Guruh talabasi


Download 18.34 Kb.
Sana16.04.2020
Hajmi18.34 Kb.

943-18 guruh talabasi

O’rinov Abrorning

Kompyuterni tashkillashtirish

fanidan tayyorlagan

HISOBOTI

Mavzu: Tashqi qurilmalarning turlari va vazifalari. Tashqi xotira qurilmalari. Tarmoq adapteri, strimmer



Klaviatura. Insonning kompyuter bilan bevosita aloqasini ta’minlovchi qurilma. Klaviatura ikki xil bo’ladi. 1-turdagi klaviatura plataga montaj qilingan mexanik kalitlar massividan tashkil topadi. Ustunlar va satrlar shaklida tashkil qilingan bo’lib, platadagi mikrokontrollerlar bilan o’zaro bog’langan. Biror klavish bosilganda kalit yopiladi va kontroller qaysi ustun va satrdagi klavish bosilganini qayd etad, ASCII kodini hosil qiladi va MP ga yuboradi. 2-turdagi klaviatura tekis 3 qatlamli strukturaga ega. Yuqorgi qatlam plastik materialdan yasalgan bo’lib, bir tomonida klavishlar chizilgan, orqa tomonida o’tkazuvchi birikmalar surilgan. O’rta qatlam rezinadan, klavishlar to’g’risida teshikchalar ochilgan.

Sichqoncha. 1968-yilda o’lab topilgan. Bungacha faqat klaviatura ma’lumot kiritishning asosiy qurilmasi sanalgan. Sichqinchaning paydo bo’lishi kompyutyerda grafik lementlar qo’llanilish davrini boshlab berdi. Klassik sichqoncha foydalanuvchi qo’liga moslashgan, kichik razmerli, tekislikda harakatlanuvchi qurilma.

Trekbol, jostik va sensorli panel Sichqoncha foydalanuvchiga kursorni ekranda erkin harakatlantirish imkonini beradi. Shunga o’xshash vazifani boshqacha shaklda bajarishga bo’lgan talab boshqa qurilmalarni ishlab chiqilishiga olib keldi.

Trekbol mexanik sichqoncha prinsipida qurilgan. Klaviaturada sharik (trekbol) qo’yilgan bo’lib, uni aylantirish yordamida ko’rsatkich ekranda suriladi.

Joystik sharnirli kichik ruchka bo’lib, ixtiyoriy yo’nalishda egish mumkin. Egilishi natijasida X va Y o’qlaridagi siljishlar sodir bo’ladi va tegishli axborot MP ga uzatiladi.

Sensorli panel (tachpad). Foydalanuvchi sensorga tekkanda tegilgan joydagi elektr ko’rsatkichlar o’zgaradi. Panel bu nuqtaning joylashuvini aniqlaydi va MP ga xabar yuboradi. Panelda barmoqning uzliksiz yuritilishi bilan, bunday signallar ham uzluksiz jo’natilib turadi, shunga mos ravishda MP ekrandagi ko’rsatkichning pozitsiyasini o’zgartiradi.

Skanerlar. Qog’ozdagi tasvirni raqamli shaklga o’tkazuvchi qurilma. Dastlabki skanerlarda qog’oz shisha silindrga mahkamlangan, u esa sensorlar orasida aylangan va tasvir hosil bo’lgan. Zamonaviy skanerlarda qog’oz shisha yuzaga qo’yiladi va yorug’lik bilan skanerlanadi.

Displeylar Elektron-nurli displeylar eskirib qolgani sababli ular haqidagi ma’lumotlarni bu yerda qaramaymiz. Undan tashqari suyuq kristalli, plazmali va elektrolyuminessent displeylar mavjud. Portativ kompyuterlarning (noutbuk) yaratilishida aynan shunday displeylar muhim rol bajardi.

Suyuq kristalli displey ikkita shaffof panel orasiga joylashgan yupqa qatlamli suyuq kristall (kristallik xususiyatlariga ega bo’lgan suyuqlik= LCD-Liquid Crystall Display) dan iborat. Yuqori panelda shaffof elektrodlar joylashgan, orqa panel esa ko’zgu.

Plazmali displey ikkita shisha plastinali bo’lib, ularning orasi gaz (odatda neon gazi) bilan to’ldiriladi. Har bir plastinaga qator parallel plastinalar joylashtirilgan. Ikki plastina elektrodlari to’g’ri burchak ostida joylashtirilgan. Turli plastinalarda joylashgan ikkita elektrodga kuchlanish berilganda ularning kesishish joyidagi kichik nuqta yorishadi. Plaz,ali displeylar juda tiniq tasvir hosil qiladi, lekin narxi baland.

Elektrolyuminessent displeylarda ikkita o’tkazuvchi panel orasida yupqa fosfor qatlami ishlatiladi. Panellarga berilgan elektr kuchlanish natijasida kerakli nuqatada fosforning yorishishi kuzatiladi va tasvir hosil bo’ladi.

Printerlar. Printerlar kompyuterning matnli yoki grafik shaklda chiquvchi ma’lumotlarni qog’oz shaklini chop etadi. (Lazerli) printerlar quyidagicha ishlaydi. Yuzasi musbat zaryadli fotoo’tkazuvchi material bilan qoplangan baraban lazer nirida skanerlanadi. Yoritilganda zaryad yo’qoladi. Keyin baraban yuzasiga mayda pudra shaklidagi manfiy zaryadlangan toner sepiladi. U musbat zaryadlangan yuzaga yopishadi va qog’ozga o’tadi. Sahifa pechat qilingandan kleyin baraban toner qodiqlaridan tozalanadi.

Grafik port Grafik plata kompyuterga shina orqali ulanishi mumkin (masalan PCI). Lekin, ko’pincha mat.platada AGP (Accelerated Graphics Port – tezkor grafik port) deb nomlangan, grafik platra uchun maxsuslashtirilgan slot mavjud. Bu port 32 razryadli bo’lib, PCI ga nisbatan yuqori tezlikka ega. Variantlari: AGP1x, AGP2x, AGP4x, AGP8x. AGP 1x-asosiy standart, uning o’tkazuvchanligi 264 Mb/s. AGP8x da esa 2Gb/s.

Grafik shakllarni qayta ishlanishi. Kompyuterda 3 o’lchamli obyektlar ko’plab kichkina ko’pburchaklardan (asosan uchburchaklardan) tashkil topgan yuzada hosil qilinadi. Obyektlarning proyeksiya va perspektiva sini aniqlashda tasvirning turli qismlarini ifodalovchi uchburchaklarning joylashuvini hisob-kitob qilish kerak.

Grafik platalarning dasturiy ta’minoti. Grafik platalar ko’plagan murakkab funksiyalarni bajarishga mo’ljallangan. Uni bajarish uchun dasturiy mahsulot zarur. U esa har bir plata uchun alohida ishlab chiqilgan. aniq o’rnatilgan standart mavjud emas. Shu sababli kompyuterga yaxshi grafik platani o’rnatishdan tashqari uning dasturiy ta’minotini ham o’rnatish zarur. Hozirda OpenGL (Open Graphic Language – ochiq grafik kutubxona) standarti yaratilgan. Va oxirgi yillarda ishlab chiqarilayotgan grafik platalar shu standartga moslanmoqda.

Modulyatsiya va demodulyatsiya Ma’lumki, elentron sxemalarda bit elektr signali bilan kodlanadi. (tok bor bo’lsa=1, tok yo’q bo’lsa=0). Bunday signallarni uzatish kanallari tor polosali deyiladi. Bir taktda uzatiladigan signal konfiguratsiyasi simvol deyiladi. Chastotali modulyatsiyada ikkita simvol ishlatiladi. Ular f1 va f2 sinusoidal signallar bilan ifodalanadi. Kvadrat modulyatsiyada to’rtta simvol qo’llaniladi. Signal amplitudasi va fazasi bilan aniqlanadi. Bir sekundda uzatiladigan simvollar soni bod (baud) deyiladi. Uni bir sekunddagi signal holati o’zgarishlari soni bilan ham xarakterlash mumkin. Ikkili modulyatsiya sxemasi yoki, chastotali modulyatsiya ishlatilgandagina bir sekundda uzatiladigan bitlar soni va bodlar soni teng bo’ladi. Kvadrat modulyatsiyada bitli uzatish bodli uzatishdan ikki barobar katta, chunki bir simvol ikki bitga ega bo’ladi. 8, 16 modulyatsiya sxemalari ham mavjud. Masalan 16 modulyatsiya sxemasida bit bitni kodlash uchun 4 bit zarur, bitli uzatish tezligi esa bodlinikidan 4 barobar yuqori bo’ladi.
Download 18.34 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2020
ma'muriyatiga murojaat qiling