Guruh Askarov Abror Mavzu: Sun'iy intellektni rivojlanish tarixi va soxalarda yechadigan masalasi


Download 266.95 Kb.
Sana04.12.2020
Hajmi266.95 Kb.
#159268
Bog'liq
Su’niy Intellekt 211-17 Askarov Abror


211-17 guruh Askarov Abror

Mavzu: Sun'iy intellektni rivojlanish tarixi va soxalarda yechadigan masalasi.

 

 



 

      I.            KIRISH

   II.            ASOSIY QISM

1.     Suniy intellekt: fikrlaydigan mashinalar, ongli robotlar haqida.

2.     Suniy intellektning soxalarda yechadigan masalasi.

III.            XULOSA

IV.            FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



KIRISH

Sun’iy intellekt xaqidagi tasavvur va bu sohadagi izlanishlar — «aqliy mashinalar» ishlab chiqarishga ilmiy yondoshish birinchi bo’lib Stanford universitetining (AQSH) professori Djon Makkarti tashabbusi asosida 1956-yili tashkil topgan ilmiy to’garakda paydo bo’ldi. Bu to'garak tarkibiga Massachuset (AQSH) texnologiya oliygoxi «Elektronika va xisoblash texnikasi» fakultetining faxriy professori Marvin Minskiy, «masalalarni universal xal qiluvchi» va «mantiqiy nazariyotchi» intellektual (aqliy) programmalar bunyodkori — kibernetik Allen Nyuell va Karnegi-Mellen dorilfununining (AQSH) mashxur psixologi Gerbert Seyman, xisoblash texnikasining ko'zga ko’ringan mutaxassislari Artur Semuel, Oliver Selfridj, Manshenon va boshqalar kirar edilar. Aynan shu to’garakda «Sun’iy intellekt» tushunchasi paydo bo’ldi. Mavzuimizning asosiy mazmuniga kirishishdan avval «sun’iy intellekt» (SI), umuman «intellekt» xaqidagi tushunchani aniqlab olishimiz kerak. Bu tushunchani oddiy qoida asosida tushuntirish mumkindek tuyuladi, lekin bu qiyinroq Bu tushunchani turli fan soxalarida ijod qiluvchi olimlarning turlicha talqin qilardilar.

«Intellekt» so’zi lotincha «intellectus» so’zidan kelib chiqqan bo’lib, u bilish (aniqlash), tushunish yoki faxmlash (aql) ma’nosini beradi. «Intellekt» so’zini aniqlovchi, psixologlar tuzgan uchta tushunchasini (Katta sovet entsiklopediyasi va Vesterning amerika lug’atidan olingan) keltiraman. Bu tushunchalar «intellekt» tushunchasi mazmunini aniqlash uchun yordam beradi. Intellekt — fikrlash qobiliyati, ratsion`al bilish va shunga o’xshash. Umumiy xolda esa fikrlash, shaxsni aqliy rivojlanishi sinonimi bo’lib xizmat qiladi. Intellekt (aql) — o‘z xulqini sozlash yo’li bilan xar qanday (ayniqsa yangi) xolatga yetarli baxo berish qobiliyati. Intellekt — turmushdagi dalillar o‘rtasidagi o’zaro bog’liklikni tushunish qobiliyatidir. Bu qobiliyat belgilangan maqsadga erishishga olib boruvchi xarakatlarni ishlab chiqish uchun kerak bo’ladi. Yuqorida aniqlangan «intellekt» tushunchasidan shunday xulosa chiqarish mumkinki, ya’ni intellekt faqat insonlarga tegishli va odam aqliy qobiliyatining o‘ziga xos o‘lchovidir. Psixologlar shunday maxsus usullar yaratdilarki, bu usullar yordamida tajriba orqali odamning intellektual (aqliy) darajasini aniqlash mumkin bo’ldi. Natijada shu narsa aniqlandiki, intellektning individual darajasi o‘rtasidan surilishi odamning fizik imkoniyatlari darajasi kabi-

dir.


Agar o‘rtacha aqliy qobiliyat 100 ball deb qabul qilinsa, u xolda o‘ta qobiliyatli insonlarda bu ko‘rsatkich 150, 180, xattoki 200 ballga yetishi mumkin. Amerikalik shaxmatchi, jaxon eks-chempioni Robert Fisherning bu ko’rsatkichi 187 ball bo’lgan, XIX asr yarmida yashagan angliyalik mantiqchi Djon Styuart Mill uch yoshidayok qadimgi yunon tilida gapira olgan va uning ko’rsatkichi 190 ballgacha borgan. Shuni qayd qilish lozimki, evolyutsiya davrida intellekt birmuncha bir tekis, inqilobiy rivojlanish davridan toki zamonaviy inson intellekti paydo bo’lgunga qadar bo’lgan davrni bosib o’tgan. Intellektning evolyutsion rivojlanishi berilgan bosqichdan birmuncha yuqori printsipial, a’lo darajadagi tashkil topgan bosqichga o’tish bilan davom etadi. Shuning uchun jamiyatning turli rivojlanish bosqichlarida yashagan insonlarning intellektini bir-biriga solishtirib bo’lmaydi. «Sun’iy intellekt» tushunchasiga turlicha ma'no kiritish mumkin.

 

Tafakkur bahsi

Avvalo ta’kidlash joiz, ilm-fan taraqqiyotining har qanday yutug‘i insoniyat mushkulini oson qilishga, uning muammolarini qisman bo‘lsa-da hal etishga xizmat qilishi kerak. Shunday bo‘lyapti ham: yillar davomida fazodan mustaqil tarzda turli ma’lumotlarni Yerga jo‘natishdan tortib tabiiy va texnogen hodisalar vaqtida inson kirishi imkonsiz joylarga ham yetib borayotgan, jarrohlar ko‘zi va barmoqlari ilg‘amaydigan eng mayda to‘qimalargacha mufassal tekshira olayotgan aynan shu katta-kichik sun’iy onglashtirilgan turli robotlar, mashinalaru uskunalardir. Avvaliga xizmat ko‘rsatish joylari, bemorlar va yolg‘iz keksalarga ko‘mak uchun ishlab chiqilgan bunday «temir odamlar» yildan-yilga har tomonlama takomillashib, fikrlashda insoniyat bilan bahslashishga shay turibdi, go‘yo. Ya’ni, bir davrlar o‘ziga qanot bog‘lab uchmoqni orzulagan odamzod avlodlari bugun temirga «jon kiritish» ustida bosh qotirmoqda.

Tarixga nazar

Sun’iy tafakkur (sun’iy intellekt) sohasida dastlabki ishlar o‘tgan asrning o‘rtalarida boshlangan. Garchi muayyan g‘oyalarni O‘rta asr matematik va faylasuflari bergan bo‘lsa-da, bu yo‘nalishdagi tadqiqotlar ixtirochisiga aylanish ingliz matematigi va kriptografi Alan Tyuring (1912-1954)ga nasib etdi. Xususan, XX asr boshlaridayoq shaxmat muammolarini hal etish imkoniyatiga ega mexanik qurilma taqdim etilgan edi. Ammo bu yo‘nalishning hozirgidek shakllanishi o‘tgan yuz yillik o‘rtalariga to‘g‘ri keladi. Sun’iy tafakkur bo‘yicha, avvalo, inson tabiati, atrof-olamni anglash yo‘llari, tafakkur jarayoni imkoniyati va boshqa sohalar haqidagi tadqiqot ishlari dunyo yuzini ko‘rdi. Ayni shu vaqtda ilk kompyuterlar va algortmlar paydo bo‘ldi. Bu bilan tadqiqotlarning yangi yo‘nalishi uchun poydevor qo‘yilan edi.

Alan Tyuring 1950-yili kelajak mashinalari imkoniyatlari, shuningdek, ularning aql jihatidan insonni ortda qoldirishga qodirligi haqidagi savollar o‘rtaga tashlangan maqola chop etadi. Aynan shu olim keyinchalik o‘zining nomi bilan atalgan tartibni ishlab chiqdi: Tyuring testi.

Bu olimning nashr etilgan ishidan so‘ng sun’iy tafakkur sohasida yangi tadqiqotlar paydo bo‘la boshladi. Tyuring fikricha, muloqot vaqtida fikrlashda insondan farq qilmaydigan mashinanigina tan olish kerak. Taxminan olim maqolasi chop etilgan bir vaqtda «Baby Machine» deb nom olgan konsepsiya dunyo yuzini ko‘rdi. Sun’iy tafakkurni rivojlantirish va mashina yaratish uchun unga kiritilgan fikrlash jarayoni dastlab bola darajasida shakllantirildi, keyinchalik bosqichma-bosqich takomillashtirildi.

«Sun’iy tafakkur» atamasi esa keyinroq paydo bo‘ldi: 1956-yilning yozida AQShning Dartmut universitetida sun’iy tafakkur masalalari bo‘yicha anjuman bo‘lib o‘tdi. Unda Jon Makkarti (Dartmut universiteti), Marvin Minski (Garvard universiteti), Klod Shennon (Bell Laboratories), Nataniel Rochester (IBM), Gerbert Saymon (Karnegi universiteti, Trenchard Mur (Prinston universiteti)  singari o‘nlab olimlar ishtirok etdi hamda mavzu bo‘yicha ma’ruza qilgan amerikalik informatik Jon Makkarti (1927–2011) «Artificial Intelligence» («Sun’iy tafakkur») atamasi muallifi sifatida tarixda qoldi.

Ushbu uchrashuvdan so‘ng sun’iy intellekt imkoniyatlariga ega mashinalarni faol rivojlantirish boshlandi. Mazkur sohada yangi texnologiyalarni yaratishda ushbu yo‘nalishdagi tadqiqotlarni faol moliyalashtirgan harbiy muassasalar muhim rol o‘ynadi. Keyinchalik bu sohadagi ishlar yirik kompaniyalarni ham qiziqtirib qo‘ydi.

Zamonaviy hayot tadqiqotchilar oldiga yanada ko‘p murakkab vazifalarni qo‘ya boshladi. Shu bois sun’iy tafakkur, o‘zining paydo bo‘lgan davriga nisbatan, mutlaqo boshqacha shart-sharoitlarda rivojlana bordi. Globallashuv jarayonlari, raqamli tarmoqdagi huquqbuzarliklar (xakerlar) faoliyati, internet taraqqiyoti va boshqa muammolar – bularning bari olimlar oldiga sun’iy tafakkur sohasidagi murakkab vazifalarni hal etish vazifasini ko‘ndalang qo‘ydi.

Ushbu sohada so‘nggi yillarda erishilgan muvaffaqiyatlar (masalan, avtonom texnikalarning paydo bo‘lishi)ga qaramay, haqiqatda sun’iy intellektni yaratishga ishonmaydigan tanqidchilarning ovozi hamon tingani yo‘q – ularning fikricha, bu u qadar qobiliyatli dastur emas.

Faylasuflar insoniy intellekt tabiati va uning maqomi qanday bo‘lishi haqida yakdil fikrga kelisholganicha yo‘q. Sun’iy tafakkurga bag‘ishlangan ilmiy ishlarda sun’iy tafakkurni hal etish bilan bog‘liq ko‘plab g‘oyalar uchraydi. Shuningdek, ushbu masalada qanday mashinani aqlliroq sanash mumkin, degan yagona tushuncha mavjud.

Tadqiqot yo‘nalishlari

Bugungi kunda sun’iy intellekt texnologiyalari ikki yo‘nalishda rivojlanmoqda:

Pastga (semiotik). U nutq, fikrlash va his-tuyg‘u kabi yuqori darajadagi ruhiy jarayonlarni bildiruvchi yangi tizimlar ishlanmalari va bilim asoslarini taqdim etadi.

Yuqoriga (biologik). Bu yondashuv biologik jarayonlar nuqtai nazaridan aqlli xatti-harakatlar modellarini yaratuvchi neyron tarmoqlar sohasida tadqiqotlar o‘tkazishni ko‘zda tutadi. Bu yo‘nalish bazasini neyrokompyuterlar tashkil qiladi.

 

 

 

 

 

 

 

Tyuring testi

Tyuring testi sun’iy intellekt (mashinalar)ning inson singari fikrlash qobiliyatini belgilaydi. Ushbu yondashuvning umumiy tushunchasi xatti-harakati oddiy vaziyatlarda inson faoliyatidan hech qanday farq qilmaydigan sun’iy ong yaratishni o‘z ichiga oladi. Aslida, Tyuring testi mashinaning aqliy qobiliyati, agar u bilan muloqot mobaynida kim gapirayotganini – mexanizmmi yoki tirik odam, tushunish imkonsiz bo‘lgandagina muvaffaqiyatli bo‘lishini ta’kidlaydi. Ya’ni, mashina his qila olsa va yaratish imkoniyatiga ega bo‘lsagina haqiqiy sun’iy intellekt bo‘la oladi. Faqat bu yondashuv amaliy foydalanish ta’rifiga bardosh bera olmaydi. Masalan, atrof-muhit (sovuq, issiq va hokazo) o‘zgarishlariga munosabat bildirish qobiliyatiga ega mashinalar allaqachon yaratilgan. Faqat ular buni odamlar qanday bajara olishini his qilishga qodir emas.



Sarmoyaviy taraqqiyot

«Gartner» kompaniyasi ekspertlari taxminicha, 2020-yilga borib, barcha ishlab chiqariladigan dasturiy ta’minotlarda amalda sun’iy tafakkur texnologiyalari qo‘llaniladi. Shuningdek, mutaxassislar raqamli sohada 30 foizga yaqin sarmoya aynan sun’iy tafakkurga yo‘naltirilishini taxmin qilishmoqda. Kompaniya tahlilchilari fikricha, bu yo‘nalish inson va mashinalar kooperatsiyalari uchun yangi imkoniyatlarni ochib beradi. Shu bois insonning sun’iy tafakkurga intilishini to‘xtatish imkonsiz va kelajakda bu jarayon yanada tezlashadi.

«PwC» kompaniyasi 2030-yilga borib, yangi texnologiyalarning tezkorlik bilan joriy etilishi hisobiga jahon yalpi ichki mahsuloti hajmi taxminan 14 foizga oshadi, deb hisoblamoqda. Mazkur o‘sishning 50 foizi ishlab chiqarish samaradorligini ta’minlaydi. Ko‘rsatkichning ikkinchi yarmini esa mahsulotlarga sun’iy tafakkurni joriy etish hisobiga qo‘lga kiritilgan qo‘shimcha foyda tashkil qiladi.

Sun’iy tafakkurdan foydalanishdan dastlab AQSh natijaga erishadi, boisi bu mamlakatda sun’iy tafakkur mashinalari ekspluatatsiyasi uchun eng yaxshi sharoitlar yaratilgan. Kelajakda esa AQShni mahsulot va uni ishlab chiqarishga shunday texnologiyalarni kiritib, eng yuqori darajada foydaga erishgan Xitoy ortda qoldiradi.

«Saleforce» kompaniyasi ekspertlari ma’lum qilishicha, sun’iy tafakkur kichik biznes samaradorligini taxminan 1,1 trillion dollarga oshirish imkonini beradi. Va bu 2021-yilga borib sodir bo‘ladi.

Shuningdek, yangi texnologiyalarni joriy etish, jarayonlarni avtomatlashtirish qo‘shimcha 800 ming ish o‘rnini yaratishga imkon beradi (o‘z navbatida, ekspertlar bu ko‘rsatkich ish o‘rinlarini qisqartirishini ham va bu jarayonlarni avtomatlashtirish natijasida sodir bo‘lishini ta’kidlashmoqda). Tahlilchilarning prognoziga ko‘ra, kompaniyalar o‘rtasidagi so‘rovnomalar natijalariga asoslanganda, ularning ishlab chiqarish jarayonlarini avtomatlashtirishga xarajatlari 2020-yilda taxminan 46 milliard dollargacha o‘sadi.

 

Asosiy qism

Suniy intellekt: fikrlaydigan mashinalar, ongli robotlar haqida

 

Intellekt tushunchasi ta'rif uchun bag‘oyat qiyin tushunchalar sirasiga kiradi. Uzoq asrlar davomida insoniyatning eng zehni o‘tkir ilm peshvolari intellektning aynan nima ekanligi haqida muttasil ilmiy-falsafiy munozaralar yuritib kelishgan. Lekin bundayin ilmiy bahslar qanchalik darajada keskin yoki murakkab bo‘lmasin, ularda o‘ziga xos mutlaq yakdillik bor edi: intellekt - insongagina xos bo‘lgan oliy tushuncha o‘laroq qaralardi. Basharti, biror adabiy yoki fantastik asarda insondan o‘zga mavjudod yoki narsaning ong va tafakkur sohibi bo‘lishi, qisqacha aytganda - intellektga egaligi haqida gap borsa hamki, bu o‘z nomi bilan badiiy to‘qima yoki, fantastik uydirmadan nariga o‘tmagan. Suqrotdan boshlab, Eynshteyngacha bo‘lgan davrlarda hatto eng yuksak zakovatli olimlarda ham intellektning sun'iy bo‘lishi mumkinligi haqida jo‘yali jiddiy ilmiy fikrning o‘zi bo‘lgan emas...



Biroq, XX-asrning dastlabki choragidan boshlab vaziyat butunlay o‘zgardi. Aniqrog‘i, insoniyat o‘z xizmati uchun elektron hisoblash mashinalari - kompyuterlarni joriy qila boshlar ekan, intellekt masalasidagi bahslar ham yangi o‘zanga burildi. Insoniyat o‘z qo‘li bilan yaratilgan intellektual mashinalar - kompyuterlar, robotlar va boshqa shunga o‘xshash mexanik-elektronik tizimlar tomonidan muayyan intellektual salohiyat taqozo etuvchi masalalarni mustaqil hal etishi, o‘zi qaror qabul qilishi va vaziyatga qarab o‘z hatti-harakatlarini muvofiqlashtira olishi mumkinligi kabi intellektual "hislatlari" bilan yuzma-yuz keldi. o‘shanda ilk bora intellektning yasama shakli, ya'ni - sun'iy intellekt haqidagi bahslar o‘rtaga chiqqan edi. Keling, ushbu maqolada biz ham yana bir bora o‘sha muhim va qiziq masalaga - sun'iy intellekt masalasiga murojaat etib ko‘ramiz.

Avvalo "sun'iy intellekt" tushunchasining o‘zi haqida. "Sun'iy" so‘zining ma'nosi ayon: u kelib chiqishiga ko‘ra tabiiy bo‘lmagan narsani, ya'ni, inson qo‘li bilan yaratilgan narsalarni nazarda tutadi. "Intellekt" so‘zini esa bundayin oson ta'riflashning imkoni yo‘q. Lug‘atlarda uning ma'nosi juda xilma-xil beriladi. Masalan, intellektni "qaror qabul qila olish qobiliyati", "anglash qobiliyati" kabi qisqa va lo‘nda ta'riflaridan tashqari, "bilish, idrok qilish va tahlil asosida, hamda, yig‘ilgan tajriba hamda ko‘nikmalar vositasida yangi vaziyatlarga moslasha olish" kabi uzundan uzoq ta'riflari ham bor. Ilmiy atama holidagi "sun'iy intellekt" tushunchasi esa ilk bora 1956-yilda, Stenford universitetida o‘tkazilgan ilmiy anjumanda inglizcha "artificial intelligence" (AI) tarzida ilm-fanga taklif qilingan edi. Shundan buyon mazkur tushuncha ilmiy jamoatchilik orasida mustahkam o‘rnashib qoldi.



Aytib o‘tganimizdek, sun'iy intellekt borasidagi jiddiy munozaralar ilk EHMlarning paydo bo‘lishi bilan ibtido oladi. Lekin yanada teranroq nazar tashlasak, intellektual masalalarni hal qilish vazifasini insondan boshqa obyetklarga yuklashga qaratilgan urinishlar ancha avvalroq - Paskal va Leybnitslar davridan boshlangan. Chunonchi Leybnits 1672 yilda mashhur golland olimi Gyugens huzurida mehmonda bo‘ladi va uning kun tartibining katta qismini, ilmiy tadqiqotlarning faqat matematik jihatiga tegishli bo‘lgan murakkab hisob-kitoblarni qo‘lda bajarish amaliyoti band qilayotganini ko‘radi. Leybnits Gyugensga achinish bilan shunday yozgan edi: "Bu shunday ajoyib odamlarga nomunosib holat; U boshqalarga, masalan, mashinaga ishonib topshirish mumkin bo‘lgan hisoblash ishlarini xuddi qullar kabi, o‘zi bajarmoqda...". E'tibor bering: Leybnits "qullar kabi" iborasini qo‘lladi. U uzundan-uzoq va hajman ulkan murakkab matematik hisoblash amallarini olimning qimmatli vaqtini band etmasdan, biror mashinaga topshirish mumkinligi va bu orqali olimning diqqat-salohiyatini ilm-fanning boshqa, yanada dolzarb masalalariga yo‘nalitirshga erishish kerakligini o‘ylab qolgan edi. Leybnits tez orada - 1694 yilda "arifometr" deb nomlangan o‘zining mexanik hisoblash mashinasini tayyorladi va uni ilm-fan namoyondalariga havola etdi. Shu tarzda, Paskal va Leybnits mashinalari mohiyatan intellektual masalalarni hal etishga qodir ilk sun'iy vositalar o‘laroq tarixga kirdi. Lekin ularni sun'iy intellektga ega mashinalar deb bo‘lmasdi. Chunki ular eng sodda arifmetik amallarni bajara olardi xolos. Ammo nima bo‘lganda ham, inson shu choqqacha istisnosiz ravishda faqat o‘zigagina xos bo‘lgan ongi, bilimi va tafakkuriga tayanib hal qilib kelgan intellektual masalalarni endilikda o‘zidan boshqa "birovga" - mashinaga topshirish uchun ilk qadamlar tashlangandi...

Ta'kidlanganidek, sun'iy intellekt haqida ilk haqiqiy jiddiy bahs-munozaralar elektron hisoblash mashinalarining paydo bo‘lishi bilan maydonga chiqa boshlagan. Mashinaning intellektga ega bo‘lishi mumkinligi haqidagi ilk jiddiy ilmiy tadqiqotlar esa, zamonaviy informatika fanlarining asoschisi sanaladigan inson - Brutan fizigi va matematigi Alan Tyuring nomi bilan bog‘liq. Tyuring sun'iy intellektning amalda imkonli yoki imkosiz ekanligini isbotlash uchun o‘z nomi bilan ataladigan (Tyuring testi) test taklif qiladi. Tyuring shunday deydi: agar mashina o‘zini har jihatdan fikrlaydigan mavjudotdek tutsa, u intellektga ega bo‘lishi kerak. Tyring testi quyidagicha o‘tkaziladi: inson va u bilan "suhbatlashishi" kerak bo‘lgan mashina (ya'ni, kompyuter), boshqa-boshqa xonalarga joylashtiriladi va ular bir-birini ko‘rmaydi (to‘g‘rirog‘i - inson kompyuterni ko‘rmaydi, zero, kompyuter shundoq ham insonni ko‘rish xossasiga ega emas). Ular orasida darchada monotor joylashtitladi. Inson o‘zi o‘tirgan xonadagi klaviaturadan, o‘zi istagan bir necha savollarni kompyuterga matn ko‘rinishida terib kiritadi va javob talab qila boshlaydi. Lekin u, aytganimizdek, devor ortida kompyuter yolg‘iz ekanini bilmaydi va savollarini narigi tarafda ham o‘zi kabi boshqa bir inson o‘qib javob qaytaradi deb o‘ylashi mumkin. Biroq, u kiritgan savollarga kompyuterning o‘zi, o‘ziga avvaldan yuklangan dastur-algoritmalriga ko‘ra javob qaytaradi. Tyuring testining mohiyati juda oddiy. Agar xonadagi inson, o‘zi bergan savollarga olgan javoblardan shubhalanmay, o‘zi bilan inson gaplashyapti deb hisoblasa, demak unga javob qaytargan mashinani sun'iy intellektga ega deb hisoblash mumkin. Muallif tomonidan 1950 yilda' fanga taklif qilingan ushbu test, ilmiy jamoatchilik va ayniqsa faylasuflar orasida keskin shov-sguvga sabab bo‘ldi. Tanqidchilarning asosiy e'tirozi shunda ediki, mashina faqat savollarga to‘g‘ri javob bergani uchungina intellektga ega bo‘lib qolmaydi. Balki, intellekt boshqa o‘ziga xos jihatlarni - mulohaza, idrok va shunga o‘xshash ongli ravishda bajariladigan neyrofiziologik-ruhiy jarayonlar to‘plamini ham o‘z ichiga olish kerak. Sevinish, achinish, g‘azab va qo‘rquv singari insoniy hissiyotlarning mashinada ham bo‘lishi mumkinligi haqida esa, gap ham bo‘lishi mumkin emas. Tyuring testining sun'iy intellektning mavjudligini isbotlash uchun yetarli emasligini isbotlash uchun esa, Dip Syorl ismli faylasuf boshqa bir, lekin Tyuringnikiga o‘xshash test taklif qiladi. Syorl testi "Xitoycha xona" deb nomlangan. Syorl Xitoyning eng gavjum shaharlaridan birida, aytaylik, Shanxayning qoq markazidagi eng gavjum savdo markazida to‘rt tomoni zich berk bo‘lgan kichika xona qurishni va u joyga Xitoy tilidan mutlaqo bexabar bo‘lgan horijlik sayyohni o‘tkazishni taklif qiladi. Horijlik kishiga o‘z ona tili va Xitoy tili o‘rtasidagi mukammal lug‘at kitoblarni berishadi. Savdo markaziga kelgan qiziquvchan Xitoylar esa, ushbu g‘aroyib xonaga qilingan tuynukdan, ichkaridagi odamga Xitoy tili va ierogliflarida qog‘ozga xat yozib savol kiritishadi. Ichkaridagi asli horijlik bo‘lgan odam esa, o‘ziga berilgan savollarni avval lug‘atlar vositasida o‘z ona tiliga tarjima qiladi, keyin yana o‘sha lug‘at yordamida javob tuzib, tuynukdan tashqariga - savol muallifiga yo‘llaydi. Tashqaridagi Xitoylik esa javobni o‘qib, undan qoniqish yoki qoniqmasligidan qat'iy nazar, ichkaridagi odamning Xitoy millatiga mansub emasligini bilmaydi. Olgan javobiga ko‘ra esa, u o‘ziga javob qaytargan shahsni ham Xitoy deb o‘ylashi ehtimoli juda katta. Chunki u o‘zi bergan tilda javob oldi!...

