Gurlan tumani 40-son maktabi direktori


Download 14.18 Kb.
Sana08.01.2022
Hajmi14.18 Kb.
#238392
Bog'liq
tavsifnoma


Urganch Davlat Universiteti Fizika-matematika fakulteti 171-matematika guruhi talabasi Saparbayev Zafarga Gurlan tumani 40-son maktabi tomonidan berilgan

TAVSIFNOMA

Saparbayev Zafar 2020-yil 7-dekabrdan 2021-yil 22-fevralgacha Gurlan tumani 40-son maktabining 6-sinfiga rahbar va matematika o‘qituvchisi qilib tayinlandi. Sinf bilan olib borilayotgan ishlar bilan tanishdi. U amaliyot davrida bajarilayotgan ishlarni tez o‘rganib oldi. Ustozlar bergan maslahatiga tayanib har bir darsni ma’suliyatini sezgan holda dars o‘tdi va bir qancha yaxshi natijalarga erishdi. Ustozlar bilan maslahatlashib matematika fanidan ochiq darslar tashkil qildi, ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar o‘tkazdi. Darslarni o‘tishda shu maktabning matematika o‘qituvchisi Nurmetov Odilbek va O‘TIBDO‘ Sultonov Anvar ustozlarning maslahatlariga tayangan holda ish olib bordi.

U amaliyot davrida tartib qoidaga rioya qildi. Amaliyot davridagi faoliyati davomida o‘zining ijobiy tomonlarini ko‘rsatdi. O‘qituvchining ish faoliyati davomida qilinadigan barcha ishlar (jurnal yuritish, dars berish, o‘quvchilar bilan ishlash, hujjat bilan ishlash, hujjat tayyorlash va boshqalar) ni o‘rgandi.

Gurlan tumani 40-son maktabi o‘qituvchilari uning qobiliyati, izlanuvchanligi, ziyrakligini hisobga olib, uning kelgusida mohir pedagog bo‘lishiga ishonch bildirdilar.

Gurlan tumani 40-son maktabi direktori:

O‘TIBDO‘:

MMIBDO‘:

Ped.Psixolog:



Guruh tarbiyachisi:

Matematika fani o‘qituvchisi:
Download 14.18 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling