Guliston tumani 2-sonli Davlat maktabgacha talim tashkiloti Maktabga tayyorlov guruhi tarbiyalanuvchisi Mahmudova Rayhonaning "O‘jar jo‘jacha" nomli zamonaviy ijodiy ertagi
Guliston tumani
O’JAR JO’JACHA
B or ekan-u yo’q ekan, och ekan-u to’q ekan. Bo’ri bakovul ekan, tulki yasovul ekan. Qarg’a qaqimchi ekan, Chumchuq chaqimchi ekan. Toshbaqa tarozibon ekan, qurbaqachi undan qarzdor ekan. Omon-omon ushbu kunlarda, cho’l o’rnida barpo bo’lgan, go’zal
Gulistonning Dehqonobod shaharchasida bir qaysar jo’jacha yashagan ekan. U onasi suv ichgani ketganda tuxumni yorrib chiqibdi. Atrofga alanglab onasini izlab yo’lga tushibdi. Yo’l yuribdi, yo’l yuribdi, yo’l yursa ham mo’l yuribdi. Yurib-yurib temir panjaralar bilan to’silgan yo’lakka tushib qolibdi. Ketayotib yo’lak chetiga qurilgan o’yingohlarni ko’ribdi. U y erda katta yoshli erkagu ayollar, yosh bolalar turli sport anjomlarida xar hil mashqlarini bajarayotgan ekan. Jo’jacha yo’lda davom etibdi. Baland bino yonidan o’tayotsa, bolalar ishtirokida rasmlar ko’rgazmasi bo’layotgan ekan.
Jo’ja rasmlarga hayratlanib qarabdi. Rasmlarda chizilgan qizaloqlarning yal-yal yonayotgan atlas ko`ylakchalariga j o`jaxonning juda xavasi kelibdi-yu onasi esiga tushib yana g`amga cho`mibdi.
K eyin “Kitobxon bolajon” ko’rik-tanlovi bo’layotgan maydonga o’tibdi. U yerda ham onasini topolmabdi. Xafa bo’lib yo’lida davom etibdi. U hatto kompyuterchi akalarini oldida ham onasini uchratmabdi. Jo’jacha yura-yura, baland-baland daraxtlar qad ko’targan, ostida turli xil hayvonlar-u, ertak qahramonlarini haykallari bor, anvoyi gullarga burkangan so’lim bir xonaning eshigini taqillatibdi. Chip-Chip-Chip salom bolajonlar, - deb bolalarga salom beribdi.
Bolalar: -Assalomu alaykum, - deyishibdi.
Tarbiyachi: - Salom jo’jaxon, nega xafasan, - debdi.
J o’jacha: - Menga sizlarning yordamlaringiz zarur. Men kechagina tuxumni yorib chiqdim. Onamni topa olmayapman. Atrofda jonivorlar ko’p, lekin ulardan qaysi biri mening onam ekanligini bilolmayapman. Menga yordam bering, - debdi. Tarbiyachi bolalarga: - Bolajonlar jo’jaxonga yordam beramizmi, - debdi. Bolalar bir ovozdan “Ha” deyishibdi.
Jo’jaga tarbiyachining “Jo’jaxon” degan so’zi yoqib tushibdi. Chip-Chiplagan jo’ja ko’ksini kerib qaqaqlashga harakat qilibdi.
Tarbiyachi: - Bolalar, men sizlarga ona jonivorlarning rasmlarini ko’rsataman. Siz ularning bolasi nomini aytasiz.
Sigir-buzoq, echki-uloq, ot-toychoq, qo’y-qo’zichoq, tovuq-jo’ja. Ha, demak jo’jaxon tovuqning bolasi ekanda, - deyishibdi.
Shunda Kamola ismli qizcha: - Ha men bilaman, bu bizning “Do’stlik ” mahallamizdagi Nasiba opa boshqarayotgan “Asl Baraka” fermasidagi tovuqning bolasi, - debdi.
Shundan so’ng ular tarbiyachi boshchiligida Nasiba opa boshqarayotgan fermaga jo’jani olib borishibdi. Nasiba opa tarbiyachi va bolalarga “Rahmat” aytib, ularni tuxum bilan mehmon qilibdi.
Ona tovuq bolasi topilganidan xursand bo’lib, “Rahmat” deganday qanotlarini qoqib qo’yibdi.
Do'stlaringiz bilan baham: |