Guvrash jarayoning davrlari


Download 111.08 Kb.
Sana15.09.2023
Hajmi111.08 Kb.
#1678502
Bog'liq
soliyeva mohira mustaqil ta\'lim onto






ESSE
Guvrash jarayoning davrlari
Men guvrash jarayonining davrlari haqida shuni aytmoqchimanki,dastlab bola
hayotining birinchi yilida bolaning har tomonlama tarbiyasiga katta ahamiyat berish v
quyidagilarni amalga oshirish lozim: kòruv, eshituv organlari sezish taassurotlarini ,
emotsional his tuyĝularni bolaning jilmayishi , kulishi , narsa-buyumlar bilan harakat
qilishini shakllantirish kerak.
Bir yoshgacha bòlgan bola hayotini tòrt davrga bòlib òrganish lozim.
1. Tuĝilganidan 2,5- 3 oylikkacha;
2. 2,5- 3 oylikdan 5-6 oylikkacha;
3. 5-6 oylikdan 9-10 oylikkacha;
4.9-10 oylikdan 1 yoshgacha
Bu davrdagi vazifalar turlicha , shu vazifalar asosida nutqni òstirishga tayyorgarlik ishlari olib boriladi.


Nutqqa tayyorgalik davrining òzi uch bosqichdan iborat:


1. Chiniqish davri tuĝilganidan 2,5 - 3 oylikkacha


2. Guvrash davri 2,5 -3 oylikdan 5-6 oylikkacha


3. Til chiqarish davri 5-6oylikdan 9-10 oylikkacha


Guvrash davri. Bu davrga 2,5 -3 oylikdan 5-6 oylikkacha bo'lgan payt kiradi. Bu
oylarda bolalarda sezish qobiliyatini yanada òstirish va idrok eta bilishni tarkib toptirish uchun zarur bòlgan sharoitlarni yaratish lozim. Bola bu davrda ba' zi bir buyumlarni farq qila boshlaydi, òziga yaqin kishilarni begonalardan ajrata boshlaydi, onasini va òziga yaqin kishilarni kòrgan zahoti taniydi.Bolada tovushlarni diqqat bilan tinglash va bir- biridan farqlash qobiliyati òsa boshlay
di, tanish tovush diqqatini darrov òziga jalb qiladi, tinchlantiradi va quvontiradi.


Bola 4 Oylikda shiqildoq tuvushiga yoki kòrinmasdan chaqirayotgan kishi ovoziga boshini buradi va uni topib oladi. Bu oyda bola diqqatini musiqiy tovushlarga jalb etish kerak. Qòshiqlar, musiqiy òyinchoqlarning ohangdor jaranglashi bolada quvnoq kayfiyat qòzĝaydi , uning diqqatini Kattalarning musiqa sadosiga uyĝun suratda bayroqcha, ròmolcha bilan ijro etildi-
gan harakatlarga jalb etadi.
Bola tòrt oylik bòlganida qiqirlab kuladi,u òzi bilan har kuni muomalada bòladigan kishilarga juda ham òrganib qoladi. Shuning uchun bolaga tez-tez sòz qotib turish
kerak . Kattalar bolalar bilan muomala qilish jarayonida bolada tovushga javoban tovush chiqarish qobiliyatini paydo qilish va òstirish kerak. Bola 3-4 oylikda uning
"gugu " lashiga ( g-g, bu-u) 4-5 oylik bòlganda esa : "ma-ma", " da-da", " buv-buv", " baba", " aya", " yya", " a-na" kabi unli tovushlar kòproq bòlgan bòĝinlarni takrorlashiga
ahamiyat berish kerak.


Bolada "gugu" lash qobiliyatini òstirishga harakat qilish uning tili chiqishiga yordam beradigan artikulyatsion apparatning òsishiga va tovushga quloq sola bilish faoliyatini rivojlantirishga imkon beradi. Agar bola katta kishi tomonidan talaffuz etilgan bòĝinni takrorlasa, unga kulib boqib, silab qòyish va yana bir marta quvnoq ohangada mashqni takorlash kerak. Mashĝulotning oxirida ota - ona bolaning harakatini yana bir marta tasdiqlaydi. Tasdiqlash vaqtida sòzlarni tòliq aytishi kerak.
Xulosa qilib aytish mumkinki, bolaning tuĝilganidan boshlab uning nutqini shakllanishi va rivojlanib borishiga alohida katta ahamiyat qaratish zarur. Aynan Nutqning
Ontogenezda rivojlanishi fani ham shu jarayonlar bilan ya 'ni nutqimizni tòĝri shakllanishiga yordam kòrsatuvchi nazariy bilimlar beruvchi fan sohasi hisoblanadi.


Download 111.08 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling