Hamdamov Ulug‘bek Abduvahobovich jahon adabiyoti


* «Ilohiy komediya» asari bo‘yicha alohida amaliy mashg‘ulot o‘tkaziladi


Download 0.76 Mb.
bet8/14
Sana17.09.2020
Hajmi0.76 Mb.
#130010
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   14
Bog'liq
ЖА маърузаларининг қисқартирилган варианти


* «Ilohiy komediya» asari bo‘yicha alohida amaliy mashg‘ulot o‘tkaziladi.

Franchesko Petrarka (1304-1374) yirik olim notiq va shoir. U butun hayoti davomida qadimiy (antik) adabiyot yodgorliklarini o‘rgandi.

Sitseronning xatlari va 2 ta maoruzasini topdi. Qadimiy avtorlardan Sitseronni «o‘z otam» asar Vergiliyning o‘z og‘am deb atadi. Yunon tili bilan shug‘ullanadi.

Agar Dante o‘z asarlarini italyan tilida yozgan bo‘lsa, Petrarka asosan lotin tilida ijod qildi. Chunki lotinni u asosiy adabiy til hisoblar edi. Petrarkaning lotin tilida yozgan asarlarini 2 guruhga: Poetik va ahloqiy-falsafiy asarlarga bo‘lish mumkin. Lotin tilida yozilgan «Afrika» dostoni (1338-1342) Rim yozuvchisi Vergiliyning «Eneida» dostoniga taqlid qilish asosida dunyoga kelgan. 9 qo‘shiqdan iborat ushbu asar tugallanmagan. Dostonda Afrikani zabt etgan Rim milliy qahramoni Ssipionning g‘alabalari tasvirlanadi.

Petrarkaning «Mashhur kishilar haqida», «Unutilmaydigan narsalar haqida» nomli tarixiy asarlari ham bor. Birinchi kitobda Rimning mashhur kishilari (Aleksandr Makedonskiy, Gannibalp) biografiyasi tasvirlanadi. Ikkinchisida ilgari yashagan avtorlarning asarlaridan parchalar, misollar va hikmatli so‘zlar keltirilgan.

Petrarka uchun italpyan tilida yozilgan asarlari unchalik katta ahamiyat kasb etmagan bo‘lsada, u keyinchalik italpyan tilidagi sheorlari bilan shuhrat qozondi. Shoir nafaqat Italiya adabiyotida balki butun yevropa sheoriyatida o‘ziga xos yangi yo‘l, uslub yaratadi.

Provans, italpyan shoirlari va Dantpe singari u ham sevgi lirikasi bilan shug‘ullanadi. Petrarka o‘z sevgilisini Laura deb ataydi. U haqida faqatgina 1327 yil 6 aprelda uchratib qolganini va oradan yigirma yil o‘tgandan so‘ng Laura vafot etishiganini maolum qiladi xolos. Unga bag‘ishlangan sheorlarini «Kansonperi» («Qo‘shiqlar kitobi») deb ataydi.

Keyinchalik «Madonna Lauraning hayoti» va «Madonna Lauraning vafoti» degan ikki qismga bo‘lgan. To‘plamda 317 sonet va yigirma to‘qqiz kanson (sheor) bor.

Masalan, shoirning Shukur Qurbon tomonidan tarjima qilingan «Madonn Laura hayoti»ga bag‘ishlangan quyidagi sonetini keltirish mumkin:

O, bu bol takallum, o, qarash qiyg‘och,

Kurgummi sizni bot, eshitgummi bot?

Kuyida xuniga cho‘mgan Muhabbat,

Taqdiridan rozi o bu sumbul soch!


O, bu, ajib chehra, qahri boshda toj,

Zormanu ko‘rgani, cho‘chirman, hayhot!

O, bu ishq choyshabi vaoda qilgan tot!

Yotsam yondiradir, hohlasang-da, qoch!
Navozish va sehru jodu ko‘rsatib,

Qiyo boqur ahyon-ahyonda bir-bir,

Maono qorishadir bor hayotimga

Va shu on hasad-la olay, deb tortib –

Shu zarra haqqim bor, fortuna-taqdir

Bemon g‘animday shoshar oldimga.

Sevgi mavzusidan tashqari siyosiy falsafiy mavzularda ham sheorlar bor. Ko‘pchilik Petrarka biograflari Laurani to‘qima obraz deb taokidlaydilar.

Laura haqida quyidagi maolumotlarni keltirish mumkin xolos: Laura 1307 yilda tug‘ilgan, 1325 yilda dvoryanin Poganga turmushga chiqqan va 11 farzandning onasi bo‘lgan. 1348 yilda o‘lat kasalidan vafot etgan.

Lauraga bag‘ishlangan birinchi sheor 1330 yilda yozilgan. Shoir Dante taosiri ostida o‘z sevganini sahovatli, borliqqa ijobiy taosir etuvchi qilib ko‘rsatsa ham, go‘zallikni sahovat bilan teng deb bilmaydi. Uning sevgilisi Lauraning xususiyatlari real. Laura oshiqqa beiltifot ayoldir. Shuning uchun shoirni sevgisi hayoliy bo‘lib qoladi. Asarda shoir qalbidagi ikki xil sevgi - yuksak ruhiy muhabbat bilan real xissiy muhabbat o‘rtasidagi qarama-qarshilik o‘z ifodasini topadi. To‘plam oxirida Petrarka Bibi Maryamdan «gunoh»lari uchun kechirim so‘raydi.

Petrarka lirikasining ahamiyati katta bo‘lib, u Italiya lirikasini mistika, allegorizmlardan tozaladi. Petrarkada ishqiy lirika ilk bor real dunyo extiroslarni kuylashga yo‘naltirildi.



Djovani Bokkachcho (1313-1375) Uyg‘onish davrining yetuk olimi va adibidir. Bokkacho Florensiyalik savdogar va fransuz ayolining nikohsiz farzandi bo‘lib, Parijda tug‘ilgan. Onasi vafotidan so‘ng Florensiya va Neapolda o‘sib ulg‘aydi.

1338 yili «Filokolo» romani yaratildi. 1339 yilda esa antik syujetga asoslangan «Tezeida» dostonsi yozib tugallandi. 1348 yilda yevpopa adabiyotidagi ilk psixologik asarlardan bo‘lgan prozada yozilgan «Fpyametta» qissasini tugatdi. Yozuvchi unda sevgilisi tashlab ketgan maoshuqani xis-tuyg‘u va ruhiy azoblarini ustalik bilan tasvirlaydi.



«Dekameron» (1352-1354). Xalq og‘zaki ijodining eng yaxshi namunalari va antik adabiy meroslarini o‘rganish, ulardan ijodiy foydalanish natijasida Bokachcho novella janrini yangi, yuqori bosqichga ko‘tardi.

U novella janriga yangi, gumanistik mazmun, realistik xarakter kiritishi bilan, uni «tuban» janrdan «yuqori» janrlar qatoriga ko‘tardi. Yozuvchi hikoyalarning maqsadi o‘quvchining ovutish va qiziqtirishgina bo‘lmay, balki kishilarga yangi ong, madaniyat va go‘zallik idealini singdirishdan iborat bo‘lmog‘i ham kerak, deb biladi.

1348 yili Florensiyada o‘lat kasali tarqalib, epidemiya sog‘ qolgan kishilarni xulq-atvoriga ham taosir etmay qolmadi. O‘rta asr diniy urf-odatlar, narigi dunyo azoblari haqida uydirmalar yanada avjiga chiqdi. Shunday og‘ir sharoitda Bokachcho «Dekameron» asarini yaratdi.

Asarda 100 ta novella bor. Novellalarning biri ikkinchisiga maxsus ulovchi hikoyalar vositasida bog‘lanadi. Asar o‘lat kasali tarqalishini tasvirlashdan boshlangan. Florensiyalik yigit va qizlar (7 ta qiz va 3 ta yigit) shahardan chiqib ketib, bog‘i Eramga borishib, o‘lat va vahimani aql-idrok bilan yengishga intiladilar. («Dekameron» - yunon tilidan o‘n kunlik degan maononi anglatadi). 10 kunda 100 novella eshitiladi. Har kungi o‘tirishni boshqarish uchun qirol yoki qirolicha saylanadi.

Chin sevgini kuylash, feodal-dvoryan tabaqalari urf-odatlarini qoralash, ko‘plab ruhoniylarni buzg‘unchiliklarini ochib tashlash, oddiy kishilarni xarakterini ma'qullash novellalarning asosiy mavzusidir. Novellalarda ishq-muhabbat mavzusi katta o‘rin egallaydi. Masalan, beshinchi kunning, 1-novellasida sevgining ijodkor, ilohiy kuchi haqida hikoya qilinadi. Novellaning syujeti quyidagicha: Kipr orolida Aristipp degan kishi yashagan. Uning o‘g‘illaridan biri Golezo baland bo‘yli, qomati kelishgan, ammo tentaksimon yigit bo‘ladi. Muallimlarning nasihatlari ham, otasining kaltaklari ham unga taosir qilmaydi. Kishilar uni Chimone («hayvon») deb ataydilar. U otasining buyrug‘i bilan qishloqdagi xizmatkorlar orasida yashaydi. Bahor kunlarining birida Chimone chashma yonida uxlab yotgan Efigoniyani ismli qizni ko‘rib, unga maftun bo‘lib qoladi. U otasi oldiga borib, unga ham akalari kabi kiyim qilib berishini so‘raydi. Visolga erishish istagi tez orada uni savodli va odobli yigit bo‘lishga majbur etadi. Musiqa va ashula, harbiy mashqlarni o‘rganadi va nihoyat Efigoniyaning visoliga yetishadi.

Muhabbat - insonlarni hayvoniy dag‘allikdan holi qiluvchi, g‘aflat uyg‘usi bosayotgan aqllarni hushyor etuvchi kuch ekanligini tasvirlash Uyg‘onish davrini asosiy belgisidir.

Asardagi asosiy g‘oyalar antiklerikal yo‘nalishdadir, ya'ni eski diniy urf-odatlardan erkin muhabbat ustun chiqadi.

6 kunning 10-novellasida cherkovdan chiqqan Chipollaning kirdikorlari fosh qilinadi. Chipolla odamlarni laqillatib yuradi. Bir kuni u dehqonlarga farishtaning patlarini ko‘rsatmoqchi bo‘ladi. Ikki masxaraboz, qutidagi to‘tining patlarini olib, o‘rniga ko‘mir solib qo‘yadi. Chipolla xalqqa patni ko‘rsatmoqchi bo‘ladi ammo qutidan ko‘mir chiqadi, lekin u o‘zini yo‘qotmaydi, bu avliyo Lavrentiy kuydirilganidan so‘ng qolgan, «ko‘miri» deb, odamlarning kiyimlariga xoj solib, ularni laqillatib, yanada ko‘proq sadaqa yig‘ib oladi.

Bokachcho kichik xajmdagi xikoyalari orqali o‘sha davr hayotining turli manzaralarini realistik aks ettirishi bilan qadrlidir. U novellalar tiliga katta eotibor bergan bo‘lib, ular qisqa va yorqin obrazlidir. XIV, XV, XVI asr Italiya novellistlari Bokachcho asarlarining tilidan o‘rganadilar.

Mavzu bo‘yicha nazorat savollari:


  1. Italiya uyg‘onish adabiyotining asosiy bosqichlari.

  1. Dante Aligrining Uyg‘onish adabiyotida tutgan o‘rni.

  2. Petrarka lirikasining «Dekameron» asari g‘arb novellachiligida qanday o‘ringa ega?


Adabiyot:

  1. Qayumov O. Chet el adabiyoti tarixi.T., 1979.

  1. Alekseev M., i dr. Istoriya zarub. literaturы, M., 1987.

  2. Sulaymonova F, Sharq va G‘arb. T.,1997.

  3. Dante. Ilohiy komediya.T., 1975.

  4. Bokkachcho J., Dekameron T., Adab. va sanoat, 1978.


12-MAVZU: ISPANIYaDA UYG‘ONISh DAVRI ADABIYoTI

ReJA:

  1. Ispaniyada Uyg‘onish adabiyoti.

  1. Servantes. Don Kixot.

Ispaniyada uyg‘onish davri adabiyoti. Ispaniya Uyg‘onishi (shuningdek 1580-1640 ispan qirollari qo‘l ostida bo‘lgan Portugaliya) o‘ziga xos xususiyati bilan ajralib turadi. XV asrning ikkinchi yarmida bu yerda kapitalistik munosabat shakllana boshladi; sanoat va tashqi savdo aloqalari o‘sdi, feodal munosabatlar inqirozga yuz tutdi.

Ispan maorifatparvarligi va gumanizmining o‘ziga xos tomonlari quyidagicha:

a) Rekonkista xarakatining Ispaniyani turli viloyatlarida turli davrlarga bo‘lishi oqibatida mustaqillikka erishgan ispan vilyatlarida qonunlar, urf-odatlar turlicha bo‘lishiga olib keladi. Qaytarib olingan yerlarda va bu yerda barpo bo‘lgan shaharlarda dehqonlar va shaharlar bir biridan farq qiluvchi xuquq va erkinlikka ega bo‘ldilar. Natijada turli viloyatlar bilan qirollik o‘rtasida ziddiyatlar paydo bo‘ldi.

b) XVI asrda Ispan sanoati keskin qisqardi. Buning asosiy sababi Amerikaning ochilishi va mamlakatga oltinning ko‘plab keltirilishi bo‘ldi. Ispanlar uchun o‘zida ishlab chiqarishdan ko‘ra chetdan tovar olib kelish qulay edi. Dehqonchilikka ham putur yetdi. yer katta feodalllarning qo‘liga o‘ta boshladi. Ko‘plab dehqonlar baxt izlab yangi yerlarga keta boshladilar.

Ispan absolyutizmi (ayniqsa qirol Karl I davrida) dunyo xokimligiga intilar ekan, bunda uni harbiy kuch va katolik cherkovi qo‘llab-quvvatlar edi. Lekin Ispaniya XVII asrning ikkichi yarmida yevropaning ikkinchi darajali davlatiga aylanib qoldi. Ispaniya uyg‘onishi quyidagi davrlarga bo‘linadi:

a) Ilk Uyg‘onish davri (1475-1550 y.)

b) yetuk Uyg‘onish davri (1550-XVII asrning boshlari)

Ispan Renesans sheoriyatida lirika va epik doston turlari rivojlandi. XVI asrning 30-yillarida shoirlar Boskan va Gosilaso dela-Velar italyan poetik formalarini (kansona, elegiya, eklog, noma, sonet) ispan adabiyotiga olib kirdilar.

Shoir Fernando de Errera (1534-1597) italyan uslubining eng iqtidorli shoiri edi. Zamondoshlari uni «ilohiy» deb atar edilar. U ham Petrarkaga o‘xshab ruhoniy bo‘lgan va turmushga chiqqan ayolga bo‘lgan ideal sevgisini kuylagan. Leonora de Mila’ni u Geliodora (yaoni «Quyosh neomati») deb ataydi. Shoir uchun u - nur, quyosh, yulduz bo‘lib, sheoriyat manbai va xayot quvonchidir.

Shoir Alose de Ersiliya (1533-1594 y.) «Arakuana» epik dostonsi bilan mashhur bo‘ldi. 37 qo‘shiqdan iborat bo‘lgan bu ulkan epopeya ustida de Ersilpya 20 yil ishladi. Dostonda Chili xindilarining Arakuanna qabilasini ispan bosqinchilariga qarshi kurashlari haqida xikoya qilinadi. Shoir o‘zi bu urushning guvohi va ishtirokchisi bo‘lgan.

Asarning bosh qahramoni Arakuanna qabilsining boshlig‘i Kaupolikana mag‘rur, jasoratli inson sifatida tasvirlangan.

Bu davrda Ispaniyada roman janri rivojlandi. «Amadio Golpskiy» romani yozuvchi Xuan de Montalpvo tomonidan yozilgan.

Syujet: Galliya qiroli Perion va Bretanp qirolining qizi Elisenaning noqonuniy farzandi Amadis. Sharmandalikni yashirish uchun Elisena chaqaloqni yashikka solib dengizga tashlaydi. Bir ritsarp chaqaloqni qutqarib oladi va unga «dengiz yigiti» deb nom beradi. O‘smirlik chog‘ida Amadis Shotlandiya qirolining saroyida paj bo‘lib xizmat qiladi. Amadis va Britaniya qirolining mehmonga kelgan qizi Oriana bir-birlarini sevib qolishadi. Ritsarp bo‘lgan Amadis sevgilisining sharafiga jasoratlar qiladi. U o‘zining ukasi Galaor, otasi bir necha marta o‘limdan qutqaradi. Uning eng katta jasorati-«Metin orol» ni zab etishida ko‘rinadi. Amadisga tuxmat uyushtirishadi. Saroyga qaytgan yigit Oriananing onasini dushmanlardan qutqaradi, lekin o‘zi yana saroyni tashlab ketishga majbur bo‘ladi. "Ilohlar ritsari" nomi bilan dahshatli mahluqni mag‘lub qiladi. Rim imperatori ustidan g‘alabaga erishib, Konstantinopolga kirib keladi. Oxir oqibat Amadis Orianaga uylanadi.

Migel de Servantes(1547-1616 y.). Alpkala’ de Ena’res shahrida tabib oilasida tug‘ilgan. Universitetni tamomlagach, papaning Ispaniyadagi elchisi kardinal Akvaviva xizmatiga kiradi. Kardinal bilan Italiyaga boradi. Uning o‘limidan keyin Italiyadagi Ispan armiyasiga xizmatga kiradi. 1571 yili Lepanto jangida ishtirak etib, qahramonlik namunalarini ko‘rsatadi va chap qo‘lidan yaralanadi. 1575 yili Ispaiyaga qaytayotib Jazoir Korearlari qo‘liga asir tushib qoladi va 5 yil asirlikda bo‘ladi. Vataniga qaytgach, teatr uchun ppesalar, shuningdek, badavlat odamlarga bag‘ishlab sheor yoza boshladi. 1597, 1603 yillarda qamoqda, xayotning oxirgi 15 yili moddiy qiyinchiliklarda o‘tdi. Shunga qaramay ijodining gullab-yashnagan davri ayni shu yillarga to‘g‘ri keldi.

Servantesning 1605 yili «Ayyor idalgo Don Kixot Lamancheskiy» romanining birinchi qismi chop etilgan bo‘lsa, 1616 yili romanning ikkinchi qismi yozib tugatildi. Xuddi shu yili uning ppesalar to‘plami ham nashrdan chiqdi. 1613 yili novellalar to‘plami nashrdan chiqqan edi. Servantes ppesalari katta shuxrat qozondi. Biroq ularning ko‘pchiligi yetib kelmagan.

«Numansiya» ppesasida iberlarning (ispanlarning ajdodi) rimliklarga qarshi kurashi tasvirlangan. Rim qo‘mondoni Ssipion qo‘shinlari tomonidan qamal qilingan Numansiya shahri ximoyachilari sharmandali asirlikdan voz kechib, hamma qimmatbaho narsalarga o‘t qo‘yadilar va o‘zlarini halok etadilar.

Servantesning 1605-1611 yillarda yozilgan intermediyalari katta shuhrat qozondi. Xalq xayoti va psixologiyasini ochib beruvchi bu kichik komik ppesalarda u ruxoniylar, nayrangbozlar ustidan kuladi («Mo‘jizalar tetri», «Salamank gori», «Rashkchi qariya», «Ikki laqma»).

14 hikoyadan iborat «Ibratli novellalar» to‘plami bu davr ispan adabiyotida katta voqyea bo‘ldi.

«Don Kixot» asari zamondoshlari tomonidan yetarli baholanmagan bo‘lsada, keyinchalik insoniyat tarixidagi eng buyuk asarlardan biri deb eolon qilindi. Asar ritsarlik romaniga parodiya sifatida yozilgan. Ritsarlik romanlarini o‘qib-o‘qib aqldan ozgan kambag‘al idalgo Don Kixot o‘z «xonimi» sharafiga xo‘rlangan va haqoratlanganlarni himoya qilishga ahd qiladi. Uning asbob anjomlari zang bosgan sovut, qari ot, xizmatkori ayol dehqon, «xonimi» cho‘chqaboqar Aldonsa Lorenso (Don Kixot uchun Dulsineya Tobosskaya). Romanda ritsarlik urf-odatlari, marosimlari parodiya qilinadi; ritsarlikka qabul qilish, ritsarlar olishuvi, go‘zal xonimga xizmat qilish va boshqalar. Don Kixotning yer yuzida «adolat o‘rnatish uchun» olib borgan kurashi teskari natija beramadi. Don Kixot himoya qilgan cho‘pon Andres u ketgach yanada qattiq jazolanadi, u ozod qilgan jinoyatchilar yana jinoyat qila boshlaydi, Ispan ritsarini qutqarish natijasida shu spektakl o‘ynalayotgan qo‘g‘irchoq teatrini vayron bo‘lishiga olib keladi. O‘z uyiga qaytib kelgach ko‘zi ochiladi.



* «Don Kixot» romani bo‘yicha alohida amaliy mashg‘ulot o‘tkaziladi.

13-MAVZU: FRANSIYaDA UYG‘ONISh DAVRI ADABIYoTI

ReJA:

  1. Fransuz uyg‘onish adabiyoti.

  2. F. Rable ijodi.

Fransuz uyg‘onish adabiyoti. Fransuz Uyg‘onishi o‘z rivojlanishida Italiyaga xos xususiyatlarga ega bo‘lishi bilan birgalikda, o‘zining farqli tomonlariga ham ega edi. Fransuz burjuaziyasi bir qadar ortda qolganligi sababli gumanistik harakatda faol ishtirok eta olmadi. Fransuz Uyg‘onishiga Italiya katta taosir o‘tkazdi. Fransisk I davrida (1515 –1547 y.) Italiya Rennesans madaniyati faol inport qilindi. Qirol Leonardo da Vinchi, Andres del Sart, Bekventuto Chellinilarni Fransiyaga taklif etdi. Dante, Petrarka, Bokkachcho asarlari tarjima qilindi. Fransuz gumanistik harakatining atoqli arboblaridan biri Margarita Navarskaya edi (Fransisk I singlisi 1492-1549 y). Italpyan, grek, lotin tillarini yaxshi bilgan o‘qimishli ayol Margarita ko‘plab sheorlar va dostonlar yaratdi. Uning mashxur asari «Gektameron» («etti kunlik») novellalar to‘plami edi. «M.Navarrskayaning to‘garigi» da shoir Kleman Maro, yozuvchi Bonaventura Diperpe faol ishtirok etganlar.

Fransua Rable (1494-1553 y). Fransuz gumanizmining atoqli nomoyondasi, buyuk fransuz yozuvchisi F.Rable Shinonda tug‘ildi. Yoshlik yillarida monastirda diniy bilimlar bilan birgalikda yozuvchilarni va huquqqa oid risollalarni o‘rgandi. Nomaolum sabablarga ko‘ra, monastirdan ketib meditsinani o‘rganadi. 1532 yildan boshlab Leon gospitalining vrachi lavozimida ishlay boshladi. Parij yepiskopi, kardinal Jan dyu Belle, qirol Fransisk I qo‘l ostida xizmat qildi. 1553 yili Parijda vafot etdi.

Meditsina, huquqshunoslik, arxeoligiyaga oib asarlar yozgan. Yozuvchi sifatida «Gargantyua va Pantagryuelp» romani bilan shuhrat qozondi. Romanni yozishga 1532 yilda Leonda eolon qilingan «Gargantyuaning buyuk va bebaho xronikasi» nomli xalq kitobi turtki bo‘ldi. Shu yili Rablenning «Buyuk dev Gargantyuaning o‘g‘li, dipsodlar qiroli shavkatli Pantagryuelning daxshatli ishlari va qahramonliklari» kitobi yozildi. Yozuvchi xalq kitobidagi sxemalarni saqlab qoldi, unda ko‘plab obrazlar va syujetlar motivini oldi. Shu bilan epopoeyaga Pantagryuelning do‘sti va hamroxi Panurg obrazini olib kirdi. 1634 yili Rable o‘zining «Pantagryuelning otasi buyuk Gargantyuani dahshatli hayoti» nomli asarini eolon qildi. Roman epoyaning birinchi kitobi sifatida yozildi. Bu romanda yozuvchi baozi motivlarni (Gargantyua va uning ota-onasini bahaybatliiligini, uning bahaybat otda yurishi, Notrdam ibodatxonasidan qo‘ng‘iroqni o‘g‘irlashi) ishlatgan holda asosan o‘z ijodiy fantaziyasiga tayanadi. Romanda eski tarbiya usullari tanqid qilinadi va unga gumanistik pedagogika qarama-qarshi qo‘yiladi. O‘g‘irlangan qo‘ng‘iroqlarni so‘rab nutq so‘zlagan magistr Ianotus de Bragmardoning so‘zlari sarbonnachilarning balandparvoz ritorikasiga parodiyadir. Shundan so‘ng Pikraxolning bosqinchilik rejalari - feodallar, qirollar, feodal urishlari tanqib qilinib, satira ostiga olinadi. Urush fonida jismoniy va maonaviy sog‘lomlik, hayotga ishonch ramzi sifatida monax paydo bo‘ladi. Roman Janni rejasi ostida bunyod qilingan Telem abbatligining ochilishi bilan yakunlanadi. Bu yerga oqil, madaniyatli va ozod shaxslar to‘planganlar.

«Pantagryuelning qahramona hayoti haqida uchinchi kitob» 1546 yili paydo bo‘ldi. U oldingi kitoblardan anchagina farq qiladi, chunki bu paytga kelib qirol Fransisk I siyosati o‘zgargan edi. Reaksiyanerlar g‘alaba qozondi. Ozod fikrlovchilar va kalpvinstlar taoqib ostiga olingan edi.

Ushbu kitobda Pantagryuel tomonidan bosib olingan dipsodlar mamlakatidagi tinch-osoyishta hayot ko‘rsatilgan. Bu zamonaning bosqinchilik siyosatiga antitezadir. Shundan keyin o‘z mulklarida uch yillik daromadni ikki xafta ichida sarf qilib yuborgan Panurgning sarguzashtlari hikoya qilinadi. So‘ngra har qanday voqyealarga yakun yasaladi. Va kitobda botanika, meditsina, huquq haqidagi suhbat va mulohazalarga keng o‘rin beriladi. Bu suhbat va mulohazalarga Panurgni uylanish yoki uylanmasliklari to‘g‘risidagi ikkilanishlari (rog) sabab bo‘ladi. Bu suhbat jarayonida Panurg aqlli gap ayta olmaydigan turli «faylasuf» lar, hamma masalani suyak tashlab hal qiladigan sudpya Brudua bilan uchrashadi.

1548 yili to‘rtinchi kitob yoziladi. Oradan to‘rt yil o‘tib ushbu kitobni kengaytirilgan varianti paydo bo‘ldi. Romanda Panurgning Xitoyga safari haqida hikoya qilinadi. Yo‘lda sayyohlar Prokuratsiya oroli (klyaz, sudyaga), kareaprna (katolik ro‘zadorlar), kolbasa, panefiklar (papaga fig ko‘rsatuvchilar), papimanlar (papa tarafdorlari), mister Gaster («Oshqozon») orollarida bo‘ladi.

Kitobda danil fantazimni qo‘llab-quvvatlovchi yangi qirol tanqid qilinadi.

1564 yili Rablening o‘limidan 10 yil keyin beshinchi kitob nashr etildi. Roman Rablening qo‘lyozmalari asosida do‘stlari tomonidan nashrga tayyorlangan. Asarda Panurgning siyosatini nihoyasiga yetishi haqida hikoya qilingan edi. Rable o‘z romanlari bilan badiiy realimni kengaytirdi va chuqurlashtirdi. «Gargantyua va Pantagryuelp» fransuz renesansining eng demokratik asari hisoblanadi. Roman fransuz tilini rivojlantirishda ham katta xizmat qildi. Uning keyingi davr yozuvchilariga taosiri beqiyosdir. Molper, Lafonten, Lesaj, Volpter, Balpzak, A.Frans, R.Rollan va boshqalar shular jumlasidandir.

Nazorat savollari:


  1. Ingliz uyg‘onish davrining ilk vakili Tomos Mor qaysi asari bilan mashhur bo‘ldi?

  1. Kristofer Marlo o‘zining qaysi asari bilan sohibqiron Temur timsoliga murojaat qilgan?

  2. Ispaniya ilk uyg‘onish davrida she'riyatning qaysi turi rivojlandi?

  3. Servantesning «insoniyat tarixidagi eng buyuk asari».

  4. F.Rable «Gargantyua va Pantagryuel» romanida qanday muammolarni ko‘tarib chiqdi?


Adabiyotlar:

  1. O.Qayumov. Chet el adabiyoti tarixi. «O‘qituvchi» T.,1979 y

  1. M.P.Alekseev I.dr. Istoriya zarubejnoy literaturы. Srednie veka i Vozrojdenie. Moskva, Vыsshaya shkola

  2. Rable Fransua. Gargantyua va Pantagryuel, Toshkent, «Yosh gvardiya», 1970

  3. Serventes M. «Lamanchlik Idalg‘go uddabrron don Kixot sarguzashtlari», T., «Yosh gvardiya», 1969.


14-MAVZU:

15-MAVZU: KLASSITSIZM ADABIYoTI. (XVII ASR G‘ARBIY yeVROPA ADABIYoTI)

ReJA:

  1. XVII asr – yevropa madaniy hayotidagi muhim davr.

  1. XVII asr Ispan adabiyoti:

a) Lope de Vega ijodi;

b) Kalderon ijodi;



  1. Fransuz adabiyoti:

a) Kornel ijodi:

b) Moler ijodi.

XVII asr murakkab, ziddiyatli va shu bilan birga yevropa tarixidagi muhim davr hisoblanadi. Bu davrni o‘tish davri deb ham atashadi. Chunki shu davrda feodlizmdan kapitalizmga o‘tish amalga oshirildi. Yangi burjuaziya munosabatlari shakllandi. Bular o‘z davri uchun progressiv edi. Ammo ular ekspluatatsiyaning yangi shakllarini olib keldi.

yevropa davlatlari orasida iqtisodiy rivojlanish borasida Gollandiya va Angliya birinchi o‘ringa chiqib oldi. Bu davlatlarda kapitalizm tez suroatlar bilan rivojlanganligini ko‘rsatadi.

Ispaniya va Portugaliyaning avvalgi qudratiga putur yetadi.

Davlatlardagi progressiv tarixiy rivojlanish hyech qanday to‘siqlarsiz amalga oshirildi, deb bo‘lmaydi. Feodal-katolik tartibi g‘arbiy yevpopa xalqlari hayotiga o‘z ta'sirini o‘tkazdi. Bu davrda cherkov tomonidan ko‘rsatiladigan qarshilik konturreformatsiya deb ataladi.

XVII asrda yevropa ilm-fani katta yutuqlarni qo‘lga kiritdi. Odamlar ongida katta taosir ko‘rsatgan fan yutuqlaridan – Galiley, Kampanella va Kaplerlar tomonidan Olam tuzilishining galeotsentrik tizimini ishlab chiqarilishini ko‘rsatish mumkin.

XVII asrda falsafa fanida yanada oldinga siljish ko‘zga tashlanadi. Bekon («Inson insonga dushman»), Spinoza, Dekart («Men fikr qilyapman, demak borman») va boshqa faylasuflar faoliyati shu davrga to‘g‘ri keladi.

Shu bilan birga cherkovning taosiri hali kuchli edi.

Davrining ilg‘or vakillaridan bir qanchasi inkvizatsiya qurboni bo‘ldilar. 1619 yil faylasuf Vaninini o‘tda yondirdilar. 1662 y. fransuz shoiri Klod Le Pti qatl etildi. Kampanella o‘z hayotining 33 yilini qamoqda o‘tkazdi.

Hayotning murakkablik va qarama-qarshilikka to‘laligi bu davr adabiyotining ham ziddiyatli rivojlanishiga olib keladi. Adabiyotda renessans realizmi, klassitsizm va barokko singari turli yo‘nalishlarning baravariga rivojlandi.

1) Renessans realizmiga hos bo‘lgan hislatlarni ko‘rpi saqlab qolindi. Shu bilan birga ularni yangi, ancha yuksak darajada davom ettirildi. (Lope de Vega).

2) Barokko o‘tra asr madaniyati tushkunligi natijasida kelib chiqqan, absolyutizm kuchayib borayotgan davrda feodal-katolik reaksiyasi taosirini aks ettirgan adabiy yo‘nalishidir. Ular realistlardan farqli o‘laroq, atrof-muhit bilan uyg‘unlik bo‘lishi mumkin emas, deydilar. Inson sir va jumboqlarga to‘la dunyoda yashaydi, tabiatning dahshatli va shafqatsiz kuchlar oldida inson zaif va ayanchli mahluq, deb qaraladi.

Barakochchilarda tasvir nozik va bejirim tusga kiradi. O‘quvchini hayratga solish maqsadida g‘aroyib metafora, taqqoslashlarga keng o‘rin beriladi.

Barokko adabiyotida diniy g‘oyalar asosiy o‘rinni egallaydi. Klassitsizm XVII asrning birinchi yarmida Fransiyada kelib chiqqan adabiy oqimidir.

Klassitsizm yozuvchilari mutloq hokimiyat mamlakat milliy birligi manfaatlarig mos keladi, deb uni mustahkamlash g‘oyasini qo‘llaydilar.

Ular mualliflar tabiatga taqlid qilish kerak degan prinsipni ilgari surdilar. Lekin voqyelikni «qo‘pol» tomonlariga emas, balki faqat go‘zal tabiatga taqlid qilishga chaqiradi. Klassitsizmda qahramonlar xarakteri umumiy va biryoqlamadir.

Klassitsizm bo‘yicha butun adabiy janrlar «Yuksak» (tragediya, epos, qasida) va «Tuban» (komediya, satira, epigramma) janrlarga bo‘linadi.

Klassitsizm antik adabiyotga taqlid qilish asosida kelib chiqqan yo‘nalish hisoblanadi.

XVII asr insoniyatga Milpton, Kornelp, Rasin, Molper, Lope da Vega va Kalpderon kabi yozuvchilarni yetishtirib berdi.




Download 0.76 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   14




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling