Gurux talabasi ning “Falsafa” fanidan oraliq nazorat ishi Toshkent-2020 y


Download 55.54 Kb.
Sana13.06.2020
Hajmi55.54 Kb.
#118342
Bog'liq
Falsafa moodle (2)


O‘zbekiston Respublikasi

Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi
Nizomiy nomidagi

Toshkent davlat pedagogika universiteti


Maxsus sirtqi bo‘lim *****yo`nalishi

**** -gurux talabasi *******************ning

Falsafa” fanidan oraliq nazorat ishi



Toshkent-2020 y.
Falsafa” fanidan maxsus sirtqi bo‘lim talabalari uchun

sessiya oralig‘i nazorat ishlari to‘plami. T., Nizomiy nomidagi TDPU – 2020 yil.

Ushbu sessiya oralig‘i vazifalari universitetning maxsus sirtqi bo‘lim

1-bosqich talabalari uchun mo‘ljallangan.

Tuzuvchilar: f.f.d. prof.K.J.Tulenova

f.f.n. M.Tillavoldieva

F.f.d (PhD) .U.Mamayusupov

kat.o‘qit. M.Mamadjonova

Taqrizchilar: f.f.n. dos E.X.Rasulev

Ushbu sessiya oralig‘i nazorat ishlari to‘plami Universitet Ilmiy Kengashining 2020 yil № _ sonli yig‘ilishida tasdiqlangan.

Maxsus sirtqi bo‘lim talabalari uchun “Falsafa” fanidan sessiya oralig‘i nazorat ishi topshiriqlari

Fan: Falsafa
Mavzular:
1. Falsafaning predmeti. Uning asosiy sohalari haqida umumiy ma`lumot (Ontologiya, antropologiya, metodologiya, aksiologiya).

2. Ong. Ijtimoiy ong. Gnoseologiya.

3. Falsafaning qonun va kategoriyalari.

4. Jamiyat falsafasi.

5 Etikaning predmeti uning asosiy tushunchalari.

6. Estetikaning predmeti uning asosiy tushunchalari.

7. Mantiq fanining predmeti, asosiy mantiqiy shakllar va mantiqiy qonunlar uning asosiy tushunchalari.

Nazorat ishi topshiriqlarining asosiy maqsadi:

Maxsus sirtqi bo‘limlarida Falsafa faniga 16 soat, (ma’ruza-6 soat, seminar-10 soat) ajratilgan. Mazkur fanni hozirgi kun talab darajasida o‘qitish, talabalarning ilmiy-falsafiy dunyoqarashini shakllantirish, mantiqiy fikrlash qobiliyatini oshirish tobora muhim ahamiyat kasb etmoqda.

Maxsus sirtqi bo‘lim talabalarining falsafa fani bo‘yicha bilimlari kunduzgi bo‘lim talabalarining reyting ballariga tenglashtirilgan.

Maxsus sirtqi bo‘limlarida ta’lim olayotgan talabalar bo‘lajak sessiyaga tayyorgarlik ko‘rar ekan, ular avvalambor adabiyotlar bilan mustaqil ishlash, birinchi manbalar, ijtimoiy-siyosiy adabiyotlarni yakka tartibda mustaqil o‘qish ya’ni o‘z ustida tinimsiz qat’iyatlilik bilan ishlashi lozim.

Maxsus sirtqi bo‘lim talabalari semestr boshida «Falsafa» fani bo‘yicha sessiya oralig‘i mobaynida topshirishlari zarur bo‘lgan 4 ta topshiriq oladilar va tavsiya etilgan adabiyotlar asosida mustaqil ravishda yozma tayyorgarlik ko‘rib boradilar. Variant asosida tuzilgan har bir topshiriqqa to‘g‘ri va to‘liq javob yozilishi, hamda javoblarda mantiqiy yaxlitlikka erishilmog‘i lozim.
Nazariy ma’lumotlar.

Ushbu qo‘llanmada talabalarga beriladigan topshiriqlar bir-birini takrorlamaydigan holatda alohida variantlarda tuzilgan bo‘lib, mustaqil ishlash uchun mavzu, reja va ularni yoritish uchun zarur bo‘lgan adabiyotlar ro‘yxati, test savollari, ma’lum mavzu yuzasidan tayanch iboralar, keyslar, sinkveyn, svot tahlil, venn diagramma nilufar guli , FSMU, insert kaba pedlagogik texnologiyalardan foydalangan xolda ma’lum mavzu yuzasidan talabaga mustaqil ravishda topshiriqlar, testlar tuzishga oid savollar berilgan.

“Falsafa” fani bo‘yicha ishlab chiqilgan ushbu sessiya oralig‘i vazifalari sirtdan o‘qiyotgan talabalarning yangicha falsafiy dunyoqarash hamda tafakkur tarzini shakllantirish, ijodiy, mustaqil, erkin fikrlash ko‘nikmalarini hosil etishda uslubiy qo‘llanma vazifasini bajaradi degan umiddamiz.

“Falsafa” fani bo‘yicha sessiya oralig‘i nazorat ishi topshiriqlari taqdim etiladi. Talabalarning “Falsafa” fanidan olgan nazariy bilimlarini amalda qo‘llash va sinash, ularni kelgusi o‘qituvchilik faoliyatida kerak bo‘lgan asosiy rejalashtiruvchi (o‘quv – me’yoriy) hujjatlar mazmuni bilan tanishtirish, ularni ishlab chiqish bo‘yicha bilim, amaliy ko‘nikma va malakalar bilan qurollantirish mazkur tayyorlangan sessiya oralig‘i nazorat ishi topshiriqlari to‘plamida o‘z aksini topgan.

Talabalar “Falsafa” fanidan sessiya oralig‘i nazorat ishi topshiriqlarini bajarish jarayonida quyidagi topshiriqlar bilan, adabiyotlar bilan tanishib, ularni o‘rganib chiqishadi, ayrimlarini o‘zlari mustaqil bajarishni o‘rganishadi.

3 – VARIANT


  1. topshiriq.

Quyidagi tayanch iboralarni bir-biriga bog‘lash asosida ma’lum bir mavzu yuzasidan o‘z bilimingizni namoyon eting.

Bilish, in’ikos, voqelik, ijod, intuitsiya, xaqiqat, nisbiy, mutloq, dialektik. Ilmiy bilish, empirik, nazariy, sezgi, idrok, tasavvur, shakl, xukm, xulosa, tushuncha, murakkab, bosqich.



2 – topshiriq.

  1. Yuksak ahloqni tarbiyalashda texnologiyaning ijobiy va salbiy ta’sirini “Insert ” usulini qo‘llab jadval tuzing.

  2. Yoshlar psixologiyasida oilaga munosabatning ma’naviy, axloqiy tamoyillarini shakllantirish mavzusi bo‘yicha taqdimot tayyorlang.

  3. Ajralish va uning axloqiy kamolotga salbiy ta’siri to‘g‘risidagi fikr-mulohazalaringizni bayon eting

  4. Global jarayonlarning shaxs axloqiy kamolotiga ta’sirini T-sxemasini qo‘llab jadval tuzing.

  5. Axloqiy tamoyillar va me’yorlar mavzusida boshqotirma tuzing

3 – topshiriq.

Quyidagi mavzu asosida o‘z bilimingizni namoyon eting:

Mavzu: Shaxsni estetik tarbiyalashda fan, ta’lim va madaniyatning o‘zaro bog‘liqligi.

4 – topshiriq.

Quyidagi tayanch iboralardan bir-biriga bog‘lash asosida muayyan mavzu yuzasidan o‘z bilimlaringizni namoyon eting.

Tafakkur qonunlari, aniqlik, izchillik, ziddiyatsizlik, asoslanganlik, ayniyat qonuni, ziddiyatsizlik qonuni, uchinchisi istisno qonuni, yetarli asos qonuni, mantiqiy asos, avtoritet



Javoblar:

1-topshiriq

Bilishning mohiyati, shakllanish va rivojlanish qonuniyatlari, xususiyatlarini o`rganish falsafa tarixida muxim o`rin egallab kelmokda. Inson o`z bilimi tufayli borliq, tabiat, jamiyatni va nixoyat, o`z-o`zini o`zgartiradi. Bilishga qaratilgan inson faoliyatini va uni amalga oshirishning eng samarali usullarini tadqiq etish falsafa tarixida muxim ahamiyatga ega. Shu bois ham falsafaning bilish masalalari va muammolari bilan shug`ullanuvchi maxsus soxasi — gnoseologiya vujudga keldi.

Inson bilishi nixoyatda ko`p qirrali, murakkkab va ziddiyatli jarayondir. Gnoseologiya asosan, bilishning falsafiy muammolarini xal etish bilan shug`ullanadi. Har bir tarixiy davr jamiyatning rivojlanish extiyojlaridan kelib chiqib, gnoseologiya oldiga yangi vazifalar kuyadi. Хususan, XVII asr o`rtalarida yevropalik faylasuflar ilmiy bilishning ahamiyati, xaqiqiy ilmiy bilishlar xosil qilishning usullarini o`rganish, ilmiy haqiqat mezonini aniqlash bilan shug`ullandilar. Тajribaga asoslangan bilimgina xaqiqiy bilimdir, degan G`oyani olKa surdilar.

XVIII asr mutafakkirlari ilmiy bilishda inson aqli imkoniyatlariga, ratsional bilishning xissiy bilishga nisbatan ustunligiga aloxida urKu berdilar. Buyuk nemis faylasufi I. Kant bilish natijalarining xaqiqiyligi xususida emas, balki insonning bilish qobiliyatlari haqida baxs yuritdi. Gnoseologiya oldida inson olamni bila oladimi, degan masala keskin quyildi. Insonning bilish imkoniyatlariga shubxa bilan qaraydigan faylasuflar agnostiklar deb ataldilar.

Bilish nima? Bilish insonning tabiat, jamiyat va o`zi to`g`risida bilimlar xosil qilishga qaratilgan aqliy, ma’naviy faoliyat turidir. Inson o`zini kurshab to`rgan atrof-muxit to`g`risida bilim va tasavvurga ega bo`lmay turib, faoliyatning biron-bir turi bilan muvaffakiyatli shug`ullana olmaydi. Bilishning maxsuli, natijasi ilm bo`lib, har qanday kasb-korni egallash faqat ilm orqali ro`y beradi. Shuningdek, bilish insongagina xos bo`lgan ma’naviy extiyoj, hayotiy zaruriyatdir.

Insoniyat ko`p asrlar davomida orttirgan bilimlarini umumlashtirib va keyingi avlodlarga berib kelganligi tufayli ham o`zi uchun qator qulayliklarni yaratgan. Inson faoliyatining har qanday turi muayyan ilmga tayanadi va faoliyat jarayonida yangi bilimlar xosil qilinadi.

Kundalik faoliyat jarayonida tajribalar orqali bilimlar xosil qilish butun insoniyatga xos bo`lgan bilish usulidir. Bilimlar bevosita hayotiy extiyojdan, farovon hayot kechirish zaruratidan vujudga kelgan va rivojlangan. Insoniyatning ancha keyingi taraqqiyoti davomida ilmiy faoliyat bilan bevosita shug`ullanadigan va ilmiy nazariyalar yaratuvchi aloxida sotsial guruh vujudga keldi. Bo`lar — ilm-fan kishilari bo`lib, ilmiy nazariyalar yaratish bilan shug`ullanadilar.

Bilishning ikki shakli: kundalik (empirik) bilish va nazariy (ilmiy) bilish bir-biridan farqlanadi.

Kundalik bilish usullari nixoyatda xilma-xil va o`ziga xos bo`lib, bunday bilimlarni sistemalashtirish va umumlashgan holda keyingi avlodlarga berish ancha mushquldir. Hozirgi zamon Karb sotsiologiyasida xalqlarning kundalik bilim xosil qilish usullarini o`rganuvchi maxsus soxa — etnometodologiya fani vujudga keldi. Gnoseologiya asosan nazariy bilish va uning rivojlanish xususiyatlarini o`rganish bilan shug`ullanadi. Nazariy bilishning ob’ekti, sub’ekti va predmetini bir-biridan farqlash muxim.

Bilish ob’ekti. Тadkikotchi-olim, faylasuf, san’atkor va boshqalarning, umuman insonning bilimlar xosil qilish uchun ilmiy faoliyati qaratilgan narsa, hodisa, jarayon, munosabatlar bilish ob’ektlari xisoblanadi. Bilish ob’ektlari moddiy, ma’naviy, konkret, mavxum, tabiiy va ijtimoiy bo`lishi mumkin. Bilish ob’ektlari eng kichik zarralardan tortib o`lkan galaktikagacha bo`lgan borliqni qamrab oladi. Bilish ob’ektlariga asoslanib, bilim soxalari tabiiy, ijtimoiy-gumanitar va texnik fanlarga ajratiladi.

Bilish sub’ekti. Bilish bilan shug`ullanuvchi kishilar va butun insoniyat bilish sub’ekti xisoblanadi. Ayrim olingan tadqiqotchi-olimlar, ilmiy jamoalar, ilmiy tadqiqot institutlari ham aloxida bilish sub’ektlaridir. Ilmiy faoliyat tabiat va jamiyat mohiyatini bilishgagina emas, balki insonning o`ziga ham qaratilishi mumkin. Inson va butun insoniyat ayni bir vaqtda ham bilish ob’ekti, ham bilish sub’ekti sifatida namoyon bo`ladi.

Bilishning maqsadi ilmiy bilimlar xosil qilishdangina iborat emas, balki bilish jarayonida xosil qilingan bilimlar vositasida insonning barkamolligiga intilish, tabiat va jamiyatni insoniylashtirish, tabiiy va ijtimoiy garmoniyaga erishishdir. Fan — fan uchun emas, balki inson manfaatlari uchun xizmat qilishi lozim. Inson ilmiy bilimlar vositasida ma’naviy barkamollikka erisha borgani sari ilm-fan qadriyat sifatida e’zozlana boshlaydi. Fanning har tomonlama rivojlanishi bilan turli ilm soxalarining hamkorligi kuchayadi, butun ilmiy jamoalar bilish sub’ekti, yangi ilmiy kashfiyotlar ijodkoriga aylanadilar.

Bilish predmeti sub’ektning bilish faoliyati qamrab olgan bilish ob’ektining ayrim soxalari va tomonlaridir. Fanning o`rganish soxasi tobora konkretlashib boradi. Тabiatshunoslik fanlarini bilish predmetiga qarab botaniqa, zoologiya, geografiya, ixtiologiya va boshqa soxalari vujudga kelgandir. Тadkikot predmeti fanlarni bir-biridan farqlashga imkon beradigan muxim belgidir.

Bilish darajalarini shartli ravishda: quyi, yuqori va oliy darajaga ajratish mumkin. Bilishning quyi darajasi barcha tirik mavjudotlarga xos bo`lib, xissiy bilish deyiladi. Хissiy bilish sezgilar vositasida bilishdir.

Insonning sezgi a’zolari (kurish, eshitish, xid bilish, ta’m bilish, teri sezgisi) boshqa mavjudotlarda bo`lgani singari uning narsalarga xos xususiyat, belgilarini farqlash, tabiiy muxitga moslashish va himoyalanishi uchun yordam beradi. Bilishning quyi bosqichida sezgi, idrok, tasavvur, dikkat, xayol tashqi olam to`g`risida muayyan bilimlar xosil qilishga yordam beradi.

Bilishning yuqori bosqichi faqat insonlargagina xos bo`lib, aqliy bilish (ratsional bilish) deyiladi. Agar inson o`z sezgilari yordamida narsa va hodisalarning faqat tashqi xossa va xususiyatlarini bilsa, tafakkur vositasida narsa va hodisalarning ichki mohiyatini bilib oladi. Mohiyat hamisha yashirindir, u doimo hodisa sifatida namoyon bo`ladi. Har bir hodisada mohiyatning faqat bir tomonigina namoyon bo`ladi. Shu boisdan ham hodisa aldamchi va chalKituvchidir. Binobarin, inson sezgilarining biron bir narsa yoki hodisa to`g`risida bergan ma’lumotlari xech kachon uning butun mohiyatini ochib bera olmaydi.

Хukm. Aqliy bilish narsa va hodisalarga xos bo`lgan belgi va xususiyatlarni tasdiklash yoki inkor etishni taqozo etadi. Тafakkurga xos bo`lgan ana shu tasdiklash yoki inkor etish qobiliyatiga xukm deyiladi. Хukmlar tushunchalar vositasida shakllanadi. Хukmlar yangi bilimlar xosil qilishga imkoniyat yaratadi, ular vositasida narsa va hodisalar mohiyatiga chuqurrok kirib boriladi. Shunday qilib, xukm narsa va hodisalarning tub mohiyatini ifodalovchi eng muxim belgi va xususiyatlar mavjudligini yo tasdiklaydi yoki inkor etadi. Masalan, «inson aqlli mavjudotdir», degan xukmda insonga xos eng asosiy belgi - aqlning mavjudligi tasdiklanayapti. Birok inson shunday murakkab mavjudotdirki, uning mohiyati faqat aqlli mavjudot ekanligi bilan cheklanmaydi. Chunki kirKinbarot urushlar, ekologik inqirozlar aqlli mavjudot bo`lgan inson tomonidan amalga oshirildi. «Inson axloqli mavjudotdir». Inson to`g`risidagi hozirgi zamon fanining muxim xulosasi ana shu.

Хulosa — aqliy bilishning muxim vositalaridan biri, yangi bilimlar xosil qilish usulidir. Хulosa chiqarish induktiv va deduktiv bo`lishi, ya’ni ayrim olingan narsalarni bilishdan umumiy xulosalar chiqarishga yoki umumiylikdan aloxidalikka borish orqali bo`lishi ham mumkin.

Binobarin, tushuncha, xukm va xulosalar chiqarish ilmiy bilishning muxim vositalaridir. Bunday bilish insondan aloxida qobiliyat, kuchli irodani tarbiyalashni, narsa va hodisalardan fikran o`zoklashishni, dikkatni bir joyga to`plashni, ijodiy xayolni talab etadi.



Imkoniyat va vokelik – falsafaning muxim kategoriyalaridir. Imkoniyat narsa va hodisalarning makon va zamondagi rivojlanish tendensiyasini ta’minlaydigan, muayyan qonuniyatlarga asoslanadi. Vokelik esa, shu qonuniyatlarga asoslangan rivojlanishning namoyon bo`lishidir. Imkoniyat va vokelik kategoriyasini ham, bilishning umumiy mantiqiy tamoyillariga ko`ra, boshqa kategoriyalar bilan bog`liqlikda tahlil qilish muxim ahamiyatga ega. Imkoniyat narsa va hodisalar rivojlanish jarayonining ichki birligini ifodalaydi va ularning rivojlanish shart-sharoitlarini, sabablarini, zaruriy qonuniyatlarini, mohiyatini o`zida mujassamlashtirgan.

Imkoniyatning vokelikka aylanishi qonuniy hodisadir. Uning real, formal, mavxum imkoniyat deb ataladigan shakllari bor. O`zbekiston mustaqillikka erishgandan keyin demokratik huquqiy jamiyat kurishi uchun real imkoniyatlar vujudga keldi. Bunday imkoniyatlar I.A. Karimovning «O`zbekiston XXI asr busaKasida: xavfsizlikka taxdid, barqarorlik shartlari va taraqqiyot kafolatlari» asarida ko`rsatib berildi.



Empirik bilim mavjud narsaning bevosita emas, balki bilvosita in'ikosi. Masalan, olim o‘zi ko‘rmayotgan tegishli ob'ektning holati haqida unga axborot berayotgan asbob ko‘rsatkichi yoki elektrokardiogrammaning elektr chizig‘ini ko‘radi. Boshqacha aytganda, bilishning empirik darajasi har xil asboblardan foydalanish bilan bog‘liq; u kuzatish, kuzatilayotgan narsa yoki hodisani tavsiflash, bayonnomalar yuritish, hujjatlardan foydalanishni nazarda tutadi, masalan, tarixchi arxivlar va boshqa manbalar bilan ishlaydi. Xullas, bu oddiy sezgi darajasida bilishga qaraganda bilishning yuqoriroq darajasidir.

Empirik bilimlar nazariy bilim negizini tashkil etuvchi ilmiy dalillar majmuidir. Empirik bilim kuzatish va eksperiment, tavsiflash, taqqoslash, o‘lchash va dalillar kabi metodlar yordamida shakllanadi. Empirik bilim mavjud narsaning bevosita emas, balki bilvosita in'ikosi. Masalan, olim o‘zi ko‘rmayotgan tegishli ob'ektning holati haqida unga axborot berayotgan asbob ko‘rsatkichi yoki elektrokardiogrammaning elektr chizig‘ini ko‘radi. Boshqacha aytganda, bilishning empirik darajasi har xil asboblardan foydalanish bilan bog‘liq; u kuzatish, kuzatilayotgan narsa yoki hodisani tavsiflash, bayonnomalar yuritish, hujjatlardan foydalanishni nazarda tutadi, masalan, tarixchi arxivlar va boshqa manbalar bilan ishlaydi. Xullas, bu oddiy sezgi darajasida bilishga qaraganda bilishning yuqoriroq darajasidir.

Empirik bilimlar nazariy bilim negizini tashkil etuvchi ilmiy dalillar majmuidir. Empirik bilim kuzatish va eksperiment, tavsiflash, taqqoslash, o‘lchash va dalillar kabi metodlar yordamida shakllanadi.

Idrok — tirik organizmning maʼlumotlarni qabul qilib, qayta ishlash jarayoni; organizmga obʼyektiv reallikni aks ettirish va tashqi olamdagi yangidan-yangi vaziyatlarni baholab, shunga yarasha harakat qilish imkonini beradi.

Idrok ongning , miyaning ijodiy jarayonidir. Idrokning fiziologik asosi bosh miya yarim sharlari poʻstlogʻining analiz va sintez faoliyatidan iborat. Bu faoliyat sezgi aʼzolarimizga taʼsir qilib turgan narsalarning bitta xu-susiyati bilan emas, balki jami xususi-yatlarining taʼsiri bilan bogʻliq. Idrok ana shu barcha xususiyatlar oʻrtasidagi mu-vaqqat bogʻlanish (qarang Assotsiatsiya) natijasida yuzaga keladi. Inson miyasining umumlashtiruvchi faoliyatiga asoslangan idrok jarayoniga kishining tajriba-si, bilim, abstrakt tafakkurning faoliyati va b. ham ishtirok etadi (qarang Appersepsiya). Shuning uchun kishilar ayni bir narsa yoki xrdisani yoshlari, maʼlumotlari, turmush tajribalari, kasblari, ijtimoiy chiqishlari, harakter, qobiliyat va qiziqishlarida koʻrinadigan shaxsiy xususiyatlariga qarab har xil I. qiladilar. Mac, tegishli ixtisosi boʻlmagan kishining birorta yangi mashinani Idrok qilishi ixtisosi bor odamning Idrokiga qaraganda tor va yuzaki boʻladi.



Tasavvur — narsa va hodisalar, holatlarni, voqelik obrazlarini eslash, shuningdek, ijodiy xayol surish jarayoni. Xotira shaklida ham namoyon boʻladi. Agar idrok hozirgi daqiqalarni aks ettirsa, T. ham oʻtmishni, ham kelajakni oʻzida mujassamlashtiradi, umumlashgan xususiyat kasb etadi. Lekin T. idroqdan oʻzining muayyan darajada noaniqligi bilan farqlanib turadi. Biroq uning hissiy narsalarga qaratilgan xususiyati maʼlum turlarga ajratish imkonini beradi (koʻrish, eshitish, taʼm va hid bilish, terituyush T.lari). T.da tanish xrdisalar, joylar, sahnalarga asoslanish xotirlashning samarali vositalaridan biri sifatida xizmat qiladi. T.ni yangi obrazlar bilan boyitish fikrlash topshiriqlarini yechishda muhim urin egallaydi. Bu oʻrinda favquloddagi vaziyatlar, shartsharoitlar voqelikka yangicha "nigoh" tashlash yoki tahlil etishni talab qilsa, ular yanada yorqinroq gavdalanadi. T. bilan tafakkurning hamkorlikdagi munosabatlari yangilik unsurlari paydo boʻlishini, ijodiy xayol timsollari vujudga kelishini taʼminlab turadi. Bilimlarni oʻzlashtirishda, kasbiy malakalarni egallashda T. muhim ahamiyatga ega. T. ham umumiy, ham xususiy, ham ijtimoiy xususiyat kasb etadi. Ijtimoiy T. umumbashariy va milliy urfodatlarni, marosimlar, anʼanalar hamda qadriyatlarni aks ettiradi.

Tushuncha — narsa va hodisalarning muhim xususiyatlari, aloqalari va munosabatlarini aks ettiruvchi tafakkur shakli. T. bilish mahsulidir, bu bilish oddiydan murakkabga koʻtarila borib, eski T.larni mukammallashtiradi, aniklashtiradi va yangilarini shakllantiradi. T.ning asosiy mantiqiy vazifasi biron narsani boshqa narsadan fikran ajratishdan iborat. Predmetlarning turkumlarini ajratish va bu predmetlarni T. da umumlashtirish tabiat krnunlarini bilishning zarur shartidir. Har bir fan muayyan T.lar bilan ish koʻradi, ularda bilimlar jamlanadi. T. hissiy bilish shakllaridan farq qilib, inson miyasida toʻgʻridantoʻgʻri aks etmaydi. U taqqoslash, analiz, sintez, abstraksiyalash, umumlashtirish kabi mantiqiy usullardan foydalangan holda hosil qilinadi. T. ning shakllanishi soʻz bilan bogʻliq. Ular oʻrtasidagi uzviy aloqadorlik tafakkur va til oʻrtasidagi bogʻlanishning aniq tarzda namoyon boʻlishidir. T.lar soʻz va soʻz birikmalari yordamida ifoda qilinadi. Har qanday T. — abstraksiyadan iboratdir, bu hol T.da voqelikdan uzoklashgandek tuyulsada, haqiqatda esa T. yordamida voqelikning muhim tomonlarini ajratib, tadqiq qilish yoʻli bilan chuqurroq bilib olinadi. T. larning oʻzaro aloqadorligi va bir-biriga oʻtib turishi dialektik mantiqning T. haqidagi qoidasining muhim tomonlaridan biridir.

2-topshiriq






















































































































4





































2







M







5




























A







E







J







3



















X







X







U







E



















L







N







M







T







1

i

n

s

O

n

p

A

r

v

A

r

l

i

k
















Q







T







R







K




























S







D







A




























E







L





































V







I





































A







K





































R














































L














































I














































K











































































  1. insonning yuksak ijtimoiy vazifasini belgilaydigan va barqaror etadigan g’oyalar, qarashlar va e’tiqodlar majmui, shaxs erki, qadr - qimmati, uning baxtli bo’lish huquqini talab etish imkonining mavjudligiga engilmas ishonch.Bu axloqiy tamoyillarning qaysi biri?

  2. kishilarning bir-birlariga, oilaga, jamiyatga bo‘lgan munosabatlarida namoyon bo‘ladigan xatti-harakatlari, xulq-atvorlari, odoblari majmui---- bu nima?

  3. Axloqni o’rganuvchi fan bu.

  4. ………………shaxsning  o’z  –  o’zini  namoyish  etishga,  o’zligini ro’yobga  chiqarishga,  o’zgalar  bilan  munosabat  o’rnatishga  imkon  yaratuvchi  axloqiy  fazilatdir.Nuqtalar o’rniga axloqiy tamoyillardan birini qo’ying.

  5. Bu axloqiy tamoyilni yevropada altruizm  nomi  bilan atashadi.Bu qaysi axloqiy tamoyil?

3-topshiriq

Inson xar doim go’zallikka intiladi, undan ma`naviy ozuqa oladi.O’z xayotini, faoliyatini, turmush sharoitini, o’zini o’rab turgan atrof- muxitni go’zalroq bo’lishga xarakat qiladi.Bu xol oz navbatida uning dilini, nozik xis-tuyg’ularini shakllantiradi.Odamlarni o’ziga rom etuvchi go’zallik namunalari xayotning turli jabxalarida namoyon bo’ladi.SHuning uchun bolaga juda yoshligidan oilada, maktabgacha tarbiya muassaslarida, ayniqsa maktabdan estetik ruhda tarbiya aloxida e`tibor bilan beriladi.Estetik ruhda tarbiya xar bir davrda, xar bir xalqda turlicha bo’lsada, uni amalga oshirishning asosiy vositalari, tabiat go’zalligini sanab o’tadi. Bu vositalar bir- birini to’ldirib,boyitib beradi.Barchasidan to’la baxramand bulgan kishining ma`naviy boy, yuksak didli bo’lsagina zavqli xayot kechirishi mumkin.Tabiat o’ziga xos go’zalliklarga ega bo’lib, ma`lum qonuniyatlari asosida o’zgarib, jilolashtiradi. Yil fasllarning almashinuvi tabiatning ranglarini, shakllarining xushbo’y xidlaru, turli,jonzotlarning yoqimli tovushini,inson shu o’ringa tortiq etadi.Ular har bir kishini baxtiyor poklik,beg’uborlik olamiga olib kiradi.



Estetik ruhda tarbiyaning yana bir tarbiyasi badiy ijod namunalari hisoblanadi. Ayrim pedagogik adabiyotlarda badiy tarbiya deb nomlanib, o’z ichiga badiy adabiyot,musiqa,qo’shiq va raqs sa`natini,teatr va kino sa`natin, tasviriy san`atning, xaykaltaroshlik, me`morchilik, halq amaliy sa`nati va boshqalarni oladi. Bu san`at asarlarini qiymati dunyoviy boyliklarda imkoniyatlari cheksizdir. Ayrim sa`nat asarlarini qiymati dunyoviy boyliklarda nixoyat darajada ustun turgannidek, badiiy tarbiya ham odamlarning ma`naviy boyishlarida tengi yo’q ta`sir kuchiga egadir. Dunyoning etti mo’jizasi sanalgan Misr firavnlarning ehromlari, Bobilning osma bog’lari, Efesdagi Artemida ibodotxonasi, Rodosskiy xaykali va Fors orolidagi mayoq hayratomuz go’zallik namunalari sanaladi. YOshlarga estetik ruhda tarbiya berishda inson shaxsiyatidagi go’zallik namunalari sanaladi. YOshlarga estetik ruhda tarbiya berishda inson shaxsiyatidagi go’zallikka ega bo’ladi.
Rus yozuvchi A.Chexov »Insonda hamma narsa go’zal bo’lish kerak» degan edi, ammo ularning orasida alohida ajralib turadigani ma`naviy go’zallikdir.
SHuning uchun xam milliy istiqlolga erishgandan keyin xalqning ma`naviyatini shakllantirishga katta e`tibor berilmoqda.
Maktab yoshlarga estetik ruhda tarbiya berishning asosiy o’rinlaridan biridir. O’rta umumiy ta`lim tarkibiga kirgan barcha fanlarni o’qitishda o’quvchilarga estetik ruhda tarbiya berib boriladi,maxusus estetik ruhda tarbiya fanlari o’qtiladi,ularga rasm,ashula,chizmachilik va boshqalar kiradi. Estetik ruhda tarbiya mashg’ulotlari, mehnat darslarida ham estetik ruhda tarbiya doimiy berib boriladi.
Bulardan tashqarii adabiyot, ona tili, odobnoma, tabiatshunoslik, jug’rofiya va boshqa fanlarni o’qitishda mavzuning mazmuniga mos holda estetik ruhda tarbiya beriladi.
Bevosita estetik ruhda tarbiya beruvchi rasm va ashula darslari o’quvchilarning eng qiziqadigan hamda ijodiy o’rgandigan o’quv darslaridir. Bu darslarda o’quvchilar go’zallikni ongli idrok etibgina qolmasdan, ko’nikma va malakalar hosil qiladi.Buyuk rassomlar, bastakorlarning asari bilan tanishadi. O’zlari rasm chizadi, musiqa tinglaydi, ma`nasini tushunadi,imkoniyat darajasida ijrochilik mahoratlarini egallaydilar.
O’quvchilarga estetik ruhda tarbiyani berishda maktabda tashkil etiilgan badiiy to’garakning ahamiyati katta. O’quvchilar qobiliyati va qiziqishlariga mos holda rasm, musiqa, raqs, xalq amaliy san`ati to’garaklarida ishtirok etib, tegishli malakalarni egallaydilar.
Maktabda havaskor rassomlaarning ko’rgazmalarinig tashkil etilishi mukin. Unda «chevar qo’llar» to’garagi qatnashchilarining maktab ustaxonasida tayyorlanyotgan amaliy sa`nat namunalarni ham namoyish etish foydalidir. Maktab yoshlariga estetik ruhda tarbiya berishning markazi vazifasini o’tay oladi. Bunga misol qilib, Yhkkasaroy tumandigi 26-son o’rta umumiy ta`lim maktabini ko’rsatish o’rinlidir.
Yhqorida ta`kidlanganidek estetik ruhda tarbiyaga tabiat manzaralari, yilning turli fasllarida unda sodir bo’ladigan o’zgarishlar ta`sir qiladi. SHahar va qishloqlarning qiyofasi ulardagi noyob binolar, bog’-rog’lar, me`morchilik yodgorliklari, xiyobonlar, maydonlar, favvoralar, xar-hil bezaklar, xatto tozalik, saranjom-sarishtalik bolalarning yuksak didli bo’lishlariga ta`sir etadi. SHu o’rinda ayniqsa, muzeylar, teatr va kinoxonalarning ahamiyatini aloxida ta`kidlamoq kerak.
O’zbekistonda dunyoga mashxur bo’lgan shaxarlar, ulardagi me`morchilik yodgorliklari va san`at muzeylari ko’plab kishilarni xayratlantirib, o’ziga maxliyo qilish imkoniyatiga ega. Samarqand, Buxoro, Xiva, Toshkent, qo’qon, SHaxrisabz va boshqa joylarda go’zalligi bilan asrlar osha estetik ruhda tarbiya berib kelayotgan inshoatlar bor.
Sharqda sog’lom turmush tarzi to’g’risidagi tasavvurlar uzoq o’tmishga borib taqaladi. O’rta asrda Sharqda etuk insonni tarbiyalashga qaratilgan xarakatlarni Farobiy o’zining qator asarlarida umumlashtiradi. Olim o’z asarlarida qalb holatini mo’tadil saqlash uchun sog’lom avlod zarur deb ta`kidlaydi.
Farobiyning fikricha, estetik ruhda tarbiya shaxsni xar tomonlama rivojlantirishda muhim omil hisoblanadi.
Hozirgi kunda qo’yilgan muhim vazifalardan biri o’quvchilarni estetik ruhda sog’lom bo’lib o’sishga va o’z sog’lig’ini saqlashga o’rgatishdir. Mustaqil respublikamizda sog’liqni saqlash, jamiyatimizdagi sog’lom avlodni etishtirish uchun qator ishlar amalga oshirilmoqda. SHulardan biri «Sog’lom avlod uchun» ordenining ta`sis etilishidir.
Maktab o’quvchilariga estetik ruhda tarbiya berish uchun, estetik ruhda tarbiya bo’yicha ishlarni shunday tashkil qilish kerakki, o’quvchilar o’zlaridagi mehnatsevarlik, jasurlik, tashabbuskorlik xislatlarini to’la namoyish qila olish hamda xarakatli o’yinlar va estetik ruhda mashqlarni yanada sevib, o’z yutuqlarini yanada takomillashtirishga ega bo’lsainlar.
Estetik ruhda tarbiya bo’yicha mashg’ulotlar ochiq xavoda, zalda yoki shu maqsadga muvofiq ajratilgan xonalarda o’tadi.
Estetik ruhda a lotincha «estezio go’zallikni his etaman» ma`nosini bildiradi. Aqliy, ahloqiy, estetik ruhda va mehnat tarbiyasini estetik ruhda asiz tasavvur kilib bo’lmaydi.
Estetik ruhda tarbiyaning maqsadi va vazifasi o’quvchilarni tabiat va jamiyatdagi go’zallikni idrok qilish, uni to’g’ri tushunish va fahmlash, qadriga etishga, shu asnoda o’z shaxsiy hayotining go’zal tomonini ko’ra bilishga, go’zal bo’lishi uchun ko’rashishga o’rgatishdan iboratdir. Estetik ruhda tarbiya ahloqiy qiyofa, ijobiy xulq-atvor normalarini tarkib toptirishga, ularning ijodiy qobiliyatlarini taraqqiy ettirishga katta ta`sir ko’rsatadi. Maktablarimizdagi musiqa, rasm, ashula darslari, adabiyot va boshqa fanlar estetik ruhda tarbiyaning vositasi hisoblanadi. Estetik ruhda tarbiya -badiiy-estetik ruhda tafakkurni shakl­lantirish, real hayotda san`atdagi estetik ruhda hodisalar, ko’rinishlar, holatlarni his qila olish, qabul qila olish, baholay olish qobshshyatlarini shakllantirish shuningdek, ijodiyotda faol ishtirok etish.
Estetik ruhda tarbiya – borliqdagi va san`atdagi go’zallikni tushunish, ulardan zavqlanish va uni yaratishga intilishni tarkib toptirish.
Inson xar doim go’zallikka intiladi, undan ma`naviy ozuqa oladi.O’z xayotini, faoliyatini, turmush sharoitini, o’zini o’rab turgan atrof- muxitni go’zalroq bo’lishga xarakat qiladi.Bu xol o’z navbatida uning dilini, nozik xis-tuyg’ularini shakllantiradi.Odamlarni o’ziga rom etuvchi go’zallik namunalari xayotning turli jabxalarida namoyon bo’ladi.
Shuning uchun bolaga juda yoshligidan oilada, maktabgacha tarbiya muassaslarida, ayniqsa maktabdan estetik ruhda tarbiya aloxida e`tibor bilan beriladi.Estetik ruhda tarbiya xar bir davrda, xar bir xalqda turlicha bo’lsada, uni amalga oshirishning asosiy vositalari, tabiat go’zalligini sanab o’tadi. Bu vositalar bir- birini to’ldirib,boyitib beradi.Barchasidan to’la baxramand bulgan kishining ma`naviy boy, yuksak didli bo’lsagina zavqli xayot kechirishi mumkin.
Tabiat o’ziga xos go’zalliklarga ega bo’lib, ma`lum qonuniyatlari asosida o’zgarib, jilolashtiradi. Yil fasllarning almashinuvi tabiatning ranglarini, shakllarining xushbo’y xidlaru, turli,jonzotlarning yoqimli tovushini,inson shu o’ringa tortiq etadi.Ular har bir kishini baxtiyor poklik,beg’uborlik olamiga olib kiradi.
Estetik ruhda tarbiyaning yana bir tarbiyasi badiy ijod namunalari hisoblanadi. Ayrim pedagogik adabiyotlarda badiy tarbiya deb nomlanib, o’z ichiga badiy adabiyot,musiqa,qo’shiq va raqs sa`natini,teatr va kino sa`natin, tasviriy san`atning, xaykaltaroshlik, me`morchilik, halq amaliy sa`nati va boshqalarni oladi. Bu san`at asarlarini qiymati dunyoviy boyliklarda imkoniyatlari cheksizdir. Ayrim sa`nat asarlarini qiymati dunyoviy boyliklarda nixoyat darajada ustun turgannidek, badiiy tarbiya ham odamlarning ma`naviy boyishlarida tengi yo’q ta`sir kuchiga egadir. Dunyoning etti mo’jizasi sanalgan Misr firavnlarning ehromlari, Bobilning osma bog’lari, Efesdagi Artemida ibodotxonasi, Rodosskiy xaykali va Fors orolidagi mayoq hayratomuz go’zallik namunalari sanaladi. Yoshlarga estetik ruhda tarbiya berishda inson shaxsiyatidagi go’zallik namunalari sanaladi. Yoshlarga estetik ruhda tarbiya berishda inson shaxsiyatidagi go’zallikka ega bo’ladi.

4-topshiriq

Ziddiyat qonuni. Kishilar o’z faoliyatlarida predmet va hodisalar bir vaqtda, bir sharoitda biror xususiyatga ham ega bo’lishi, ham ega bo’lmasligi mumkin emasligini bilganlar.Bu hodisa bilimimizda ziddiyat qonuni sifatida shakllanib qolgan. Ziddiyat qonuni tafakkurning ziddiyatsiz hamda izchil bo’lishini ta’minlaydi.

istisno qonuni. Uchinchisi istisno qonuni ziddiyat qonuni bilan uzviy bog’liq bo’lib u ikki o’zaro zid fikrning munosabatini ifodalaydi. Bilish jarayonida biz fikrimizda ob’yektiv olamdagi predmet va hodisalarning ayni bir vaqtda mavjud yoki mavjud emasligini, ularga biror xususiyat xos yoki xos emasligini aks ettiramiz.

Yetarli asos qonuni. Tabiat va jamiyatdagi predmet va xodisalar bir – biri bilan bog’liq xolda rivojlanadi. Ular o’rtasidagi sababiy bog’lanishlar eng muxim bog’lanishdir.

Ayniyat qonuni. Ob’yektiv voqelikdagi predmet va hodisalarning doimo o’zgarib turishiga qaramay, ularda nisbiy barqarorlik mavjud, u o’z ifodasini ayniyat qonunida topadi.
Download 55.54 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling