Guliston davlat universiteti fizika matematika fakulteti axborot texnologiyalari kafedrasi


Download 1.05 Mb.
bet1/2
Sana25.05.2020
Hajmi1.05 Mb.
#109995
  1   2
Bog'liq
Guliston davlat universiteti fizika matematika fakulteti axborot


O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI
OLIY VA O’RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI


GULISTON DAVLAT UNIVERSITETI


FIZIKA - MATEMATIKA FAKULTETI


AXBOROT TEXNOLOGIYALARI KAFEDRASI
5130200- Amaliy matematika va informatika” ta’lim yo’nalishi
13-12-guruh talabasi To’g’onboev Jahongir Abdulla o’gli ning Axborot tizimlari va ularning xavfsizligini ta’minlash texnologiyalari
mavzusida bajargan

BITIRUV MALAKAVIY ISHI

Rahbar: p.f.n. D. Abdurahimov




Guliston – 2016

2

Bitiruv malakaviy ish Guliston davlat universitetining 2016 yil ____ apreldagi


____ -sonli buyrug’i bilan tasdiqlangan Davlat attestatsiya komissiyasining ____–
sonli yig’ilishida muhokama qilindi va “____” ball bilan (__________) baholandi.
(a’lo, yaxshi, qoniqarli)
Bitiruv malakaviy ish “Fizika-matematika” fakultetining 2016 yil
“____”____________dagi ____–sonli Ilmiy-uslubiy kengashi qarori bilan Davlat
attestatsiyasi komissiyasiga himoya qilish uchun tavsiya etildi.

Fakultet dekani Sh.Ashirov


Bitiruv malakaviy ish “Axborot texnologiyalari” kafedrasining 2016 yil
“____”_________ dagi ____– sonli yig’ilishida muhokama qilindi va himoyaga
tavsiya etildi.
Kafedra mudiri D.Abdurahimov
BMI bajaruvchi “5130200 - Amaliy matematika va informatika” ta’lim yo’nalishi 13-12-guruh talabasi __________ J. A.To’g’onboev

Rahbar __________ p.f.n. D.Abdurahimov

3

MUNDARIJA

KIRISh ........................................................................................................
I BOB. AXBOROT TIZIMLARI VA ULARNING XAVSIZLIK
MUAMMOLARI.........................................................................
1.1. Axborotning ahamiyati, uning jamiyatda va kundalik xayotimizda
tutgan o’rni ................................................................
1.2. Axborotlarga nisbatan mavjud xavfsizliklar va xavf-xatarlar
………………………………………………………...
1.3. Axborot tizimlarida axborotlarni himoyalash muammolari.............



  1. БОБ. AXBOROT TIZIMLARIDA AXBOROT XAVFSIZLIGINI TAMINLASh USULLARI VA VOSITALARI

2.1. Axborot tizimlarida axborot xavfsizligining asosiy tashkil


etuvchilari.......................................................................................
2.2. Axborot xavfsizligiga oid qabul qilingan huquqiy va me’yoriy
hujjatlar ................................................................................................
2.3. Axborot tizimlarida axborot xavfsizligini ta’minlash vositalari.......

2.4. Kompyuter viruslari va antivirus himoya vositalari...............



XULOSA ...........................................................................................................


FOYDALANILGAN ADABIYoTLAR RO’YXATI....................................

Бет 4

9

9



15
22

27


27

34
40

51

62

64



4
Kirish

Mavzuning dolzarbligi. XXI asr kishilik jamiyatining taraqqiyoti inson faoliyatining turli jabhalarida bevosita axborot ishlab chiqarish, uni iste’mol qilish va jamlash sur’atlarining o’sishi bilan bevosita bog’liq. Sababi, axborot kishilik jamiyatnining muhim resurslari hisoblanadi. Ijtimoiy taraqqiyotda axborot strategik muhim ahamiyatga ega bo’lgan hom-ashyo va energiya bilan tenglashtirilmoqda. Ma’lumki, dunyo miqyosida milliy mahsulotning 70% i axborot tizimlarida saqlanayotgan axborot ko’lami bilan bog’liqdir. Keyingi o’n yil ichida biz axborot texnologiyalarining shiddat bilan rivojlanib, hayotning barcha
jabhalariga, ayniqsa, ishlab chiqarishning turli sohalariga joriy etilishining guvohi bo’ldik.
Rivojlangan davlatlarda ko’pchilik faoliyat ko’rsatayotgan xodimlar ishlab chiqarish sohasida emas, balki u yoki bu darajada axborotni qayta ishlash bilan banddirlar. Bugungi kunda har bir xodim, mutaxassis, talaba o’z faoliyatini axborot texnologiyalarisiz tasavvur qila olmaydi. Ular o’zlarining qimmatli vaqtlarini kompyuter oldida o’tkazib, mashaqqatli mehnat evaziga yaratilgan bebaho axborotlarini saqlashni «aqlli mashinalarga» ishonib, ularning yo’q
qilinishi, buzilishi yoki o’g’irlanishi haqida o’ylamay, tavakkalchilikka yo’l qo’yadilar. Bunday qimmatli axborotlarni saqlash, ularning xavfsizligini ta’minlash uchun qoidalar, tamoyillar, vositalar, usullarni bilish va ustalik bilan joriy etish zarur bo’ladi. Nafaqat qimmatli axborotlar xavfsizligini ta’minlash, balki axborot tizimlari va ularning infrastrukturasi xavfsizligini ta’minlash ham muhim ahamiyat kasb etmoqda. [6].
Insonning butun hayoti axborotni qabul qilish, saqlash va qayta ishlash bilan bog’langan. Umuman olganda, inson bilimi ham to’plangan va tartiblangan axborotdir. Ammo inson miyasi nechog’li mukammal bo’lmasin, juda katta miqdordagi axborotning hammasini xotirasida saqlay olmaydi va avloddan-avlodga hech bir o’zgarishsiz uzatib bermaydi. Shu tariqa axborotlarni saqlab,

5

eslab turadigan texnik vositalarga zaruriyat tug’ildi. Bundan tashqari, axborot har bir millatning boyligi hisoblanadi, shu sababli uni shunday saqlash lozimki, undan kerakli vaqtda kerakli hajmda foydalanish mumkin bo’lsin. Shundagina uning bahosi beqiyos bo’ladi. Aynan shuning uchun kompyuterlar bugungi kun talabiga javob beradigan texnik vositalari va qurilmalaridan samarali foydalanishga harakat qiladi. Demak, kompyuterlar texnologiya larining tanlab olingan texnik vositalar kompleksi yordamida axborotlarni saqlash, uzatish va qayta ishlash jarayonlarini qamrab oladi.


Malakali bo’lgan har bir xodim - xuquqshunos, muxandis, iqtisodchi, jurnalist va boshqa - hozirgi kunga kelib ma’lumotlar to’plamini qiyinchilik bilan boshqara olyapti. Shuning bilan birgalikda informatikada axborot texnologiyalar, ya’ni inson mehnatini qisman yoki to’la engillashtirishga qaratilgan texnologiyalar ko’plab yaratilmokda.
Prezidentimiz va hukumatimizning diqqat markazidagi masalalar qatoriga ta’lim jarayonini axborotlashtirish masalasi ham kirib, ushbu masalani hal etish bo’yicha qator qonunlar va qarorlar qabul qilindi. Bu qonun va qarorlarning asosini o’quv jarayoniga yangi axborot-kommunikatsiya va pedagogik texnologiyalarni, elektron darsliklar hamda multimediya vositalarini keng joriy etish, zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini yaxshi biladigan va o’z kasbiy faoliyatida ulardan samarali foydalanadigan yuqori malakali, axboriy madaniyatga ega mutaxassislarni tayyorlash tashkil etadi.
Hech kimga sir emas, bugungi bozor iqtisodiyotiga o’tilayotgan dorilomon zamonda jamiyatimiz taraqqiyoti xalq xo’jaligining har sohasiga yangidan-yangi texnologiyalarni, jumladan yangi axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini jalb qilishni ta’qoza etmoqda.
Oxirgi paytda kompyuter tizimlarining turli sohalarda va keng ko’lamda ishlatilishi hamda axborotlashtirishning jadal tarakkiy etishi axborot xavfsizligi muammosini keltirib chiqarmokda. Xavfsizlik muammosi har qanday tizim uchun uning murakkabligi, tabiatidan qat’i nazar birlamchi vazifa hisoblanadi.

6

Tez rivojlanib borayotgan kompyuter axborot texnologiyalari bizning kundalik xayotimizning barcha jabxalarida sezilarli o’zgarishlarni olib kirmokda. Xozirda “axborot tushunchasi” sotib olish, sotish, biror boshka tovarga almashtirish mumkin bo’lgan maxsus tovar belgisi sifatida tez-tez ishlatilmokda. Shu bilan birga axborotning baxosi ko’p xollarda uning o’zi joylashgan kompyuter tizimining baxosida bir necha yuz va ming barobarga oshib ketmokda. Shuning uchun tamomila tabiiy xolda axborotni unga ruxsat etilmagan xolda kirishdan, kasddan uzgartirishdan, uni ugirlashdan, yuqotishdan va boshka jinoiy xarakterlardan ximoya kilishga kuchli zarurat tug’iladi.


Bugungi kunda axborot xavfsizligi jamiyatdagi bosh muammolardan biri bo’lib qolmoqda. Bunga sabab, keng ko’lamda axborotlarni jamlash, saqlash, qayta ishlash va uzatishning turli xil vositalari va usullaridan foydalanishdir.
Ushbu yuqorida keltirilgan ma’lumotlardan ko’rinib turibdiki, mazkur “Axborot tizimlari va ularning xavfsizligini ta’minlash texnologiyalari”
mavzusida bitiruv malakaviy ish dolzarb masalalardan biri hisoblanadi.
Ishning maqsad va vazifalari. Axborot tizimlari va ularning xavfsizligini ta’minlash texnologiyalarini yoritib berishdan maqsad foydalanuvchilarga kompyuterda axborotlarni turli xil yo’llar bilan yo’qolib ketishi yoki turli xil g’arazli maqsadlar yo’lida foydalanishlarning oldini olish usullari bo’yicha bilimlarga ega bo’lish deb xisoblayman. Ishlab chiqarishda shu ma’lum bo’lmoqdaki, axborot va u bilan bog’liq axborot texnologiyalar jamiyatning rivojida juda katta rol o’ynamoqda. Axborot xavfsizligi axborotni tasodifiy yoki oldindan ko’zlangan tahdiddan himoyalashni nazarda tutadi.
Ushbu bitiruv malakaviy ishda axborot tizimlari, ularning xavfsizligini ta’minlash texnologiyalarini o’rganish va qo’llashning amaliy tavsiyalarini ishlab chiqish.
Ishning ob’ekti. Kompyuter axborot tizimlari va ularning xavfsizligini ta’minlash texnologiyalarini o’rganish jarayoni.

7
Ishdagi ilmiy yangiliklar va erishilgan natijalar.


BMI da hozirgi kunda dolzarb masalalardan biri hisoblangan kompyuter axborot tizimlari, ularning xavfsizligini ta’minlash texnologiyalarini o’rganib chiqildi va qo’llash bo’yicha amaliy tavsiyalari ishlab chiqildi.
Ishning kirish qismida mavzuning dolzarbligi, ishning maqad va vazifalari,
ishning ilmiy va amaliy ahmiyati, adabiyotlar tahlili ko’rsatib o’tilgan.
I bobda “Axborot tizimlari va ularning xavsizlik muammolari “ deb nomlandi va bu erda axborotning ahamiyati, uning jamiyatda va kundalik xayotimizda tutgan o’rni, axborotlarga nisbatan mavjud xavfsizliklar va xavf-xatarlar, axborot tizimlarida axborotlarni himoyalash muammolari to’g’risida
nazariy va amaliy ma’lumotlar keltirilib o’tildi.
II bob “Axborot tizimlarida axborot xavfsizligini taminlash usullari va vositalari” deb nomlanib, axborot tizimlarida axborot xavfsizligining asosiy tashkil etuvchilari, axborot tizimlarida axborot xavfsizligini ta’minlash vositalari xamda kompyuter viruslari va antivirus himoya vositalari, viruslarga qarshi chora-tadbirlar, axborotlarni stenografik ximoyalash usullari, yoritib berilgan.
Ishning amaliy ahamiyati.
BMI da ko’rilgan masalalar bevosita har bir kompyuterdan foydalanuvchiga komp’yuterlarning ishonchli ishlashi, qimmatli ma’lumotlarni asrash, axborotlarni yomon niyatli shaxslar tomonidan o’g’irlanishi yoki o’zgartirilishidan saklash va boshka muammolarni bartaraf etish o’ta muhimligi to’g’risida zarur axborotlar berilgan.
Bitiruv malakaviy ishining tuzilishi.
Bitiruv-malakaviy ish kirish, 2 ta bob, xulosa va foydalanilgan adabiyotlar ro’yxatlaridan iborat.
Adabiyotlar tahlili.
Ushbu bitiruv malakaviy ishni bajarish davrida qator adabiyotlar, me’yoriy hujjatlar, mavzuga oid nashr qilingan ilmiy maqolalar va internet saytlaridan

8
foydalandim. Guliston davlat universiteti “Axborot texnologiyalari” kafedrasi


o’qituvchilari I.Isoqov, D.Abdurahimov, D.Toshtemirov tomonidan ishlab chiqilgan “Oliy ta’limda bitiruv malakaviy ishlarni tayyorlash va himoya qilish” Uslubiy ko’rsatma. Guliston, 2015 y., - 24 b. dan foydalandim. [17], [18]..
Mualliflar G’aniev S., Karimov M., Tashev K. “Axborot xavfsizligi” –Toshkent 2008 y. [21]. Unda axborot xavfsizligiga tahdidlar, xavfsizlikni ta’minlashning asosiy yo’llari, AKT larga suqilib kirishlarni ta’minlash, simsiz aloqa tizimlarida axborotlarni himoyalash mavzularini o’qib o’rganib chiqdim.
Bundan tashqari, BMIni yozish davrida eng asosiy manba sifatida INTERNET tizimidagi mavzuga oid manbalardan, kompyuter amaliy dasturlaridan foydalandim. [IR1-IR9].

9



  1. BOB. AXBOROT TIZIMLARI VA ULARNING XAVFSIZLIK MUAMMOLARI


1.1. Axborotning ahamiyati, uning jamiyatda va kundalik xayotimizda tutgan o’rni.
Axborot tushunchasi. O’zbekiston Respublikasining 2002 yil 12 dekabrdagi 439-II son “Axborot erkinligi printsiplari va kafolatlari to’g’risida”gi Qonuniga binoan, axborot - manbalari va taqdim etilish shaklidan qat’iy nazar shaxslar, predmetlar, faktlar, voqealar, hodisalar va jarayonlar to’g’risidagi ma’lumotlardir. [3].
Axborot keng qamrovli tushuncha bo’lib, unga quyidagicha ta’riflar ham berish mumkin:


  1. Dalil, voqea, xodisa, predmet, jarayon kabi ob’ektlar haqidagi bilim hamda tushunchalar yoki buyruqlar;




  1. Ma’lum xos matnda aniq ma’noga ega tushunchalarni ichiga olgan dalil, voqea, xodisa, predmet, jarayon, taqdimot kabi ob’ektlar haqidagi bilimlar majmui;




  1. Qiziqish uyg’otishi mumkin bo’lgan, saqlanishi va qayta ishlanishi lozim

bo’lgan jami dalil va ma’lumotlar. Kitob matni, ilmiy formulalar, bank hisob raqamidan foydalanish va to’lovlar, dars jadvali, o’lchash majmualarining er va fazo stantsiyasi o’rtasidagi masofa to’g’risidagi ma’lumotlar va hokazolar axborot bo’lishi mumkin.


Axborotlarni uzatish. Axborotni uzatish deganda ehtiyojdan kelib chiqib, uni bir kishidan ikkinchi kishiga yoki bir kompyuterdan ikkinchi kompyuterga turli vositalar yordamida etkazib berish tushiniladi. Axborotlarni uzatishning turli xil usullari mavjud bo’lib, ular kompyuter dasturlari yordamida, pochta orqali, transport vositalari yordamida, aloqa tarmog’i orqali uzatish mumkin. Aloqa tarmog’i orqali axborotlarni qisqa vaqt ichida uzoq masofaga uzatish mumkin. Bunda ma’lumotlarni uzatish vaqti sezilarli darajada qisqaradi.

10




Axborotning turlari: matn, tasvir, animatsiya, audio va video. Ma’lumki, axborotlarni insonlar bir-biriga uzatish jarayonida matn ko’rinishdagi, jadval ko’rinishdagi, tovush ko’rinishdagi va tasvir ko’rinishdagi ma’lumotlardan foydalanadi.
Matn. Matn – bu ma’lumotlarni ifodalash shakli bo’lib, u mazmunan yagona, yaxlit va tanlangan tilning belgilari ketma-ketligidan iborat. Matn hujjat asosidir. Axborot tizimiga matn kiritish klaviatura, nurli pero, mikrofon, yoki skaner yordamida amalga oshiriladi. Matnlarga ishlov berish matn muharriri deb ataluvchi maxsus amaliy dasturlar majmuasi tomonidan amalga oshiriladi. Tarmoq orqali matnlar ma’lumotlar bo’laklari ko’rinishida uzatiladi.



Tasvir. Tasvir – bu biror voqea, xodisa yoki jarayonlarni o’zida ifodalagan rasm bo’laklari va ranglardan iborat ma’lumotdir. Foto, manzara, matematik funktsiyalar grafigi, statistik ma’lumotlar diagrammasi va shunga o’xshash ma’lumotlar tasvir hisoblanadi. Kompyuter yordamida tasvirlarga ishlov berishni to’rt guruhga ajratish maqsadga muvofiq hisoblanadi:


  1. Kulrang va rangli tasvirlar;




  1. Ikki xil va bir necha “rangli” tasvirlar;




  1. Uzluksiz egri va to’g’ri chiziqlar;

11
4. Nuqtalar yoki ko’pburchaklar iborat tasvirlar.
Bu turkumlash tasvirni ko’rib idrok qilish mexanizmi bilan emas, balki ularni taqdim etish va qayta ishlashga yondashish bilan bog’liq.



Download 1.05 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling