Guruh talabasi Qobiljonova Dilnavozning matematika fanini kasbga yo’naltirib o’qitish fanidan tayyorlagan taqdimoti

Download 89.67 Kb.
Sana21.06.2020
Hajmi89.67 Kb.
#120821
Bog'liq
17.02. Qobiljonova.Dilnavoz. Kasbga yo'naltirish. mustaqil ishi.

17.02 guruh talabasi Qobiljonova Dilnavozning matematika fanini kasbga yo’naltirib o’qitish fanidan tayyorlagan

TAQDIMOTI

Matematikaning asosiy vazifasi bizni o’rab turgan tartibsizliklarda yashiringan tartibni topishdan iborat. (N.VINER)

MAVZU: Akademik litsey, kasb-hunar kollejlari matematika o’qituvchisining kasbiy faoliyatiga qo’yiladigan asosiy talablar.

MAVZU: Akademik litsey, kasb-hunar kollejlari matematika o’qituvchisining kasbiy faoliyatiga qo’yiladigan asosiy talablar.

Tarbiyachi-ustoz bo’lish uchun, boshqalarning aql idrokini o’stirish, ma’rifiy ziyosidan bahramand etish, haqiqiy fuqaro etib yetishtirish uchun eng avvalo tarbiyachining o’zi aynan yuksak talablarga javob berishi lozim.

I.A.Karimov.

Hozirgi zamon o’qituvchisining asosiy fazilatlaridan biri o’z kasbiga sadoqatliligi,g’oyaviy e’tiqodliligi, o’z kasbini sevishi, bu kasbga bo’lgan cheksiz sadoqat o’qituvchini boshqa kasb egalaridan ajratib turadi.chunki ta’lim tarbiya ishining yuqori saviyada olib borilishi faqat o’qituvchiga, uning kasbiy tayyorgarligiga hamda tinglovchining iqdidoriga bog’liq.

O’qituvchi shaxsiga qo’yiladigan muhim talablardan biri shuki, u o’zi o’qiyotgan predmetlarni chuqur bilishi, uning metodikasini chuqur o’zlashtirib olgan bo’lishi kerak. Ta’lim muassasasi o‘sib kelayotgan shaxsni o‘qitish jarayonida ularga ta’lim olish sharoitlarini yaratadi. O‘qituvchilarning bilimga bo‘lgan ehtiyojlarini shakllantirish hamda rivojlantirishning yo‘naltirilgan bo‘lishi o‘qituvchi ma’suliyatini yanada oshiradi.

Ta’lim samaradorligini oshirish, shaxsning ta’lim markazida bo‘lishini va yoshlarning mustaqil bilim olishlarini ta’minlash uchun ta’lim muassasalariga yaxshi tayyorgarlik ko‘rgan va o‘z soxasidagi bilimlarni mustahkam egallashdan tashqari zamonaviy pedagogik texnologiyalarni va interfaol uslublarni biladigan, ulardan o‘quv va tarbiyaviy mashg‘ulotlarni tashkil etishda foydalanish qoidalarini biladigan o‘qituvchilar kerak. Buning uchun barcha fan o‘qituvchilarini pedagogik va axborot texnologiyalar, interfaol uslublar bilan qurollantirish hamda olgan bilimlarini o‘quvtarbiyaviy mashg‘ulotlarda qo‘llash malakalarini uzluksiz oshirib borish lozim.

O‘qituvchi zamonaviy pedagogik texnologiyalarning o‘quv-tarbiya jarayonidagi o‘rni, ulardan foydalanish, shuningdek, usul, metod va texnologiya tushunchalarining farqlay olishlari, “Aqliy hujum”, “Tarmoqlar”(Klaster) “Assesment” metodlari, “Bumerang”, “Skarabey”, “Charxpalak”, “Rezyume” “Keys-stadi” va shu kabi texnologiyalar haqidagi bilimlarga ega bo‘lishlari va ulardan o‘quv-tarbiya jarayonida foydalana olishlari lozim. Hozirgi davrda sodir bo‘layotgan innovatsion jarayonlarda ta’lim tizimi oldidagi muammolarni hal etish uchun yangi axbortni o‘zlashtiradigan va o‘zlashtirgan bilimlarini o‘zlari tomonidan baholashga qodir bo‘lgan, zarur qarorlar qabul qiladigan, mustaqil va erkin fikrlaydigan shaxslar kerak. SHuning uchun ham ta’lim muassasalarining o‘quv-tarbiyaviy jarayonida zamonaviy o‘qitish uslublari, ya’ni interfaol uslublar, innovatsion texnologiyalarning o‘rni va ahamiyati beqiyosdir. Pedagogik texnologiya va ularning ta’limda qo‘llanishga oid bilimlar, tajriba o‘quvchilarni bilimli va etuk malakaga ega bo‘lishlarini ta’minlaydi. Har bir darsni yaxlit holatda ko‘ra bilish va uni tasavvur etish uchun o‘qituvchi bo‘lajak dars jarayonini loyihalashtirib olishi kerak. Buning uchun u darsning texnologik xaritasi har bir mavzu, har bir dars uchun o‘qitilayotgan predmet, fanning xususiyatidan, o‘quvchilarning imkoniyati va ehtiyojidan kelib chiqqan holda tuziladi. Hozirgi zamon ta’lim tizimidagi amaliy tajriba shuni ko‘rsatadiki oldindan puxta loyihalashtirilgan dars, albatta, o‘qituvchi va o‘quvchiga darsni qiziqarli bo‘lishi, shuningdek ijobiy natijaga erishishlariga imkoniyat yaratadi hamda darsning samaradorligini oshiradi.

Zamonaviy o‘qituvchilarning bilim va ko‘nikmalariga qo‘yiladigan talablar.

Zamonaviy o‘qituvchilarning bilim va ko‘nikmalariga qo‘yiladigan talablar.

O‘qituvchilar o‘zlari o‘qitayotgan o‘quvchilarining ruxiyatlariga mos ravishda muloqotda bo‘la olish, zamonaviy pedagogik texnologiyalarni egallash va o‘quv-tarbiyaviy jarayonda qo‘llay olishi kerak. bugungi kunda an’anaviy ta’limni zamonaviylashtirish yo‘lida birgina texnologiyaga asoslangan o‘qitish uchramaydi. Odatda, o‘qitishda bir necha texnologiyalarning elementlari birdaniga qo‘llaniladi, chunki pedagogik texnologiya – bu o‘quv jarayonini to‘liqligicha egallovchi loyiha, yaxlitlilik, natija, ya’ni o‘quv jarayonini inson va texnik imkoniyatlarini hisobga olgan holda aniq maqsad, natijaga yo‘naltirilgan jarayondir.

Pedagokka qo’yiladigan talablar:

Pedagokka qo’yiladigan talablar:

  • A’lo xotira
  • Ishchanlik
  • O’z soxasini chuqur bilish
  • So’z ustaligi
  • Ta’lim beruvchi soxasi bo’yicha kamida 2000 ta so’z boyligi bo’lish
  • Audutoriyada ko’chadagi so’zlarni ishlatmasdan adabiy so’zlarni ishlatish
  • Talaffuz
  • Audutoriya bilan bevosita va bilvosita muloqotda bo’lish
  • Nutqning mantiqiy, dialogli, monologik va ko’p qirrali bo’lishi va hokazo…

Pedagoglar mutaxasislik bo‘yicha mavjud bilimlaridan tashqari o‘quv jarayoniga

Pedagoglar mutaxasislik bo‘yicha mavjud bilimlaridan tashqari o‘quv jarayoniga

qadam qo‘yar ekanlar, pedagogik va psixologik bilimlar, texnologiya va o‘qitish

metodikalariga doir zarur bilimlarni egallagan bo‘lishi kerak. SHuning uchun ham,

pedagoglarning malakasini oshirishda:

- o‘qitish jarayoninig samaradorligini ta’minlovchi pedagogik malakalarni shakllantirish;

- ijtimoiy-iqtisodiy, siyosiy, gumanitar bilimlarni anglashga yo‘naltirilgan yangi kasbiy tafakkurni shakllantirish;

- o‘qituvchi faoliyatining metodologik asosi sifatida pedagogik bilimlar tizimini egallash;

- o‘qituvchilarning kasbiy faoliyatlariga yaqinlashtirilgan uslublar tizimi sifatidagi o‘qitish texnologiyasini egallash masalalari asosiy deb belgilanadi.

Akademik litsey va kollejlarda dars 80 minut bo’lib, mavzuningo’quv kalendari rejasida ajratilgan soatiga ko’ra nazariy va amaliy mashg’ulotga bo’linadi. Muvofiq ravishda darsni tashkil qilish shakli ham farq qiladi.

Akademik litsey va kollejlarda o’tilgan darslar uch guruhga bo’linadi.

1. Umumta’lim fanlari;

chuqurlashtirilib va qo’shimcha guruhlashtirib o’tilayotgan fanlar;

2. Umum kasbiy ta’lim fanlari;

3. Maxsus fanlar.

Bu joylarda ta’lim mavjud bilimlarni o’zlashtirishga qaratiladi. Akademik litsey, kasb-hunar kollejlarida o’qituvchi dars o’tish metodlarini yodda saqlash zarurligini hisobga olgan holda tanlashi zarur. Asosiy tushunchalarni anglab, puxta o’zlashtirishlari barobarida tafakkurnio’stirishga, rivojlantirishga qaratlgan o’quv metodlarini qo’llashga ahamiyat berishi kerak. Dars o’tish jarayonida o’qituvchi dars o’tish metodlarini o’quvchining yoshiga moslab tanlashi, murakkablarini esa soddalashgan variantlarini ishlab chiqishlari vaqo’llashlari zarur bo’ladi.

Kasb-hunar kollejlari, akademik litseylarda o’qituvchi shaxsiga jiddiy talablar qo’yiladi. Ular pedagoglar va psixologlar tomonidan chuqur o’rganilgan. Quyidagi muhim va doimiy talablar qo’yiladi;

Kasb-hunar kollejlari, akademik litseylarda o’qituvchi shaxsiga jiddiy talablar qo’yiladi. Ular pedagoglar va psixologlar tomonidan chuqur o’rganilgan. Quyidagi muhim va doimiy talablar qo’yiladi;

  • Jamiyat rivojlanishinig siyosiy, sotsial va iqtisodiy yo’nalishlarini to’g’ri baxolay olishi,
  • Muayyan taraqqiyot davrida jamiyat uchun zarur bo’lgan bo’lg’usi mutaxassisni shaklllantirish standartlarini egallagan bo’lishi,
  • Pedagogik faoliyatni sevish,
  • O’z soxasi bo’yicha maxsus bilimlarga ega bo’lishi,
  • Zakovatli bo’lishi,
  • Pedagogik tuyg’um
  • Yuksak yetuklik,
  • Umumiy madaniyat va ahloqning yuksak darajasi,
  • Pedagogik texnologiyalarni mahorat bilan egallagan bo’lishi.

Pedagok kasbiga qo’yiladigan qo’shimcha talablar;

Pedagok kasbiga qo’yiladigan qo’shimcha talablar;

  • Kirishib keta olish;
  • San’atkorlik;
  • Quvnoqlik (me’yor darajasida);
  • Yaxshi did va boshqalar.
  • Yuqorida sanab o’tilganlar, pedagok shaxsiga xos bo’lgan to’la xislatlar emas, balki ular pedagogning o’z ustida muntazam va betinim mehnati, ulkan xizmatlari natijasida yuzaga keltiriladi.

Matematikani o’qitishdan ko’zda tutilgan asosiy maqsadlar: o’quvchilarning hayotiy tasavvurlari bilan amaliy faoliyatlarini umumlashtirib borib, matematik tushuncha va munosabatlarni ular tomonidan ongli o’zlashtirilishiga hamda hayotga tatbiq eta olishiga erishish; o’quvchilarda izchil mantiqiy fikrlashni shakllantirib borish natijasida ularning aql-zakovat rivojiga, tabiat va jamiyatdagi muammolarni hal etishning qulay yo’llarini topa olishlariga ko’maklashish; insoniyat kamoloti, hayotning rivoji, texnika va texnologiyaning takomillashib borishi asosida fanlarning o’qitilishiga bo’lgan talablarni hisobga olgan holda maktab matematika kursini ularning zamonaviy rivoji bilan uyg’unlashtirish;

-matematika rivojiga qomusiy olimlarimiz qo’shgan ulkan hissalaridan o’quvchilarni xabardor qilish va ularda vatanparvarlik, milliy g’ururni tarkib toptirish hamda rivojlantirish;

- jamiyat taraqqiyotida matematikaning ahamiyatini his qilgan holda umuminsoniy madaniyatning tarkibiy qismi sifatida matematika to’g’risidagi tasavvurlarni shakllantirish;

- o’quvchilarda ko’nikmalarni shakllantirish, mustaqil faoliyatlarini

rivojlantirish orqali o’quv jarayonini demokratiyalashtirish,

gumanitarlashtirishga erishish.

Matematik ta’limning maqsadi uning mazmunini tanlashga xizmat qilishi lozim, u quyidagi yo’nalishlarni qamrab oladi: son tushunchasi, ifodalarn i ayniy almashtirish, tenglama va tengsizliklarni, matematik analiz elementlarini, ehtimollar nazariyasi va matematik statistika elementlarini, geometrik almashtirishlarni , vektorlarni, koordinatalarni, aksiomatik metodlarni, matematik ta’limning mazmuni o’quvchilar tomonidan tafakkur madaniyatini egallashni nazarda tutadi. Albatta, matematik ta’limning mazmuniga nafaqat aksiomalar, teoremalar, ta’riflarni kiritish kerak, balki ularga adekvat bo’lgan xatti-harakatlarni ham, masalalar yechish usullarini ham kiritish lozim.

Akademik litseylarda matematikani

Akademik litseylarda matematikani

o’qitishda va o’quvchilar bilim, ko’nikma va malakalarini tekshirish, aniqlash va

baholash va nazorat qilishda;

- matematika o’qitishda maqsadlar, vazifalar mazmunning mosligi, ta’lim tamoyillari va shakllari vositalarining birligi ta’minlansa va shu asosida o’quvchilar bilimi va ko’nikmalarini tekshirish, korrektsiyalash va nazorat qilishning asoslari ishlab chiqilsa;

- ta’lim standartlari va dasturiga mos ravishda o’quvchilar egallashi zarur bo’lgan matematik bilimlar modeli ishlab chiqilsa va bu modelni egallashga ta’sir etuvchi omillar aniqlansa;

- matematikadan o’quvchilarning bilimini tekshirish, korrektsiyalash va nazorat qilishning yangi kompyuterli testlarga asoslangan tizimi ishlab chiqilsa va amaliyotga tadbiq etilsa;

- matematikadan o’quvchilarning bilim va ko’nikmalarini tekshirish, korrektsiyalash va nazorat qilishga qaratilgan zamonaviy pedogagik texnologiyalar va monitoring usullaridan muntazam foydalanilsa matematika o’qitishning sifat va samaradorligi ta’minlanadi.

Akademik litseylarda matematika kursining mazmuni va uni

modernizatsiyalash muammolari

Ma’lumki, ta’lim mazmuni quyidagilarni qamrab oladi:

1.Tabiat, jamiyat, texnika, faoliyat usullari haqidagi bilimlar tizimini.

2. Umumiy intellektual va amaliy ko’nikma hamda malakalarni .

3. Ijodiy faoliyat tajribasini.

4. O’quvchilarning dunyoga va bir-biriga bo’lgan emotsional

tajribalarini.

Akademik litsey o’quvchilarining

Akademik litsey o’quvchilarining

matematikadan bilim, ko’nikma va malakalarining tekshirish, aniqlash, baholash

va nazorat qilishning turlari va shakllari aniqlandi;

- matematikadan akademik litsey o’quvchilarining bilim, ko’nikma va

malakalarining aniqlashning mazmuni shakllantirildi, oraliq nazorat (ON) va

yakuniy nazorat (YaN)larning variantlari ishlab chiqildi;

- akademik litsey o’quvchilarining matematikadan bilim, ko’nikma va

malakalarini tekshirish, aniqlash va baholash muammosi , pedagogik

texnologiyalarning muhim komponenti, teskari aloqani amalga oshirishning

muammosi sifatida qaralib yaxlit tadqiq etildi;

- o’quvchilarning matematikadan bilim , ko’nikma va malakalarini aniqlash,

nazorat qilish va korrektsiyalashda yangi axborot texnalogiyalaridan foydalanish

imkoniyatlari, yo’llari ishlab chiqildi;

O’quvchilar bilimlarini kompyuter texnikasidan foydalanish

O’quvchilar bilimlarini kompyuter texnikasidan foydalanish

asosida nazorat qilish

Oldin ta’kidlanganidek, o’quvchilarning bilim, ko’nikma va malakalarini

nazorat qilish, o’qitishning muhim bo’g’inidir. Nazoratning qanday tashkil

qilinganligi, nima maqsadida o’tkazilganligi o’quv jarayoni samaradorligini

aniqlaydi. Shuning uchun amaliyotda o’quvchilarning bilim, ko’nikma va

malakalarini nazorat etishni tashkil qilish va uning mazmuniga jiddiy e’tibor

qaratiladi.

O’quvchilarning matematikadan bilim, ko’nikma va malakalarini

aniqlash, baholash va nazorat qilish bugungi kunda odatiy tusga kirib qolmoqda.

Biz quyida kompyuter yordamida o’quvchilar bilim, ko’nikma va

malakalarini nazorat qilish va baholashning o’ziga xos xususiyatlarini sanab

o’tamiz:

Kompyuter bilan ishlash davomida teskari aloqani va oraliq nazorat qilishni

Kompyuter bilan ishlash davomida teskari aloqani va oraliq nazorat qilishni

bir vaqtda amalga oshirish mumkin;

- Kompyuterda o’qitish faol harakterga ega;

- Ta’limni individuallashtirish imkoniyati;

- Dasturlashtirilgan teskari aloqani amalga oshirish orqali, o’quvchilarning u

yoki bu qadamini baholash va korrektsiyalash mumkin;

- Kompyuter bilan ishlaganda o’quvchi uchun qulay o’quv muhiti yaratiladi,

hamda o’qish tempini o’quvchining o’zi aniqlaydi;

- Nazorat ishlarining mazmunini kengaytirish mumkin;

- Har qanday masala oxirgacha olib boriladi;

- Kompyuter o’quvchilarda ijodiy qobilyatlarni rivojlantirishda qiziqtirish,

uyg’otish vositasini bajaradi;

- Tezkorlik bilan tekshirish mumkin;

- Barcha o’quvchilarni bir paytda baholash mumkin;

- Bilimlar nazorati ishonchli bo’ladi;

- Kompyuter individual nazoratchi rolini bajaradi.

O’quvchilar bilimini nazorat qilishning tamoyillari

O’quvchilar bilimini nazorat qilishning tamoyillari

1. Ko’rgazmalilik tamoyili.

2. Sistemalilik tamoyili.

3. Ommaviylik tamoyili.

4. Tezkorlik tamoyili.

5. Zamonaviylik tamoyili.

6. Ishonchlilik tamoyili.

7. Axborotlilik tamoyili.

8. Individual yondashuv tamoyili.

9. Ta’limning rivojlantiruvchi harakterda bo’lishi(tamoyili).

10. Tashxislash tamoyili.

11. Ta’limning motivatsiyasini ta’minlash tamoyili.

12. O’quvchilarning ijodiy faolligini ta’minlash tamoyili.

13. O’z – o’zini tekshirish, o’zaro tekshirish tamoyili.

Yuqorida keltirilgan tamoyillar umumdidaktik harakterga ega ekanligi

hammamizga ayon, ammo o’quvchilar bilim, ko’nikma va malakalarini nazorat

qilishda yuqorida keltirilgan tamoyillar bir necha marta kuchayishiga imkon

yaratadi.

Akademik litsey o’quvchilarining matematikadan bilim, ko’nikma va

Akademik litsey o’quvchilarining matematikadan bilim, ko’nikma va

malakalarini nazorat qilish va korrektsiyalash metodikasini shakllantirishning

boshlang’ich va asosiy shartlaridan biri DTS ga asoslangan o’quvchilar

bilimining modelini shakllantirishdan iborat. Bunda ayniqsa:

1. O’quvchilarning matematikadan bilim, ko’nikma va malakalarini

kompyuterga moslashtirilgan test nazorati orqali amalga oshirish o’quvchilar

bilimini katta aniqlikda tezkor aniqlash imkonini beradi. Bu esa ta’lim

jarayonini samarali boshqarishga asos bo’lib xizmat qiladi.

2. O’quvchilarning matematikadan bilimlarini kompyuter yordamida

aniqlash, o’qituvchiga o’quvchilar individual faoliyatlarini tashkil qilish va

boshqarish imkoniyatini yaratadi. Bunday imkoniyatdan foydalanmasdan turib

matematika ta’limi samaradorligini amalga oshirib bo’lmaydi.

3. Faqat yangi axborot texnologiyalaridan foydalanish hamda ta’lim

jarayoniga pedagogik texnologiyalarini, o’qitishning interfaol usullarini qo’llash

asosidagina kutilayotgan natijaga kafolatli erishishni ta’minlash mumkin.

4. Matematika ta’limi jarayonida o’quvchilar bilimini nazorat qilish yangi

axborot texnologiyalari va har bir o’quvchiga individual hamda tabaqalashgan

yondashuvni birgalikda qo’shib olib borish mumkin

Quyidagi kompetentsiyaga ega bo’lishi shart:

Quyidagi kompetentsiyaga ega bo’lishi shart:

O’quv - o’rganish kompetentsiyasi - o’quvchida real hayotdan bilimlarni olish, nostandart jarayonlarda harakat usullariga, muammolarni yechishning evristik metodlariga, o’lchash malakalariga, bilishning boshqa metodlaridan foydalana olish layoqatini hosil qilish.

Matematik bilimlarni amaliyotda qo’llash kompetentsiyasi - o’quvchida o’rganilgan bilim va ko’nikmalarni kundalik amaliy hayotda qo’llay olish layoqatini hosil qilish.

Axborot – o’quvchida turli darajadagi o’quv, kasbiy masalalarni yecha olish, masalalarni yechishda ma’lumotlarni izlash, og’zaki mashqlar, krossvordlar, elektron darsliklar, slaydlar, mustaqil ishlar, interaktiv testlar, didaktik materiallar bilan ishlay olish layoqatini hosil qilish.

Matematik savodxonlik kompetentsiyasi – o’quvchida mantiqan to’g’ri nutqni rivojlantirish, matematik diktantlar yoza olish, matematik formulalarni to’g’ri o’qiy olish va yoza olish layoqatini hosil qil ish.

Mantiqiy fikrlash – o’quvchida mantiqan matematik to’g’ri fikrlash (matematik ta’rif, teorema, aksiomalarga asoslangan holda) layoqatini hosil qilish.

Kim matematikani bilmasa, haqiatni bilmaydi. Kim uni tushunmasa zulmatta yashaydi.

Kim matematikani bilmasa, haqiatni bilmaydi. Kim uni tushunmasa zulmatta yashaydi.

(Rene Dekart)

E’TIBORINGIZ UCHUN RAHMAT!!!

E’TIBORINGIZ UCHUN RAHMAT!!!

Download 89.67 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:

Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling