Guliston davlat universiteti iqtisodiyot kafedrasi fan: makroiqtisodiyot


Download 124.45 Kb.
bet1/12
Sana03.08.2022
Hajmi124.45 Kb.
#790494
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
Bog'liq
Fan makroiqtisodiyot
doc, OVQATLANISH, OVQATLANISH, 10-11 ONA TILI MA'LUMOTNOMA, 6 -ma’ruza Laplas almashtirilishi, uning xossalari. Originallar , 0000895e-e72b9d2d, 0000895e-e72b9d2d, Янги мажмуа, Янги мажмуа, Berdigaliyeva Ch Qarim-qatnas psixologiyasi, Berdigaliyeva Ch Qarim-qatnas psixologiyasi, metrologiyastandartlashtirish va sertifikatsiya , Mavzu Fuqaro, fuqaroviylik va faol fuqaroviylik pozitsiyasi. Re, Справка жкраева, December 11 Reading Passage 1 111221170722

UZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O`RTA MAXSUS TALIM VAZIRLIGI


GULISTON DAVLAT UNIVERSITETI


IQTISODIYOT KAFEDRASI


FAN: MAKROIQTISODIYOT


IQTISODIYOT TARMOQLAR BO`YICHA YO`NALISHI


70-19 guruh talabasi Jo`raboyev Akmal
Investitsiyaning makroiqtisodiy talqini va uning manbalari”

KURS ISHI


Tekshirdi: Raxmatov Kamoliddin
Bajardi: Jo`raboyev Akmal

Guliston -2020


Reja:
1. Investitsiya tushunchasi, turlari va vazifalari
2. Bozor iqtsidiyoti sharoitida investitsiyalarning iqtisodiyotda tutgan o`rni
3. Investitsion faoliyat va uni ta`sir e`tuvchi omillar
4. Mamlakatni modernizatsiyalash yo`lida amalga oshirilayotgan faol investitsiya siyosati va o`zlashtirilayotgan xorijiy investitsiyalar
5. Iqtisodiyotga investitsiyalarni jalb qilish va boshqarishning o`ziga xos xususiyatlari
6. O`zbekistonning investitsion faoliyati va 2020-2022 yillar uchun qabul qilingan investitsiya dasturi
7. O`zbekistonda investitsiya siyosati va xorijiy investitsiyalarni jalb qilish yo`llari

1 Investitsiya tushunchasi, uning mohiyati, turlari va vazifalari
O`zbekiston mustaqil davlat maqomiga erishgandan so`ng mamlakat iqtisodiyotini shakllantirish va rivojlantirishning turli xil xususiyatlarini hisobga olib o`zining yo`nalishini belgilab oldi hamda ushbu yo`l bo`ylab o`zining iqtisodiy rivojida davom etmoqda.
O`zbekiston Respublikasi Qonunchilik palatasi tomonidan 2019-yil 9-dekabrda qabul qilingan va Senat tomonidan 2019-yil 14-dekabrda ma`qullangan “Investitsiyalar va investitsiya faoliyati to`g`risida” gi qayta tahrirdagi qonunida investitsiya tushunchasiga quyidagicha ta`rif berib o`tilgan: “Investitsiyalar-investor tomonidan foyda olish maqsadida ijtimoiy soha, tadbirkorlik, ilmiy va boshqa faoliyat turlari obyektlariga tavakkalchiliklar asosida kiritiladigan moddiy va nomoddiy boyliklar hamda ularga bo`lgan huquqlar, shu jumladan intellektual mulk obyektlariga bo`lgan huquqlar, shuningdek reinvestitsiyalardir”. 1Shunday qilib, ”Investitsiya” deyilganda kelajakda samarali natija olish yoki ijtimoiy foyda erishishnuchun qonuniy tartibda iqtisodiyotning turli tarmoqlariga sarmoyadorlar yoki davlat tomonidan kiritiladigan barcha turdagi mulkiy, moliyaviy va intellektual boyliklar tushinilishi mumkin. Ushbu boyliklarning barchasi investitsiyalarni shakllantirishda muhim hisoblanib, ularning umumiy holatiga o`z ta`sirini o`tkazib turadi. Boyliklarning shakllanishi esa mamlakatda olib borilayotgan iqtisodiy islohotlarning samarasini ko`rsatib turadi va ularning natijalarini yanada yaxshilashga xizmat qiladi. Boshqacha aytganda, investitsiyalar- turli xil mulkchilikning shakllaridagi moliyaviy, mulkiy va intellektual boyliklarni iqtisodiy-ijtimoiy samaradorlikka erishish uchun muomalaga kiritish hamda yo`naltirishdir.
Iqtisodiy kategoriya sifatida investitsiyalar quyidagicha xarakterlanishi mumkin:

