Guluston Davlat Universiteti


Download 0.57 Mb.
Pdf ko'rish
Sana31.10.2020
Hajmi0.57 Mb.
#139006
Bog'liq
Oksidlanish -qaytarilish reaksiyalarining turlari


 

 

  



Guluston Davlat Universiteti 

  

  

  

  

  

  

  

 

 

 

 

KIMYODAN 

 

LABORATORIYA MASHG`ULOTLARI

 

 

 

 



  

  

 

 

 



 

 


 

Laboratoriya  ishi  

№10 

Oksidlanish-qaytarilish reaksiyalari

  

Reaksiya  vaqtida  elektronlarning  bir  atomdan  (iondan)  boshqasiga  o`tishi 

natijasida reaksiyaga kirishuvchi moddalar tarkibidagi elementlarning oksidlanish 

darajasini  o`zgarishi  bilan  boradigan  reaksiyalarga  oksidlanish-qaytarilish   

reaksiyalari  deyiladi.  

 



2

 

 



Masalan:                         

Fe



S



FeS

  

Bu  reaksiyada  temir  atomi  ikkita  elektron  bergani  uchun  temirning 



oksidlanish darajasi noldan +2 gacha ortadi. Oltingugurt atomi esa ikkita elektron 

biriktirib olgani uchun uning oksidlanish darajasi noldan -2 gacha kamayadi.  

Elektronlar  berish  jarayoni  oksidlanish,  aksincha,  elektronlarni  biriktirib 

olish  jarayoni  qaytarilish  deb  ataladi.  Bu  ikkala  jarayon  sistemada  doimo  bir 

vaqtda  amalga  oshadi  va  oksidlanish  jarayonida  berilgan  elektronlar  soni  bilan 

qaytarilish jarayonida biriktirib olingan elektronlar soni o`zaro teng bo`ladi.  

Masalan:                     

2P

3Cl



2

2



3

Cl

3

1



  

Bunda har bir fosfor atomi uchtadan elektronlar beradi, har bir xlor atomi esa 

bittadan  elektron  biriktirib  oladi.  Shuning  uchun  oksidlanish  va  qaytarilish 

jarayonlarining elektron tenglamalari quyidagicha yoziladi:  

 

P

3



3 2(3



6)

 

 

 



 

Cl

2



2(1e

2Cl 2 3(2

3 6e)

 

Shunga  ko`ra  P    ning  oldiga  2  va  Cl  ning  oldiga  3  qo`yiladi.  Oksidlangan 



element  atomi    qaytaruvchi,  qaytarilgani  esa  oksidlovchi    bo`ladi.  Oksidlanish 

jarayonida  elementlarning   oksidlanish darajasi ortadi, qaytarilish jarayonida esa 

kamayadi:  

 

Oksidlanish  jarayoni   



  

  

Qaytarilish jarayoni  



 

       Zn

0

-2e

-

=Zn

+2  

  

  

  

P

0

+3e

-

=P

-3

  

 

       S



-2

-6e=S

+4  

  

  

  

Cr

+6

+3e

-

=Cr

+3

  

 

     N

-3

-8e

-

=N

+5  

  

  

  

Mn

+7

+5e

-

=Mn

+2

  

Oksidlanish-qaytarilish  reaksiyalarining  tenglamalari  elektronlar  balansi 

usuli yoki ion-elektron (yarim reaksiya) usuli bilan tenglashtiriladi.  

1. Elektron balans usuli. Bu usul oksidlovchi biriktirib oladigan elektronlar 

soni qaytaruvchi beradigan elektronlar soniga teng bo`lishi kerak degan qoidaga 

asoslangan.  

1-misol.       H

2

S+HNO



3

→H

2



SO

4

+NO+H



2

O  


Reaksiyadan   oldin va   reaksiyadan   keyin oksidlanish darajasi o`zgargan   

elementlarning      oksidlanish  darajasini  topib,  har  qaysi  element  belgisi      ustiga 

yozib qo`yamiz.  

                                        H

2

S

-2



+HN

+5

O



3

 



 H

2

SO



4

 + N


+2

O+H


2

O  


Oksidlovchi  bilan  qaytaruvchini  aniqlab,  yuqoridagi  qoidaga  asosan 

reaksiyaning  

elektronlar balans, tenglamasini tuzamiz                   

 

S



-2

-8e


-

=S

+6  



   

8  3    S

-2 

qaytaruvchi  



N

+5

+3e



-

=N

+2 



 3       8            N

+5

 oksidlovchi  



  

Elektronlar balansi   tenglamasi   orqali   topilgan eng kichik ko`paytuvchi 

sonlarni  oksidlovchi  bilan  qaytaruvchi  moddalar  oldiga  koeffisiyentlar  qilib 

qo`yib, tenglamani tenglashtiramiz:  



3H

2

S + 8HNO

3

=3H

2

SO

4

 +8NO + 4H

2

 

Oksidlanish – qaytarilish reaksiyalarining eritma muhitiga bog`liq holda 

amalga  oshishi.  Biror  qaytaruvchi  moddaga,  masalan  kaliy  nitrit  KNO

2

  ning 



neytral, ishqoriy va kislotali muhitga ega bo`lgan uch xil sharoitdagi eritmasiga 

KMnO


4

 eritmasi ta`sir ettirilsa, KMnO

4

 ning qaytarilishidan hosil bo`lgan reaksiya 



mahsulotlari turlicha bo`ladi.   

     Neytral muhitda:  

 

 

 



Boshqa  turdagi  reaksiyalar  kabi  oksidlanish-qaytarilish  reaksiyalari  ham 

ekvivalentlar  qonuniga  bo`ysunadi.  Oksidlanish  –  qaytarilish  jarayoni  

oksidlovchi  moddaning ekvivalentiga  oksidlanish ekvivalenti, qaytaruvchi 

moddaning ekvivalentiga qaytaruvchanlik ekvivalenti deyiladi.  

Oksidlanish  yoki  qaytarilish  ekvivalenti  reaksiya  jarayonida  oksidlovchi 

biriktirib oladigan yoki qaytaruvchi beradigan elektronlar soniga bog`liq bo`ladi. 

Shuning  uchun  oksidlanish  yoki  qaytarilish  ekvivalenti  oksidlovchining  yoki 

qaytaruvchining nisbiy molekulyar massasini ayni reaksiyada 1 mol oksidlovchi  

biriktirib oladigan  yoki 1  mol  qaytaruvchi    beradigan  elektronlar  soniga bo`lish 

orqali topiladi. Masalan:  



HJ

 

J



E

HJ

=Mr(HJ)/6=128:6=21,3  

Cl

 

Tajribalarning bajarilishi.  

 Kerakli reaktivlar va asboblar:  

3

 



2

 

2



 

)

 



1

 

(



 

2

 



1

 

6



 

6

 



6

 

3



 

3

 



1

 

0



 

2

 



5

 

1



 

1

 



3

 

5



 

2

 



0

 

2



 

1

 



Cl

 

e

 

J

 

e

 

HCl

 

O

 

HJ

 

O

 

H

 

Cl

 


a)  probirkalar, cho`p gaz gorelkasi,  asbestlangan to`r, shtativlar, KJ, xlorli 

suv,  distillangan  suv  ,  KMnO

4

,  Na


2

SO

3



,  H

2

SO



4   

  (0,1  N  eritmalari  ),NaOH 

(to`yingan eritmasi) K

2

Cr



2

O

7



 (0,1 N eritmasi) KNO

(0,5 N eritmasi), (NH



4

)

2



Cr

2

O



7

 

tuzi, 3% li H



2

O



eritmasi, MnO

2

 kristallari, H



2

S eritmasi.  



1-tajriba. Galogenlarning oksidlovchilik xossalari.  

a)  Probirkaga 2-3 ml 0,25 N. KJ eritmasidan quying va unga 2-3 ml xlorli 

suv (Cl

2

+  



suv)  qo`shing.  Eritma  rangining  o`zgarishini  kuzating  va  sababini  tushuntiring. 

Reaksiya tenglamasini yozing va oksidlovchi bilan qaytaruvchilarni ko`rsating.  

b)  Probirkaga 2-3 ml 0,25 N KJ eritmasidan   quying va unga to eritma rangi    

o`zgarguncha  tomchilatib  vodorod  sulfidli  suv  qo`shing.  Reaksiya  natijasida 

oltingugurt  loyqasi  hosil  bo`lishini  kuzating.  Reaksiya  tenglamasini  yozing  va 

oksidlovchi bilan qaytaruvchilarni ko`rsating.  



2-tajriba.  Oksidlanish-qaytarilish  jarayoniga  muhitning  ta`siri.  Uchta 

probirkaga  2-3  ml.dan  0,1N.  KMnO

4

  va  0,1  N.  Na



2

SO

3



  eritmalaridan  quying. 

Probirkalardan biriga  2-3  ml 2 N. H

2

SO

4



, ikkinchisiga 2-3 ml distillangan suv, 

uchinchisiga  esa  2-3  ml  ishqorning  to`yingan  eritmasidan  qo`shing  va 

probirkalardagi eritmalarni chayqatib aralashtiring. Kislotali, neytral va ishqoriy 

muhitlarda probirkalardagi   eritmalar rangining o`zgarishini kuzating va har qaysi 

muhitdagi eritma uchun tegishli reaksiya tenglamalarini tuzing. Oksidlovchi bilan 

qaytaruvchini   ko`rsating.  

Qaysi  muhitda      KMnO

4

      ning      oksidlanish      xossasi  kuchliroq namoyon 



bo`ladi.  

  

3-tajriba. Kaliy nitrit KNO

2

 ning qaytaruvchi va oksidlovchi xossalari.   

a) 


Probirkaga 1-2 ml 0,5 N K

2

Cr



2

O

7



 eritmasidan quying va uning 

ustiga 2-3 ml H

2

SO

4



  

bilan 2- 3 ml 0,5 N KNO

2

 eritmalaridan qo`shing. Probirkani sekin qizdiring va 



eritma rangining o`zgarishini kuzating.  

To`q  sariq    rangli  Cr

6+

  ionining  ko`k  yashil  tusli  Cr



3+

  ioniga  aylanishini 

e`tiborga  olib,  reaksiyaning  molekulyar  va  ion-elektron  tenglamalarini  tuzing. 

Tenglamani tenglashtiring va oksidlovchi bilan qaytaruvchilarni ko`rsating.  

b) 

Probirkaga 1-2 ml KNO



2

 eritmasidan quying va uning 

 

ustiga 2-



3  ml  H

2

SO



4

  bilan  2-3  ml  KJ  eritmalaridan  qo`shing.  Probirkadagi  eritma 

rangining qizil qo`ng`ir tusga aylanishi, unda J

2

 molekulalari hosil bo`lishini 



bildiradi.  Probirkaning  orqasiga  bir  varaq  oq  qog`oz  qo`yib,  eritmadan 

ajralayotgan  gaz  rangining probirkadan chiqish oldida o`zgarishini ko`ring. 

Bu  qanday  gaz?  Reaksiya  tenglamasini  yozing  va  uni  tenglashtiring.  Bu 

reaksiyada KNO

2

 oksidlovchimi yoki qaytaruvchimi?   



4-tajriba.  Molekulalar  ichida  sodir  bo`ladigan  oksidlanish-qaytarilish 

reaksiyalari. Asbestlangan to`r ustiga (NH

4

)



2

Cr

2



O

7

 tuzi kristalidan 1-2 gr qo`yib, 



uni to reaksiya boshlanguncha qizdiring. Reaksiya natijasida xrom (III)-oksid, azot 

va  suv  bug`lari  hosil  bo`lishini  nazarda  tutib,  reaksiya  tenglamasini  yozing. 

Oksidlovchi bilan qaytaruvchilarni ko`rsating.  

5-tajriba. O`z-o`zidan oksidlanish va qaytarilish reaksiyasi. Probirkaga 2-3 

ml 3% li H

2

O

2



 eritmasidan quying va unga katalizator sifatida MnO

2

 kristallaridan 



ozgina soling.  

Probirkaga tezlik bilan cho`g`langan cho`pni tushiring, nima kuzatiladi?  

Vodorod  peroksidning  katalizator  ishtirokida  parchalanish  reaksiyasi 

tenglamasini  yozing.  Nima  uchun  bu  reaksiya  o`z-o`zidan  oksidlanish  va 

qaytarilish reaksiyasi deyiladi?  

Mustaqil ta`lim uchun savollar va mashqlar  

1.Quyidagi  o`zgarishlarning  qaysi  birida  oksidlanish  va  qaysi  birida  qaytarilish 

jarayonlari sodir bo`ladi:  

a) Br

20

→2Br

-1 

 

 

 

b) Mg

0

→Mg

+2

  

  

c) Mn

+7

→Mn

+2

  

d) Cr

+3

→Cr

+6 

 

 

 

e) O

0

2

→2O

-2

  

  

f) O

2-

→ O

02 

 

g) Sn



+4

→Sn

+2 

 

 

 

h) Al

0

→Al

+3 

 

 



 

  

2.    Quyidagi  neytral  atom  va  ionlarning  qaysilari  oksidlovchi,  qaysilari 

qaytaruvchi,   qaysilari ham oksidlovchi ham qaytaruvchi bo`ladi  


a) H

0

, Na

0

, A1

0

, S

0

, Cr

0

 b) S

0

 ,S

-2

, S

+4

, S

+6

   

 

c) N



2

0

, N

+3

, N

+5

 N

-3

   

d) Mn

0

, Mn

2+

, Mn

4+

,Mn

+6

, Mn

+7

  

e) Fe

0

, Fe

+3

, Ag

+

, Cu

+

  

3.Quyidagi  moddalardan  qaysilari  faqat  oksidlovchi,  qaysilari  faqat  qaytaruvchi 

ekanligini ko`rsating:  

 

a) KMnO



4

, MnO

2

, P

2

O

5

, Na

2

S   

b) Na

2

SO

3

, H

2

SO

4

, H

2

S, SO

2

     

 

c) Na



2

CrO

4

, KCrO

2

, K

2

Cr

2

O

7     

d) K

3

N, HNO

3

, NaNO

2

  

4.  Quyida      keltirilgan      reaksiyalardan      qaysilari  oksidlanish-qaytarilish   

reaksiyalariga  kiradi:  

a) SnC1


2

 + 2FeCl


3

 → SnCl


 + 2FeCl


 

b) 3NH



3

+H

3



PO

4

 →(NH



4

)

3



PO

 



c) 2K

2

CrO



4

 +H


2

SO

4



 → K

2

Cr



2

O

7



 +K

2

SO



4

 + H


2

O  


d)Ca(HCO

3

)



2

 → CaO +2CO

2

 + H


2

O  


 Oksidlanish-qaytarilish  reaksiyalarida  qaysi  modda  oksidlovchi  va  qaysi 

modda qaytaruvchi ekanligini ko`rsating.  

5.  Quyidagi  sxemalar  bilan  boradigan  reaksiyalarning    tenglamalariga 

koefisiyentlar tanlang  hamda oksidlovchi va qaytaruvchilarni ko`rsating.  

a) Bi

2

O



3

 + C1


2

 + KOH→ KCl + KBiO

3

 + H


2

O  


b) KJO

3

 + KJ+ H



2

SO

4



 → J

2

 + K



2

SO

4



 + H

2

O  



c) CrCl

3

 + H



2

O

2



 + NaOH→Na

2

CrO



4

 +NaC1 + H

2

O  


d) K

2

Cr



2

O

7



+C

2

H



5

OH+H


2

SO

4



 → Cr

2

(SO



4

)

3



+CH

3

CHO+ K



2

SO

4



 + H

2

O  



  

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 


FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR   

  

1. 


I.A.Karimov  –  O`zbekiston  XXI  asr  bo`sag`asida. 

Xafsizlikka  taxtid,  barqarorlik  shartlari  va  taraqqiyot 

kafolatlari T. "O`zbekiston". 1997 y.  

2. 


Z.Saidnosirova  "Anorganik  kimyo"  T.  "O`qituvchi"  1984 

y.  


3. 

M.M.Xasanov,  A.S.Sattiqulov  "Organik  kimyo"  T. 

"O`zbekiston" 1997 y  

4. 


N.L. Glinka  "Umumiy ximiya" T. "O`qituvchi" 1986y  

5. 


R.Ziyayev,  Q.G`iyosov  Anorganik  kimyodan  amaliy-

laboratoriya mash-g`ulotlar. Tosh. DAU-2003 y.  

6. 

A.Abdusamatov,  R.Ziyayev,  U.  Obidov,  A.  Uralov 



―Organik  kimyodan  amaliy  mashg`ulolar‖,  O`zbekiston 

nashr., Toshkent, 1996 y.  

7. 

A.Abdusamatov va boshqalar "Fizik va kolloid kimyo"  T. 



O`qituvchi 1992 y.  

8. 


D.A.Knyazev, S.N.Smaragin ―Neorganicheskaya ximiya‖ 

M. 1990 g.  

9. 

N.A.Parpiev., X.R.Raximov., A.G.Muftaxov ―Anorganik 



kimyoning nazariy asoslari‖ T. 2000 y.  

10. 


G.A.Irgasheva.,  T.S.Sirliboev  ―Anorganik  kimyodan 

laboratoriya va mustaqil ish mashg`ulotlari‖. T. 2001 y.  



 

Download 0.57 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling