Urganch davlat universiteti Filologiya fakulteti
5120100 - Filologiya va tillarni o ‘ qitish (o ‘ zbek tili) ta'lim yo ‘ nalishi 186-
guruh talabasi Mohira O‘rinboyeva Shokir qizining
bitiruv malakaviy ishiga
TAQRIZ
Talaba: M.SH.O‘rinboyeva
Bitiruv malakaviy ish mavzusi: “Lisoniy sathda [((E1-W1)(E2-W2))Pm)] qolipli gaplar”
Bitiruv malakaviy ish hajmi:
Тushuntirish qismi:
Маvzuning dolzarbligi: Bugungi tilshunoslikning dolzarb mavzularidan biri uyushish hodisasi hisoblanadi. Dastlab, “Uyushgan gap nima va uyushiq gaplardan nimasi bilan farq qiladi?” “Sintaksisda hozirgacha uyushgan gaplarni alohida ajratib oʻrganishga qanday zarurat bor?” kabi savollar yechimini topish zarur. Bu hodisaning uyushiq bo‘lakli sodda gaplarga va qo‘shma gaplarga o‘xshash va ulardan farqli tomonlarini aniqlash zarurati bor. Bunday tuzilishli hosilalarni nima deb atash va qaysi kategoriya ichida o‘rganish mumkin, qabilidagi savollarga javob berish lozim. Qo‘shma gaplarni o‘rganish gap ta’limotining tarkibiy qismi, undan ajratilgan holda qaralishi mumkin emas. Shuning uchun turli tipdagi uyushgan qo‘shma gaplarni o‘rganish har qaysi til sintaksisini o‘rganishning dolzarb masalalaridandir. Mavjud adabiyotlar bir semantik gruppaga kiruvchi teng bog‘langan bo‘laklarning uyushib kelishi, uyushiq bo‘laklarning sanash intonastiyasi bilan aytilishi, umumiy bo‘lakka ergashishi va umumiy bo‘lakni ergashtirib kelishi, uyushiq bo‘laklarning bir xil so‘z turkumi bilan ifodalanishi, bir xildagi so‘roqqa javob bo‘lishi kabilar qayd etiladi. Bu qayd etilgan fikrlar to‘g‘ri. Lekin sodda gap va qo‘shma gap oraligʻida turuvchi [((E1-W1)(E2-W2))Pm)] qolipli gaplar, ya’ni uyushgan gaplar haligacha atroflicha tahlil qilingan emas. Uyushgan gaplarning oʻziga xosliklari, gap sintaksisi sathidagi oʻrni va ularning uyushish hodisasiga bogʻliqligi kabi muammolar yuzasidan fikrlarni jamlash zaruriyati mavzu dolzarbligini belgilaydi.
Bitiruvchi umumkasbiy va maxsus tayyorgarligining tavsifi: M.O‘rinboyeva bitiruv malakaviy ishini yozish jarayonida mavjud ilmiy adabiyotlardan keng foydalangan. Ish uchun materiallarni yetarlicha to‘play olgan. Mavzuni to‘liq yoritgan. Talaba bakalavr akademik darajasini olishga loyiq.
Bitiruvchi talabaning mustaqil ishni bajarish layoqati, maxsus adabiyotlardan foydalanish qobiliyati va shaxsiy xususiyatlari: M.O‘rinboyeva bitiruv malakaviy ishini yozish jarayonida mavzuga doir adabiyotlar bilan yaxshi tanishgan. Ularni tahlil qila olgan. Ilmiy-nazariy fikrlar asosida xulosalar chiqara olgan va o‘zining iqtidorini namoyish qila olgan. M.O‘rinboyeva— izlanuvchan, mas’uliyatli va faol talaba.
Bitiruv malakaviy ishning ijobiy tomonlari: Bitiruv-malakaviy ishimizning xulosa va natijalari o‘zbek tilshunosligi, xususan, o‘zbek tili lisoniy sathida [((E1-W1)(E2-W2))Pm] qolipli gaplar, uyushgan gaplar bo‘yicha ilmiy-tadqiqot ishlari olib borishda, maqolalar yozishda, umuman, ilmiy adabiyotlar yaratishda ahamiyati katta. Shuningdek, ish materiallaridan soha bo‘yicha darslik va o‘quv qo‘llanmalar yaratishda ham foydalanish mumkin. Shu bilan birga umumta’lim maktablari, o‘rta maxsus ta’lim muassasalari “Ona tili” fanidan amaliy qo‘llanma sifatida, oliy ta’limda “Hozirgi o‘zbek adabiy tili” kursidan amaliy mashg‘ulot darslarida, kurs va mustaqil ishlarni bajarishda material sifatida foydalanish mumkin.
Bitiruv malakaviy ishga qo‘yilgan talablarning bajarilish darajasi: M.O‘rinboyeva “Lisoniy sathda [((E1-W1)(E2-W2))Pm)] qolipli gaplar” mavzusidagi bitiruv malakaviy ishi O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining bititruv malakaviy ishlarga qo‘yilgan talablariga to‘la javob beradi deb hisoblayman va uni ochiq himoyaga tavsiya etaman.
Bitiruv malakaviy ish rahbari f.f.d.(DSc)D.Yuldashev
2022-yil ___- may
Do'stlaringiz bilan baham: |