Guruh Xalilova Matluba Mavzu: Tabiatshunoslikda o’qitishning didaktik tamoyillari o’rganish va tahlil qilish
Download 57.83 Kb.
|
Tabiatshunoslikda o’qitishning didaktik tamoyillari o’rganish va tahlil qilish
19.95 guruh Xalilova Matluba Mavzu: Tabiatshunoslikda o’qitishning didaktik tamoyillari o’rganish va tahlil qilish. Reja: 1. Tabiatshunoslik darslarida didaktik tamoyillarning ahamiyati. 2. Bilimlarni o`zlashtirishda muntazamlilik va izchillik tamoyili. 3. O`quv materialining ilmiy va tushunarli bo`lish tamoyili. 4. O`qitishda nazariyani amaliyot bilan bog`lash tamoyili. Hozirgi zamon pedagogikasida o`qituvchining faoliyati hamda o`quvchilar bilish faoliyatining xarakteri didaktik tamoyillar bilan belgilanadi. Quyida tabiatshunoslikni o`qitishda foydalaniladigan didaktik tamoyillar keltirildi. O`qitishda muntazamlilik va izchillilik tamoyili o`qitishni shunday tashkil etishni talab etadiki, bunda o`quv fanlarini o`qitish qat`iy mantiqiy tartibda olib boriladi. O`quvchilar bilim, ko`nikma va malakalarni izchillik bilan egallab boradilar va ayni zamonda amaliy vazifalarni hal qilish uchun ulardan foydalanishni o`rganadilar. Muntazamlilik va izchillik tamoyili o`quv jarayonining hamma bo`g`inlarida amalga oshiriladi. Uning talablari darsliklar va dasturlarni tuzishda o`z aksini topadi. O`quv dasturida nazariy va Amaliy mashg`ulotlarning bir-biriga uzviy bog`lanishi saqlanishi kerak. Har bir darsda o`quv maqsadini aniq belgilash va belgilangan maqsadga muvofiq keluvchi mazmunini tarkib toptirish lozim. Tabiat haqida juda ko`plab ma`lumotlardan kichik yoshdagi maktab o`quvchilari uchun tabiatdagi mavsumiy o`zgarishlarni, Vatanimiz tabiatining xilma-xilligi, jonajon o`lka tabiatini va boshqalarni ochib beruvchi, ta`lim-tarbiyaviy jihatdan ancha qimmatli o`quv materiali tanlanadi. Maktab tabiatshunoslik kursi bu tabiatshunoslik fanining turli sohalarini qisqartirilgan bayoni emas, balki uning metodik tanlangan, muntazamlashtirilgan unsurlaridir. Materialni bunday berilishi shu bilan izohlanadiki, kichik yoshli maktab o`quvchilarining tabiat to`g`risidagi fan asoslarini faqat atrof olamning jism va hodisalarini aks ettiruvchi va ular o`rtasidagi bog`lanishlarni ochib beruvchi dastlab oddiy tabiiy ob`ektlar bilan, keyin esa murakkabrog`i bilan izchil tanishtirib borish jarayonida egallab olishlari mumkin. Bu bilan tabiatshunoslikni o`qitishda muntazamlilik printsipi amalga oshiriladi. O`qitishning muntazamliligi, ya`ni tizimliligi bilimni bayon qilishda muayyan sistemaga amal qilishdan tashqari amaliyot bilan bog`lanishning xilma-xil shakllarini amalga oshirilishini, jumladan nazariy tabiatshunoslik bilimlarini kuzatishlar va bilib olishga qaratilgan qiziqarli o`yinlar (bu boshlang`ich sinflardagi o`qitish uchun xarakterlidir) bilan; atrofdan hayot va qurilish amaliyoti (tabiatga va ishlab chiqarishga ekskursiyalar) bilan; mehnat ta`limi va ijtimoiy-foydali mehnat bilan; maktab oldi uchastkasidagi ish va unumli mehnat bilan bog`lanishini nazarda tutadi. Tabiatshunoslik kurslarining izchilligi o`quvchilar uchun ularning yosh xususiyatlari, tayyorgarligi va rivojlanishi, shuningdek mazmunda vorislikka rioya qilish zaruratiga qarab o`quv materialining tushunarli bo`lishi bilan belgilanadi. Chunonchi: maktab tabiatshunoslik kursi jonsiz tabiatdagi o`simlik va hayvonlar hayotidagi, odamlar mehnatidagi mavsumiy o`zgarishlarni (1—2 sinflar); jonajon o`lka tabiatini, odam organizmi va uning salomatligini (3-sinf); Vatanimiz tabiatini, undan foydalanish va uni muhofaza qilishni (4-sinf) aks ettiruvchi materialni Izchillik bilan o`rganishni talab qiladi. Bu mavzular biologiya, geografiya, ekologiya, odam anatomiyasi, sanitariya va gigiena bo`yicha oddiy (elementar) ma`lumotlarni beradi. O`quv materialini ilmiy va tushunarli bo`lish qoidasi Ilmiylik tamoyili o`quvchilarga o`rganish uchun ilmiy jihatdan asoslangan, amalda sinab ko`rilgan ma`lumotlar berilishini talab etadi. Ularni tanlab olishda fan va texnikaning eng yangi yutuqlari va kashfiyotlardan foydalanish kerak. Ilmiy bilimlarni egallash jarayonida o`quvchilarda ilmiy dunyoqarash, tafakkur rivojlanadi. Har bir darsda o`tiladigan o`quv materialining ilmiy mazmuni keng va chuqur bo`lishi va o`quvchida nafaqat bilim, balki tafakkur hosil qilishi hamda o`quvchining ijodiy qobiliyatini shakllantirishi kerak. Buning uchun esa o`qituvchi o`z ilmiy saviyasini oshirib borishi, zamonaviy pedagogik texnologiyalar, kashfiyotlar va ilmiy yangiliklardan xabardor bo`lishi kerak. O`quvchilar o`rganayotgan bilimlar nazariy jihatdan tasdiqlangan va malda sinalgan bo`lishi lozim. Download 57.83 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling