Hakamning ishorasi bo‘yicha. Yugurish vaqtida. Yugurish taktikasi tushunchasi


Download 17.14 Kb.
Sana13.01.2022
Hajmi17.14 Kb.
#331244
Bog'liq
kross yugurishda togri nafas olish.
3-Vatanimiz hud.dast.davlatlar, CertificationCard, kross yugurish texnika va taktikasin, engil atletika rivozhlanishining tarixi, Shamol Energiyasi - Mustaqil ish, Shamol Energiyasi - Mustaqil ish, Shamol Energiyasi - Mustaqil ish, 8-9-informatika

Kross yugurishda to'g'ri nafas olish.

Reja:

  1. Hakamning ishorasi bo‘yicha.

  2. Yugurish vaqtida.

  3. Yugurish taktikasi tushunchasi.

Hakamning ishorasi bo‘yicha yuguruvchilar, odatda, start chizig‘idan 3 m narida yig‘iladilar. ,,Startga!!“ buyrug‘i bo'yicha ular start chizig‘iga yaqin keladilar va yugurishni boshlash uchun eng qulay holatni egallaydilar. Bunday paytda yuguruvchi, start chizig‘iga kuchli oyoqni qo‘yadi,boshqasi orqada qoladi. Oldinga qo!yilgan oyoqlar bukilib, qo‘llar oldinga chiqariladi. Ayrim yuguruvchilar qo‘lda yerga tayanadilar (start chizig'igacha). 0‘rta masofaga yugurishda ,,Diqqat!“ buyrug‘i berilmaydi. „Marsh!" buyrug‘i beril- gach, yuguruvchilar oldinga intiladilar.

Yugurish vaqtida gavda ozgina oldinga egilib, bosh to‘g‘ri tutiladi, yelka kamari va qo‘l harakatlari yengil bajariladi. Barmoqlar bo‘sh qo‘yiladi. Qadam uzunligi va yugurish tezligi masofa ortib boigan sari kamayadi. 0‘rta masofaga yuguruvchilarda qadam uzunligi, tana uzunligidan 15—20 sm ga oshsa, uzoq masofaga yuguruvchilarda — 10— 15 sm ga ortadi. 0‘rta masofaga yugurish paytida yo‘lakka oyoqni qo'y ish kaftning oldingi qismi yumshoq tushishi bilan boshlanib, so‘ngra butun kaftga tushish bilan amalga oshiriladi.

Orta-uzoq masofaga yugurishda nafas olish tezligi muhim ahamiyat kasb etadi. Uncha katta bo'lmagan masofaga yugurish paytida bir nafas olish harakati (nafas olish va nafas chiqarish) 6 qadamga to‘g‘ri keladi. Tezlik oshgan sayin, nafas olish ham tezlashadi. Bir nafas olish harakati 4 qadamda bajariladi, ba’zan esa 2 qadamda.

Yugurish taktikasi tushunchasi, bu yuguruvchining musobaqa vaqtida va unga tayyorgarlik davridagi faoliyatini anglatadi. Yuguruvchining taktikasi ikkiga: axloq taktikasi va chiqish taktikasiga bo‘linadi. Taktikaning u yoki bu unsurlari yugurish turiga, qatnashchilar tarkibiga, sportchilar oldida turgan vazifa, sharoitga, ya’ni u chiqish qiladigan paytdagi holati va tayyorgarlik darajasiga bog‘liq.Yuguruvchining musobaqalardagi har bir chiqishi, oldindan o‘ylangan taktik rejaga asoslangan bo‘lishi kerak. Reja bosh vazifani, chunonchi, musobaqada g‘alaba qozonishdan yoki yuqori natijaga erishishni amalga oshirishdan va belgilangan o‘rinni egallashdan iborat. Bunda har bir sportchi, navbatdagi davraga qo‘yiladigan sportchilar qatoriga kirishga intiladi. Startga tayyorgarlik ko‘rishda yuguruvchi bularni hisobga olishi kerak.

Tayanch so’zlar.

Yurish


Yugurish

Sakrash


Dеpsinish

Uloqtirish



Adabiyotlar.

T.Usmonxo’jayev,B.Yusupov,J.Akromov,“Jismoniy tarbiya”O'qituvchi Nashriyot ijodiy uyi. Toshkent - 2008 yil."Boshlang’ich sinflarda jismoniy tarbiya darslari"T.S.Usmonxo'jayev F.Xo’jayev"O'qituvchi"Nashriyot ijodiy uyi.Toshkent-1996yil "Jismoniy tarbiya" T.S.Usmonxo'jayev "O'qituvchi" Nashriyot-Matbaa ijodiy uyi
Download 17.14 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2022
ma'muriyatiga murojaat qiling