Guruh №91. 2 Xolmurodov Oybek Yusupovich


Download 468.94 Kb.
Sana22.04.2023
Hajmi468.94 Kb.
#1380108
Bog'liq
Xolmurodov 91.2 Xulosa




Guruh № 91.2







Xolmurodov Oybek Yusupovich

Topshiriq mavzusi: Valyuta kursining makroiqtisodiy siyosatga ta’siri (Xulosa)

Xulosa: Bir mamlakatning valyutasi boshqa mamalakatning valyutasi bilan bir xil qiymatda bo’lmaydi yani bir dollar bir yevroga teng emes bir yevro , bir rublga teng emas bir rubl , bir so'mga teng emas va hakazo.
Misol uchun Amerkalik odam yevropaga borsa chuntagidagi dollarga u yerdan qancha yevro berishiga qiziqadi, Yevropalik odam esa Amerkaga borsa qancha dollar olishi mumkinligiga qiziqadi boshqacha qilib aytganda ular valyuta kursi bilan yani ayriboshlash kursi bilan hisoblashishadi bu narsa nafaqat uyoqdan buyoqqa sayohat qilish vaqtida balki emport va eksport masalalarida ham muhim rol o’ynaydi. Misol uchun AQSHdagi mashina ishlab chiqaruvchi kompaniyaning barcha harajatlari dollarda agar mashinani yevropaga eksport qiladigan bo’lsa u yerda sotilgan mashinalardan tushgan pullarni dollarga almashtirganda baribir valyuta kursi bilan hisoblashishga majbur bo’ladi.
Valyuta kursi ikki mamlakatning valyutalari uchun turlicha bo’ladi aytaylik dollarning bir yevroga bo’lgan kursini bilmoqchimiz hozirgi kunda bir dollar 0,88 yevroga teng ana shu dollarning ayriboshlash kursi , buni boshqacha ko’rinishda ham hisoblashimiz mumkin yani bir yevro 1,14 dollarga teng bo’ladi valyuta kursini valyutani narxi sifatida ham ko’rishimiz mumkin. Kurs oshsa revalvatsiya deyiladi yoki aksinch abo’lsa devalvatsiya deyiladi.
Valyuta bozorida tovar emas pul sotiladi valyuta bozorida bir valyuta boshqa valyutaga ayri boshlanadi . Qisqa ma’noda valyuta atamasi chet davlatlarning pul belgisi ma’nosida qo’llaniladi. Har bir milliy bozor xususiy milliy valyuta tizimiga ega. Milliy valyuta tizimi bazasida jahon bozori rivojlanishi natijasida tarkib topadigan va davlatlararo kelishuvlar bilan mustahkamlangan xalqaro valyuta munosabatlarini tashkil qilish shakli bo’lgan jahon valyuta tizimi amal qiladi.
Mamlakatlar o’rtasida tovar va xizmatlar oqimi ko’paygani sari pul vositalarini ayirboshlashi ham tobora oshib boradi, o’zaro hisob-kitoblardagi nomutanosiblik muammolari yuzaga keladi. Bularning barchasi jahon valyuta tizimining barpo etilishiga ob’yektiv shart-sharoitlar yaratadi. Uning maqsadi - mamlakatlar o’rtasidagi barcha turdagi bitimlarni amalga oshirishni tartibga solishdan va shuningdek, bu ishlarni tezlashtirishdan iborat. SHunday qilib, jahon valyuta tizimi - bu, xalqaro ayirboshlashning barcha shakllariga xizmat qilishga va ularning samarali rivojlanashini ta’minlashga qaratilgan mamlakatlar o’rtasidagi valyuta munosabatlarining yig’indisidir.Xulosa qilib aytish mumkinki qaysi valyutaga bo’lgan talab uning taklifidan ko’payib ketsa usha valyutaning narxi oshadi.
Tayland markaziy banki valyuta kursini barqaror ushlab turishga harakat qilgan lekin 1997-yilga kelib AQSH dollari keskin qimmatlab ketgan Tayland bati devalvatsiyaga ucharagan shundan so’ng valyuta kursi o’zining barqarorligini yuqotgan buning oqibatida emport qimmatlaydi , boshqa narsalar ham qimmatlaydi ammo shugina emas yomon oqibatlaridan biri butun boshli bank tizimida inqiroz bo’lishi mumkin. Agar markaziy bankda haqiqatdan ham dollar zaxirasi tugasa u endi kursni ushlab turaolmaydi bat qadrsizlanadi demak xulosa qilish mumkinki spekulyatsiya natijasida nafaqat emport qimmatlaydi balki butun boshli bank tizimi ham inqirozga uchrashi mumkin. 1996-yilda AQSHda kreditlarning foiz stavkasi 8 foiz edi Taylandda esa xuddi shu yili 12 foiz atrofida bo’lgan Taylandagi tijorat banklaridan biri AQSHdan 8%dan 1millon dollar qarz oldi va kiyin esa Tayland pul birligi batga ayirboshladi (1 millon dollar 25 million batga teng ) va uni 12% stavkada qarzga berdi qarzning muddati ikki yil bo’lsa bu sharoitda valyuta kursi o’zgarmasdan barqaror ushlab turilgan bo’lsa tijorat banki foyda ko’rish mumkin yani Taylanddagi tijorat banki birovdan qarz olib boshqasiga qimmatroq qarz berish evaziga foyda ko’ryapti.
Agar Tayland batini kursi tushadigan bo’lsa yani dollar qimmatlaydigan bo’lsa bankning xonavayron bo’lishi hech gapmas buni bilgan odamlar banklar inqirozga uchrasa kerak degan taxmin bilan banklardagi omonatlarini yechib olishni boshlaydi bunga esa tabiyki banklarning zaxirasi etmaydi envestrlar ham taylandga sarmoya kiritishni to’xtadi natijada odamlarning taxmini o’zini o’zi ro’yobga chiqaradi.

Download 468.94 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling