Hamza yangi o‘zbek adabiyoti asoschilaridan birimi?


Download 18.2 Kb.
bet1/3
Sana09.09.2022
Hajmi18.2 Kb.
#803472
  1   2   3
Bog'liq
Hamza
Rtsyknsteatrky, Reja Kichik nashriyot tizimlari, Reja Kichik nashriyot tizimlari, 5-sinf uchun test, zakovat uchun maxsus, zakovat uchun maxsus, OBOD QISHLOQ, fuqorolik jamiyati, lexicology, 14 innovatsion, 1276 5 - mavzu ped mah, Русча вариант, qisasi rabguziy ziyouz com, 2 5303358194704189156, elektron darsliklarning asosij khossa

Hamza – yangi o‘zbek adabiyoti asoschilaridan birimi?
O‘zAda adabiyotshunos Ulug‘bek Hamdamning “Hamza – yangi o‘zbek adabiyoti asoschilaridan birimi?” sarlavhali maqolasi chop etildi. Quyida maqola to‘liqligicha e’tiboringizga havola etiladi.

Foto: O‘zA
Yangi adabiyot asoschilaridan biri bo‘lish uchun ijodkorga iste’dodli bo‘lib tug‘ilishning o‘zi kamlik qiladi. Buning uchun u ijodkor sifatida omadli ham bo‘lishi shart. Ya’ni uning iste’dodi bilan davr ehtiyojlari bir-biriga muvofiq tushmog‘i kerak. Xuddi Dante, Navoiy, Pushkin zimmasiga tushgan omadli qismat yanglig‘. Shu ma’noda Hamza tole’i kulgan ijodkor. U Behbudiy, Fitrat, Qodiriy va Cho‘lpon bilan birga yangi o‘zbek adabiyoti tamal toshini qo‘yganlardan biridir. Nomlari zikr etilgan ulug‘larimiz butun bir millat oldiga davr yuklagan ulkan, kechiktirilmas muammolarni, avvalo, to‘g‘ri idrok etganlar, so‘ngra asosiylarini muvaffaqiyatli hal etganlar. Shunisi bilan ularning barchasi ijodkor sifatida juda ham omadlidirlar.
O‘zbek adabiyoti keyingi 500 yil mobaynida chinakamiga ikki tub burilishni boshidan kechirdi. Birinchisi, Navoiy va Bobur davri o‘zbek (turkiy) adabiyot bilan bog‘liq bo‘lsa, ikkinchisi, hech shubhasiz, jadidlar davri adabiyoti bilan bog‘liq burilishdir. Ehtimol, Behbudiy, Hamza, Fitrat, Qodiriy va Cho‘lponlarga nasib qilgan iste’dod kuchi Navoiy va Boburning dahosi bilan bo‘ylasha olmas, lekin ularning madaniyat, ma’naviyat, adabiyot, san’at va ilm sohasida amalga oshirgan ishlari buyuk salaflar xizmatidan aslo kam emas. Zero, jadid bobolarimiz o‘z zimmalariga davr yuklagan missiyani juda yuksak darajada ado etganlar. Behbudiy asosan mafkurada, Hamza dramada, Fitrat ilmda, Qodiriy nasrda, Cho‘lpon esa she’riyatda ana shu ulug‘ vazifani bekamu ko‘st bajarganlar. Akademik Naim Karimov yozadi: “XX asr boshlarida tug‘ilgan va shakllangan jadid adabiyoti o‘z oldiga yangi adabiy badiiy vazifa qo‘ydi va vazifani o‘tash jarayonida shu vaqtga qadar adabiyotimiz xazinasida bo‘lmagan yangi adabiy tur va janrlar, tasvir vositalari va usullarining yuzaga kelishini taqozo etdi”. Binobarin, bugungi, zamonaviy o‘zbek adabiyoti aynan keyingi yangilanish yo‘lidan, jadidlar boshlab bergan qutlug‘ yo‘ldan rivojlanib borayotganligining o‘ziyoq adabiyotimizda yuz bergan so‘nggi tub burilishning naqadar ahamiyatli ekanini ko‘rsatadi. XX va XXI asr mobaynida adabiyotimizning deyarli barcha sohalarida yuz bergan asosiy o‘zgarishlar, yangilanishlar ana shu ikkinchi tub burilish maydonida sodir bo‘ldi va bo‘lmoqda, desak, ayni haqiqatni aytgan bo‘lamiz. Chunki tub burilish bo‘lishi uchun istakning va hatto iste’dodning o‘zi yetmaydi. Buning uchun davrning qo‘ynida yangilanish ehtiyoji paydo bo‘lishi kerak. Behbudiy, Hamza, Fitrat, Qodiriy va Cho‘lponlar ana shunday ehtiyoj tug‘ilgan paytda dunyoga keldilar. Garchand ularning shaxsiy qismatlari fojiali yakun topgan esa-da, (birontasi o‘z ajali bilan o‘lmagan, aksincha, yangi o‘zbek adabiyoti yo‘lboshlovchilarining hammasi ayni ijodlari gullagan vaqtda qatag‘on qilingan!) nomlari zikr etilgan ulug‘lar ijodkor sifatida chindan-da baxtlidirlar.
Hamza – serqirra ijodkor. Umuman, serqirralik jadid ijodkorlarining aksariga xos. Hamza – ulug‘ dramaturg, Hamza – an’ana va novatorlikni birlashtirgan shoir, Hamza – boshlovchi nosir, Hamza – o‘tkir publitsist, Hamza – mohir pedagog, Hamza – milliy kompozitor, Hamza – otashin notiq, Hamza – rejissyor, Hamza – teatr arbobi... Bulardan tashqari, xalqimizning bu fidoyi o‘g‘loni yurtning kelajagi – ma’rifat, maorif, adabiyot, ta’lim-tarbiya yo‘lida amalga oshirgan ishlarining salmog‘i juda og‘ir tosh bosadi. Bu qutlug‘ yo‘lda Hamza molini ham, jonini ham ayamagan. Bu gaplar shunchaki chiroyli gaplar emas. Hamza va u kabi o‘nlab ulug‘ jadidlarimizning taqdir yo‘llari chindan-da bugungi zamondosh insonni hayratga solishga qodir. Bu o‘rinda biz Hamza ijodiy faoliyatining to‘rt qirrasiga to‘xtalamiz, xolos. Bular Hamzaning drama, she’riyat, nasr hamda publitsistika sohalaridagi faoliyatidir.

Download 18.2 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2022
ma'muriyatiga murojaat qiling