Haqiqatda ham turizmni rivojlantirishdagi muammolar o‘zining majmuali


IV.  Bob.  “«Trade link korporation” turistik firmasida mehnat faoliyati


Download 452.94 Kb.
Pdf ko'rish
bet5/6
Sana30.06.2020
Hajmi452.94 Kb.
1   2   3   4   5   6

IV.  Bob.  “«Trade link korporation” turistik firmasida mehnat faoliyati

xavfsizligi chora-tadbirlari

4.1.  Tashkilotlarda hayot faoliyati mehnat muhofazasining qonuniy asoslari

Hayot  faoliyati  xavfsizligi  va  mehnat  muhofazasining  huquqiy,  qonuniy 

asosini  O‘zbekiston  Respublikasi  Konstitutsiyasi,  O‘zbekiston  Respublikasi 

Prezidentining 

Farmonlari, 

O‘zbekiston  Repsublikasi 

qonunlari, 

Vazirlar 

Mahkamasining  qarorlari  va  turli  vazirliklarning  ko‘rsatmalari  va  buyruqlari 

tashkil etadi.

O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasida (1992 il 8 dekabr):

Oliy  Majlisining  vakolatlariga  O‘zbekiston  Respublikasi  Prezidentining 

umumiy  yoki  qisman  safarbarlik  e’lon  qilish,  favqulodda  holat joriy  etish,  uning 

muddatini  uzaytirish  va to‘xtatish to‘g‘risidagi  farmonlarini  tasdiqlash  kiradi  (78- 

modda).

Mahalliy  hokimiyat  organlarning  Konstitutsiyamiz  tomonidan  belgilangan 



vazifalari qatoriga jumladan quyidagilar kiradi:

qonuniylikni, 



huquqiy-tartibotini 

va 


fuqarolarning 

xavfsizligini 

ta’minlash;

-  mahalliy  byudjetni  shakllantirish  va  uni  ijro  etish,  mahalliy  soliqlar, 

yig‘imlar belgilash, byudjetdan tashqari jamg‘armalar hosil qilish;

- atrof muhitni muhofaza qilish (100-modda).

Yurtimizda  fuqaro  mehnati  muhofazasini  O‘zbekiston  Respublikasi 

«Mehnatni  muhofaza  qilish to‘g‘risida»  qonuni  (1993  y.  6  may),  Mehnat Kodeksi 

(1995  yil  21  dekabr,  №161-1),  «Ishlab  chiqarishdagi  baxtsiz  hodisalarni  va 

xodimlar  salomatligining  boshqa  xil  zararlanishini  tekshirish  va  hisobga  olish 

to‘g‘risida Nizom» (Vazirlar Mahkamasi  1997 yil 6 iyun, 286-qaror) va turli davlat 

standartlari va ko‘rsatmalari asosida huquqiy asosi yaratilgan.

O‘zbekiston  Respubliksi  «Mehnatni  muhofaza  qilish  to‘g‘risida»gi  Qonun 

jami 5  bo‘lim, 29  moddadan iborat bo‘lib, ishlab chiqarish usullari, mulk shaklidan 

qat’iy  nazar  mehnatni  muhofaza  qilishni  tashkil  etishning  yagona  tartibini


belgilaydi  hamda  fuqarolarning  sog‘ligi  va  mehnatini  muhofaza  qilinishini 

ta’minlashga qaratilgan.

Qonunning  birinchi  umumiy  qoidalar  bo‘limida  (jami  7  modda):  Mehnatni 

muhofaza  qilish  -   bu  tegishli  qonun  va  boshqa  me’yoriy  hujjatlar  asosida  amal 

qiluvchi,  insonning  mehnat  jarayonidagi  xavfsizligi,  sihat-salomatligi  va  ish 

qobiliyati  saqlanishini  ta’minlashga  qaratilgan  ijtimoiy-iqtisodiy,  tashkiliy, 

texnikaviy,  sanitariya-gigiyena va davolash-profilaktika tadbirlari hamda vositalari 

tizimidan iborat deyilgan (2-modda).

Mehnatni  muhofaza  qilinishini  ta’minlash  (2  bo‘lim,  8-15  moddalar)da 

me’yoriy ta’minlash,  muhofaza talablariga rioya qilish,  mutaxassislarni tayyorlash, 

moliyaviy  ta’minlash,  iqtisodiy  manfaatdorlik,  xavfsiz  sharoitlarni  ta’minlash, 

muhofaza xizmatlari va ijtimoiy sug‘urta haqida aytilgan.

Ushbu  ikki  mehnatni  muhofaza  qilish  asosiy  hujjatlar  asosida,  ishlab 

chiqilgan  Nizomda  (4  bo‘lim,  ilovalardan  tashkil  topgan)  ishlab  chiqarishdagi 

baxtsiz hodisalarni va xodimlar salomatligining boshqa xil zararlanishini tekshirish 

va  hisobga  olish  to‘g‘risida  aniq  tadbir  va  choralar,  qoida  va  ko‘rsatmalar  ishlab 

chiqilgan.

Farzand ko‘rishi  kerak bo‘lgan  va  emizuvchi  ayollarga  maxsus  yengilliklar 

tug‘idiriladi.  Bunday  ayollarni  va  8  yoshgacha  bolalari  bo‘lgan  ayollarni  tungi 

(soat  22  dan  soat  6  gacha),  ishdan  tashqari,  dam  olish  kunlaridagi  ishlarga jalb 

qilish va komandirovkaga yuborish taqiqlanadi.  Ma’muriyat ba’zi hollarda bunday 

ayollarni  vrach  xulosasiga  asosan,  o‘rtacha  ish  haqini  saqlagan  holda  yengil 

ishlarga o‘tkazishi lozim.  Ayollarga tug‘ish oldidan va tuqqandan keyin 56 klendar 

kundan  haq  to‘lanadigan  dam  olish  kunlari  beriladi.  Bundan  tashqari,  farzand 

ko‘tayotgan va emizuvchi ayollar uchun yana bir qancha yengilliklar beriladi.

O‘smirlar  uchun  bir  kalendar  oy  miqdorida  yilning  eng  yaxshi  davrlarida 

yoki  o‘zi hohlagan vaqtda dam olish kunlari berilishi kerak.  O‘smirlar mehnatidan 

tunggi  ishlarda,  ishdan  keyin  qolib  ishlanadigan  ishlarda,  dam  olish  kunlarida 

foydalanish  butunlay  taqiqlanadi.  O‘smirlar  sog‘liklari  uchun  zararli  moddalar 

ajralib chiqish bilan bog‘liq bo‘lgan ishlarda ishlatish mumkin emas.



18 yoshga to‘lmagan o‘smir bolalarga  16 kg gacha,  qizlarga esa  10 kg gacha 

bo‘lgan  og‘irlikdagi  yuklarni  ko‘tarish  ruxsat  etiladi.  O‘smirlar  ishga  qabul 

qilinayotgan  vaqtda  tibbiyot  ko‘rigidan  o‘tkaziladi,  shuningdek  18  yoshga 

to‘lguncha  yiliga belgilangan rejaga  muvofiq tibbiyot ko‘rigidan  o‘tkazib  turiladi. 

Agar  tibbiyot  ko‘rigi  o‘smir  bajarayotgan  ish,  uning  sog‘ligiga  salbiy  ta’sir 

ko‘rsatayotgani sezilsa,  o‘smir darhol xavfsiz va yengilroq ishga o‘tkaziladi.

Ba’zi  bir  sohalarda zararli  ish  sharoiti bo‘lgan joylar  uchrab  turadi.  Mehnat 

qonuniyatiga asosan bunday joylarda ishlovchilar uchun ustama haq to‘lanadi yoki 

ish  soati  qisqartiriladi.  Ish  soatining  qisqartirilishi  natijasida  ishchi  zararli 

moddalar bo‘lgan zonada kamroq bo‘ladi va bu bilan u kamroq zaharlanadi.

O‘zbekiston  Respublikasi  Mehnat  Kodeksi  mazmunida  ishlab  chiqarish 

korxonalari  ma’muriyati  mehnatkashlarga  ishlab  chiqarish  bilan  bog‘langan  har 

qanday  shikastlanish  yoki  zararlanishni,  shuningdek  moddiy  yo‘qotishni  qoplash 

majburiyatini oladi.

Xavfsiz  ishlash  sharoitini  yaratish  borasida  yo‘l  qo‘yilgan  har  qanday 

kamchilik  yoki  xavfsiz  ishlash  sharoitini  tashkil  qilmaslik  natijasida  ishchining 

baxtsiz  hodisaga  uchrashi  sanoat  korxonasining  yoki  rahbar  xodimlarning  aybi 

hisoblanadi.  Moddiy  yo‘qotishni  qoplash  miqdori  va  tartibi  maxsus  qoidalar 

asosida olib boriladi.

Yuqorida biz mehnat qonuni, kodeksi va ayrim me’yoriy hujjatlardan qonun, 

qoida  va  ko‘rsatmalardan  ayrimlarini  ko‘rib  chiqdik.  Shulardan  xulosa  qilib 

aytishimiz mumkinki, O‘zbekistonda fuqarolarning hayot faoliyati yetarli qonun va 

qoidalar bilan kafolatlangan.


4.2. Xizmat ko‘rsatish korxonalarida yong‘in xavfsizligini ta’minlashning 

tashkiliy chora-tadbirlari

Yonuvchi  modda  bilan  havodagi  kislorodning  o‘zaro  ta’siri  natijasida juda 

tez  kechuvchi  va  ko‘p  miqdorda  issiqlik  ajralib  chiquvchi  kimyoviy  reaksiyaga 

yonish 

deyiladi.  Ko‘p hollarda yonish yonuvchi  modda zarrachalarining nurlanishi 

bilan birga kechadi.  Yong‘in hosil bo‘lishi va davom etishi uchun yonuvchi modda 

(qattiq,  suyuq  yoki  gazsimon),  oksidlovchi  modda  (oddiy  sharoitda  oksidlovchi 

modda  vazifasini  havodagi  kislorod  o‘tashi  mumkin)  va  yondiruvchi  manba 

(uchqun,  ochiq alanga va cho‘g‘langan narsa) mavjud bo‘lishi kerak.  Xavfliligi 

bo‘yicha  barcha  modda  va  ashyolarni  quyidagi  turlarga  bo‘lish  mumkin: 

yonmaydigan,  yonish  yoki  yonish  va portlash  xavfi  mavjud  hamda portlash  xavfi 

mavjud moddalar.

Yonish  faqat  ma’lum  harorat  sharoitidagina  mavjud  bo‘lishi  mumkin. 

Barcha  yonuvchi  moddalarning  tarkibida  uglerod  va  vodorod  mavjud.  Issiqlik 

ta’siri  ostida  yonuvchi  moddalar  parchalanib  yuqoridagi  gazlar  ajralib  chiqqach, 

havodagi  kislorod  bilan  birikib  alanga  hosil  qiladi.  Yonish  fazalarining  quyidagi 

xillari aniqlangan.



1.  Chaqnash.  Agar  asta-sekin  qizdirilayotgan  yonuvchi  suyuqlikka  vaqti- 

vaqti  bilan  tashqaridan  alanga  ta’sir  qildirsak,  ma’lum  bir  haroratga  yetganda, 

undan  ajralib  chiqayotgan  gazsimon  mahsulot  chaqnaydi  va  shu  zahotiyoq  o‘chib 

qoladi.


2.  Alangalanish. 

Suyuq  yonuvchi  moddalarni  qizdirish  chaqnash 

haroratidan  yuqorida  ham  davom  ettirilsa,  uning  bug‘lanishi  jadallashadi  va 

shunday  bir  vaqt  keladiki,  unga  alanga  yaqinlashtirilsa  chaqnayotgan  bug‘lar 

chaqnaydi  va  yonishda  davom  etadi.  Suyuqlikning  shu  holatidagi  harorati 

alangalanish harorati deb ataladi.



3.  O ‘z-o‘zidan  alangalanish.  Agar  yonuvchi  suyuqlikni  alangalanish 

haroratidan  yuqori  bo‘lgan  holatda  ham  qizdirilish  davom  etirilsa-yu,  lekin  ochiq 

alanga  yaqinlashtirilmasa,  ma’lum  bir  vaqtda  ajralib  chiqayotgan  bug‘lar  o‘z-


o ‘zidan  alangalanib  ketadi.  Yonuvchi  suyuqlikning  ana  shu  holatidagi  haororati 

o ‘z-o‘zidan alangalanish harorati deyiladi.



4.  O ‘z-o‘zidan  yonib  ketish. 

Ayrim  yonuvchi  qattiq  moddalar  noto‘g‘ri 

saqlansa  o‘z-o‘zidan  yonib  ketishi  mumkin.  Masalan,  nam  holda  g‘aramlangan 

poxol,  paxta,  toshko‘mir,  moy  artilgan  latta  va  boshqalar.  O ‘z-o‘zidan  yonish 

jarayoni m a’lum haroratdagina ro‘y berishi mumkin.

5.

  Gazlar  va  changning  yonishi. 



Yonuvchi  gazlar  havo  bilan  birikib 

portlash  jihatidan  xavfli  aralashmani  hosil  qilishi  mumkin,  shu  sababli  ular 

portlash  jihatidan  xavfli  moddalar  toifasiga  kiradi.  Gaz  -   havo  aralashmasining 

xavflilik  darajasi  ularning  alanga  olish  harorati  va  portlashning  miqdoriy 

chegaralariga  qarab  baholanadi.  Gazlar  barqaror  yonayotganda  harorati  14000S 

gacha, portlashda esa 20000S  gacha ko‘tarilishi, bosimi  105 Pa ga yetishi mumkin.



6.  Ishlab  chiqarishdagi  alanga  olish  manbalari. 

Yonuvchi  ashyolarning 

alanga  olishiga  va  yonuvchi  aralashmalarning  portlashiga  sabab  bo‘luvi  issiqlik 

manbalari  o ‘zining  issiqlik  jam g‘armalari  va  ularning  yuzaga  kelish  sabablariga 

ko‘ra  turli-tuman  b o ‘lsa-da,  ammo  ularning  barchasi  qandaydir  enregiya  yoki 

kimyoviy reaksiyalarda issiqlik chiqishi yoki yutilishining natijasidir.

Yonish  jarayoni  to ‘xtashi  uchun  oksidlanish-tiklanish  ekzotermik  zanjir 

reaksiyasi  tuzilishi  kerak.  Bu  reaksiyada  to ‘xtashning  fizik  hamda  kimyoviy 

usullari  qo‘llaniladi.  Fizik  usullari:  alangani  yonuvchi  modda  yuzasidan  uzib 

tashlash,  yonuvchi  modda  yuzasi  haroratini  alangalanish  haroratidan  pasaytirish, 

oksidlovchi 

modda 


(kislorod) 

konsentratsiyasini 

kamaytirish 

(ko‘pincha 

yonmaydigan gazlar konsentratsiyasini oshirish hisobiga) va yonuvchi modda bilan 

oksidlovchini  bir-biridan  ihotalash.  Kimyoviy  usullar:  yonish  reaksiyasini 

tormozlash hisobiga amalga oshiriladi.

O ‘t o‘chirish vositalari asosan uch turga bo‘linadi:

1)  yonishni  tugatish usuli bo ‘yicha -   sovituvchi,  aralashtiruvchi  ixotalovchi, 

ingibiritlashtiruvchi;

2)  elektr  o‘tkazuvchanligi  bo‘yicha  -   elektr  tokini  o ‘tkazuvchi  (suv,  bug‘, 

ko‘pik),  elektr tokini o ‘tkazmaydigan (gazlar, kukunli birikmalar);



3) 

zaharliligi  bo‘yicha  -   zaharli  (freon,  brometil),  kam  zaharli  (karbonat 

angidrid,  azot), zaharsiz (suv, ko‘pik, kukunli birikmalar).

Suv  o‘tni  o‘chirishda  eng  keng  tarqalgan  moddadir.  O‘zining  quyidagi 

xususiyatlari  tufayli  o‘tni  o‘chirishda  eng  afzal  hisoblanadi.  Issiqlik  sig‘imi  katta, 

yonayotgan  yuzaga  tushganda  uning  issiqligini  yutib  oldi.  Yuqori  haroratli 

yuzalarga tushgan suv tezda bug‘lanadi.



Karbonat  agidrid  gazini  yong‘in  chiqqan  zonaga  yo‘naltirish  natijasida  u 

yerdagi  havoning  tarkibida  kislorod  miqdorini  kamaytirish  orqali  yong‘in 

o‘chiriladi.  Bu  gaz  yonmaydi.  Agar  havodagi  kislorod  miqdorini  15  %gacha 

turishiga erishilsa, yonish susayadi.



Inert gazlardan  azot  va  argon  yong‘inni  o‘chirishda  ishlatiladi.  Ular  ham 

karbonat angidrid gazi singari havodagi kislorod miqdorini aralashtirib kamaytiradi 

va  bu  yong‘inni  o‘chirishga  olib  keladi.  Bu  gazlar  karbonat  angidrid  gazichalik 

samarali emas.



Tutun  gazlarda  kislorod  miqdori  havodagidan  birmuncha  kam  bo‘lib, 

taxminan  18-19  %ni  tashkil  qiladi.  Bu  gazlar  oxirigacha  yondirilsa,  undagi 

kislorod  miqdorini  5-6  %gacha  tushirish  mumkin.  Bunday  gazlar  yong‘inni 

o‘chirishda bemalol  qo‘llanilishi  mumkin.  O‘t o‘chirishda  samolyotlarning  o‘z  ish 

muddatini  o‘tagan  reaktiv  yuritkichlarini  ishlatish  ham  yo‘lga  qo‘yilgan.  Bular  o‘t 

o‘chirish  mashinalariga  o‘rnatiladi  va  tutun  gazlari  suv  oqimi  bilan  birga  yong‘in 

yuzalariga yo‘naltiriladi.

K o ‘pik  yonayotgan  yuzaga  tushgach,  uni  qoplab  olib,  kislorod 

kirishidan  to‘sadi  va  ajralib  chiqayotgan  suyuqlik  yonayotgan  yuzani  sovitadi. 

Ko‘pik  asosan  qattiq moddalar va yonuvchan  suyuqliklarni  o‘chirishda ishlatiladi. 

U  paydo  bo‘lishiga  ko‘ra  ikki  xil  bo‘ladi:  ko‘pik  hosil  qiluvchi  qorishmani  havo 

oqimi bilan mexaniq aralashtiruv orqali olinadigan havomexaniq va ishqor eritmasi 

bilan kislotaning aralashishi natijasida paydo bo‘ladigan kimyoviy ko‘pik.

Korxonalarda,  tashkilotlarda  xavfsizlikni  ta’minlash  va  ish  sharoitini 

yaxshilash ma’muriyatning asosiy vazifasi  sifatida mehnat qonunlari  va kodeksida



yozib qo‘yilgan.  Biz bitiruv oldi amaliyotini o‘tagan “Sezam Voyages” ma’suliyati 

cheklangan jamiyatida  yong‘in  xavfsizligi  chora-tadbirlari  belgilangan  me’yorlar 

asosida  tashkil  qilingan.  Bunda  barcha  javobgarlik  tashkilot  ma’muriyatiga 

yuklangan.

M a’muriyat  tarkibiga  rahbar  xodimlar,  ya’ni  korxonalarda,  tashkilotlarda 

tashkilotchilik,  ma’muriy-xo‘jalik  ishlarini  amalga  oshiruvchi,  ishlab  chiqarish 

jarayonlarni  tashkil  qiluvchi,  ishlab  chiqarishda  mehnat  qilayotgan  kishilarni 

boshqaruvchi,  moddiy  mablag‘larni  taqsimot  bilan  ishlatish  va  uni  nazorat  qilish 

ishlarini olib boruvchi shaxslar kiritiladi.

Ma’muriyat  xodimlariga  qo‘yiladigan  asosiy  talab,  ular  davlat  siyosatini 

yaxshi  tushunishlari  va  uni  amalga  oshirishga  harakat  qilishlari,  davlat  va  xalq 

manfaatlarini  tushunib  amalga  oshirishlari,  mehnat  sharoiti  tartibini  saqlay 

bilishlari,  ishchilarni  mehnat  intizomini  saqlash  va  ishga  rag‘batlantirish,  ish 

unumini  oshirish  va  darajasini  bir  necha  o‘n  yil  oldindan  ko‘ra  biluvchi  shaxs 

bo‘lishlari kerak.

Ma’muriyat  zimmasiga  yuklatiladigan  majburiyatlar  asosan  ishchilar  bilan 

ma’muriyat o‘rtasida tuziladigan mehnat  shartnomasidan kelib  chiqadi.  Bu mehnat 

shartnomasini  tuzish  majburiyati  O‘zbekiston Respublikasi  Mehnat  Kodeksi  bilan 

belgilangan.  Bu  qonuniyat  sifatida  quyidagicha  taqlid  qilinadi.  Ishchi  ma’lum 

mutaxassislik  bo‘yicha  belgilangan  ishni  korxona  ichki  tartib-qoidalariga  rioya 

qilgan  holda  bajarish,  ma’muriyat  esa  mehnat  qilish  qonuniyatlariga  asosan  va 

jamoat  shartnomasida  ko‘zda  tutilgan  ma’lum  miqdordagi  majburiyatlar 

mundarijasini o‘z zimmasiga oladi.

Mehnat  Kodeksida  ko‘zda  tutilgan  majburiyatlar  quyidagilardir:  har  bir 

ishchi,  xizmatchi  uchun  ish  mutaxassisligi  va  malakasiga  qarab  ma’lum  mashina, 

stanok  va  boshqalardan  iborat  ish  joyi  tashkil  qilish,  sog‘lom  va  xavfsiz  ish 

sharoitini  tashkil  qilish,  sifatli  ish  qurollari  bilan  ta’minlash,  sanoat  va  mehnat 

intizomini  har  taraflama  mustahkamlash,  ish  sharoitini  kundan-kunga  yaxshilab 

borishni  ta’minlashga  qaratilgan  texnik  jihozlar  o‘rnatish,  shuningdek  mehnatni 

muhofaza qilishning nomenklatura chora-tadbirlarni amalga oshirish.

Bundan  tashqari,  rahbar  xodimlarga  xizmat  vazifalari  ham  yuklanadi.  Bu

vazifalar  boshqarishi  lozim  bo‘lgan  lavozimi  taqozo  qiladigan  tavsiyanomada 

belgilangan bo‘ladi.


Xulosa va takliflar

Boshqaruv  usullarini  iqtisodiyotning  ma’lum  aniq  sohalarida  amal  qilishning 

turli  yo‘llari  orasidagi  umumiy  xodisa  sifatida  ajratish  mumkin.  Shuningdek,  turli 

sub’ektlri  tomonidan  qoTlaniladigan  boshqaruv  usullarini  ajratib  ko‘rsatish 

mumkin.  Demak,  boshqaruv  nazariya  va  amaliyotida  turli  boshqaruv  usullari 

mavjuddir.  Ular  boshqaruv  usullarining  har  bir  guruhi  o‘z  xususiyatlariga  ega 

bo‘lgan tizimni tashkil etgan.

Xalq  xo‘jaligini  boshqarishda  quyidagi  usullardan  foydalaniladi:  iqtisodiy, 

tashkiliy,  ijtimoiy,  psixologik va xuquqiy.  Boshqaruvning bu usullari  o‘zaro  uzviy 

bog‘liqdir,  shu  sababli  ularning  birortasiga  ortiqcha  ahamiyat  berish  butun  ishlab 

chiqarishning  normal  borishi  buzilishiga  olib  keladi.  Xozirgi  davrda  bozor 

iqtisodiyotini boshqarishning iqtisodiy usullari muhim ahamiyat kasb etmoqda.

Boshqaruvning  iqtisodiy  usullari  kishilarga  iqtisodiy  manfaatlar  orqali  ta’sir 

ko‘rsatadi.

Iqtisodiy  usullarning  mohiyati  xodimlar  va  ishlab  chiqarish  jamoasiga  ular 

manfaati bo‘lishini ta’minlovchi  iqtisodiy  sharoit yaratishdan iboratdir.  Boshqaruv 

usullari tizimida iqtisodiy usullar yetakchi o‘rinni egalaydi.

«Trade  link korporation” turistik firmasida qo‘llash mumkin bo‘lgan iqtisodiy 

usullar  iqtisodiy  ta’sir  vositalari  yig‘indisidan  (narx,  kredit,  biznes-reja,  foyda, 

soliqlar,  ish xaqi,  iqtisodiy rag‘batlantirish va x.k.), ya’ni xo‘jalik faoliyatiga ta’sir 

etishning  har  bir jamoa  mos  xo‘jalik  bo‘g‘ini  bilan  uzviy  aloqada  amal  qilishini 

ta’minlovchi tadbirlaridan iboratdir.

Bozor  mexanizmining  muhim  vazifalaridan  biri  biznes  reja  va  bozorning 

uzviy  bog‘liq  bo‘lishiga  imkon  yaratuvchi  pul  va  tovar  resurslari  to‘g‘ri  nisbatini 

ta’minlashdir.

Rag‘batlantirish  funksiyasini  amalga  oshirish  boshqaruvning  iqtisodiy 

usullarini  vujudga  keltiradi.  Boshqaruvning  iqtisodiy  usullari  kishilarga  iqtisodiy 

manfaatlar orqali ta’sir ko‘rsatadi.

Shunday qilib, boshqaruvning iqtisodiy usullari juda keng imkoniyatlarga eag 

bo‘lib,  ular  mohirona  va  o‘z  vaqtida  tashkiliy-farmoyish,  ijtimoiy-psixologik  va



xuquqiy  usullar  bilan  qo‘shib  olib  borilgan  taqdirda  yaxshi  natijalarga  erishish 

mumkin.


«Trade  link  korporation”  turistik  firmasida  ham  iqtisodiy  rag‘batlantirish 

bo‘yicha  birmuncha  ishlar  amalga  oshirilgan  bo‘lsada,  bunda  asosan  ish  haqi 

asosiy o‘rin egallaydi.

«Trade  link korporation” turistik  firmasida  ish haqi  fondi  miqdori  ancha  past 

darajada  belgilangan.  Bu  esa  xodimlar  mehnat  faoliyatiga  ta’sir  etishi  mumkin. 

Shulardan kelib  chiqqan holda  «Trade  link korporation” turistik  firmasida  moddiy 

rag‘batlantirish  tizimini  shakllantirish  zarur  deb  hisoblaymiz.  Bunda  “Trade  link 

korporation”  turistik  firmasi  quydagi  tadbirlarni  amalga  oshirish  imkoniyatiga 

ega:

-  Turpaketlar  sotilishiga  xizmat  qilgan yoki  bevosita ularning  sotilishiga 



erishgan xodimlarga turpaket narxidan ulush berishni belgilash;

-  Firma faoliyatining bir xilda amalga oshirilishini ta’minlash maqsadida 

turpaketlarning narxlarini mavsumga nisbatan o‘zgaruvchan qilish;

-  Eng ko‘p turpaket sotgan xodimni rag‘batlantiirish.

«Trade  link  korporation”  turistik  firmasida  xizmat  raqobatbardoshligining 

o‘sishi quyidagilar bilan bog‘liq bo‘ladi deb hisoblaymiz:

-  turistlar  ehtiyojlarini  qondirish  borasida  prinsipial  jihatdan  yangi  bo‘lgan 

xizmatlarni yaratish;

asosiy 


xizmatlar 

bilan 


birgalikda 

ishlatiladigan 

xizmatlarni 

mukammallashtirish yoki yangilarini yaratish;

-  sotib  olish  sharoitlarini  va  iste’molchi  tomonidan  xizmatning  keyingi 

ishlatilishini yaxshilash.

Bu borada tashkilotda kuplab  imkoniyatlar mavjud.  Shulardan biri narxlarda 

ustunlikni  ta’minlashdir.  Bunda  tashkilot  xizmatlari  narxlarini  pasaytirish,  turli 

imtiyozlar berish,  aksiyalar o‘tkzish mumkin.

Xizmatning 

raqobatbardoshligi 

ko‘p 


jihatdan 

tashkilotning 

raqobatbardoshligini  belgilaydi.  Biroq  ushbu  ko‘rsatkichlar  orasida  ma’lum


tafovutlar ham bor.  Masalan, tashkilotning raqobatbardoshligi raqib tashkilotlardan 

farqlarini  aks  ettirib,  ancha  uzoq  muddat  davomida  qo‘llanilishi  mumkin. 

Xizmatning  raqobatbardoshligi  ixtiyoriy,  iqtisodiyot  nuqtai  nazaridan  kichik  vaqt 

oralig‘ida aniqlanadi.

«Trade  link  korporation”  turistik  firmasida  xizmatlar  samaradorligi 

ta’minlash,  uning  raqobatbardoshligini  oshirish  uchun  ko‘plab  imkoniyatlar 

mavjud,  kamchiliklardan  eng  asosiysi  xizmatlar  narxlarining  yuqoriligidir.  Shu 

sababli  «Trade  link  korporation”  turistik  firmasida  narx  bo‘yicha  peshqadamlik 

strategiyasini qo‘llash zarur deb hisoblaymiz.


FOYDALANILGAN ADABIY OTLAR RO‘YXATI

1.  Узбекистан  Республикасининг  “Туризм  тyFрисида”ги  конуни.  //  «Халк 

сузи» газетаси,  1999 йил  14 сентябрь.

2.  Узбекистан 

Республикаси 

Вазирлар 

Махкамасининг 

“Сайёхлик 

ташкилотлари  фаолиятини  ташкил  этишни 

такомиллаштириш 

тyFрисида”ги  К,арори.  // «Халк сузи» газетаси,  1998 й.  9 август.

3.  Каримов  И.А.  Юксак  маънавият  -   енгилмас  куч.  -   Т.:  “Маънавият”, 

2009.

4.  Каримов 



И.А.Бизнинг 

йулимиз 


— 

демократик 

ислохотларни 

чукурлаштириш  ва  модернизация  жараёнларини  изчил  давом  эттириш 

йулидир.  Узбекистон  Президенти  Ислом  Каримовнинг  Узбекистон 

Республикаси 

Конституциясининг 

19 


йиллигига 

баFишланган 

тантанали маросимда килган маърузаси.  -  “Халк сузи” газетаси.

5.  Каримов  И.А.  2012  йил  ватанимиз  таракиётини  янги  боскичга 

кутариладиган  йил  булди  Узбекистон  Республикаси  И.А.Каримовнинг 

2011  йилнинг  асосий  якунлари  ва  2012  йилда  Узбекистоннинг 


Download 452.94 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2020
ma'muriyatiga murojaat qiling