  • kapitalni ko`paytirish uchun mablag`larning tadbirkorlikning deyarli barcha obyektlariga jalb qilish, yo`naltirish va kiritish hisoblanadi;

  • oyihalarni amalga oshirish jarayonida investitsion faoliyat ishtirokchilari o`rtasidagi o`zaro vujudga keladigan iqtisodiy munosabatlar sifatida ham ko`rish mumkin.

G`arb adabiyotlarida investitsiya termini haqida so`z borganda birinchi e`tabor fond bozorlari va birjalarga e`tabor qaratiladi, chunki yetakchi rivojlangan mamlakatlarda investitsiyalar, asosan, qimmatli qog`ozlar ko`rinishida bo`lib asosan shu shaklda amalga oshiriladi.
Investitsiya tushunchasiga yagona va to`liq ta`rif berish anchagina qiyin hisoblanadi. Iqtisodiy fanlarda va amaliy faoliyatning turli jabhalarida investitsiyalarning mazmuni hamda ularning o`ziga xos xususiyatlari mavjud deb uchragan. Iqtisodiyotda investitsiyalar ishlab chiqarish va xizmat ko`rsatishda yangi texnika va texnologiyalarga, binolarga shu bilan birga moddiy va nomoddiy zaxiralar hajmining ortishi uchun qilinadigan xarajatlardan tashkil topadi va umumiy xarajatlarning bir bo`lagi sifatida namoyon bo`lishi ham mumkin. Investitsiyalar-aynan aniq bir belgilangan davrda iste`mol qilinmagan va kelajakda aniq iste`mol qilinadigan iqtisodiyotdagi capital qo`yilmalarning ko`payishini ta`minlashga ko`maklashuvchi yalpi ichki mahsulotning bir qismi hisoblanadi. Ishlab chiqarish nazariyasi va makroiqtisodiyotda esa investitsiyalar yangi kapitalni yaratish, shakllantirish hamda mavjudlarini ko`paytirish jarayoni hisoblanadi.
“Investitsiyaning iqtisodiy mohiyati-bu asosiy va aylanma kapitalni korxonani tashkil etish, rekonstruksiya yoki texnik qayta qurollantirishga sarflash; moliyaviy investitsiya bo`yicha-investorni moliyaviy kapitalini oshirish maqsadida uning instrumentlaridan foydalanib, mablag`larni aksiya, obligatsiya, bank depozitlariga va boshqa qimmatli qog`ozlarga qo`yishdir. Investitsiya keng ma`noda yuritilib, bu investitsion jarayondagi hudud, region yoki mamlakatdagi moliya tizimini evolyutsion jarayonning hozirgi holati bilan izohlanadi. Investitsiya so`zi Yevropaning rivojlangan mamlakatlari (AQSH, Kanada, Buyuk Britaniya, Yaponiya) da fond bozorlariga ko`proq e`tibor qaratilib, investitsiyalash qimmatli qog`ozlar yordamida amalga oshiriladi degan tushunchalari mavjud. Boshqacha aytganda portfel investitisiyasi so`z bilan yuritiladi”2.
Milliy iqtisodiyotni bozor sharoitiga mos holda faoliyat olib borishi uchun muntazam ravishda ilmiy texnika taraqqiyoti yutuqlarini ishlab chiqarishga joriy etish lozim. Bu borada investitsiyalar iqtisodiyotni rivojlantirishda yetakchi o`rinni egallaydi, chunki investitsiya orqali kapital jamg`armalari jamg`arishiga va uning natijasida mamlakatning ishlab chiqarish imkoniyatlarini kengaytirish va iqtisodiy o`sishiga erishiladi. Investitsiya lotincha “invest” so`zidan olingan bo`lib, uning aynan tarjimasi “solish’ degan ma`noni anglatadi va u keng ma`nodagi tushuncha.
Investitsiyalarning iqtisodi mazmuni va mohiyati bo`yicha qarash va nuqtai nazarlarni tahlil qilish shuni ko`rsatadiki, turli iqtisodiy fanlar va amaliy faoliyatlarda ular turlicha talqin etiladi. Umumiy iqtisodiy fanlarda investitsiyalar-kapitalni jamg`arish jarayoni deb qaraladi. Moliya nazariyasiga ko`ra, ular bo`lajak natijalarni qo`lga kiritish maqsadida, mazmuni bo`yicha, hozirgi capital harakatlarini bildiradi. BMTning 1953-yilda qabul qilgan MHTda va shu asosda 1995-yilda qabul qilingan Yevropa MHTda investitsiya tushunchasi kengaytirilgan holda o`rganilib, asosiy kapitalni yalpi jamlanishi, unumdorlikni oshirish yoki xizmat qilish muddatini ko`paytirish maqsadida asosiy capital elementlarini qayta qurollantirish bilan bog`liq xarajatlardan chiqariladi. Investitsiyalarning mohiyati rejali, bozor va o`tish davri iqtisodiyoti sharoitlarida bir-biridan investitsion faoliyat qatnashchilari, moliyalashtirish manbalari, investitsiya riski, investitsion sikl axborot bazasi, loyihani amalga oshirish sharoiti va h. klar bo`yicha farq qiladi.
Investitsiyalarning kelib chiqish manbalariga qarab, ikki xilga: ichki va tashqi investitsiyalarga ajratish mumkin:

  • ichki investitsiyalar mamlakat milliy daromadining jamg`ariladigan qismi;

  • tashqi xorijiy investitsiyalari bir iqtisodiyotdan ikkinchisiga o`tayotgan kapital oqimi bo`lib, ular ichki investitsiyalardan keskin farq qiladi.

Iqtisodiyot bo`yicha Nobel mukofotining laureate (1990 yil) U.F. Sharp eng ommabop bo`lgan “Investitsiya” nomli darsligida “Investitsiyalar kelgusida (ehtimol, nomuayyan) qiymatini olish maqsadida hozirgi vaqtda muayyan qiymatidan voz kechishidir”3, deb ta`riflaydi. ”Investitsiyalash” atamasining ma`nosi bu qo`llanma mualliflari:”Kelajakda foyda olish uchun bugun puldan ajralishdir”4 deb e`tirof etadilar. Investitsion faoliyat ikki makro va mikro darajada amalga oshiriladi. Birinchi darajada davlat va rahbar strukturalar amalga oshirsa, ikkinchisida esa xo`jalik yurituvchi sub`ektlar-korxonalar, firmalar, kom- paniyalar va boshqalar amalga oshiradilar. Ikkala holatda ham gap investitsiyalash strategiyasi, uning o`lchamlari va olingan natijalari haqida boradi.
Makroiqtisodiy darajada investitsiyalar deganda milliy iqtisodiyot miqyosida ishlab chiqarish vositalarini takror ishlab chiqarishga, ”inson omili” ni rivojlantirishga, uy joy fondini, tovar zaxiralarini orttirish va shu kabilarga qilingan chiqimlarning bir qismini tushuniladi.
Mikroiqtisodiy darajada investitsiyalar deganda korxona, firma, korporatsiya, holding va h.k miqyosida kapitalni takror ishlab chiqarishga, zaxiralar miqdorini orttirishga va shu kabilarga qilingan chiqimlarga, ya`ni foydaning ishlab chiqarishni kengaytirishga qaratilgan qismini anglatadi. Meditsina tili bilan aytganda, investitsiya bu iqtisodiyotga qilingan “in`eksiya” bo`ladi. U iqtisodiyotni sog`lomlashtiradi, bardam qiladi. Investitsiyalarning asosiy manbai jamg`arma, boshqacha qilib aytganda milliy iqtisodiyot (uy xo`jaligi, korxona, firma, davlat) dagi yalpi daromadning iste`mol qilinmagan qismi hisoblanadi. Sarflanmagan daromadlar turli moliya institutlari, banklar, jamg`armalar va boshqalarda saqlanadi va kerak paytda tadbirkorlarga resurslar olish uchun qarzga beriladi. Amaliyotda 3 xil investitsiya turlari mavjud:moliyaviy, moddiy va nomoddiy investitsiyalar.

Download 124.45 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2022
ma'muriyatiga murojaat qiling