Syorl va Tyuring testlari orasidagi bahs uzoq davom etdi. Lekin Tyuring ko‘p o‘tmay o‘z joniga qasd qilidi va bu boradagi bahslar biroz tinchib qoldi. Qanchalik qiziqarli bo‘lmasin, tyurin va Syorl zamoni bo‘lgan 50-60 yilldarda ham sun'iy intellekt masalasi shunchaki keskin ilmiy munozaralar ko‘rinishidan nariga o‘tmagan. Olimlar sun'iy intellektning haqiqiy "basharasi"bilan yaqin orada yuzma-yuz kelishlariga ishonishmas edi. Biroq, 1976 yilda ikki matematik olimlar - Kennet Appel (1932-2013) va Volfgang Xaken (1928 yilda tug‘ilgan) butun ilm-fan olamini hayratda qoldiruvchi bayonot bilan chiqish qilishdi. Ular to‘rtta rang haqida'gi teoremani kompyuter vositasida isbotlashganini ma'lum qilishgan edi. To‘rtta rang haqidagi teoremaning mohiyati shundaki, u istalgan turdagi haritani faqat to‘rt xil ranglar bilan bo‘yash va bunda umumiy chegaraga ega bo‘lgan istalgan ikkita hudud turli xildagi ranglar bilan yaqqol farqlanib turishi kerak bo‘ladi. Appel va Xakenlarning bayonoti ikki karra syurpriz bo‘lib chiqdi. Birinchidan, ular matematika tarixida deyarli bir asrdan ziyodroq vaqt mobaynida isbotlanmay kelaytotgan muhim teoremani isbotlashgan bo‘lsa, ikkinchidan, ular o‘z isbotlarini o‘zlarining muayyan ilmiy mulohazalari va amaliy tajribalari vositasida emas, balki, o‘z davrining ilg‘or elektron hisoblash mashinasi sanalgan IBM 370-160 kompyuterida bajarishgan edi. Teoremani isbotlash uchun kompyutergan 1200 soat, boshqacha aytganda 50 kun vaqt kerak bo‘lgan...



o‘shanda olimlar endilikda haqiqatan ham mashinalar qandaydir bir ta'qiqlangan hududga qadam qo‘yagini haqida jiddiyroq o‘ylay boshlashdi. Mashina isnongagina xos bo‘lgan deduktuv fikrlash xossasini o‘zlashtirgandek edi go‘yo. Boz ustiga u yuz yildan ortiqroq vaqt davomida eng zehni o‘tkir matematiklar ham tagiga yetolmagan murakkab masalani nisbatan qisqa muddatda - 50 kunda hal qilib beragndi. Appel va Xakenning olamshumul isbotlashidan 13 yil o‘tib, yana bir muhim matematik teorema - 10-chi tartibli loyihaviy tekislikning mavjud emasligini uzil-kesil isbotlovchi amaliyot CRAY kompyuteri vositasida bajarildi. 100 soatdan sal ortiq muddat davom etgan isbotlash jarayonida CRAY teorema talab qiladigan barcha holatlarni (ularning umumiy soni milliarddan ziyod) tahlil qilib chiqdi. Kompyuter, ya'ni, inson qo‘li bilan yasalgan mashina vositasida ikkinchi murakkab teoremaning isbotlanishi, sun'iy intellekt borasida jiddiy o‘zgarishlar davri kelganligidan darak berardi. Zero endilikda kompyuterlar shunchaki hisob-kitob bilan bog‘qliq matematik amallarni avtomatik bajarish bilan cheklanib qolmay, balki mulohaza yuritish va variantlar orasidan eng maqbulini tanlay olish bo‘rasida ham insonga dov berishga kirishishgandi. Lo‘nda qilib aytganda, mashinalarda avtomatik mulohaza qilish xossasi paydo bo‘ldi deb qarala boshlagandi.

Inttellektning sun'iy turi haqidagi bahslarning avj olishiga sabab bo‘lgan yana bir narsa - mashina hamda inson o‘rtasida yuksak intellektual salohiyatni taqozo etuvchi o‘yinlarni tashkil qilish, xususan kompyuter va grossmeyster o‘rtasida shaxmatni bahsini o‘tkazish g‘oyasi bo‘lgan. Shaxmat matematikada mumtoz kombinatorikaga oid murakkab masala sifatida qaraladi hamda, ilk EHMlarning paydo bo‘lishi bilanoq, barcha zamonlardagi dasturchilar orasida, shaxmat o‘yinini avtomatlashtirish borasida uncha-muncha urinishlar muttasil bo‘lib kelgan. Biroq shunga qaramay, uzoq vaqtgacha (hozir ham) kompyuterga oddiy inson shaxmatchini yengishga qodir intellktual uslublar tizimini yuklashga bo‘lgan urinishlar samarasiz ketmoqda. Tasavvur qiling, kompyuter dasturiga biz shaxmat o‘yini qoidalarini algoritmini kiritdik. Kompyuter esa, shaxmatda yuzaga keladigan har bir vaziyatdan eng optimal yurishni tanlashi kerak. Shaxmatdagi bo‘lishi mumkin bo‘lgan yurishlar miqdori esa 10123 taribli raqam, boshqacha aytganda, bu butun koinotdagi elektronlar sonidan ham ziyod raqam deb qaraladi. Ya'ni, barcha ehtimoliy yurishlar variantlarini xotirada saqlay olishi uchun, kompyuter xotirasi koinotdek katta bo‘lishi kerak! Bu esa mutlaqo imkonsiz narsadir. Ko‘rinib turibdiki, Xitoycha xona yoki, Tyuring testidan farqli o‘laroq, shaxmat borasidagi intellktual uslublarni mexanik vositada - kompyuterda immitartsiya qilishning imkoni yo‘q. Balkim siz kompyuter tomonidan jahonning eng yetakchi grossmeysteri - jahon chempioni Garri Kasparovni mag‘lub etilganini eshitgandirsiz va shu asosga ko‘ra, kompyuterning shaxmat salohiyatini yuqorida pasaytirib yuborganimizni aytmoqchi bo‘larsiz. Gap shundaki, o‘shanda (1996 yil) istisnosiz ravishda faqat shaxmat o‘yini uchun dasturlangan Deep blue superkomyuteri (!) avvaliga oltita partiyadan to‘rttasida Kasparovga yutqazgan (4:2)! Insonga qarshi, soniyasiga 100 millionta yurishni tahlil qila oladigan va eng maqbul variantni tanlay oladigan mashina qarshi chiqqan edi. Shunda ham Kasparov g‘olib chiqdi! Keyin esa Kasparovga qarshi, Deep Bluening yanada kuchaytirilgan, soniyasiga 200 million yurishnu tahlil qilib, eng maqbulini tanlay oladigan modifikatsiyasi qarshi qo‘yildi. Bu safar esa mashina g‘olib keldi. Lekin Kasparov piyodani qurbon qilish orqali qarshi hujumga o‘tishni rejalashtirgan holatda, kompyuter dasturi o‘rniga biror inson aralashib yurishni amalga oshirgan degan shubha mavjud. Zero kompyuter har qancha kuchli bo‘lmasin, bu kabi "ayyorona yurish"larning mohiyatini anglashi mumkin emas deb hisoblardi Kasparov. o‘yin yakunida u e'tirozini IBM kompaniyasiga ma'lum qilganida, kompaniya vakillari kompyuterning o‘yin davomida qilgan barcha yurishlari va uni mashina bosqichida bajarilishiga javob beruvchi barcha algoritmlarni chop etib, xolis ekspertlar guruhiga havola qilishga va'da berishgan edi. Lekin oradan mana qariyb 20 yil muddat o‘tsa hamki, IBM o‘sha o‘yin natijasinining algoritmik hisobotini yashirib, sir saqlab kelmoqda. Bu esa, itellektual o‘yinga g‘irromlik aralashgani haqidagi shubhalarni asosli deb qaralishini taqozo etadi. Ya'ni, insonni sun'iy intellekt emas, baribir, o‘zi singari insonning aralashuvi mag‘lub etgan bo‘lib chiqmoqda.

Agar basharti, kompyuterning shaxmatda odamni yutganini baribir tan olishga to‘g‘ri kelgan taqdirda ham, mashinaning intellektga ega ekanligi borasida boshqa bir, o‘xshash o‘yin-tajriba bilan tekshiruv o‘tkazish mumkin. Masalan, qoida va o‘ynalishiga ko‘ra shaxmatga juda yaqin bo‘lgan xitoycha Go o‘yini bor. Bu o‘yin shaxmatga qaraganda ancha sodda va yurishlar soni ham unchalik ko‘p emas. Lekin, Go o‘yinini mashina va inson o‘rtasida o‘tkazilsa, shaxmatdagidan farqli o‘laroq, bunda yosh, tajribasiz o‘yinchi ham kompyuterni juda osonlik bilan yutib qo‘ya oladi. Sababi shaxmatda muayyan donalarning qiymati turlicha va ularning yurishdan keyingi egallaydigan eng optimal vaziyatini tahlil qilish mumkin. Lekin go o‘yinida hamma donalarning qiymati bir xil va go taxtasi ham shaxmat taxtasidan ko‘ra deyarli 5 barobar kattaroq bo‘ladi. Shunga muvofiq yurishlar variantlari ham yanda ulkan raqamni hosil qiladi. Qolaversa, go o‘yinidagi har bir yurish keyingi yuzlab yurishlarga ta'sir qiladi. Kompyuter esa, qanchalik tezkor bo‘lmasin, bu darajadagi ko‘p variantlar ichidan eng maqbulini oldindan ko‘ra bilmaydi va tanlay olmaydi ham. Shunday ekan, sun'iy intellektning salohiyati insonniki bilan tenglasha olishi haqidagi gaplar yana soyada qolib keta boshlamoqda. Yuqoridagilardan xulosa qilsak, haqli savol tug‘iladi: kompyuter biz uchun (bizning o‘rnimizga) fikrlay oladimi?

Fikrlash jarayonini avtomatlashtirish masalasi ham sun'iy intellekt tushunchasi bilan uzviy bog‘liqlikka ega. Mashinaning fikrlashi birmuncha g‘ayrioddiy ko‘rinadigan g‘oyadir. Hozirgi kunda "intellektual" deb nomalanadigan mashinalarning, ya'ni, sun'iy intellekt "egalari"ning imkoniyatlari inson kabi fikrlash darajasida emas. Ulardan olinadigan eng maksimum natija, hozirda murkkab, uzoq vaqt talab qiluvchi va bir necha minglab xususiy va umumiy hollarni tahlil qilib chiqishni taqozo etuvchi ilmiy farazlarni, asosan matematik teoremalarni va shunga o‘xshash ho kazolarni muayyan shartlar asosida tezkorlik bilan tekshirib, natiajsini ma'lum qilish bo‘lmoqda xolos. Ba'zan turli OAVlar orqali og‘iz ko‘pirtirib shov-shuv qilinayotgan robot-androidlarning ham intellektual salohiyati aytaylik o‘rtamiyona bilim darajasidagi o‘rta maktab bitiruvchisining bilim darajasichalik emasdir. Shunga qaramay, shubhasiz, intellektual tizimlar hozirdayoq inson og‘irini yengil qilishda, ma'nan mushkul va kuchli aqliy zo‘riqishni talab qiluvchi ishlarni osonlashtirish va eng muhimi havfsizlashtirishda ular yaqin yordamchimizga aylanib bormoqda. Yorqin misol sifatida aeroportlarda parvozlarni muvofiqlashtirishga xizmat qiluvchi axborot-tahlil tizimlarini keltirish mumkin. Ular, mavjud meteorologik vaziyat, samolyotlarning yetib kelish va uchib ketish jadvali, masofa, tezlik va shunga o‘xshash yuzlab parametrlarni umumlashtirgan holda, umumiy vaziyatni nazorat qiladi hamda, insonga - muhandisga eng maqbul rejim haqida ma'lumotlarni taqdim etadi. Samolyotlarning o‘zidagi avtopilot imkoniyatini ham shu qatorga qo‘shish mumkin. U parvoz davomida bemalol uchuvchini o‘rnini egallab, ulkan laynerni boshqarib borishi mumkin. Bunday tizimlar odatda ekspert tizimlar ham deyiladi. Lekin nima bo‘lganda ham, ular dasturchilar tomonidan avvaldan belgilangan va mashina xotirasiga yozuilgan muayyan algortim doirasida ishlaydi xolos. Aytaylik, algoritmda ko‘zda tutilmagan favqulodda vaziyatlarda mustaqil ijodiy (kreativ) noan'anaviy qaror qabul qila olmaydi. Baribir uchuvchi avtopilotdan voz kechib, o‘z bilimi va tajribasiga tayanadi. Shunday ekan, hozirgi kundagi eng yuksak nou-xau timsoli bo‘lgan eng mukammal intellektual mashinalarini ham inson kabi ong va tafakkur darajasiga ega deb bo‘lmaydi. Ong va tafakkur esa intellektning asosidir. Shunga ko‘ra, sun'iy intellekt atamasi, nazarimda biroz oshrib yuborilgandek go‘yo. Zero, sun'iy mulohaza yuritadigan, to‘g‘rirog‘i avtomatik tahlil qiladigan mashinalar, balki tahlilni bizdan ko‘ra tezkorroq bajarar, balki ularning xato qilish koeffitsiyenti biznikdan pastdir. Lekin ularda ijodiy yondoshuv, hissiyot, hamda avvaldan biror narsani ko‘zlab ish tutish hislati umuman mavjud emas. Ustiga ustak, shunday sun'iy intellektni ham, siz bilan bizga o‘xshagan inson yaratgan!

Maqola so‘ngida qiziq bir faktga e'tiboringizni qaratmoqchiman. Ma'lumki, har qanday kompyuter, demakki, sun'iy intellektga ega mashina, ikkilik sanoq tizimi asosida ishlaydi. Bu haqidan maktab informatika kursida yetralicha ma'lumot beriladi. Atiga ikkita raqamdan iborat sanoq tizimida esa, muayyan algoritmalarni bajarishda o‘ziga xos cheklov-chegaralar yuzaga keladi. Xossatan, haqiqiy sonlar bilan ishlashda, yoki taqribiy hisoblashlarda ikkilik sanoq tizimi yaramaydigan vaziyatlar yuzaga keladi. 1991-yilda matematik olim Devid Stautmayer 18 ta turli xildagi hisob-kitob amaliyotlarni kompyuter dasturi yordamida bajarib, ularning barchasida natija noto‘g‘ri chiqqanini, ya'ni, kompyuter (sun'iy intellekt) noto‘g‘ri ishlaganini isbotlab berdi. Demak, sun'iy intellekt-kompyuter hamma masalani ham to‘g‘ri hal qila olmasligining jiddiy ilmiy asosi bor ekan. Shu asosga ko‘ra, qo‘rqmay aytish mumkinki, sun'iy intellekt hali-beri tabiiy intellektga dov bera olmaydi. Uning ayrim xususiy hollarda (asosoan matematikada) insondan o‘zib ketishi esa, tezkorlik xossasi evaziga xolos... Fikrlaydigan mashina, yoki sun'iy intellekt esa, hozircha fantast yozuvchilar, hamda entuziast dasturchilarning orzusi o‘laroq qolib ketmoqda. Balki shu yaxshidir?!...



Suniy intellektning soxalarda yechadigan masalasi.

Hozirda SI turli amallarni bajarishga mo‘ljallangan algoritm hamda dasturiy tizimlardan iborat va u inson ongi bajarishi mumkin bo‘lgan bir qancha vazifalarning uddasidan chiqa oladi.

1990 yillarda SI taraqqiyotida yangi sahifa ochildi. 1997 yilda Deep Blue nomli IBM kompyuteri shaxmat bo‘yicha jahon chempioni Garri Kasparovni yenggan tarixdagi ilk kompyuter bo‘ldi.

SIning yorqin namunalaridan yana biri – IBM Watson superkompyuteri bo‘lib, u o‘z bazasidan kelib chiqib muayyan tilda berilgan savollarga javob beradi. Shuningdek, ko‘pchilikning doimiy hamrohiga aylanib ulgurgan mobil yordamchi Siri, fotosuratlarni qayta ishlovchi Prisma kabi dasturlarni SIning yutuqlaridan biri sifatida qayd etish mumkin. Hozirga kelib sun’iy intellekt keng ko‘lamda ommalashib kundalik turmush tarzimizning deyarli barcha jabhalarini qamrab olmoqda. Masalan, Xitoydagi Inchuan shahri aholisiga bank kartalarining keragi yo‘q. Hisob-kitoblar bilan bog‘liq barcha jarayonlar sun’iy intellekt tomonidan insonning yuz qiyofasini aniqlashtirish orqali amalga oshiriladi.

 

Foydami yoki zarar

SI haqidagi bahs-munozaralar qariyb 50 yildan beri davom etib kelmoqda. Mutaxassislar hanuzgacha bir to‘xtamga kelishgani yo‘q. Ba’zilar ularning ommalashib odamlar o‘rnini egallab borayotgani natijasida ommaviy ishsizlik ko‘rsatkichlari oshib ketishi mumkinligidan tashvishdalar. Mutaxassislarning boshqa bir guruhi esa SIga ijobiy munosabatda bo‘lish kerakligini uqtirishmoqda. Hatto IT- sohasidagi milliarderlar orasida ham turli qarashlar mavjud.

Jumladan, SpaceX asoschisi Ilon Mask SIning butun boshli sivilizatsiyani barbod qilishiga ishonchi komil.

Maskning fikricha, “SI insoniyat sivilizatssiyasi uchun asosiy xavfdir. SI mehnat bilan bog‘liq ommaviy muammolarni keltirib chiqaradi. Sababi, robotlar hamma ishni bizdan ko‘ra yaxshiroq bajara olishadi. Ilg‘or texnologiyalar ortidan quvish natijasida, kompaniyalar sun’iy intellekt ortidan kelib chiqadigan xavf-xatarni ko‘rmay qolishlari mumkin”.

Shuningdek, Microsoft rahbari Bill Geyts ham uning zarariga to‘xtalib o‘tadi.

“Bir necha o‘n yildan so‘ng, robotlar ishning katta qismini bajara boshlagach, SI shu qadar kuchayib ketadiki, yakunda u bizni xavotirga sola boshlaydi. Bu borada Ilon Maskning fikriga qo‘shilaman. Ammo nega bu savol boshqalarni tashvishlantirmayotganiga hech tushunolmayman”, – deydi Geyts.

“Boshqalar” deganda Geyts Facebook egasi Mark Sukerbergni nazarda tutgan bo‘lsa, ajab emas. Chunki, Mark SIga nisbatan ijobiy munosabatda ekanligini bildirar ekan: “Yangi texnologiyalar har doim ham yaxshilik yoki yomonlik qilish maqsadida yaratilishi mumkin. SIning keng tarqalishi ortidan keladigan ijobiy natijani esa, yaqin 5-10 yil ichida ko‘ramiz”, deya Ilon Maskning fikriga e’tiroz bildirgan edi.

Bugungi kunda ayrim davlatlarda robot-hamshiralar, xaydovchisiz transport vositalari, buyurtmani yetkazib beruvchi dronlar xizmatidan foydalanish yo‘lga qo‘yilgan. Hatto politsiya xodimlarining ba’zi vazifalarini ham maxsus robotlar bajarishyapti. Olimlar ularning tashqi ko‘rinishini imkon qadar odamlarnikiga o‘xshatishga urinishmoqda.

Bundan tashqari, SI jurnalistlarning doimiy ko‘makchisiga aylanib ulgurgan. Masalan, Associated Pressda “ishlayotgan” robotlar moliyaviy hisobotlarni yozib boradi. SIning qo‘llanilishi ushbu nashrda har chorakda beriladigan yangiliklarni 300 tadan 4400 taga oshirdi.

Swiss Re sug‘urta kompaniyasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2020 yilga kelib 4,7 mln aholi ishsiz qolishi mumkin. Shuningdek, ishsizlik g‘aznachilar, pochta xodimlari, hisobchilar va idora xizmatchilariga xavf solishi mumkinligi aytilgan. SI ularning vazifasini bemalol bajara oladi.


 
SI – Tibbiyotda

Yuqoridagilardan tashqari, aksa-riyat iste’molchilarning robotlarga ishonch bildirmayotganligi SIning ommalashishiga halal berayotgan to‘siqlardan biridir. Odamlar o‘ziyurar mashina yoki samolyotlar xizmatini qabul qilishlari uchun biroz vaqt kerak, albatta. Biroq, zamonaviy texnologiya-lar qurshovida o‘sib-unayotgan yosh avlodda buning aksi bo‘lib, ularni bu jarayon u qadar havotirga solayotgani yo‘q.

Har qancha e’tiroz va tanqidlarga qaramay SI rivojlanishdan odamlarga yordam berishdan to‘xtamayapti. Ayniqsa, tibbiyotda uning ahamiyati tobora oshib bormoqda. Endilikda robotlar nisbatan murakkab jarrohlik amaliyotlarini ham uddasidan chiqishyapti. Robot-shifokorlarning tibbiyot hodimlari bilan o‘ziga xos hamkorligi samaradorlikni ancha oshirdi.

Medtronis kompaniyasi esa IBM bilan hamkorlikda qandli diabet kasalligi bilan og‘rigan bemorlar uchun maxsus dastur ishlab chiqmoqda. Mazkur dasturiy ta’minot qon tarkibidagi qand miqdorining favqulodda tushib ketishini 3 soat avval aniqlash imkoniyatiga ega bo‘ladi. Buning uchun shu kasallika chalingan 600 ta anonim bemorlarning tibbiy ma’lumotlari o‘rganib chiqildi. Bu endi odamlar o‘z salomatliklarini mobil qurilmalardagi maxsus dasturlar orqali muntazam nazorat qilib borish imkoniga ega bo‘lishadi deganidir.

Ko‘ribturganingizdek, SI ning hayotimizdagi o‘rni kundan-kunga chuqurlashib bormoqda. Ular insoniyatning yutug‘imi yoki mag‘lubiyati, degan savol ustidagi bahslar hali uzoq davom etadi. Eng muhimi, fantastik yozuvchi Ishoq Azimov ta’biri bilan aytganda, robotlarni yaratishda odamlarga zarar yetkazmaslik shior qilib olinishi kerak.

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

XULOSA

Ilm-fanning mislsiz taraqqiyoti olimlarni kelajagimizga nisbatan yondashuvga yanada ko‘proq optimist bo‘lishga undamoqda. Ularning hisob-kitoblariga ko‘ra, yaqin yuz yilda kompyuterlar odamlarga nisbatan aqlliroq bo‘ladi. Bu mavzu fantast yozuvchilarga ham, kinoijodkorlarga ham begona emas. Allaqachon ekranlarimiz yuzini ko‘rgan «2001: Fazoviy odisseya», «Terminator», «Temir odam», «Men, robotman», «Sun’iy aql», «Yulduz yo‘li», «Begona», «Yovuzlik egasi»... singari bir-biridan qiziqarli filmlarni barchamiz sevib tomosha qilganmiz. Yoki o‘zimizning milliy kino – «Temir xotin»ni eslang. Ular fantastika, triller, jangari, drama, melodrama, sarguzasht kabi turli janrlarda ishlangan, ammo barchasining voqealari bitta nuqtada kesishadi: inson xayoloti mahsuli bo‘lgan sun’iy aql (robot) to‘liq fikrlashni boshlaydi, mustaqil harakatlanadi va alaloqibat – insoniyatni yo‘q qilishga yoki unga bo‘ysunishga qaror qiladi.

Demak, bugungi mavzuimiz... Yo‘q, kino borasida emas, balki ulardagi «qahramonlar» yaratilishiga asos bo‘lgan inson aqliy qobiliyatining ilm-fandagi in’ikosi – sun’iy tafakkur xususidadir.

 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR

1. Mirziyoev Sh.M. Tanqidiy tahlil, qat’iy tartib – intizom va shaxsiy javobgarlik – har bir rahbar faoliyatinig kundalik qoidasi bo’lishi kerak. O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasinig 2016 yil yakunlari va 2017 yil istiqbollariga bag’ishlangan majlisidagi O’zbekiston Respublikasi Prezidentining nutqi. // Xalq so’zi gazetasi. 2017 yil 16 yanvar, № 11.

2. Qosimov S.S. Axborot texnologiyalari. – T.: Aloqachi, 2006 – 369 b.

3. Iskusstvenniy intellekt: Sovremennie podxodi – A Rassel i Norvig. – iz. Pirson Prentice Hall – 2009 – 1132p.

 

 

 



 

 

 



 
Download 266.95 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling