Guruh talabasi Abduvohid Ergashev Mavzu : Temperament tiplari va ularning psixologik hususiyatlari


Download 20.73 Kb.
Sana23.11.2020
Hajmi20.73 Kb.
#150864
Bog'liq
psixologiya


314-18 guruh talabasi Abduvohid Ergashev

Mavzu : Temperament tiplari va ularning psixologik hususiyatlari.

Reja:


1. Temperament turlari va ularining tasnifi.

2. Temperamentning ilmiy psixologik asoslari va uning fizioligik mexanizimi.

3. Nerv sistemasi va temperament tiplari.

4. Temperament va uni faoliyat talablariga muvofiqlashtirish.

Insonning ruhiy olami beto`xtov harakatlar majmuasidan iborat bo`lib, biri ikkinchisini bevosita taqozo etadi va ular uzluksiz zanjir tizimiga o`xshash tarzda xukm suradi. Xuddi shu bois shaxs ruhiyatida tashqi atrof-muhit to`g`risidagi taassurotlar, o`tmish xotiralari, kelajak yuzasidan ijodiy xayollar, ezgu niyatlar, xohish istaklar, maqsad va tilaklar, mulohaza, fikr va muammo, hissiykechinmalar, irodaviy sifatlar uzluksiz tarzda o`zaro o`rin almashtirib turiladi.Ruhiy olam kechishi, xususiyati, xislati, mexanizmi olohida individual tarzda namoyon bo`lish kuzatiladi. Shuning uchun bo`lsa kerak, insonlar tabiat hodisalariga, ijtimoiy turmush voqeliklariga, omillariga, ta’sir kuchlariga tez yoki sekin, yengil yoki mushkulot bilan javob qaytarishga moyillik ko`rsatadilar. Shuni alohida ta’kidlab o`tish kerakki, psixik faoliyatning dinamikasi nafaqat temperamentga, balki motivlarga, psixik holatlarga, his-tuyg`ularga ham bevosita bog`likdir. Misol uchun, inson o`zi temperamentning qaysi tipiga taalluqli bo`lishidan qat’i nazar, o`z faoliyatiga layoqatli, mayli kuchli, intilishi qat’iy, qiziquvchan bo`lsa, uni tashkillashtirishda va nazorat qilishda uyushqoklik, harakat sur’ati esa tezkor amalga oshadi, unga loqayd munosabatnibildirsa, ish sur’ati sekin va sust kechadi. Psixologiyada temperamentga taalluqli individual dinamik xususiyatlar bilan motivlar va psixologik holatlar, hissiy kechinmalarning dinamik xususiyatlari o`rtasida muayyan darajasida tafovutmavjudligi alohida ta’kidlanadi. Ular orasidagi farqlarni ajratib ko`rsatish maqsadida qo`shimcha belgilar kiritiladi va o`ziga xos tarzda tavsiflab beriladi. Ularning ayrimlarini ajratib ko`rsatish maqsadga muvofiq.

1.Favqulodda temperamentning bir xil xususiyatlari, motiv, psixik holat va hodisalardan farqli o`laroq, ayian shu shaxsning o`zida, uning turli faoliyatlarida, xatti-harakatlarida, muomalasida ifodalanadi.

2.Temperament xususiyatlari tabiiy shartlanganlik omiliga taalluqli bo`lganligi tufayli inson hayoti va faoliyatining davomida yoki uning muayyan bir bo`lagida barqaror, o`zgarmas va mustahkamdir.

3. Temperament xususiyatlari deganda,alohida bir shaxsning psixik faoliyati dinamikasini belgilovchi psixikaning barqaror, o`zgarmas individual-tipologik xususiyatlari majmuasi tushuniladi. Mazkur xususiyatlar turli shakl vamazmunga ega bo`lgan motivlarda, psixik holatlarda, maqsadlarda, faoliyatlardanisbatan o`zgarmovchi, temperament tipini tavsiflovchi tuzilmani tashkil qiladi.

Psixologiya fanining ijtimoiy tarixiy-taraqqiyoti davrida temperamentga nisbatan bildirilgan mulohazalar, uning moddiy asosi to`g`risidagi talqinlar xilma-xil bo`lib, shaxsning psixologik xususiyatlarini o`ziga xos tarzda tushuntirish uchun xizmat qilib kelgan. Temperament latincha “temperamentum” degan so`zdan olingan bo`lib, buning ma’nosi «aralashma» degan tushunchani anglatadi. Temperament to`g`risidagi dastlabki ta’limotni yunon olimi Gippokrat yaratgan bo`lib, uning tipologiyasi to hozirgi davrgacha qo`llanilib kelinmokda. Temperamentning fiziologik asoslari to`g`risida tushuncha Qadimgi yunon olimi Gippokrat ta’limotiga binoan, insonlarning temperament xususiyatlari jihatidan o`zaro bir-biridan tafovutlanishi, ularning tana a’zolaridagi suyuqliklarning turlicha nisbatda joylashuviga bog`liq ekanligi tasavvur qilinadi. Gippokrat ta’biricha, inson tanasida to`rt xil suyuqlik mavjud bo`lib, ular o`t yoki safro, qon, qora o`t, balg`am kabilardan iboratdir. Uning mulohazasicha;

1) o`tning xususiyati - quruklikdir, uning vazifasi-tana a’zolarida quruqlikni saqlab turish yoki badanni qurik tutishdir;

2) qonning xususiyati - issiqlikdir, uning vazifasi tanani isitib turishdir;

3) qora o`tning xususiyati-namlikdir, uiing vazifasi-badan namligini saqlab turishdir;

4)balg`amning xususiyati sovuqlikdir, uning vazifasi - badanni sovutib turishdan iboratdir. Gippokrat ta’limotiga muvofiq, har bir insonda shu-to`rt xil suyuqlik mavjud bo`lib, uning bittasi ustuvorlik kasb etadi.

Shunga qarab insonlar temperament jihatdan farqlanadilar, xolerikda sariq o`t, sangvinikda qon, melanxolikda qora o`t, flegmatikda balg`am ustun bo`lishi ta’kidlanadi. Temperamentning fiziologik asoslariga ulkan hissasini qo`shgan olimlardan biri rus fiziologi I. P. Pavlov hisoblanadi. I.P.Pavlov hayvonlarning oliy nerv faoliyatini tadqiq qilayotganida itlarda shartli reflekslarning paydo bo`lishi, kechishi, davom etishi xususiyatlari insonlarnikidan farq qilishi va bu hodisa temperamentda ham uchrashi mumkinligini kashf etadi. I. P. Pavlov temperament ham shartli reflektor faoliyatining individual xususiyatlarini keltirib chiqaruvchi omillar bilan bog`liq bo`lishi mumkin, degan xulosa chiqaradi. I. P. Pavlov ta’limoti bo`yicha, shartli reflekslar paydo bo`lishining individual xususiyatlari ro`yobga chiqishining sabablari nerv sistemasi xususiyatlari mohiyatidandir. Muallif nerv sistemasining uchta asosiy xususiyatiga alohida ahamiyat beradi. 1) qo`zg`alish jarayoni va tormozlanish jarayonining kuchi;

2) qo`zg`alish kuchi bilan tormozlanish kuchi o`rtasidagi muvozanatlik darajasi;

3) qo`zg`alishning tormozlanishi bilan almashinishi tezligi yaьni nerv jarayonlarining harakatchanligi. I.P.Pavlov shartli reflektor faoliyatining individual xususiyatlari bilan temperamentga aloqador nerv sistemasi xususiyatlarining o`zaro qo`shiluvini nerv sistemasining tipi deb nomlaydi va uni to`rtta tipga ajratadi:

a) kuchli, muvozanatli, epchil;

b) kuchli, muvozanatsiz, epchil;

c) kuchli, muvozanatli, sust;

d) kuchsiz tip.

Yirik rus psixologlaridan biri B.M.Teplov va uning shogirdlari I. P. Pavlovning tadqiqotlarini davom ettirib, inson nerv jarayonlari xususiyatlarining o`ziga xos tomonlarini ochishga muvaffaq bo`ldilar. B.M.Teplov ma’lumotlarga qaraganda, insonda hosil qilinadigan shartli reflekslarning ba’zi bir individual xususiyatlari o`zaro uyg`unlikka egadir. Ularning ta’biricha, o`zaro bog`liqindividual xususiyatlar tizimi nerv sistemasining muayyan xususiyati bilan tavsiflanadi. Jumladan, o`zaro bog`langan xususiyatlar, birinchidan, shartli ko`zg`ovchi mustahkamlanishi davom etishidan qat’i nazar, shartli reflekslar so`nishi darajasiga, ikkinchidan, qo`zg`ovchilarning kuchli yoki kuchsizligi bilan shartli reaktsiyaning hajmi orasidagi tafovutlarga, uchinchidan, asosiy qo`zg`ovchi sezgirligiga begona qo`zg`ovchini ijobiy ëki salbiy ta’sir o`tkazishdarajasiga, to`rtinchidan, boshqa ko`rinishdagi yoki kuchlanishdagi qo`zg`alish jarayonlarining kuchiga bog`liqdir. Ma’lumotlarning taxliliga binoan, tormozlanishning kuchi bilan nerv jarayonlarining muvozanatlashuviga taalluqlishartli reflektor faoliyatining individual xususiyatlari turkumlari shunga o`xshash usul yordami bilan kashf qilingan. Ushbu individual xususiyatlar mohiyatida ifodalanuvchi nerv sisitemasining xususiyati dinamiklik deb nomlangan. Bundan tashqari, ular shartli reflektor faoliyatining bir guruh individual xususiyatlari qo`zg`alish jarayoni to`xtalishining tezligi mahsuli sifatida taxmin qilingan xususiyatni yangi xislatni labillik ya’ni beqarorlik deb atay boshlagan. Shuning bilan birga nerv sistemasining boshqa xususiyatlari mavjudligi to`g`risida ilmiy taxminlar ilgari surilgan, chunonchi: senzitivlik, reaktivlik va hokazo.Xuddi shu bois, nerv sistemasining xususiyati to`g`risidagi ilmiy mushohadalar faqat shartli reflektor faoliyati bilan o`zaro bog`liq individual xususiyatlar turkumiga taalluqli umumiy sabablar bo`yicha talqin qilishni ifodalaydi. Nerv sistemasi xususiyatlari bilan tempsramentning bog`liqligi aksariyat hollarda mana bunday omillarning mohiyatida aks etishi mumkin:

1) insonda shartli refleks shakllangan bo`lsa-da, lekin u tez so`na boshlasa;

2) tashqi qo`zg`ovchi shartli refleksda kuchli tormozlanishni vujudga keltirsa;

3) shaxs kuchsiz qo`zg`ovchilarga kuchli qo`zg`ovchilar singari shiddat bilan reaktsiya qaytarsa;

4) odam kuchsiz qo`zg`alish jarayoni bilan uyg`unlashgan xususiyatlarnianiqlasa;

5) insonda kuchli emotsional qo`zg`alishi hamda diqqatning chalg`ishi yuzaga keladi. Yuqorida ta’kidlab o`tilganidek, I. P. Pavlov ta’limotida temperamentning psixologik ta’siri nerv sistemasining barcha xususiyatlari bilan alokadorligi yoki uning tipiga tegishli ekanligi tushuntiriladi. Xuddi shu bois, temperamentning u yoki bu xususiyati nerv sisitemasining birorta xislati bilan emas, balkixususiyatlarning turkumlari bilan aloqaga kirishadi. Buning ta’sirida nerv sistemasi xususiyatlarining miqdoriy munosabatlarida temperament xususiyatlari ham sifat o`zgarishini yasaydi. Hozirgi davrda nerv sistemasining umumiy tipi irsiyatga bog`liq ekanligi haqidagi ma’lumotlar, omillar juda ko`p bo`lib, ular qiyosiy psixologiyada hayvonlarni o`rganishda topilgandir. Xorijiy psixologik adabiyotlarda ta’kidlanishicha, temperament nerv sistemasi umumiy tipining nerv-fiziologik xususiyatlariga emas, balki:

a) tashqi ko`rsatkichi badanning jismoniy tuzilishiga,

b) uning ba’zi qismlari o`rtasidagi aloqaga,

c) organizm turli tarkiblarining munosabatlaridan tuzilgan organizmning umumiy tuzilmasiga bog`likdir, degan nazariya jahon psixologiyasida ustuvor o`rin egallagandir.

Bu nazariyaning asoschilari E. Krechmer va U. Sheldonlari hisoblanib, ularning talqinicha, tana tuzilishi ham,temperament xususiyatlari ham ichki sekretsiya bezlari faoliyatidagi o`zaromunosabatlarning nasliy belgilariga bog`liqdir. Ularning fikricha, tana tuzilishi bilan temperament xususiyatlari orasida muayyan mutanosiblik mavjuddir. Temperamentning muayyan xususiyati nerv sistemasi umumiy tipining birorta xususiyatiga aloqador bo`lmasdan, balki bir turkum xususiyatiga bog`liqdir. Temperament tipologiyasi mabodo insonlar temperamentlari bo`yicha qiyoslansa, u holda uning xususiyatlari jihatidan o`zaro o`xshash shaxslarning guruhi mavjudligi namoyon bo`ladi. Bu asnoda eramizdan oldingi davrda ham temperament tiplari to`g`risida materiallar to`plangan. Ularda temperament tipi deyilganda, insonlarning muayyan guruxlarini tavsiflovchi psixik xususiyatlarnish yig`indisi anglashinilgan. Hozirgi davrda temperamet tipi deganda, ma’lum insonlar guruhi uchun umumiy bo`lgan xususiyatlarning sodda majmuasi emas, balki mazkur xususiyatlarining qonuniy, zaruriy o`zaro bog`liqligi tushuniladi. Temperament tipini tavsiflovchi xususiyatlarning qonuniy tarzda o`zaro bog`liqligi turlicha aks etishi mumkin. Har qaysi tip uchun o`ziga xos xususiyatlarning o`zaro aloqasi, har bir alohida xususiyatning sifat tavsifi temperament tipining boshqa xususiyatlari bilan bog`liqligida ham aks etadi. Masalan; o`zini tuta bilmaslik yoki o`zini tuta bilish temperamentning bitta tipi uchun:

a) ehtiroslik shiddat,

b) jazava-yuksakdarajadagi muvozanatsizlikdir;

c) bir xil tip uchun o`zini tuta bilish-emotsional irodaviy bir me’yorda tutish bo`lsa, boshqasi uchun u ulug`vorlik, vazminlik namunasidir.

Temperament tiplarining psixologik tavsifi quyidagi muhim xususiyatlar yordami bilan aniqlanadi.

1.Senzitivlik (latincha sezish, his qilish degan ma’noni anglatadi). Senzitivlik yuzasidan insonda bironta psixik reaktsiyani hosil qilish uchun zarur bo`lgan o`ta kuchsiz tashqi taassurot kuchiga qarab mulohaza yuritiladi, jumladan, sezgilarning paydo bo`lishi uchun kerak qo`zg`ovchining ozgina kuchi yaьni ularning quyi chegarasi, ehtiyojlar qondirilmasligining sezilar-sezilmas darajasi mujassamlashadi.

2.Reaktivlik. Bu to`g`rida aynan bir xil kuch bilan ta’sir etuvchi tashqi va ichki taassurotlarga shaxs qanday kuch bilan emotsional reaktsiya qilishiga qarab munosabat bildiriladi. Reaktivlikning yorqin ro`yobga chiqishi -emotsionallik, ta’sirlanuvchanlik ifodalanishidir.

3.Faollik. Bu borada inson qanday faollik darajasi bilan tashqi olamga ta’sir etishi va maqsadlarni amalga oshirishdaob’ektiv hamda sub’ektiv qarama-qarshiliklarni faollik bilan yengishiga qarab fikr yuritiladi.

4.Reaktivlik bilan faollikning o`zaro munosabati. Odamning faoliyati ko`p jihatdan nimaga bog`liqligiga binoan, chunonchi tasodifiy tarzdagi tashqi va ichki sharoitlarga (kayfiyatga,favquloddagi hodisalarga) yoki maqsadlarga, ezgu niyatlarga, xohish-intilishlarga ko`ra fikr bildirish nazarda tutiladi.

5.Reaktsiya tempi. Turli xususiyatli psixik reaktsiyalar va jarayonlar- ning kechish tezligiga, binobarin, harakat tezligiga, nutq sur’atiga, farosatlilikka, aql tezligiga asoslanib xulosa chiqariladi

6.Harakatlarning silliqligi va unga karama-qarshi sifat rigidlik (qotib kolganlik). shaxsning o`zgaruvchan tashqi taassurotlarga qanchalik yengillik va chaqqonlik bilan muvofiklashishiga yaьni silliqlik bilan moslashishga, shuningdek, uning xatti-harakatlari kanchalik sust va zaifligiga nisbatan bahoberishdan iboratdir.

7.Ekstravertirovanlik va introvertirovanlik. Shaxsning faoliyati va reaktsiya ko`p jihatdan nimalarga bog`likligiga, chunonchi favquloddagi tashqi taassurotlarga va ichki timsollarga, tasavvurlarga, mulohazalarga taalluqligiga asoslangan holdagi munosabatdir.

Sangvinik-juda faol, har bir narsaga ham qattiq kulaveradi; yolg`on dalillarga jaxli chiqadi. Atrofdagi narsalar, ma’ruzalar diqqatini tez jalb etadi. Imo-ishoralarni ko`p ishlatadi, chehrasiga qarab kayfiyatini anglab olish kiyin emas. Juda sezgir bo`lishiga qaramay, kuchsiz ta’sirni seza olmaydi, serg`ayrat, ishchan, toliqmas. Faollik bilan reaktivlikmunosabati muvozanatda, intizomli, o`zini tiya biladi, boshqara oladi. Xatti-harakati jo`shqin, nutq sur’ati tez, yangilikni tez payqaydi, aql idroki tiyrak, topqir, kiziqishlari, kayfiyati, intilishlari o`zgaruvchan. Ko`nikma va malakalarni tez egallaydi. Ko`ngli ochiq, dilkash, muloqotga tez kirishadi. Xayolati yuksak darajada rivojlangan, tashki ta’sirlarga hozirjavob va hokazo.

Xolerik-sust senzitivlik xususiyatiga ega. Juda faol va reaktiv. Ko`pincha reaktivligi faollikdan ustun keladi. Betoqat, serzarda, tinimsiz.Sangvinikka karaganda silliqrok, lekin ko`proq qotib kolgan. Qiziqishlari, intilishlari barkaror, xatti-harakatlarida qat’iylik mavjud. Biroq dikkatni bir joyga to`plashda qiynaladi. Nutq sur’ati tez va hokazo.

Flegmatik-senzitivligi sust, his-tuyg`usi kam o`zgaruvchan, shunga ko`ra bunday shaxsni kuldirish, jahlini chiqarish, kayfiyatini buzish qiyin. Ko`ngilsiz hodisa xavf-xatar haqidagi xabarga xotirjamlik bilan munosabatda bo`ladi. Vazmin, kam harakat. Imo-ishorasi, mimikasi ko`zga yakkol tashlanmaydi. Lekin, serg`ayrat, ishchan, faol, chidamli, matonatli. Nutq va harakat sur’ati sust. Diqkatni to`plashi osoyishta. Diqqatni ko`chirish kiyin. Introvert, kam gap, ichimdan top. Yangilikni kabul qilishi murakkab. Tashki taassurotlarga sustlik bilan javob beradi.

Melanxolik-senzitivligi yuksak. Tortinchoq, g`ayratsiz. Arazchi, xafaxon. Jimgina yig`laydi, kam kuladi. Qat’iyligi va mustaqilligi zaif. Tez toladi. Ortiqchaishchan emas. Diqqati beqaror. His-tuyg`usi sust o`zgaradi, rigid va introvert. Psixologik ma’lumotlar e’tirof etilishicha, irsiyat va turmush sharoitlari temperament tiplari o`rtasidagi tafovutlarning sababchisidir. Shuning uchun irsiy fiziologik xususiyatlari bir xil va bitta tuxumdan yaralgan (gomozigot) egizaklarning temperament xususiyatlarini ikkita tuxumdan vujudga kelgan (geterozigot) egizaklarning temperament xususiyatlari bilan qiyoslansa, bu omil tasdiqlanishi mumkin.

Ma’lumotlarga qaraganda geterozigot egizaklardan farqli o`laroq, gomozigot egizaklar temperament xususiyatlari shunchalik o`xshashki, hatto ular irsiyat yo`li bilan berilish omilini 85% tasdiqdash imkoniyatiga ega. Tarbiyaviy muhit turlicha bo`lishiga qaramay, o`xshashlik saqlanib qolishi tajribalarda ko`p marta tekshirilgan. Lekin temperamentning ayrim xususiyatlari o`zgarishi to`g`risidagi ma’lumotlar inkor etilmaydi, unga favquloddagi tashqi hamda ichki sharoitlar keskin ta’sir o`tkazadi. Shuni esda saqlash joizki, temperament ayrim xususiyatlarning turmush sharoiti bilan tarbiyaviy ta’sirida o`zgarish jarayoni temperament tiplarining takomilashuvidan farqlay olish shart. Ma’lumki, temperament tipi unga mutanosib xususiyatlari birdaniga paydo bo`lgan narsa emas, chunki nerv sistemasining takomillashuvi umumiy qonuniyatlari temperamentga ham ta’sir o`tkazib, o`z izmini koldiradi. Shaxsning kamolotiga binoan, temperament xususiyatlari nerv sistemasining takomillashuvi bilan bog`liq tarzda ro`yobga chiqa boradi va mazkur jarayon temperament rivojini uzil-kesil hal qiladi. Shuni ta’kidlash o`rinliki, temperamentni faoliyat talablariga moslashtirish imkoniyati mavjuddir. Chunki har qanday faoliyat psixik jarayonlari dinamikasiga muayyan talablar tizimini qo`yadi. Shuningdek:

1)kasb-hunarlarning insonlar temperamentiga mos turini tanlash kerak, chunki ularning psixik xususiyatlariga mutanosib kasbni tanlash professional tanlash deyiladi;

2)shaxslarning individual xususiyatlarinihisobga olish joiz;

3) temperamentga xos kamchiliklarni yaьni salbiy illatlarni bartaraf etish lozim;

4) insonlarda individual uslubni shakllantirish zarur. Shaxsning faoliyatiga ongli, faol va ijodiy bo`lishidir.



Faoliyatning individual uslubi insonda o`zidan o`zi vujudga kelmaydi, u shaxs kamolotining barcha bosqichlarida yaьni bog`cha yoshidan e’tiboran to kasbiy mahorat egallangunga qadar shakllanib boradi. Insonning temperamentini faoliyatning zarur talablariga moslashtirish orqali unda individual uslub tarkib toptiriladi. Xuddi shu boisdan, faoliyatning individualuslubi deyilganda shaxs uchun o`ziga xos va muvaffaqiyatga erishishning maqsadga muvofiq yo`llari individual tizimi tushuniladi.
Download 20.73 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling