Guruh talabasi umbarov nodirek botir


Download 60.93 Kb.
bet1/9
Sana03.06.2022
Hajmi60.93 Kb.
#730647
  1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
NODIRBEK UMBAROV kurs ishi
1 masala algoritm, NewSyllabus 133520186847431 (1), NewSyllabus 133520186847431 (1), NewSyllabus 133520186847431 (1), 2 5190581901223533795, Курс иши услубий кўрсатма


О‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA О‘RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI

QARSHI DAVLAT UNIVERSITETI
Pedagogika fakulteti
Amaliy psixologiya yо‘nalishi
019-114 guruh talabasi
UMBAROV NODIREK BOTIR o`g`lining
Umumiy psixologiya fanidan
KURS ISHI

Mavzu: Diqqat va Xotira

Bajardi: _________________
Qabul qildi: _________________

Qarshi – 2022
Mundarija
Kirish………………………………………………………………………3

  1. Bob. Diqqat haqida tushuncha…………………………………...6 
    1.1. Diqqat haqida tushuncha……………………………………............6
     
    1.2. Diqqatning turlari…………………………………………………....9 
    1.3. Diqqatning fiziologik asoslari……………………………………….14 

  2. Bob. Xotira haqida tushuncha va uning nerv fiziologik asoslari………………………………………………………………………….24

    1. Xotira haqida tushuncha va uning nerv fiziologik asoslari…...26

    2. Xotiraning psixologik nazariyalari………………………………27

    3. Xotira jarayonlari va turlari……………………………………..29

  3. Xulosa………………………………………………………………45

  4. Foydanilgan adabiyotlar………………………………………….49


Kirish
Mazkur dastrur "Kadrlar tayyorlash milliy Dasturi"ning ta’limning ijtimoiylashuvi bо‘limida kо‘rsatib о‘tilgan talaba-yoshlarning eksperimental psixologik bilimlarini dunyoqarashini boyitish, ularda eksperimental psixologiya qonuniyatlari asosida jamoadagi shaxslararo munosabat, psixologik jarayonlarni rivojlanishini shakllantirish qonuniyatlari haqida kо‘nikmalarni shakllantirish, eksperimental psixologiyaning tarixiy va nazariy rolini jamiyatimizda olib borilayotgan ishlar orqali amalga oshirishga qaratilganligi bilan belgilanadi.
Odamga xar bir daqiqada atrof-muxitdan juda kup narsa va xodisalar ta’sir etib turadi. Lekin odamga ta’sir etayotgan bu narsa va xodisalaryaing hammasi bir xil aniqlikda aks ettirilmaydi. Ulardan ayrimlari anik yakkol aks ettirilsa, boshqa birlari shunchaki juda xira aks ettiriladi, yoki umuman aks ettirilmaydi. Bu esa ana shu odamga ta’sir etayotgan narsalarga diqqatning kay darajada karatishiga bog’likdir. Demak, diqqatimiz qaratilgan narsa va xodisalar anik; va tula aks ettiriladi.
Diqqatning nerv-fiziologik asosida orientirovka yoki tekshirish deb ataladigan maxsus refleks yotadi. Bunday refleksii akademik I.P.Pavlov maxsus ibora bilan «bu nima ran refleksi» deb ham ataydi. Ana shu refleks odatda organizmga to’satdan birorta yangi narsaning ta’siri yoki xaddan tashqari kuchli ta’sirot orqali hosil bo’ladi. Orientirovka yoki tekshirish refleksi diqqatning fiziologik asosi xisoblanadi, chunki bu refleks bosh miya yarim sharlarining pusti da kuchli qo’zg’alish jarayonidan iborat bo’ladi. Boshqacha kilib aytganda xar bir daqiqada organizmga turli narsalarning ta’siridan hosil bo’lgan ko’zg’alishlarga nisbatan orientirovka yoki tekshirish refleksi ayni chogda nisbatan kuchli (ya’ni optimal) ko’zg’alish manbaini yuzaga keltiradi. Bosh miya yarim sharlarining po’stida paydo bo’ladigan kuchli ko’zg’alish manbai nisbatan uzoqroq saqlanib turadigan mustahkam ko’zg’alish bo’ladi.
O‘zini tekshirib ko‘rmasdan o‘ziga ishonish, o‘ziga ortiqcha baho berishga olib kelishini Yudjen Sexmeyster va Djon Shognessilar talabalarning ikki guruhi bilan tajribalar o‘tkazish jarayonida aniqladilar. Birinchi guruh talabalari o‘nlab aniq faktlarga asoslangan fikrlarni bir necha marotaba qayta-qayta o‘qib chiqib, so‘ngra o‘z fikrlarini har bir faktga nisbatan so‘zlab berdilar, keyin esa ularni qay darajada yaxshi eslab qolganliklarini bilish uchun tekshirib ko‘rishdi. Keyinchalik tekshiruvda o‘zlari javob bera olmagan savollari uchragan bo‘lsa xam, ushbu guruh talabalari o‘z kuchlariga juda ishonar edi. Ikkinchi guruh talabalari fikrlarni o‘qib chiqishdi, biroq qolgan vaqt mobaynida amaliy mashg‘ulotlar bilan band bo‘lishdi – savollarga javob qaytarishdi. Buning uchun o‘qib chiqqanlarini esga olishga to‘g‘ri keldi. “Ko‘p karra o‘qib chiqqan” guruh talabalari bilan taqqoslaganda, ikkinchi guruh talabalari xotirani tekshirish testlarida bir xil yaxshi ko‘rsatkichlarga erishdilar. Undan tashqari, ushbu guruh talabalari nimani yaxshi bilishlari-yu, nimani yaxshi bilmasliklari to‘g‘risidagi savollarga yaxshi javob bera olishdi. SHunday qilib, o‘zi-o‘zini tekshirib ko‘rish uslubi materiallarni yaxshi eslab qolib, muammolarni aniqlash va shu orqali biz hali bilmaydigan narsalarimizga ko‘proq diqqatimizni jamlash imkoniyatini beradi. Bir safar Britaniya bosh vaziri Bendjamin Dizraeli shunday degan edi: “Siz kam bilishingizni tushuningiz, bu- bilim olish uchun qo‘yilgan katta qadamdir”.
• XX asrning boshlarida xotiraning mantiqiy nazariyasi yuzaga keldi, unga asosan, mos keluvchi jarayonlar faoliyati esda olib qolish zarur bo‘lgan materialni u yoki bu darajada kengroq ma’noli tuzilmalarga birlashtiradigan mazmun bog‘lovchilarining mavjudligi yoki mavjud emasligiga bevosita bog‘liq holatda bo‘ladi (A. Bine, K. Byuler). Esda olib qolish va eslashda matnning ma’noga ega bo‘lgan mazmuni ifodalanadi.
Hozirgi zamon psixologiyasida asosiy tushuncha o‘rnida shaxs faoliyatini uning barcha psixik jarayonlari, shuningdek, xotira jarayonlarining shakllanishini bog‘lovchi omil sifatida o‘rganadigan nazariya tan olinmoqda. Bu konsepsiyaga asosan, esda olib qolish, saqlash va eslash jarayonlarining kechishi ma’lumotning ob’ekt faoliyatida tutgan o‘rniga qarab belgilanadi. Ma’lumot faoliyat maqsadi sifatida namoyon bo‘lgan vaziyatlarda aloqalar yanada samaraliroq tarzda hosil bo‘lishi va dolzarblashtirilishi tajriba aniqlandi va o‘z tasdig‘ini topdi. Bu aloqalarning xususiyatlari, masalan, mustahkamligi va harakatchanligi ma’lumotning sub’ekt keyingi faoliyatidagi ishtirokining darajasi, bu aloqalarning ko‘zlangan maqsadlarga erishishdagi ahamiyati bilan belgilanadi. Faoliyat nazariyasining asosiy fikri qisqacha quyidagicha ta’riflanadi: turli tasavvurlar o‘rtasidagi aloqalar, avvalambor, sub’ektning ulardan qay tarzda foydalanishi bilan belgilanadi.



Download 60.93 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2022
ma'muriyatiga murojaat qiling