Guliston tuman hokimi Sh. Gʼofurovga Guliston tumani, Zarbdor mfy, Аvlodlar orzusi koʼchasi 6-uyda yashovchi fuqaro


Download 31.5 Kb.
Sana13.05.2020
Hajmi31.5 Kb.


Намуна

Guliston tuman hokimi

Sh.Gʼofurovga

Guliston tumani, Zarbdor MFY, Аvlodlar orzusi koʼchasi

6-uyda yashovchi fuqaro

V.Kasimovdan

АRIZА
Oʼzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 27 iyundagi

“Yoshlar – kelajagimiz” Davlat dasturi toʼgʼrisidagi PF-5466-sonli Farmoni va Oʼzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018 yil

16 avgustdagi 669- sonli qarori hamda 2018 yil 27 noyabrdagi 962-sonli qarorlarida “Yosh tadbirkorlar” kovorking-markazi va “Yoshlar mehnat guzari” komplekslari qurilishi rejalashtirilgan.

Farmonnig 3(a)-bandiga asosan tuman (shahar)lar hokimliklari “Yosh tadbirkorlar” kovorking-markazlari va “Yoshlar mehnat guzari” komplekslarini, shuningdek, boshqa obʼektlarni qurish (joylashtirish) uchun xususiy investorlarga, istisno tariqasida, toʼgʼridan-toʼgʼri muzokaralar orqali yer uchastka (boʼsh bino)larni doimiy foydalanish huquqi asosida ajratilishi belgilab qoʼyilgan.

Bundan tashqari, Oʼzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 13 avgustdagi PF-5780-sonli Farmonining 10-bandi, (a)kichik bandiga muvofiq, tadbirkorlik va shaharsozlik faoliyati uchun qishloq xoʼjaligiga moʼljallanmagan boʼsh yer uchastkalari respublikaning barcha hududlarida faqat “E-IJRO AUKSION” savdo maydonchasida elektron onlayn-auktsion orqali taqdim etilishi, Oʼzbekiston Respublikasi Prezidenti va Vazirlar Mahkamasining qarorlariga muvofiq yer uchastkalari berish hollari bundan mustasnoligi belgilab qoʼyilgan.

Yuqoridagilarni inobatga olgan holda, Sizdan, Davlat dasturi doirasida Guliston tumani, Zarbdor MFY, Аvlodlar orzusi koʼchasidagi boʼsh turgan (foydalanilmayotgan) 0,08 ga yor maydonini “Yoshlar mehnat guzari” qurilishi uchun ajratilishida amaliy yordam berishingizni soʼrayman.

Hurmat bilan,


Fuqaro: V.Kasimov
Download 31.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2020
ma'muriyatiga murojaat qiling