914-19 guruh tolibi
Abduramanov Ulug’bek
13-AMALIY MASHG‘ULOT
Mavzu: Cloud Computing texnologiyasida ma'lumotlar xavfsizligini ta'minlash usullari
Ishining maqsadi. Ushbu amaliy ishining maqsadi Cloud Computing texnologiyasida ma'lumotlar xavfsizligini ta'minlash usullarini o‘rganishdan iborat.
Cloud Computing tizimi xususiyatlari
Cloud computing hisoblash modeli hisoblanib, ma'lumot, fayl saqlovchilar, ilovalar uchun dinamik infratuzilmani ta'minlash uchun lokal yoki global tarmoqda ulangan ko‘p sondagi tizimlardan tashkil topgan. Bu texnologiya o‘zi bilan birga, hisoblashda xarajatlarni kamaytirish, ilovalar hosti, ma'lumot saqlovchilar va ma'lumot uzatishda katta imkoniyatlarni olib keladi.
Cloud computing termini Internetni ifodalashda foydalanilgan belgidan kelib chiqqan. Odatda, tarmoq diagrammasida Internet bulut (ing., cloud) shaklidagi belgi bilan ifodalanadi (1-rasm). Ushbu tarmoq diagrammasida bulut belgisi “qolgan barcha qismlarni” ifodalashda foydalanildi yoki “va h.k” qolgan tarmoq xaritasini ifodalashda foydalanildi. Shuning uchun, buni “Cloud compting” konsepsiyasiga tadbiq qilsa bo‘ladi.
1-rasm. Tarmoq diagrammasida bulutdan Internetni ifodalashda foydalanilishi
Cloud Computing ko‘plab masofaviy serverlardagi hisoblashlar bo‘lib, bunda markazlashgan ma'lumot saqlagichlar, onlayn boshqariluvchi xizmatlar yoki resurslardan foydalanishga ruxsat beriladi
Cloud Computing
Bundan tashqari “clouds” yoki “cloud computing” terminlari turli adabiyotlarda turlicha ifodalananadi.
Cloud terminini yuzaga kelishi natijasida tashkilotlarda foydalanilgan CAPEX (ma'lum vaqtda fizik qurilmalardan foydalanish uchun ularni sotib olish) modelidan, OPEX (taqsimlangan cloud infratuzilmasidan foydalanish va foydalangan vaqt uchun pul to‘lash) modeliga o‘tilyapti.
Cloud tizimini umumiy holda tushunish uchun quyida keltirilgan 3-rasmni olish mumkin. Ushbu rasmda Cloud tizimi tashkil etuvchilari, uning xususiyatlari, turlari va boshqa ma'lumotlar keltirilgan bo‘lib, bu ma'lumotlar bir qarashda Cloud tizimi haqida dastlabki ma'lumotlarni olishga yordam beradi.
3-rasm. Cloud tizimlarning asosiy ko‘rinishining noto‘liq shakli
4-rasm. Cloud computing arxitekturasi
Cloud Computing texnologiyasi 3 ta katta turga ajratilib, bular quyidagilar:
Infratuzulma xizmati (Infrastructure-as-a-Service, IaaS);
Platforma xizmati (Platform-as-a-Service, PaaS);
Ilova xizmati (Software-as-a-Service, SaaS).
Ushbu 3 ta xizmat tuzilishi bo‘yicha 4-rasmda keltirilgan arxitekturaga asoslanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |