi. 

 

Fakultet Ilmiy – metodik kengashi raisi                         S.P.Allayorov  



 

 

 

Fanning  ishchi  o‗quv  dasturi  Guliston  davlat  universiteti  o‗quv-metodik 

Kengashining  2019 yil 30 avgust 1-sonli majlisida muhokama etildi va ma‘qullandi. 

 

 



 

 

 

 

 

 



I. Oʻquv fanning dolzarbligi va oliy kasbiy  

ta‟limdagi oʻrni 

 

Tа‘lim  sоhаsidаgi  tub  islоhаtlаrning  аsоsiy  mаqsаdi  jаhоn  аndоzаlаri  аsоsidа 

bilimlаr bеrish vа rаqоbаtdаsh kаdrlаr tаyyorlаshdir. Shuning uchun tа‘lim tizimidаgi 

5110700  –  Infоrmаtikа  oʻqitish  mеtоdikаsi  yoʻnаlishidа  oʻqitilаdigаn  fаnlаr  hаm 

zаmоnаviy  fаnlаrdаn  hisоblаnаdi.  Ushbu  nаmunаviy  dаstur  bugungi  kunning 

zаmоnаviy bilimlаri bilаn yangilаngаn vа qаytа ishlаngаn dаstur boʻlib, undа fаnning 

nаzаriy vа аmаliy jihаtlаrigа аlоhidа e‘tibоr qаrаtilgаn.  

Mazkur  fan  dasturi  bakalavriat  yo‗nalishi:  5110700  –  Informatika  o‗qitish 

metodikasi  yo‗nalishida  o‗qiladigan  «Tarmoq  texnologiyalari»  o‗quv  fani  bo‗yicha 

tuzilgan  bo‗lib,  bo‗lajak  fan  o‗qituvchisi  egallashi  kerak  bo‗lgan  bilimlar  va 

ko‗nikmalar majmuini o‗z ichiga oladi. 

«Tarmoq  texnologiyalari‖  fani  insonlarda  axborot  muhitida  ma‘lum  bir 

dunyoqarashni  shakllantirishga  hizmat  qilishi  bilan  bir  qatorda,  uning  axboriy 

madaniyatni egallashida asosiy rol o‗ynaydi. Bugungi «Axborot» asrida yoshlarning 

kompyuter  savodxonligini  oshiribgina  qolmay,  balki  tarmoqda  ma‘lumotlar  bilan 

ishlash imkoniyatlarin oshiradi.  

 

II. O„quv fanining maqsadi va vazifasi 

 

Fanni o‗qitishdan maqsad - talabalarning kasbiy sohasida uchraydigan tarmoq 

sohasidagi  muammolarni  bartaraf  etish  yo‗llarini  o‗rgatish, bo‗lajak  fan o‗qituvchisi 

sifatida  mutaxassis bo‗lib yetishi uchun yetalichi bilimlar berishdan iborat.  

Ushbu  maqsadga  erishish  uchun  fan  talabalarni:  kompyuter  tarmog‗i  haqida 

ma‘lumotlar  berish,    har  bir  insonning  hayotida  va  jamiyat  rivojlanishida      axborot 

texnologiyalarning  rolini  ko‗rsatish,  mintaqaviy,  lokal  va  global    kompyuter 

tarmoqlarining 

imkoniyatlarini 

ochib 


berish, 

kompyuter 

tarmoqlaridagi 

ma‘lumotlardan  qanday  hollarda  va  qanday  maqsadlarda  ishlatish  tushunchalarini 

shakllantirish,  global  tarmoqqa  joylashtiriladigan  ma‘lumotlarni  qanday  hosil  qilish 

yo‗llari haqida bilimlarni berish vazifasini bajaradi.    

Fan  boʻyicha  talabalarning  bilim,  koʻnikma  va  malakalariga  quydagi  talablar 

qoʻyiladi:  

-  kompyuter  kommunikatsiyalari,  kommunikatsion  kanalning  о‗tkazish 

qobiliyati,  signallarni  modulyatsiya  va  demodulyatsiyasi,  modemlar,  tarmoq 

xizmatlari,  tarmoq  topologiyalari,  ma‘lumotlarini  uzatish  bayonnomalari,  tarmoq 

operatsion  tizimlari,  lokal  kompyuter  tarmoqlari,  Intranet,  Internet  tarmoqlari  va 

ularning  tarixi,  Internet  xizmatlari,  Internet  resurslarini    yaratish  dasturlariga  doir 

tasavvurga ega boʻlishi;     


 

 



-  kommunikatsion  kanal  va  aloqa  protsessori;  signallarni  modulyatsiya  va 

demodulyatsiyasi, tarmoq xizmatlari, kо‗prik va shlyuzlar, tarmoq topologiyalari, 

ma‘lumotlarni  uzatish  bayonnomalari,  tarmoq  operatsion  tizimlari,  lokal 

kompyuter tarmoqlari va ularni boshqarish, Intranet kompyuter tarmog‗i, Internet 

xizmatlari,  Internet  va  Intranet  tarmoqlararo  birlashmasini  tashkil  etish,  internet 

interfaol resurslarni yaratish bilishi va ulardan foydalana olishi; 

-  kompyuter  kommunikatsiyalarini  tashkil  etish,  modemlar  va  ularni  sozlash, 

tarmoq  xizmatlarini  hosil  qilish,  ma‘lumotlarini  uzatish  bayonnomalari  bilan 

ishlash,  tarmoq  operatsion  tizimlari  bilan  ishlash,  lokal  kompyuter  tarmoqlarini 

tashkil  etish;  Intranet  kompyuter  tarmog‗ida  ishlash;  global  kompyuter  tarmog‗i 

xizmatlaridan  foydalanish;  internet  axborot  resurslarini  yaratish  koʻnikmalariga 

ega boʻlishi kerak. 

 

III. Asosiy nazariy qism (ma‟ruza mashgʻulotlari) 

 

1-Modul. Kompyuter kommunikasiya texnologiyalari 

 

1-mavzu. “Tarmoq texnologiyalari” fani haqida tushuncha 

Fanning maqsad va vazifalari. Tarmoq texnologiyalari tushunchasi. Ularning 

tuzilishi va qo‘llanilishi. Fanda qo‘llaniladigan texnik uskunalar. 

 

2-mavzu. Kompyuter kommunikatsiyalari va ularning turlari. 

Kompyuter  kommunikasiyalari:  kommunikasion  kanal  va  aloqa  prosessori, 

axborot uzatish muhiti, kanalning  o‗tkazish qobiliyati, signallarni modulyasiya va 

demodulyasiyasi, modemlar va ularni sozlash parametrlari.  

 

2-Modul. Kompyuter tarmoqlari haqida umumiy tushunchalar 

 

3-mavzu. 

Kompyuter 

tarmoqlarining 

turlari. 

Ularning 

klassifikatsiyasi. 

Kompyuter  to‗rlari  va  ularning  turlari.  Kompyuterlarning  tarmoq 

tushunchasi,  turlari  va  ularning  ko‗rinishlaridan  mintaqaviy,  lokal  va  global 

tarmoqlarning xususiyatlari.  



 

4-mavzu. Kompyuter tarmoqlarining tuzilishi va qo‟llanilishi  

Ma‘lumotlarni  almashish  jarayonlarining  xarakteristikasi,  ma‘lumotlar 

almashinuvining  apparat  ta‘minoti.  Tarmoq  hizmatlari.  Tarmoq  texnologiyasi: 

tarmoq  texnologiyasi  haqida  tushuncha,  ko‗prik  va  shlyuzlar.  Kompyuter 

tarmog‗ining    arxitekturasi,  tarmoq  topologiyalari,  tarmoq  tizimining  modeli, 


 

 



ma‘lumotlarin  uzatish  bayonnomalari,  IP,  TCP  va  UDP  bayonnomalari.  Tarmoq 

operasion tizimlari. 



 

3-Modul. Lokal kompyuter tarmog„iga kirish 

 

5-mavzu. Lokal kompyuter tarmog„iga kirish  

Lokal  kompyuter  tarmoqlari,    ularni  tashkil  etish  va  ishlatish.  Lokal 

kompyuter tarmoqlarini instalyasiyalash va boshqarish. Lokal hisoblash tarmog‗iga 

kirish. Lokal hisoblash tarmog‗ining tashkil etuvchilari va ularning turlari.  



 

6-mavzu. Lokal tarmoq topologiyasi  

Lokal  tarmoq  topologiyasi.  Lokal  tarmoqda  ma‘lumotlarning  almashinuv 

jarayoni,  lokal  tarmoq  tashkil  etish  usullari.  Lokal  tarmoqqa  kirish  va  undan 

ma‘lumotlar qidirish. 



 

7-mavzu. Intranet – xususiy ichki tarmoq 

Intranet  tarmog‗ida  ma‘lumotlarning  joylashishi  va  ularni  qidirish.  Web 

sahifani intranetga joylashtirish va undan foydalanishning asosiy xususiyatlari.  

 

4-Modul. Intrenet-global kompyuter tarmog„i 

  

8-mavzu. Internet paydo bo‟lishining tarixi 

Global  kompyuter  tarmoqlari,  Internet  paydo  bo‘lishining  belgilari.  Internet 

tarmog‗ining  yaratilish  va  rivojlanish  tarixi,  Internet  texnologiya  va  axborot  resursi 

(tarmoq) sifatida.  



 

9-mavzu. Internet tarmog‟ining tuzilishi  

Internet  tarmog‗ida  adreslarning  tuzilishi  va  tizimliligi.  Ma‘lumotlar 

almashinuvini tashkil etish yo‗llari. Internet tarmog‘iga ulanish usullari. 

 

10-mavzu.  Internet  xizmatlari  va  uning  dasturiy  ta‟minoti. 

Protokollar 

Internet  xizmatlari  va  ularning  turlari.  Brauzerlar  va  ularning  turlari.  Internet 

Explorer,  Opera  va  boshqa  brauzerlar  bilan  tanishish.  Internet  hizmatlari,  elektron 

pochta texnologiyasi (e-mail), fayllar bilan almashinish  texnologiyasi (FTP), axborot 

izlash texnologiyasi (WWW), Internet va Intranet tarmoqlararo birlashmasini tashkil 

etish.  HTML    tili  Internet  axborot  resurslarini    yaratish  vositasi  sifatida, 

JavaScript(VBScript) interfaol resurslarni yaratish vositasi sifatida 

 


 

 



5-Modul. Multimediali tarmoq texnologiyalari  

 

11-mavzu. Multimedia bilan ishlashda tarmoqlardan foydalanish. 

Multimediali  tarmoq  ilovalari.  Multimediali  tarmoq  ilovalari  turlari.  Video 

ma‘lumotlarda saqlanadigan potokli uzatish.  

 

12-mavzu. Multimediali tarmoq texnologiyalarida uzatishlar 

UDP-uzatishlar.  HTTP-  uzatishlar.  Adaptiv  uzatishlar  va  DASH  texnologiyasi. 

Kontentni tarqarish tarmoqlari (CDN). IP-telefoniya. Skype misolida VoIP-ilovalarni 

oʻrganish.  Real  vaqt  rejimida  muloqot  uchun  bayonnomalar.  RTP  bayonnoma.  SIP 

bayonnoma. Tarmoq darajasida multimedia xizmatlarini qoʻllab-quvvatlash. 

 

6-Modul. Tarmoq xavfsizligi 



 

13-mavzu. Tarmoq xavfsizligi asoslari 

Tarmoq xavfsizligi haqida tushunchasi. Tarmoqdagi xavf turlari. Ma'lumotga                                

kirish usullari  

 

14-mavzu. Ma'lumotlarni muhofaza qilish usullari  

Kriptografiya  asoslari.  Ochiq  kalitli  shifrlash.  Xabar  va  raqamli  imzoning 

yaxlitligi. Kriptografik xesh-funktsiyalar. Xabar autеntifikatsiya kodi.  

 

15-mavzu.  Tarmoqda  ma'lumotlar  xavfsizligining  uskunaviy  va  dasturiy 

ta'minoti 

Xavfsiz  elеktron  pochta.  Tarmoq  darajasida  xavfsizlik:  IPSec  va  virtual. 

Ekspluatatsion xavfsizlik: brandmauerlar va hurujlarni tutish tizimlari.  

 

IV. Amaliy mashgʻulotlar bo„yicha ko„rsatma va tavsiyalar   



 

Amaliy mashgʻulotlar bo‗yicha quyidagi mavzular tavsiya etiladi: 

 

1. Kompyuter tarmoqlarining texnik vositalari   



2. Kompyuter tarmoqlarining dasturiy vositalari   

3.  Kompyuter tarmoqlarining tuzilishi  

4. Lokal tarmoqqa kirish. Uning xizmatlari 

5. Internet xizmatlari va uning dasturiy ta‘minoti 

6. Brauzer dasturlari va ularning imkoniyatlari 

7. Multimedia bilan ishlashda tarmoqlardan foydalanish 

8. Multimediali tarmoq texnologiyalarida uzatishlar 

9. Tarmoq xavfsizligi asoslari 

10. Ma‘lumotlarni muhofaza qilish usullari 


 

 



11. Tarmoqda ma'lumotlar xavfsizligining uskunaviy ta'minoti 

12. Tarmoqda ma'lumotlar xavfsizligining dasturiy ta'minoti 



 

V. Laboratoriya mashgʻulotlar bo„yicha ko„rsatma va tavsiyalar   

 

Laboratoriya mashgʻulotlari uchun tavsiya etiladigan mavzular:   

1.  Lokal kompyuter tarmog‗ini tashkil qilish va unda ishlash 

2.  Windows NT tizimida tarmoqni tashkil etish ishlari. 

3.  Internet bilan tanishish. Internet Explorer dasturi bilan ishlash. 

4.  Umumiy ma‘lumotlar beruvchi saytlar bilan ishlash. 

5.  Mahalliy va xorijiy saytlari bilan ishlash.  

6.  Turli xil qidiruv tizimlari bilan ishlash. 

7.  Chat tizimida ishlash.  

8.  Portallar (pochta, yangiliklar va boshqalar) bilan ishlash. 

9.   Elektron xatlarga fayllarni biriktirish.  

10.  Internet tarmog‗ida arxivlangan fayllar bilan ishlash. 

11.  Telekonferensiyalar va videokonferensiyalar bilan ishlash. 

12. 


 

Pochta dasturlari bilan ishlash 

13. 

 

Tarmoq monitoring dasturlari bilan ishlash 



14. VoIP texnologiyalari 

15. 


 

Simsiz tarmoqlar bilan ishlash 

16. 

 

Tarmoq Server parametrlari (Kerio misolida) 



17. Brauzer dasturlari va ularning imkoniyatlari 

18. Multimedia bilan ishlashda tarmoqlardan foydalanish 

19. Multimediali tarmoq texnologiyalarida uzatishlar 

20. Tarmoq xavfsizligi asoslari 

21. Ma‘lumotlarni muhofaza qilish usullari 

22. Tarmoqda ma'lumotlar xavfsizligining uskunaviy ta'minoti 

23. Tarmoqda ma'lumotlar xavfsizligining dasturiy ta'minoti 

 

VI. Mustaqil ta‟lim va mustaqil ishlar 

Mustaqil ta‘lim uchun tavsiya etiladigan mavzulari: 

1.  Kompyuter tarmoqlarining tarixi. 

2.  Kompyuter 

tarmoqlarining 

nomlanishiga 

sabablar 

va 


ularning 

xususiyatlarining farqlari. 

3.  Tarmoqdagi  ma‘lumot  turlari,  hajmi  va  almashinuv  jarayonidagi 

daturlarning o‗rni. 

4.  Mintaqaviy tarmoq topologiyasi.  

5.  Mintaqaviy tarmoq modeli.  



 

 



6.  Mintaqaviy tarmoq bayonnomalari.  

7.  Lokal tarmoq aloqa vositalari. 

8.  Kompyuterlararo aloqalarni tashkil etish yo‗llari. 

9.  Lokal tarmoqda ma‘lumotlar almashinuv modeli.  

10.  Lokal tarmoqning jamiyat rivojlanishidagi roli va ahamiyati. 

11.  Internet tizimi va uning kelib chiqish tarixi.  

12.  Internet tizimini yaratishda ish olib borgan olimlar ijodi. 

13.  Rasmli  va  murakkab  ob‘ektli  ma‘lumotlarning  Internet  tizimidagi 

almashinuv jarayonlari. 

14.  Internetni  tashkil  etuvchi  dasturning  yaratilish  tarixi  va  unga  o‗xshash 

dasturlar.  

15.  Internetda axborot xavfsizligi va uni himoyalash usullari 

16.  Paketlar kommutatsiyasining rivojlanishi 

17. 


 

Xususiy tarmoqlar va Internetning rivojlanishi 

18.  Internet – shiddat bilan rivojlanish: 1990-yillar 

19.  Web-keshlash 

20.  DNS yozib olish va xabar 

21. 


 

Ortiqcha yuklanishni boshqaruvga yondashuvlar 

22.  Ma‘lumotlarni ishonchli uzatish tamoyili 

23.  Virtual kanalli tarmoqlar 

24.  Marshrutlashning masofali-vektorli algoritmi  

25. 


 

DOCSIS:  Internetga  kabelli  bogʻlanish  uchun  kanalli  darajadagi 

bayonnoma 

26. 


 

IPv6 manzillash 

27.  Guruhli marshrutlash 

28. 


 

Siklik nazorat kodi  

29. 

 

Yagona IP-tarmoqosti doirasida mobillik 



30.  Simmetrik kalitlar bilan shifrlash 

31. 


 

SSL texnologiyasi yordamida TCP-bogʻlanishlarni himoyalash 

32. 

 

IPsec deytagrammasi 



33.  Kanalli darajadagi kommutatorlar 

34.  Link qatlam darajalari 

35.  Standart IEEE 802.11i 

 

 



 

 

 



 

 


 

 



Fanni baholash tizimi: 

 Talabalar bilimini baholash mezonlari 

 

 

Talabalarning bilimi quyidagi mezonlar asosida: 

 

 

talaba  mustaqil  xulosa  va  qaror  qabul  qiladi,  ijodiy  fikrlay  oladi,  mustaqil 



mushohada  yuritadi,  olgan  bilimini  amalda  qo‘llay  oladi,  fanning  (mavzuning)  mohiyatini 

tushunadi,  biladi,  ifodalay  oladi,  aytib  beradi  hamda  fan  (mavzu)  bo‘yicha  tasavvurga  ega  deb 

topilganda — 5 (a‘lo) baho; 

 

talaba  mustaqil  mushohada  yuritadi,  olgan  bilimini  amalda  qo‘llay  oladi,  fanning 



(mavzuning) mohiyatni tushunadi, biladi, ifodalay oladi, aytib beradi hamda fan (mavzu) bo‘yicha 

tasavvurga ega deb topilganda — 4 (yaxshi) baho;  

 

talaba  olgan  bilimini  amalda  qo‘llay  oladi,  fanning  (mavzuning)  mohiyatni 



tushunadi,  biladi,  ifodalay  oladi,  aytib  beradi  hamda  fan  (mavzu)  bo‘yicha  tasavvurga  ega  deb 

topilganda — 3 (qoniqarli) baho; 

 

talaba  fan  dasturini  o‘zlashtirmagan,  fanning  (mavzuning)  mohiyatini  tushunmaydi 



hamda  fan  (mavzu)  bo‘yicha  tasavvurga  ega  emas  deb  topilganda  —  2  (qoniqarsiz)  baho  bilan 

baholanadi.  

Talabaning  ―Tarmoq  texnologiyalari‖  fani  bo‗yicha  bilim,  ko‗nikma  va  malakalarini 

baholashda quyidagi mezonlarga asoslaniladi: 

a) “5 ” baho uchun talabaning bilim darajasi quyidagilarga javob berishi lozim: 

kasbiy  sohasida  uchraydigan  turli  hil  masalalarga  Tarmoq  texnologiyalari  tuza  olishi, 

algoritmning  turlarni  farqlay  olish,  tasvirlash  usullariga  oid  misollar  keltira  olish,  rekursiya  va 

iteratsiya,  algoritmning  murakkabligi  tushunchalarni  ajrat  olishi,  samarali  Tarmoq  texnologiyalari 

ishlab chiqishning asosiy usullari(balansirovka, dinamik dasturlash va boshqalar)ni amaliy qo‘llay 

olishi,  biror  bir  dasturlash  tillari  va  ularning  turlarini  farqlay  olish,  dasturlash  tillalari  yordamida 

amaliy  masallalarga  dasturlar  tuza  olish,  massivlar,  grafik  operatorlar,  satriy  kattaliklar  bilan 

ishlash,  funktsiyalar  va  protseduralar,  yozuvlar,  ro`yxatlar,  fayllar,  modulli  dasturlar  haqidagi 

bilimlarni  amalda  qo‘llay  olish,  ob‘ektga  yo`naltirilgan  dasturlash  tillaridan  foydalana  olish, 

boshqarish elementlari, oynalar, dialoglar; voqealar va habarlar, ob‘ektga yo`naltirilgan muhitlarda 

habarlarni  uzatish  va  ularga  ishlov  berish,  ob‘ektlar  ierarxiyasi  asosida  dasturlarni  loyihalash 

haqidagi  nazariy  bilimlarga  ega  bo‗lishi,  ushbu  nazariy  bilimlarni  amalda  qo‗llay  olishi,  kasbiy 

soxalarida  fanning  amaliy  imkoniyatlaridan  foydalana  olishi,  mustaqil  ishlash  ko‗nikmalariga  ega 

bo‗lishi; 

b) “4” baho uchun talabaning bilim darajasi quyidagilarga javob berishi lozim: 

turli hil masalalarga Tarmoq texnologiyalari tuza olishi, algoritmning turlarni farqlay olish, 

tasvirlash  usullariga  oid  misollar  keltira  olish,  rekursiya  va  iteratsiya,  algoritmning  murakkabligi 

tushunchalarni  ajrat  olishi,  biror  bir  dasturlash  tillari  va  ularning  turlarini  farqlay  olish,  dasturlash 

tillalari  yordamida  amaliy  masallalarga  dasturlar  tuza  olish,  massivlar,  grafik  operatorlar,  satriy 

kattaliklar  bilan  ishlash,  funktsiyalar  va  protseduralar,  haqidagi  bilimlarni  amalda  qo‘llay  olish, 

ob‘ektga  yo`naltirilgan  dasturlash  tillaridan  foydalana  olish,  boshqarish  elementlari,  oynalar, 

ob‘ektlar ierarxiyasi asosida dasturlarni loyihalash haqidagi nazariy bilimlarga ega bo‗lishi; ushbu 

nazariy  bilimlarni  amalda  qo‗llay  olishi;  kasbiy  soxalarida  fanning  amaliy  imkoniyatlaridan 

foydalana olishi;  

v) “3” baho uchun talabaning bilim darajasi quyidagilarga javob berishi lozim: 

turli hil masalalarga Tarmoq texnologiyalari tuza olishi, algoritmning turlarni farqlay olish, 

tasvirlash  usullariga  oid  misollar  keltira  olish,  rekursiya  va  iteratsiya,  algoritmning  murakkabligi 


 

10 


 

tushunchalarni  ajrat  olishi,  biror  bir  dasturlash  tillari  va  ularning  turlarini  farqlay  olish,  dasturlash 

tillalari yordamida amaliy masallalarga dasturlar tuza olish haqidagi qisman tassavurga ega bo‗lishi; 

amaliyotda ayrim dasturlarni ko‗llay olishi;  

 

g) “2” baho uchun talabaning bilim darajasi quyidagilarga javob berishi lozim:  



fanning nazariy qismini tushunmaydigan, amaliy qo‗llash imkoniyatlari juda past, dasturlarni 

mutaqil ravishda ishlata olmaydigan talabalarga “2” baho qo‗yiladi. 

 

Talabaning amaliy va labora mashg‟ulotlarni o‟zlashtirish darajasi 

quyidagi mezon asosida aniqlanadi. 

 

Baholash mezonlari 

5 baholik 

shkala 


100 ballik 

shkala 


Yetarli  nazariy  bilimga  ega.  Topshiriqlarni  mustaqil  yechgan. 

Berilgan savollarga to‘liq javob beradi. Masalaning mohiyatiga 

to‘liq  tushunadi.  Auditoriyada  faol.  O‘quv  tartib  intizomiga 

to‘liq rioya qiladi. Topshiriqlarni namunali rasmiylashtirgan. 

«5» 

―A‘lo‖ 


90 - 100%

 

 



Yetarli nazariy bilimga ega. Topshiriqlarni yechgan. Berilgan 

savollarga yetarli javob beradi. Masalaning mohiyatini 

tushunadi. O‘quv tartib intizomiga to‘liq rioya qiladi. 

«4» 


―Yaxshi‖ 

70 - 89,9%

 

 

Topshiriqlarni  yechishga  harakat  qiladi.  Berilgan  savollarga 



javob  berishga  harakat  qiladi.  Masalaning  mohiyatini  chala 

tushungan. O‘quv tartib intizomiga rioya qiladi. 

«3» 

―Qoniqarli‖ 



60 - 69,9%

 

 



Talaba  amaliy mashg‘ulot  darsi mavzusiga nazariy tayyorlanib 

kelmasa,  mavzu  bo‘yicha  masala,  misol  va  savollariga  javob 

bera  olmasa,  darsga  sust  qatnashsa  bilim  darajasi  qoniqarsiz 

baholanadi 

«2» 

―Qoniqarsiz‖ 



0 - 59,9%

  

 



 

ON ni baholash 

 

Oraliq  nazorat  ―Tarmoq  texnologiyalari‖  fanining  bir  necha  mavzularini  qamrab  olgan 

bo‘limi bo‘yicha yozma yoki test ravishda amalga oshiriladi. Bundan maqsad talabalarning tegishli 

savollarni bi-lishi yoki muammolarni echish ko‘nikmalari va bilim malakalari aniqlanadi.  

          Oraliq nazorat turini o‘tkazish va mazkur nazorat turi bo‘yicha talabaning bilimini baholash 

tegishli  fan  bo‘yicha  o‘quv  mashg‘ulotlarini  olib  borgan  professor-o‘qituvchi  tomonidan  amalga 

oshiriladi.  

          Oraliq nazorat turini topshirmagan, shuningdek ushbu nazorat turi bo‘yicha «2» (qoniqarsiz) 

baho bilan baholangan talaba yakuniy nazorat turiga kiritilmaydi. 

          Talaba nazorat  turi o‘tkazilgan vaqtda uzrli sabablarsiz qatnashmagan hollarda jurnalga  «0» 

belgisi yozib qo‘yiladi. 

          Oraliq  nazorat  turi  har  bir  fan  bo‘yicha  fanning  xususiyatidan  kelib  chiqqan  holda  2 

martagacha  o‘tkazilishi  mumkin.  Oraliq  nazorat  turini  o‘t-kazish  shakli  va  muddati  fanning 

xususiyati va fanga ajratilgan soatlardan kelib chiqib tegishli kafedra tomonidan belgilanadi. 

          Talabani  oraliq  nazorat  turi  bo‘yicha  baholashda,  uning  o‘quv  mashg‘u-lotlari  davomida 

olgan baholari inobatga olinadi. 

O‘quv  yilining  kuzgi  hamda  bahorgi  semestrida  2  ta  yozma  ish  va  2  ta  mustaqil  ish 

rejalashtirilgan bo‘lib, yozma ish 5 baholik shkalada baholanadi. 

Oraliq  baholash  (OB)    ―Tarmoq  texnologiyalari‖      fanining  bir  necha  mavzularini  qamrab 

olgan  bo‘limi  bo‘yicha,  tegishli  nazariy,  amaliy  va  labaratoriya  mashg‘ulotlari  o‘tib  bo‘lingandan 



 

11 


 

so‘ng yozma ish shaklida amalga oshiriladi. Bundan maqsad talabalarning tegishli savollarni bilishi 

yoki  muammolarni  yechish  ko‘nikmalari va malakalari  aniqlanadi.  O‘quv  yilining  1-semestrida 2 

ta  yozma  ish  va  10  ta  mustaqil  ish  rejalashtirilgan  bo‘lib,  yozma  ishga  o‘rtacha  5  ball,  mustaqil 

ishga  ham  o‘rtacha  5  ball  ajratilgan.  2-semestrida  2  ta  yozma  ish  va  6  ta  mustaqil  ish 

rejalashtirilgan bo‘lib,  yozma ishga o‘rtacha 5 ball, mustaqil ishga ham  o‘rtacha 5 ball ajratilgan.  

OB nazorat ishlari yozma ish shaklda o‘tkazilishi nazarda tutilgan, yozma ish savollari ishchi o‘quv 

dastur  asosida  tayyorlanadi.  OB  ga  ajratilgan  balldan  ―2‖  va  undan  past  ball  to‘plagan  talaba 

o‘zlashtirmagan  hisoblanadi.  OB  ni  o‘zlashtirmagan  talabalarga  qayta  topshirish  imkoniyati 

beriladi.   



 

YaN ni baholash 

 

  

 Yakuniy  nazorat  ―Tarmoq  texnologiyalari‖  fanining  barcha  mavzularini  qamrab  olgan 

bo‘lib,  nazariy,  amaliy  mashg‘ulotlar  o‘tib  bo‘lingandan  so‘ng  test  yoki  yozma  ravishda  amalga 

oshiriladi.  Bundan  maqsad  talabalarning  fan  bo‘yicha  o‘zlashtirish  ko‘rsatkichlari,  ya‘ni    bilim 

darajasi yoki muammolarni echish ko‘nikmalari va malakalari aniqlanadi.  

          Yakuniy  nazorat  ishlari  test  usulida  ham  o‘tkazilishi  nazarda  tutil-gan,  test  savollari  ishchi 

o‘quv dasturi asosida tayyorlanadi.  

          Yakuniy  nazorat  turini  o‘tkazish  va  mazkur  nazorat  turi  bo‘yicha  tala-baning  bilimini 

baholash o‘quv mashg‘ulotlarini olib bormagan professor-o‘qituvchi tomonidan amalga oshiriladi.  

Talaba  tegishli  fan  bo‘yicha  yakuniy  nazorat  turi  o‘tkaziladigan  mud-datga  qadar  oraliq 

nazorat turini topshirgan bo‘lishlari shart. 

Yakuniy  nazorat  turiga  kirmagan  yoki  kiritilmagan,  shuningdek  ushbu  nazorat  turi 

bo‘yicha «2» (qoniqarsiz) baho bilan baholangan talaba akade-mik qarzdor hisoblanadi. 

Yakuniy  nazorat  turi  bo‘yicha  talabaning  bilimi  «2»  (qoniqarsiz)  baho  bilan  baholangan 

yoki  Jurnalga  «0»  belgisi  yozib  qo‘yilgan  hollarda  ushbu  baho  yoki  belgi  talabaning  Baholash 

daftariga yozilmaydi. 

 

Yakuniy  baholash  (YaB)  ―Tarmoq  texnologiyalari‖      fanining  barcha  mavzularini  qamrab 

olgan  bo‘lib,  nazariy,amaliy    va  labaratoriya  mashg‘ulotlar  o‘tib  bo‘lingandan  so‘ng  test  yoki 

yozma  ish  shaklida  amalga  oshiriladi.  Bundan  maqsad  talabalarning  fan  bo‘yicha  o‘zlashtirish 

ko‘rsatkichlari,  ya‘ni    bilim  darajasi  yoki  muammolarni  yechish  ko‘nikmalari  va  malakalari 

aniqlanadi. YaB  nazorat ishlari test yoki yozma ish usulida ham o‘tkazilishi nazarda tutilgan, test 

va  yozma ish savollari ishchi o‘quv dasturi asosida tayyorlanadi. OB ga ajratilgan balldan  ―2‖ va 

undan  past  ball  to‘plagan  talaba  o‘zlashtirmagan  hisoblanadi  va  YaB  ga  kiritilmaydi.  YaB  ni 

o‘zlashtirmagan talabalarga qayta topshirish imkoniyati beriladi. YaB bo‘yicha olinadigan test yoki 

yozma ish variantlari kafedra mudiri rahbarligida tuziladi va dekanatlarga topshiriladi. 



Test usulida YaN ni  baholash mezonlari: 

YaB  test  yoki  yozma  ish  shaklida  o‘tkaziladi.  YaB  test  shaklida  o‘tkazilsa  talabalarga 

variantlar  asosida  30  ta  test  savoli  beriladi.  Har  bir  to‘g‘ri  javob  quyidagicha  balldan  baholanadi. 

To‘g‘ri javoblar soniga qarab talabaning YaB da to‘plagan ballari aniqlanadi. 



“5” – 27-30 ta 

“4” – 21-26 ta 

“3” – 18-20 ta 

“2” –  0-16 ta 

 

 



 

 

12 


 

 

Asosiy va qoʻshimcha oʻquv adabiyotlar hamda axborot manbalari   



 

Asosiy adabiyotlar: 

 

1. Douglas E. Comer. Computer Networks and Internets (6th Edition). Pearson. USA, 

2014. 672-pages.  

2. James F. Kurose, Keith W. Ross. Computer networking: a top-down approach (6th 

Edition). Pearson Cloth Bound with Access Card, USA,2013,889-pages  

3. M Aripov, B.Begalov va boshqalar. Axborot texnologiyalari. O‗quv qo‗llanma- T.: 

―Noshir‖, 2009 y. 

4.  Sattorov  A.  Informatika  va  axborot  texnologiyalari.  Darslik.  -  Т.:  Oʻqituvchi, 

2011y. 

5.  M.Aripov,  M.Muhammadiyev.  Informatika,  informasion  texnologiyalar.  Darslik. 



T.: TDYuI, 2004 y. 

6.  Эндрю  Таненбаум, Дэвид  Уэзеролл.  Компьютерные  сети.  Издательство 

ПИТЕР 2012г. 960стр. 

7.  Р.Хамдамов  ва  бошқалар.  Таълимда  ахборот  технологиялари.  Услубий 

қўлланма. Тошкент. ―Ўзбекистон миллий энциклопедияси‖ 2010 й. 

8.  Виктор  Олифер, Наталия  Олифер.  Компьютерные  сети.  Принципы, 

технологии, протоколы. Учебник. Издательство ПИТЕР 2016г. 992 стр. 

9.  M.Aripov,  M.Fayziyeva,  S.Dottayev.  Web  texnologiyalar.  O‗quv  qo‗llanma.  T.; 

―Faylasuflar jamiyati‖. 2013 y. 

10. M.T.Azimjanova, Muradova, M.Pazilova.  

Informatika 

va 


axborot 

texnologiyalari.  

O`quv qo`llanma.  Toshkent,  ―O`zbekiston  faylasuflari  milliy 

jamiyati‖, 2013 y. 

11. Велихов А.В и др. Компьтерные сети. Учеб.пос., Москва, ЗАО «Новый 

издательский дом», 2005 г. 



 

Qo„shimcha adabiyotlar 

 

12.  Мирзиѐев  Шавкат  Миромонович.  Эркин  ва  фаровон,  демократик 



Ўзбекистон  давлатини  биргаликда  барпо  этамиз. Ўзбекистон  Республикаси 

Президенти  лавозимига  киришиш  тантанали  маросимига  бағишланган  Олий 

Мажлис  палаталарининг  қўшма  мажлисидаги  нутқ  /  Ш.М.  Мирзиѐев.  – 

 Тошкент : Ўзбекистон, 2016. - 56 б. 

13. Мирзиѐев Шавкат Миромонович. Танқидий таҳлил, қатъий тартиб-интизом 

ва  шахсий  жавобгарлик  –  ҳар  бир  раҳбар  фаолиятининг  кундалик  қоидаси 

бўлиши 

керак. Мамлакатимизни 



2016 

йилда 


ижтимоий-иқтисодий 

ривожлантиришнинг  асосий  якунлари  ва  2017 йилга  мўлжалланган  иқтисодий 

дастурнинг  энг  муҳим  устувор  йўналишларига  бағишланган  Вазирлар 

Маҳкамасининг  кенгайтирилган  мажлисидаги  маъруза,  2017  йил  14  январ  / 

Ш.М. Мирзиѐев. – Тошкент : Ўзбекистон, 2017. – 104 б.               


 

13 


 

14.  Мирзиѐев  Шавкат  Миромонович.   Қонун  устуворлиги  ва  инсон 

манфаатларини таъминлаш – юрт тараққиѐти ва халқ фаровонлигининг гарови. 

Ўзбекистон  Республикаси  Конституцияси  қабул  қилинганининг  24  йиллигига 

бағишланган  тантанали  маросимдаги  маъруза.   2016  йил  7  декабр 

/Ш.М.Мирзиѐев. – Тошкент: ―Ўзбекистон‖, 2017. – 48 б.  

15.  Мирзиѐев  Шавкат  Миромонович.  Буюк  келажагимизни  мард  ва  олижаноб 

халқимиз  билан  бирга  қурамиз.  Мазкур  китобдан  Ўзбекистон  Республикаси 

Президенти  Шавкат  Мирзиѐевнинг  2016  йил  1  ноябрдан  24  ноябрга  қадар 

Қорақалпоғистон  Республикаси,  вилоятлар  ва  Тошкент  шаҳри  сайловчилари 

вакиллари  билан  ўтказилган  сайловолди  учрашувларида  сўзлаган  нутқлари 

ўрин олган. /Ш.М.Мирзиѐев. – Тошкент: : ―Ўзбекистон‖, 2017. – 488 б

 

16. 


Ўзбекистон  Республикаси  Президентининг  Фармони.  Ўзбекистон 

республикасини  янада  ривожлантириш  бўйича  ҳаракатлар  стратегияси 

тўғрисида. (Ўзбекистон Республикаси қонун ҳужжатлари тўплами, 2017 й., 6-

сон, 70-модда) 

17. Ўзбекистон Республикаси Конституцияси. Т.: Ўзбекистон. 2014. -46 б. 

18. Aripov M. Internet va elektron pochta asoslari.- T.; 2000 y. 

19. A.R.Maraximov. Internet va undan foydalanish asoslari. O‗quv qo‗llanma. 

Toshkent, "ABL - Soft", 2001 y.  

 

Internet saytlari 

20. www.ziyonet.uz – Axborot ta‘lim portali 

21. www.edu.uz – Oliy va o‗rta maxsus ta‘lim vazirligi portali 

22. www.tdpu.uz – Nizomiy nomidagi TDPU rasmiy sayti 

23. http:// corel.Deamiart.ru//. 

24. www.amazon.com  

25. http://www.ctc.msiu.ru/materials/Book1,2/index1.html  

26. http://www.ctc.msiu.ru/materials/CS_Book/A5_book.tgz 

27. http://www.cs.ifmo.ru/ docs/case/ 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

14 


 

 

 



Ishchi o„quv dasturga o„zgartirish va qo„shimchalar kiritish to„g‟risida 

 

2019-2020  o‗quv  yili  uchun  ishchi  o‘quv  dasturiga  qo‘yidagi  o‘zgartirish  va 

qo‘shimchalar kiritilmoqda: 

____________________________________________________________________

____________________________________________________________________

____________________________________________________________________

____________________________________________________________________

____________________________________________________________________

____________________________________________________________________

____________________________________________________________________

____________________________________________________________________

____________________________________________________________________

____________________________________________________________________

____________________________________________________________________

____________________________________________________________________

____________________________________________________________________

____________________________________________________________________

 

   



 

O‘zgartirish va qo‘shimchalarni kirituvchilar:      

 

__________________________________________                             _______ 



                 (professor-o‘qituvchining I.F.O.)                                                   (imzosi) 

 

 



 

Ishchi  o‘quv  dasturga  kiritilgan  o‘zgartirish  va  qo‘shimchalar  ―Fizika-

matematika‖  fakulteti    Ilmiy-uslubiy  Kengashida  muhokama  etildi  va  ma‘qullandi     

(_____    yil     ― ___ ‖ _______  dagi  ―____‖ - sonli bayonnoma).  

 

Fakultet Ilmiy-uslubiy  



                    Kengashi raisi:                                   dots. S.P.Allayorov 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

15 


 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

16 


 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



Download 433.76 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling