Gurux: 650-18 Variant 22


Download 0.62 Mb.
Sana29.10.2020
Hajmi0.62 Mb.
#138195
Bog'liq
Umarov Otabek 650-18
6 sinf tarix fanidan ochiq dars , Maktab ilm o'chog'i 5-sinf tarix, 2 5244839295360958611, 2 5244839295360958611, temuriylar davri, Янгийўл шаҳар, Geografik axborot tizimi - Vikipediya, Da'vo ariza, ariza namuna, ariza namuna, Da'vo ariza, TILXAT namuna, akademik, 2-vazifa, 1-Oraliq nazorat ishi

Mustaqil ish

Umarov Otabek Ismoiljon o’g’li


Fan: Kompyuter tarmoqlari.

Gurux: 650-18

Variant - 22

Mavzu: Mobil tarmoqlari


Reja:

1. Mobil aloqa

2. Harakatdagi aloqa tiziminig hizmat turlari (GSM va CDMA)

3. 4G mobil tarmoqlari: afzalliklar va kamchiliklar


5. Xulosa

6. Foydalanilgan adabiyotlar



Abonentlar mobil Internet haqida o‘tgan asrning 90yillari o‘rtalariga kelib, 2,5G yoki GPRS texnologiyasi ishga tushirilgandan so‘nggina ma’lumotga ega bo‘ldilar va asta ommaviy tarzda foydalana boshladilar. Tarmoqning tezligi optimal sharoitda boryo‘g‘i bir soniyaga 100 kilobitni tashkil etardi, lekin mazkur xizmat telekom operatorlari va telefon ishlab chiqaruvchilari tomonidan keng qo‘llab quvvatlangani sababli ommaviylasha boshladi. Keyingi o‘sish 2000-yillarning boshlarida 3G texnologiyalarining paydo bo‘lishi bilan sodir bo‘ldi. Agar ilgari telefon asosan statsionar kompyuter yoki noutbukka kabelli modem sifatida ulanib ishlatilgan bo‘lsa, uning asosiy vazifasi onlayn rejimda tarmoqqa ulanish imkoniyatini yaratish bo‘lgan edi. O‘z navbatida, abonentlar kompyuterga smartfonni sozlay boshladilar. Shuningdek, tezlik ham bir necha Mbit/s.ga oshdi, garchi dastlab 3G qamrovi juda zarur imkoniyatni yaratgandek bo‘lsada, 4G tarmoqlari — albatta, afzalroq bo‘lib, qayerda bo‘lishidan qat’iy nazar, barqaror bo‘lmagan 3G tezligidan qiynalayotganlarga katta yordam berdi. Ko‘pchilik shaxsiy kompyuterlarni butunlay Internetga ulangan mobil qurilmalarga almashtirdi. 4Gni ishonchli qabul qilish zonasida tezkor simli keng polosali ulanish shart bo‘lmay qoldi. Ikkala holatda ham tezlikni solishtirish mumkin (bir necha o‘nlab Mb/s.) bo‘ladi, universallik va qulaylik imkoniyati haqida esa o‘zingiz o‘ylab ko‘ring. Tashqi ko‘rinishiga ko‘ra, simli Internet simli telefoniya taqdiri asta-sekin yo‘qolib bormoqda. Xo‘sh, buning evaziga nimalarga erishildi? Katta shaharlardagi Internet Ikki minginchi yillar boshida Rossiya provayderi «Cityline» tomonidan uyda internet tarmog‘iga ulanish imkoni taqdim etildi. Rossiya provayderi DialUpanalog modem va telefon liniyasini tezligi (hozirda buni tasavvur qilish ham kulgili) orqali 56 Kbit/s. gacha tezlikni taklif etgan. Bugungi kunda tezlik undan ming marotaba ko‘proq bo‘lsa ham abonentlarni qoniqtirmayapti. O‘z ehtiyojlarini qondirish maqsadida, dizaynerlar 5G tarmoqli 5 gigagertsdan yuqori chastota diapazonlaridan foydalanishni va asosan texnologiyalarni qo‘llashni nazarda tutmoqdalar. Ko‘pgina hollarda bu texnologiya chastotalari erkin bo‘ladi. Eng yirik ishlab chiqaruvchilar o‘z kuchlarini 15, 27 va hatto 70 gigagertsli chastotalarda ham sinab ko‘rdilar, bu esa so‘nggi 10–15 Gbit/s. tezlikka erishish imkonini berdi. Bunday raqamlar yuqori ko‘rsatkichdek tuyiladi, lekin ularning yo‘lida katta qiyinchiliklar ham juda katta. Avvalo, bu turdagi tarmoqlar bilan qamrab olish uchun yuqori tayanch stansiyalari talab etiladi. Bundan tashqari, avvalgi avlodlarga nisbatan yo‘nalganlik diagrammalarini sozlash, shuningdek, tayanch stansiyalarning spektral xususiyatlariga e’tibor qaratish zarur. Yuqori chastotali radio signal yorug‘lik nurlari kabi ishlaydi: u aks ettiriladi, sinadi, shuning uchun chastotali resurs va tarmoq kengligidan samarali foydalanish uchun ko‘p sonli kirish ko‘p natija (Multiple Input Multiple Output, MIMO)ga erishish muqarrar bo‘ladi. Agar o‘nlab gigagerts eks perimental tajribalar e’tiborda tutilmasa, u holda hayotga joriy etishni samarali amalga oshirish nuqtai nazaridan, WiFi dan keyin — taxminan 6 gigagerts chastotada bo‘ladi. Bu 5G tarmoqlarini joriy etish uchun asos bo‘lishi mumkin. Bir tomondan, bu LTE/WiMaxda ishlatiladigan operatorlar belgilari bilan yaqin. Boshqa tomondan, real sharoitlarda kamida 1 Gbit/s.ni tashkil etadi, bu abonent lar uchun katta afzallik bo‘lib hisoblanadi. Biroq afzallik faqat tezlikdagina emas.

Mobil aloqa abonentlarining asosiy ehtiyojlariga alohida e’tibor qaratilgan holda, O‘zbekiston milliy mobil aloqa operatori UZMOBILE ZTE bilan hamkorlikda Toshkent shahrida Telekommunikatsiyalarni rivojlantirish markazining laboratoriyasi bazasida Pre5G laboratoriya testini o‘tkazdi. ZTE 5G texnologiyalarini standartlashtirish ga qadar, 4G tarmoqlarida 5G texnologiyasidan foydalanishni taklif etgandi. Bu O‘zbekistonda birinchi Pre5G testi bo‘lib, ushbu loyiha operator tarmoqlarida yuklamali trafik bilan qanday ishlashni tushunishga yordam beradi. Test sinovlari bir necha tashuvchilardan, 4 x 4 MIMO, 256QAM va sohaning boshqa ilg‘or texnologiyalari agregatsiyalaridan foydalanib, amalga oshirildi. Baza stansiyasining keng tarqalgan ko‘p rejimli(multirejimli) radio moduli asosida, sinovlar har bir foydalanuvchi uchun ma’lumotlar uzatish tezligi 1 Gbit/s.gacha bo‘lganini ko‘rsatdi, bu 4G tarmog‘ining tekis taraqqiyoti jarayonida ma’lumotlarni o‘tkazish qobiliyatini oshirish bo‘yicha talablariga to‘liq javob beradi. Aloqa tarmoqlarini rivojlantirishning davom ettirilishi bilan birga, foydalanuvchi tajribasini takomillashtirish LTE tarmoqlari dan 5Ggacha bo‘lgan evolyutsiyaning muhim jihati bo‘lib hisoblanadi. O‘zining innovatsion texnologiyalarini va 3GPP LTEA PRO standartlarini birlashtirishda ZTE Kor poratsiyasi 5G tarmoqlari konsepsiyasini joriy etishni tezlashtirishga yordam beradi. Bu operatorga 4G tarmog‘ini to‘rtta yo‘nalishda — o‘tkazish qobiliyatini oshirish, internet buyumlar (IOT), yuqori darajadagi foydalanuvchi tajribasi va bulutli servislarini bosqichma-bosqich evolyutsiyasini amalga oshirish — yangi biznes modellari va xizmatlar turlariga yo‘nalganlikni saqlab, natijada astasekin 5G tarmoqlariga o‘tish imkonini beradi. ZTE kompaniyasi tomonidan birinchi marta, taqdim etilgan Pre5G konsepsiyasi 2014yil iyun oyida sohada yuksak e’tirofga sazovor bo‘ldi va Pre5G MIMO (Multiple Input Multiple Output) texnologiyalari ning bir nechta nufuzli mukofotlarini qo‘lga kiritdi. ZTE kompaniyasi Pre5G tex nologiyasini 4G dan 5Ggacha evolyutsiya ning muqarrar bosqichi deb hisoblaydi. UZMOBILE Texnik direktori S.Melnikov bu borada shunday dedi: «UZMOBILE milliy operatori hozirgi vaqtda mavjud 2G / 3G / 4G texnologiyasini joriy etish va mobil texnologiyalarda ijtimoiy infratuzilmani rivojlantirish bilan bir qatorda, istiqbolli rivojlanishni hisobga olib, mavjud tar moqlar bazasida innovatsion yechimlarni amalga oshirish masalalarida telekommu nikatsiya uskunalari ishlab chiqaruvchi yetakchi ishlab chiqaruvchilari bilan ham korlikda faoliyat yuritadi. Boshqacha qilib aytganda, biz kelajakka intilamiz va tuzil mali axborot biznesining barcha servis xizmatlari uchun texnologik yechimlarni tayyorlaymiz. Ma’lumotlarni yuqori tez likda uzatish yechimlari asosida xizmat ko‘rsatish servislari global IOT segment lari bo‘yicha qaror qabul qilishni e’tiborda tutib, ushbu yo‘nalishda ham tizimli servis xizmatlarini tayyorlaymiz».





GSM da ko`rsatiladigan qo`shimcha xizmat turlari Uyali tarmoq operatorlari havola etiladigan xizmat servislarini, ma`lumotlarni uzatish hisobiga kengaytirmoqdalar, chunki bu texnologiyalarni qo`llash mobil foydalanuvchilar uchun barcha an`anaviy kompyuter tarmoqlari xizmatlariga kirish imkonini ta`minlaydi. Ma`lumotlarni uzatish texnologiyasi odatdagi oddiy kompyuter ilovalarini uyali tarmoqlarga uzatishdan tashqari, foydalanuvchi telefonini axborotlar almashinuvi bo`yicha funktsiyalarning keng spektrini amalga oshirishga qodir intellektual terminalga o`zgatririshga yordam beradi. Masalan, GSM tarmog`idagi qisqa matn xabarlari xizmati (SMS – Short Message Service) amalda elektron pochta va uyali tarmoq abonentlari o`rtasidagi almashinuvdir. Abonent adresat nomerini teradi, so`ng o`zining telefoni klaviaturasi yordamida matn xabarini kiritadi va u shu zahotiyoq qabul qiluvchi displeyida yorishadi. Bu g`oyaning keyingi rivoji WAP protokollari majmuasi yordamida mobil telefondan Internetga kirish bo`lishi mumkin (Wireless Access Protocol). Har bir GSM telefoni noyob identifikatsiya nomeriga ega, shuning uchun mobil tarmoqlarda axborotlarni uzatish texnologiyasi to`lov terminali sifatida foydalanish imkonini beradi. Masalan, uyali tarmoq operatori oldida abonentning joriy scheti bo`yicha farmoyish berish mumkin. Mavjud raqamli standartlardan mobil tarmoqlaridagi eng tabiiy ravishdagi axborot uzatishni GSM texnologiyasida tashkil etish mumkin, buning uchun tarmoqning markaziy kommutatorini takomillashtirish kerak, xolos. CDMA tarmoqlarida ma`lumotlarni uzatish endigina birinchi qadamni qo`ymoqda, D-AMPS (IS-136 standarti) tarmog`ida esa ma`lumotlarni uzatish uchun CDPD (Cellular Digital Packet Data) standarti bo`yicha paketli ko`rsatilgan 27 tarmoqdan foydalaniladi, ularni yaratishda tarmoq tayanch stantsiyasi joylanishini o`zgartirishga to`g`ri keladi. Ma`lumotlar uzatish texnologiyasi tarmoqning uskunalari bilan uning operatori ko`rsatayotgan xizmat bazasida amalga oshiriladi deb, faraz etiladi. Simsiz modemlar yordamida ma`lumotlar uzatish uchun (simli telefon tarmoqlaridagidek) tarmoq infrastrukturasiga hech qanday o`zgarish kiritish kerak emas. Umuman olganda, operator o`z abonenti ma`lumotlar uzatayotganligini bilmasligi ham mumkin. Buni istalgan uyali tarmoqda shu jumladan, analog tarmoqlarida ham bajarish mumkin. Mobil tarmoqlarda ma`lumotlar uzatishdagi asosiy muammo kanallarning ma`lumotlar uzatish imkoniyatini oshirishdir, chunki ikkinchi avlod texnologiyasining imkoniyati qo`llaniladigan texnologiyaga bog`liq xolda 9.6 Kbit/s dan katta emas yoki 14.4 Kbit/s ga teng. Hozirgi vaqtda keltirilgan qiymatlardan anchagina yuqoriroq qiymatlarga erisha oladigan texnologiyalar paydo bo`ldi. Ularning barchasi GSM standarti variantining u yoki bu modifikatsiyasidir. 1997 yil sentyabr oyida Nokia kompaniyasi birinchi marta HSCSD (High Speed Circuit Switched Data) texnologiyasi asosida «haqiqiy» tarmoqni namoyish etdi. Bu tarmoq birnecha (birinchi bosqichda – to`rt, keyngilarda – sakkiz) GSM vaqtbay slotlarni bir kanalga birlashtirish hisobiga «havoda» (fazoda) BRI ISDN kanalidagi tezlikka mos tezlikka erishiladi. Bu yo`ldagi ikkinchi qadam bir vaqtbay slotda ma`lumotlar uzatish tezligini 9.6 Kbit/s dan 14.4 Kbit/s ga oshirish bo`ldi. Ta`kidlanishicha HSCSD texnologiyasini tatbiq etish uchun tarmoq uskunalarini o`zgartirish shart emas, aksincha dasturlar ta`minotini o`zgartirish yetarli. GPRS (General Packet Radio Services) nomini olgan GSM tarmog`ida paketli ma`lumotlar uzatish texnologiyalarini tatbiq etish bilan ma`lumotlar uzatish HSCSD texnologiyasidagi kabi uzatish polosasini bir vaqtbay slot ramkasida va birnecha slotlarni bir kanalga birlashtirish hisobiga oshirish hisobiga ma`lumotlarni uztish tezligi 100 Kbit/s gacha amalga oshiriladi. Buning ustiga GPRS tarmog`i IP va X25 tarmoqlari bilan mutloq moslashadi. Undan tashqari, GPRS tarmoqlarida xususiy virtual tarmoqlarni rivojlantirish mumkin.

Uyali tarmoq orqali ma`lumolarni uzatish texnologiyalaridan foydalanishning birdan-bir aossiy yechimi Internetga kirish. Foydalanuvchilarning ko`pchiligi uchun (ayniqsa biznes-foydalanuvchilar) web – sahifaning barcha 29 axboroti kerak emas va buning uchun 9.6 Kbit/s lik o`tkazish qobiliyati yetarli. Bunday foydalanuvchilar uchun abonent terminalining ixchamligi zarur va Internet ga kirishning ideal vositasi bo`lib mobil telefon hisoblanadi. Ammo, bu erda HTML bilan muammo paydo bo`ladi. Uni past tezlikdagi, foydalanuvchi bilan muloqot imkoniyatlari qisqartirilgan va operativ xotirasi cheklangan abonent terminallaridan foydalanuvchi kanallar uchun echimi WAP arxitekturasiga yuklangan. Simsiz texnologiyalarning afzalliklaridan biri – bu uning harakatchanligi. Harakatdagi abonentlarning ulanaolmasligi (boshqacha qilib aytganda harakatdagi) kabel tarmoqlari uchun printsipal echimi yo`q cheklash hioblanadi (ya`ni abonentlarni bog`lash uchun va magistral tarmoqlarda kabellardan foydalanuvchi tarmoqlar). Bu cheklash xar qanday kommunikatsiya turiga ya`ni oddiy telefon va faksimil aloqasiga, shuningdek ma`lumotlarni uzatishga ham taalluqli. Ko`rsatilgan cheklash iqtisodiy xarakterga emas, balki texnologik xarakterga ega bo`lib, barcha mamlakatlarga tegishli. Bu olis abonentlarni tarmoqqa ulash uchun kabel yotqizish iqtisodiy manfaat keltirmaganda, yoki abonentlar aholi zich joylashmagan (odatda borish qiyin, yoki abonentlar uzoq masofalarda zich joylashgan) territoriyalarda yaqqol namoyon bo`ladi. Birinchi xolda abonent kirishi kabel yotqizish yoki osma qurish, ikkinchi xolda – tayanch tarmoqlar magistral kabeli iqtisodiy manfaatli emas. Bu omil mamlakatlarning iqtisodiy rivojlanishi darajasiga bog`liq bo`lmay o`ziga xos bo`lib, u yoki bu geografik territoriyaning aholisi zichligiga bog`liq. Nihoyat, uchinchi omil iqtisodiy tez rivojlanib telefondan umumiy foydalanish tarmoqlari juda qoloq mamlakatlarga xos. Bu zudlik omili – ishonchli kommunikatsiya zudlik bilan hozir kerak, kabel tarmog`ini yotqizish juda katta investitsiya va vaqtni talab etadi. Mobil aloqadan hozirgi kunda ma`lumot uchun emas, asosan so`zlashish uchun foydalaniladi va bu moyillik hozircha saqlanib kelmoqda. Ayrim hollarda ma`lumot uzatishda tezkorlik talab etiladi. Shuning uchun simsiz tarmoqlar korporativ muhitda shuhrat qozonmoqda. Ulardan xona ichkarisida va tashqarisida foydalanilmoqda. Ofislarda foydalanish uchun IEEE 802.11 tasniflar seriyasi Wi- 30 Fi standarti ishlab chiqilgan va qabul qilingan – ko`chada foydalanish uchun hozircha faqat 802.16 tasnifi Wi-MAX ishlab chiqilgan va unda uskunalarni sertifikatlash qoidalari hozircha yo`q. Ushbu o`quv qo`llanmada mijozlarga simsiz texnologiyalarda yuqorida bayon etilgan xizmatlar ko`rib chiqilgan. Yangi mobil xizmatlar ko`rsatishning takomillashishi va rivojlanishi zamonaviy mobil aloqa bozorida erishilgan yutuqning asosiy shartiga aylandi. GSM etakchi operatorlari tajribasini umumlashtirib xizmatlarining quyidagi rivojlanish tendentsiyasini ajratish mumkin: – ma`lumotlar uzatishdan foydalanishda yangi infokommunikatsion xizmatlarning paydo bo`lishi va hajmining oshishi; – Unified Messaging kontseptsiyasi doirasida xizmatlarning universallashuvi; – zarur hollarda axborot formatini o`zgartirib, turli terminallar o`rtasida ixtiyoriy axborotlar almashinuvi (tovush, FAX, SMS, MMS, E-mail, WAP); – Turli terminal ko`rinishdan (mobil telefonlari, PDA, notebook) turli texnologiyalardan foydalanib (SMS, SIM, Application Toolkit, USSD, GPRS, Email, iP) yagona axborot resurslari bazalariga kirish; – xizmatlarni intellektuallash; – sifatli yangi xizmatlarning paydo bo`lishi va rivojlanishi (holatlar xizmati, telematik xizmatlarning mobil kommertsiyasi va boshqalar); – xizmatlarni operativ boshqaruv bo`yicha rivojlanishi imkoniyatlari, shu jumladan abonentlar ishtirokida.



Mobil qurilmalarda internetga ulanish hashamatdan ko'ra ko'proq zaruriyatga ega. Ko'proq mobil qurilma foydalanuvchilari doimo Internetga ulanish va juda uzoq vaqt davomida internetda bo'lish uchun o'z asbob-uskunalaridan foydalanadilar. Ushbu ssenariyni hisobga olgan holda, so'nggi 4G uyali aloqa tarmog'i har bir mobil qurilmaning egasi uchun javob bo'lib qoladi. Biroq, 4G aloqasi uning qulashi yo'q.

4G mobil tarmoqlarining afzalliklari va kamchiliklarini muhokama qilamiz.

  • 5G mobil aloqada keyingi eng katta narsa bormi?

  • Google va AT & T: Fiber Internet Wars

4G mobil tarmoqlarini kengaytirish


  • 4G uyali aloqa tarmog'ining eng katta afzalligi uning ajoyib tezligi. Kattalashgan tarmoqli kengligi tezroq ma'lumotlarni uzatish tezligiga olib keladi, bu mobil qurilmalar uchun ayniqsa foydali. 4G tarmog'i foydalanuvchilari yuqori va uzluksiz aloqani, ayniqsa video chat va konferentsiyalar kabi ilg'or vazifalar uchun afzalliklarga ega. Mobil qurilma foydalanuvchilari yosh avlodni hisobga olgan holda ular musiqa, video va kinolarni har qachongidan ko'ra tezroq sur'atda oqimlashi va shuningdek, axborotni onlayn ravishda osonlik bilan almashishi mumkin.

  • 4G tarmoqlari WiFi kabi boshqa tizimlarga qaraganda ko'proq qamrov taqdim etadi, bu esa foydalanuvchilarni siz tashrif buyurgan har bir sohadagi hotspotlarga bog'liq bo'lishiga majbur qiladi. 4G 30 km va undan ortiq masofani qoplashni taklif qilganligi sababli, tarmoq uzgarmalari bir-biri bilan chambarchas bog`liq bo`lganligi sababli, foydalanuvchilar har doim ham aniq aloqa qilishlari mumkin.

  • Wi-Fi tarmoqlari bilan bog'liq eng katta muammolardan biri, onlayn xavfsizlik hisoblanadi . Bu, ayniqsa, mobil qurilmalar uchun to'g'ri keladi. 4G tarmoqlari to'liq shaxsiy hayoti, xavfsizlik va xavfsizligini ta'minlaydi. Bu, o'z mobil qurilmalari haqida aniq ma'lumotlarga ega bo'lgan korporativ tashkilotlar va ishbilarmonlar uchun ayniqsa foydalidir.

  • 4G tarmoqlari bugungi kunda juda qulaydir, bu esa narxlarni aniqlash sxemalari foydalanuvchilarning byudjetiga moslashish uchun sezilarli darajada qisqargan. Albatta, bu ulanish turi an'anaviy Wi-Fi tarmog'idan ko'ra qimmatroq, lekin foydalanuvchilarga taklif qilishning yana bir afzalliklari bor.

  • Ushbu tarmoq, shuningdek, foydalanuvchilarga 4G tarmog'iga ulanish uchun rejalar va jihozlar bo'yicha tanlash imkoniyatlarini taqdim etadi. Ko'pgina mobil aloqa operatorlari, shuningdek, ular uchun juda o'rinli bo'lgan yangi mijozlar uchun maxsus reklama takliflarini taklif etadi.

  • Mobil Wi-Fi tarmoqlari 3G va 4G tomonidan to'lib ketadimi?

4G mobil tarmoqlarining kamchiliklari


  • 4G mobil tarmoqlari kontseptsiyasi tobora ommalashib borayotganiga qaramasdan, ulanish hali aniq belgilangan tashuvchilar va hududlar bilan cheklangan. Albatta, 4G qamrovli shaharlarning soni kun sayin ortib bormoqda. Biroq, bu tarmoq dunyoning barcha yirik shaharlarida mavjud bo'lishi uchun o'z vaqtini oladi.

  • Bugungi kunda 4G tarmog'iga mos keluvchi apparat ancha arzonroq narxlarda mavjud bo'lsa-da, ushbu xizmatlarni etkazib berish uchun ushbu yangi uskunani o'rnatish kerak bo'ladi. Bu ko'plab mobil aloqa operatorlari uchun ushbu xizmatlarni ishga tushirishni rejalashtiradigan noqulay jarayondir.

  • 4G mobil texnologiyasi hali ancha yangi ekanligi sababli, foydalanuvchi uchun juda zerikarli bo'lishi mumkin bo'lgan dastlabki glitches va buglar bor. Aytishga hojat yo'q, bu tebranish muammosi vaqt oralig'ida, shuningdek, tarmoq qamrovini ko'paytirish bilan tartibga solinadi .

  • 4G uyali aloqa tarmoqlari bir nechta antennalar va transmitterlardan foydalanadi va shuning uchun foydalanuvchilar ushbu qurilmada mobil qurilmalarda ancha zaifroq batareya ishlash muddatini boshdan kechiradilar. Bu uzoq vaqt davomida internetda qolish uchun yanada ko'proq batareya quvvatiga ega bo'lgan katta mobil qurilmalardan foydalanishlari kerak degan ma'noni anglatadi.

  • Foydalanuvchilar 4G mobil tarmog'iga ega bo'lmagan hududlarda 3G yoki Wi-Fi ulanishga ulanishga majbur bo'lishadi. Bu o'z-o'zidan muammo bo'lsa-da, eng yomoni, ular hali ham 4G tarmog'i rejasida ko'rsatilgan miqdorni to'lashlari kerak. Bu bo'shliq allaqachon norozi mijozlarga sabab bo'ldi. Bu holat faqat mobil aloqa operatorlari o'zlarining 4G tarmog'ini kengaytirganda, ko'proq hududlarni qamrab olishlari mumkin.



Xulosa


Men bu yozgan mustaqil ishim bóyicha juda kop ma'lumot va kõnikmalarga ega bõldim, jumladan mobil tarmoqning paydo bolishi va óz ichiga nimalarni olishi, mobil tarmoqlari, turlari, haqidagi qiziqarli ma'lumotlarga ega bôldim. Mobil tarmoĝi va ishlash afzalligi. mobil tarmoqlar vazifalari, afzalliklari va kamchiliklari, ulanish turlari haqida koplab qiziqarli ma'lumot va kõnikmaga ega bõldim. 4G uyali aloqa tarmog'i, foydaliligiga qaramay, o'z kamchiliklari bilan birga keladi. Ushbu texnologiya tezlik bilan rivojlanayotgan bo'lsa-da, eng mashhur tarmoq sifatida paydo bo'lish vaqtini oladi. Mobil aloqa operatorlari va 4Gga investitsiya jalb etishdan manfaatdor foydalanuvchilar ushbu yangi texnologiyani qo'llashdan oldin o'zining ijobiy va salbiy tomonlarini tahlil qilish va tushunish uchun yaxshi harakat qilishlari mumkin.

Foydalanilgan adabiyotlar



  1. https://iq.intel.ru/futureof5g

  2. https://arxiv.uz/uz/search/yandex?searchid=2362470&l10n=ru&reqenc=utf-8&text=mobil%20tarmoq

  3. file:///C:/Users/Otabek/Downloads/raqamli_stantsiyalardagi_qoshimcha_xizmat_turlarini_qollash_afzalliklari.pdf

  4. https://uz.eyewated.com

Download 0.62 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2022
ma'muriyatiga murojaat qiling