O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI AXBOROT TEXNOLOGIYALARI VA KOMMUNIKATSIYALARINI RIVOJLANTIRISH VAZIRLIGI
MUHAMMAD AL-XORAZMIY NOMIDAGI
TOSHKENT AXBOROT TEXNOLOGIYALARI UNIVERSITETI
O’rnatilgan tizimlar fanidan
2-Labaratoriya ishi
Guruh:210-18
Bajardi: Sobirov Shahboz
Tekshirdi: Atajanova Nozima
Laboratoriya ishi №2
Yorug`lik diodi. Arduino yordamida yorug`lik diodini o`chirib yo`qish
Ishdan maqsad – Arduino plata asosida o‘rnatilgan tizimlarni loyihalash. Raqamli interfeyslar orqali ob’ektlarni boshqarishni o‘rganish.
Kerakli komponentlar:
ArduinoUNO kontrolleri;
sxemani yig‘ish uchun plata;
yorug‘lik diodi;
qarshilik 220 Om;
raz’emli simlar.
Yorug‘lik diodi – bu elektr tokini bevosita yorug‘lik nuriga o‘zgartiruvchi. Inglizchasiga yorug‘lik diodini light emitting diode deb ataladi yoki LED. Yorug‘lik diodini yorug‘lik ko‘rsatgichlari unda ishlatilgan yarimo‘tkazgichning kimyoviy tarkibiga bog‘liq. Yorug‘lik diodi spektorning tor qismda nurlanadi, uning yorug‘ligi tiniq. Yorug‘lik diodi mexanik jihatdan puxta va nihoyatda ishonchli, uning ishlash muddati 100 ming soatgacha yetishi mumkin, lyuminessent lampaga nisbatan 5-10 marotaba ko‘p. Yorug‘lik diodi past voltli element bo‘lganligi uchun u xavfsiz.
Yorug‘lik diodlari qutbli, ularni qaysi yo‘nalishda ulashning ahamiyati bor. Yorug‘lik diodining musbat oyoqchasida (ozroq uzun) anod deb ataladi, manfiy oyoqchasi – katod. Barcha diodlar kabi yorug‘lik diodlari ham tokni bir taraftga oqishini ta’minlaydi – anoddan katodga. Tok musbatdan manfiyga qarab oqqani uchun yorug‘lik diodining anodiga raqamli 5 V signal ulanishi kerak, katodi esa yerga ulanishi kerak.
Biz yorug‘lik diodini Arduino ning raqamli D9 oyoqchasiga qarshilik bilan ketma-ket ulaymiz.Yorug‘lik diodlari har doim qarshilik bilan birga ketma-ket ulanishi kerak, qarshilik tok bo‘yicha cheklovchi sifatida ishlatiladi. Qarshilikning qiymati qancha katta bo‘lsa u shuncha katta tokdan chegaralaydi. Bu amaliy ishda 220 Om qiymatga ega bo‘lgan qarshilik ishlatiladi. Ulanish sxemasi 1-chizmada keltirilgan.
1-chizma. Yorug‘lik diodini ulash sxemasi
Yorug‘lik diodini qarshilik bilan ketma-ket Arduino ning raqamli D9 oyoqchasiga ulanadi. Sukut saqlash bo‘yicha Arduino ning barcha oyoqchalari kirish kabi o‘zgartirilgan. Biz Arduino ning oyoqchalarini chiqish kabi ishlatamiz, shuning uchun uni o‘zgartirish kerak bo‘ladi, buning uchun kontrollerga quyidagi tegishli buyuruq beriladi.
pinMode(9,OUTPUT);
Yorug‘lik diodini navbatma-navbat yonib o‘chishib turishi uchun Arduino ning oyoqchasiga ma’lum vaqt oralig‘i bilan HIGH signalini (mantiqiy 1) va LOW (mantiqiy 0) signalini berib turish kerak. Signalni o‘zgarish vaqti Arduino ning D9 oyoqchasi orqali delay() buyurug‘i yordamida o‘rnatiladi, u buyruq sketchni berilgan vaqt oralig‘ida ushlanish vaqtini millisekundlarda (ms) amalga oshiradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |