Guliston davlat universiteti biofizika fanidan laboratoriya ishlarini bajarish


Download 0.71 Mb.
Pdf ko'rish
bet26/49
Sana09.09.2022
Hajmi0.71 Mb.
#803080
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   49
Bog'liq
2 5244721608962088105
Mustaqil ish1, Mustaqil ish1, Azimova Muborak Matematika chiqarish kk, 1-kurs magistr, 1-kurs magistr, maktabgacna talimda musiqiy tarbiya metodikasi, Квитанция195, 5 - azorat ishi 9 - sinfga, 2-mavzu, invoice for nkm 202530465, Mundarija, 1.1 Aholi soni rus, 1.1 Aholi soni rus jenshini, 2 5204294202791304976, 2 5240422449778007555
 
Diffuzion potensiallar 
Diffuzion potensiallar bir xil erituvchida erigan tuzlar, kislotalar va asoslarning 
har xil konsentratsiyasi ikki eritmalariaro kontakt mavjud bo`lib, eritmalardagi 
ionlarning harakatchanliklari o`zaro farqlangan sharoitda kelib chiqadi. 
Demak, diffuzion potensialning kelib chiqishi, o`z tabiatiga ko`ra, eritmalardagi 
ionlar konsentratsiyalari va ular diffuziya tezliklarining turlicha bo`lishi bilan 
shartlanadi.
Masalan, xlorid kislota eritmasida vodorod va xlor ionlari diffuziya 
tezliklarining turlicha bo`lishi tufayli vodorod ionlari xlor ionlarini quvib o`tadi. 
Bordi-yu, xlorid kislotasining ikki xil konsentratsiyali eritmalariaro kontakt mavjud 
bo`lsa, u holda suyultirilgan eritma konsentrasiyasi yuqori eritmaga nisbatan musbat 
zaryadlanadi. Ammo musbat zaryadli ionlarning o`zaro itarilishlari va manfiy 
zaryadli ionlarning musbat zaryadli ionlarga tortilishlari natijasida, eritmadagi ionlar 
taqsimoti ozmi-ko`pmi tekislanadi. Eritmalararo konsentratsiyalar farqi saqlangan 
holda, ionlarning elektrostatik ta`sirlashishlaridan qat`iy nazar, ulararo potensiallar 
farqi mavjud bo`lib turaveradi. 
Agarda berilgan sharoitda eritmadagi anion va kationlar harakatchanliklari 
hamda eritmalar konsentratsiyalari ma`lum bo`lsa, bir valentli binar elektrolitlar 
uchun ularning ikki xil konsentratsiyali eritmalariaro kelib chiqadigan diffuzion 
potensiallar farqi kattaligini Genderson tenglamasi yordamida hisoblab topsa bo`ladi: 
2
1
C
C
In
F
RT
V
u
V
u
E




(1) 
bu yerdagi E
d
-voltlarda ifodalangan diffuziyasi potensiallar farqi 
u

V
-kation va 
anionlarning o`rtacha harakatchanliklari, T-mutlaq harorat, R-gaz doimiysi, F-
Faradey soni, C
1
, C
2
-o`zaro ulanadigan eritmalar konsentratsiyalari. 
Tenglamadagi natural logarifmni o`nli logarifmga almashtirib, 17˚C (T=290 K) 
sharoiti uchun va nihoyat voltlardan millivoltlarga o`tsak, diffuzion potensial 
kattaligini hisoblash tenglamasini quyidagicha yozish mumkin: 
V
u
V
u
E
dt



58 
2
1
C
C
I
g
(2) 
Tenglamalardan ko`rinib turibdiki, diffuzion potensiallar kattaligi kation va 
anionlar harakatchanliklariaro farq harorat va eritmalar konsentratsiyalari nisbatining 
logarifmiga bog`liq bo`ladi. Boshqacha aytganda, 
u
-
V
qancha katta bo`lsa, ya`ni 
ionlardan birining harakatchanligi ikkinchisinikidan qanchalik kam bo`lsa, diffuzion 


36 
potensial shuncha katta bo`ladi. Ikkinchi tomondan, E
d
-kattaligi eritmalar 
konsentratsiyalaridagi farq bilan ham belgilanadi. 
Ma`lum bo`lgan ionlardan eng katta harakatchanlikka ega bo`lgani vodorod va 
gidroksil ionlari bo`lib, o`sha ionlardan biriga ega eritmalararo kelib chiqadigan 
potensiallar farqi anchagina katta qiymatlarga erishadi. Bunday hol bir vaqtning 
o`zida, kam harakatchanlikka ega yirik molekulalar organik va anorganik ionlar 
tutgan sistemalarga ham taalluqlidir. 
Diffuzion 
potensiallar 
farqi 
shikastlanish 
potensiali 
deb 
ataladigan 
potensialning muhim tashkillovchilaridan bo`lishi ehtimoldan holi emas. To`qima 
zararlaganda vujudga keladigan ana o`sha shikastlanish potensiali zararlanish paytida 
bog`langan holatdan erkin holatga o`tgan kaliy yoki vodorod ionlari bilan 
hujayralardagi oqsil anionlari harakatchanliklarining turlicha bo`lishi bilan 
shartlanishi mumkin. Ma`lumki, oqsil anionlari, ular o`lchamlarining kattaligiga 
bog`liq holda, kam harakatchanlikka ega. Shu sababdan shikastlanish potensiali 
ko`pincha anchagina katta qiymatlarga erishadi. 
Shikastlanish potensialining tabiati haqida bayon etilgan tasavvurning 
to`g`riligini anorganik ionlarning jelatin geli orqali diffuziyalanishi paytida kelib 
chiqadigan diffuzion potensial ham tasdiqlaydi. 
Kation va anionlar harakatchanliklari bir xil yoki o`zaro kam farqlanganda 
potensiallar 
farqi 
minimal 
qiymatga 
ega 
bo`ladi 
va 
uning 
kattaligi 
konsentratsiyalardagi farq bilan belgilanadi. Bunday hol kaliy xloridning ikki xil 
eritmalariaro kontakt mavjud bo`lgan sharoitda kuzatiladi.
Chegara bo`limida kelib chiqishi muqarrar bo`lgan diffuzion potensial 
konsentratsion, fazalararo va oksidlanish-qaytarilish potensiallar farqlarini o`lchash 
paytida o`lchov natijalarining aniqlik darajasini kamaytiradi. Bu hol ayniqsa 
bioelektrik potensiallar farqini o`lchashda, o`sha maqsadda ishlatiladigan 
mikroelektrod bilan hujayralarokontakt yuzaga kelganda ko`zga yaqqol tashlanadi. 
Model sistemalarda ishlatiladigan suyuklik sifoni, bioelektrik tadqiqotlarda 
qo`llaniladigan mikroelektrodlar, turli konpentsatsiyali eritmalararo aloqani 
ta`minlaydi. Shunga ko`ra, ularning qanday elektrolit bilan to`ldirilishi befarq emas, 
albatta.
Amaliy ishlarda, ana shu diffizion potensialdan holi bo`lish maqsadida, suyuqlik 
kontakti sifatida ishlatiladigan sifonlar va mikroelektrodlar harakatchanliklari deyarli 
farqlanmaydigan ionlardan tashkil topgan kaliy xlorid eritmasi bilan to`ldiriladi. 

Download 0.71 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   49




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2022
ma'muriyatiga murojaat qiling