Harakat bildiruvchi soʻzlar turkumi va shu turkumga oid har bir soʻz


Download 25.24 Kb.
Sana11.07.2020
Hajmi25.24 Kb.
#123558
Bog'liq
1Feʼl


1Feʼl — harakat bildiruvchi soʻzlar turkumi va shu turkumga oid har bir soʻz. Grammatikada "harakat" soʻzi keng tushunchali boʻlib, nafaqat harakatni, balki holat yoki hodisani ham bildiradi, mas: yugurmoq, sakramoq, yigʻlamoq, uxlamoq, oʻylamoq, sevmoq, tinchimoq, qurimoq, koʻpaymoq va boshqa

F.lar lugʻaviy maʼnoga ega yoki ega emasligiga koʻra 2 turga boʻlinadi: mustaqil F.lar, yordamchi F.lar. Mustaqil F.lar, xuddi boshqa mustaqil soʻz turkumlariga oid soʻzlar kabi, lugʻaviy maʼnoga ega boʻladi, gapning mustaqil boʻlagi vazifasida kela oladi va h.k. (qarang Soʻz turkumlari). Yordamchi F.lar lugʻaviy maʼnoga ega boʻlmaydi. Ular turli yordamchi vazifalarda kelib, turli qoʻshimcha maʼnolar ifodalash uchun xizmat qiladi. Yordamchi F.lar oʻz vazifasiga koʻra 3 asosiy turga boʻlinadi: 1) feʼl yasash uchun xizmat qiluvchi yordamchi F.lar: qil, et, ayla, boʻl (qabul qilmoq, taklif etmoq, tamom boʻlmoq kabi); 2) F.ning analitik shaklini yasash uchun xizmat qiluvchi yordamchi F.lar (bular, odatda, "koʻmakchi F.lar" deb yuritiladi). F.ning bunday shakllari turli grammatik, modal va boshqa maʼnolarni ifodalaydi: oʻqib boʻldi, koʻrib qoldi, qoʻrqib ketdi va boshqa; 3) bogʻlama vazifasini bajaruvchi yordamchi F.lar. Mac, qil, boʻl: sportchi boʻlmoq, oʻqituvchi boʻlmoq.

Hozirgi oʻzbek tilida yordamchi F.lardan farklanuvchi "toʻliqsiz F." (lugʻaviy maʼnosini tamomila yoʻqotgan, hozirgi oʻzbek tilida maʼlum bir grammatik maʼno va vazifalarda qoʻllanuvchi F.)ning edi, ekan, emish, esa shakllari ham qoʻllanadi.

F. turkumi, boshqa soʻz turkumlari kabi, oʻziga xos soʻz yasalishi va shakl yasalishi tizimiga ega (qarang Soʻz yasalishi, Shakl yasalishi). Yasama F.lar la, lan, lash, lantir, lashtir affikslari hamda qil, et (ayla) yordamchi F.lari bilan hosil qilinadi: olqishlamoq, ruhlanmoq, birlashmoq, jabr qilmoq, ruxsat etmoq.

F.lar oʻziga xos murakkab grammatik kategoriyalar tizimiga ega. Xususiy maʼnolari bilan oʻzaro farklanuvchi, bir umumiy maʼnosiga koʻra birlashuvchi shakllar tizimi F.ning grammatik kategoriyalarini hosil qiladi. Oʻzbek tilida F.ning quyidagi grammatik kategoriyalari bor: nisbat kategoriyasi, boʻlishliboʻlishsizlik kategoriyasi, mayl kategoriyasi, zamon kategoriyasi, shaxsson kategoriyasi.

Nisbat kategoriyasi — harakatning subʼyekt va obʼyektga munosabatini koʻrsatuvchi grammatik kategoriya. Harakatning subʼyekt va obʼyektga munosabatini koʻrsatishiga koʻra nisbat kategoriyasining 5 turi farklanadi: bosh nisbat; oʻzlik nisbati; orttirma nisbat; majhul nisbat; birgalik nisbati. Har bir nisbat shakli maxsus qoʻshimcha yerdamida yasaladi. Faqat bosh nisbat maxsus yasovchi (koʻrsatkich)ga ega emas. Bosh nisbat harakatning ega bilan ifodalangan shaxs yoki predmet tomonidan bajarilishini bildiradi: oldi, keldi, soʻrayapti va boshqa Oʻzlik nisbati shakli (i)n, (i)l qoʻshimchalari yerdamida yasaladi va harakatning subʼyektning oʻziga obʼyekt sifatida karatilganligini yoki subʼyektning oʻzi doirasida yuzaga kelishini (bajarilishini) bildiradi: maqtanmoq, koʻrinmoq, tugʻilmoq va boshqa Orttirma nisbat shakli dir, ir, t affikslari yerdamida yasaladi va obʼyektsiz F.ni obʼyektiv F.ga aylantiradi, obʼyektli F.dan yasalganda esa unga yana obʼyekt qoʻshilganini bildiradi: keltir, kuldir, ichir, oʻqit va boshqa Majhul nisbat shakli (i)l, (i)n qoʻshimchalari bilan yasaladi va asosiy eʼtiborni harakatning bajaruvchisiga emas, balki obʼyekt bilan harakatning oʻziga qaratilishini bildiradi: keltirildi, tozalandi. Bu nisbat shakli obʼyektsiz (oʻtimsiz) F.lardan yasalganda, shaxssizlik maʼnosi ifodalanadi: (koʻprikdan) oʻtildi, (mehmonga) borildi va boshqa Birgalik nisbati sh affiksi yerdamida yasaladi va harakatning birdan ortiq shaxs tomonidan, birgalikda bajarilishini bildiradi: (yer) haydashdi, (meva) terishdi va boshqa Demak, nisbat shaklining oʻzgarishi bilan harakatning subʼyekt yoki obʼyektga munosabatida oʻzgarish boʻladi. Boʻlishli boʻlishsizlik kategoriyasi — harakatning tasdiq yoki inkori maʼnosini ifodalovchi shakllar tizimi. Bu kategoriyaning oʻzaro zidlik hosil qiluvchi 2 jihati bor: boʻlishlilik va boʻlishsizlik. Boʻlishli F.ning maxsus koʻrsatkichi yoʻq (nol koʻrsatkichli). Boʻlishsiz F. shakli esa ma affiksi yerdamida yasaladi: keldi (boʻlishli shakl) — kelmadi (boʻlishsiz shakl). Boʻlishsizlik (inkor) maʼnosi "yoʻq" soʻzi va "emas" toʻliqsiz F.i bilan ham ifodalanadi: borgani yoʻq, borgan emas.

Mayl kategoriyasi — harakatning voqelikka munosabatini soʻzlovchi nuqtai nazaridan belgilovchi grammatik kategoriya. Oʻzbek tilida maylning quyidagi turlari bor: 1) buyruqistak mayli: ayt, aytgin, ayting kabi; 2) shart mayli. Bu mayl shakli sa affiksi yerdamida yasaladi: borsam, borsang , kursa kabi; 3) shartli mayl — bajarilishi shart ergash gapdan anglashilgan harakatning bajarilishiga bogʻliq boʻlgan (shartlangan) harakatni bildiruvchi mayl. Bu mayl shakli (a)r edi, maye edi yerdamida yasaladi va bu shakldagi F. bosh gapning kesimi boʻlib keladi: Vaqting boʻlsa, kinoga borar edi k. Imkoning boʻlsa, bunday qiynalib yurmas eding; 4) maqsad mayli. Bu mayl shakli moqchi affiksi yerdamida yasaladi va harakatni bajarishbajarmaslik maqsadini bildiradi: soʻramoqchiman, oʻqimoqchiman, aytmoqchi emasman; 5) ijro mayli — harakatholatni uning bajarilishi (ijrosi) bilan kar uch zamondan birida ifodalaydigan mayl. Bu mayl turi zamon va shaxsson koʻrsatkichlari orqali shakllanadi: oʻqidim, oʻqiyapman, oʻqiyman; koʻrganman, koʻrgansan, koʻrgan.

Zamon kategoriyasi — harakatning nutq paytiga munosabatini bildiruvchi grammatik kategoriya. Harakatning nutq paytiga munosabatiga koʻra F.ning 3 zamon turi farqlanadi: oʻtgan zamon — keldi, oldim; hozirgi zamon • — kelyapman, kelyapti; kelasi zamon — kelaman, olasan va boshqa

Shaxsson kategoriyasi — harakatning 3 shaxs (soʻzlovchi, tinglovchi, oʻzga)dan biriga oidligi maʼnosini bildiruvchi grammatik turkum: keldi m (birinchi shaxs, birlik), keldik (birinchi shaxs, koʻplik), kelding (ikkinchi shaxs, birlik), keldingiz (ikkinchi shaxs koʻplik).

Oʻzbek tilida F.ni maʼlum bir vazifaga xoslovchi shakllar ham mavjud. Bular: sifatdosh (qarang), ravishdosh (qarang), harakat nomi (q) shakllaridir.

Bulardan tashqari F.ning turli modal maʼno, takror maʼnosi va boshqa maʼnolarni bildiruvchi shakllari ham bor. Ular maxsus qoʻshimchalar, koʻmakchi feʼllar yerdamida hosil qilinadi: keta qol, ketib qoddi, keta koʻrmoq, turtkilamoq, qoʻrqinqiramoq, kulimsiramoq va boshqa

F.lar qanday grammatik shaklda qoʻllanishiga qarab gapning turli boʻlagi vazifasida keladi. Mas, mayl, zamon, shaxsson paradigmasiga mansub shakllardan birida qoʻllanganda — kesim vazifasida; sifatdosh, ravishdosh shakllarida — anikdovchi, hol vazifasida; harakat nomi shaklida esa ot turkumiga oid soʻzlarga xos vazifalarda keladi.

2. Bo`lishli va bo`lishsiz fe’llar

 

Ish-harakatning bajarilishi haqidagi tasdiq yoki inkor tushunchasi fe’ldagi bo`lishli va bo`lishsizlik ma’nosini anglatadi.



Ish-harakatning bajarilishi haqidagi tasdiqni anglatuvchi fe’llar bo`lishli fe’l deyiladi. Fe’ldagi bo`lishlilik ma’nosini ifodalovchi maxsus grammatik ko`rsatkich yo`q: o`qi, eslat, qolgan, borsa, aytib bergan, o`qib chiqdi, hurmat qil kabi. Masalan: Ona so`zining o`zi har yurakka jarangli sado beradi (Hikmatlar guldastasi). O`z burchini bajarishdan mamnun odamligina erkin yashaydi (Tafakkur gulshani).

Ish-harakatning bajarilishi haqidagi inkorni anglatuvchi fe’llar bo`lishsiz fe’l deyiladi. Bo`lishli fe’l bo`lishsiz fe’lni hosil qilish uchun asos bo`ladi. Fe’lning bo`lishsiz shakli quyidagicha yasaladi:

1. Fe’l negiziga –ma (bu affiks urg`u olmaydi), -may, -mas,      -masdan, -maslik affikslarini qo`shish: ko`rmadi, kelmagach, bajarmadi, yoqmas, avaylamasdan, o`smaslik kabi.

Ko`rinadiki –ma elementi –may, -mas, -masdan, maslik affikslarining tarkibida uchraydi. Bu affikslar sof fe’lga va fe’l shakllariga (sifatdosh, ravishdosh, harakat nomi) qo`shilib inkor ma’nosini ifodalashda asosiy morfologik ko`rsatkich sanaladi. Masalan: G`ulomjon darpardasi yonidan qalin qorni g`irchillatib o`tgan dupurni ham eshitmadi. (M.Ismoiliy). Tog` arqon bilan eshilmaydi (M.Qoshg`ariy). Mehnat qilmagan rohat ko`rmas (O`zbek xalq maqoli). Uydagilarga aytmasdan do`sti bilan Qudratnikiga ketibdi. Kasal tabib kasalni davolay olmas (Abu Ali ibn Sino). Bu voqeani ko`rmaslik uchun bolalar ko`zlarini chirt yumdilar.



-ma, -may affikslari qo`shma fe’llarga quyidagicha qo`shiladi:

a) asosiy qismga yetakchi fe’lga qo`shiladi: eshitmay qoldi, uxlamay chiqdi, ko`rmay qoldi kabi;

b) ko`makchi fe’lga qo`shiladi: sotib olmadi, javob bermadi, o`qib chiqmadi kabi;

d) qo`shma fe’lning har ikala qismiga qo`shiladi: aytmay qo`ymaydi, bormay qolmaydi. Bunday holda bo`lishsiz shakl orqali bo`lishlilik ma’nosi anglashiladi, ya’ni aytadi, boradi kabi.

Masalan: Buvijonimning aytishicha, astoydil yaxshi niyat qilgan odam murodi maqsadiga etmasdan qolmas ekan (X.To`xtaboev).

Eslatma: ravishdoshning –gani (-kani, -qani) affikslari bilan yasalgan shakliga bo`lishsizlik ifodalovchi affikslar qo`shilmaydi.

2. Fe’lning ayrim sifatdosh, ravishdosh, harakat nomi shakllaridan so`ng emas, yo`q so`zlarini kiritish bilan bo`lishsiz fe’l hosil qilinadi: hayratlangan emas, boradigan emas, egib emas, tinchigani yo`q, ishonish emas kabi. Masalan: Lekin ularning nima o`qiganini ko`rgan ham, qanday o`qiganini eshitgan ham emas (P.Tursun).

3. Na inkor yuklamasini uyushiq bo`lak sifatida qo`llangan bo`lishi fe’ldan oldin keltirish bilan bo`lishsiz fe’l hosil qilinadi.   Masalan: Keksa cholning kesatiq gapidan u dong qotib qoldi: na o`tirdina ketdi (A.Qodiriy).



4. Ba’zan ohang  va fe’lga yuklamani (-mi, -a, -ya) qo`shish hamda fe’lni takrorlash orqali bo`lishsizlik ma’nosi ifodalanadi: oladi-ya oladi (olmaydi); aytasan-a, aytasan (aytmaysan).

Masalan: Bolasi tushmagur-ey, chumchuqning uyasini buzib rohat toparmidi? (G`ayratiy). «Katta bo`lsam, akamga o`xshab, albatta komandir bo`laman», - dedi Sobir. Bo`lasan-a, bo`lasan. Komandir bo`lishga yurak kerak... (H.Nazir).



3. Bo‘lishli-bo‘lishsizlik kategoriyasi

O‘zbekcha fe’llargagina xos bo‘lgan ushbu kategoriya fe’l-ga xos bo‘lgan asosiy xususiyatlardan hisoblanadi. Chunki o‘zbek tilida har qanday fe’l bo‘lishli yoki bo‘lishsiz shaklda bo‘ladi.

Rus tilida inkor ma’nosini ifodalash uchun asosan не yuk-lamasidan foydalaniladi. Mazkur yuklama fe’ldan ajratib yoziladi, shuning uchun bu holat rus tilida fe’l kategoriyasi sirasiga kiritilmaydi. To‘g‘ri, rus tilida не yuklamasi bilan qo‘shib yosila-digan ayrim fe’llar ham yo‘q emas (mas. ненавидеть, негодовать, недомогать). Ammo ularni ushbu yuklamasiz umuman qo‘llab bo‘lmaydi. Bu so‘zlardagi не yuklama sifatida emas, balki old qo‘shimcha tarzida o‘zakka yopishib qolgan. Shu bois mazkur fe’llardan yasalgan ot ham ana shu old qo‘shimcha bilan qo‘llanadi. Masalan: ненависть (nafrat).

O‘zbek tilida bo‘lishsizlik (yoki) inkor ma’nosini ifoda-lovchi –ma affiksi rus tilidagi не yuklamasiga nisbatan qo‘llanish imkoniyati jihatidan va mazmunan boyroqdir. Chunki, birinchidan-ma affiksi fe’lning deyarli barcha shakllarida inkorni ifodalsh uchun qo‘llana oladi. Ikkinchidan, harakat nomining ham bo‘lishsiz shaklini yasash uchun xizmat qiladi. Uchinchidan, turli ma’nolarni ifodalash uchun harakat tarzi shakllaridagi yetakchi fe’lga ham, ko‘makchi fe’lga ham, ba’zan bir vaqtning o‘zida har ikkalasiga ham qo‘shilishi mumkin. Bunda ifodalangan ma’nolar rus tilida turli vositalar yordamida beriladi. Masalan: yozmay qo‘ydi – перестал писать; yozib qo‘ymadi – не записал; yozmay qo‘ymaydi – обязательно напишет. Birinchi so‘z qo‘shilmasidagi inkor ma’no-si rus tilida стать yordamchi fe’l oldidan пере- pristavkasini qo‘yish yordamida hosil qilingan. Umuman olganda, o‘zbek tilida-gi bo‘lishsiz fe’l+qo‘ydi tarzidagi qo‘shilmalar rus tilida asosan shu vositalar bilan beriladi: bormay qo‘ydi (перестал ходить), o‘yla-may qo‘ydi (перестал думать), shug‘ullanmay qo‘ydi (перестал заниматься) va hokazo. Ikkinchi qo‘shilmadagi inkor ma’nosi birgina не yuklamasi yordamida berilgan bo‘lsa, uchinchisida bu vositalarning ikkalasi ham ishtirok etmagan. Chunki yozmay qo‘y-maydi qo‘shilmasining birinchi qismidagi inkorni ikkinchi qismdagi –ma affiksi inkor qilmoqda va bunda qat’iy bo‘lishlilik alohida ta’kidlanmoqda. Shu bois ushbu qo‘shilmaning to‘liq ma‘nosini berish uchun rus tilida обязательно (albatta) so‘zi ishtirok etmoq-da. Rus tilidagi не yuklamasi bunday qo‘llanish imkoniyatlariga ega emas.



4. O`timli va o`timsiz fe’llar

O`timli va o`timsiz fe’llar fe’l anglatgan harakatning predmetga munosabati orqali belgilanadi.

Fe’ldagi anglashilgan harakatning tushum kelishigi formasidagi ot bilan (yoki otlashgan so`z bilan) ifodlangan predmetga o`tganligini bildiradigan fe’llar o`timli fe’l deyiladi.

Masalan: Hammamiz shu tuproqning suvini ichganmiz, non-tuzini eganmiz (I.Karimov).

Bu gap ichganmiz, yeganmiz  fe’llaridan anglashilgan harakat bevosita tushum kelishigi shaklidagi suvini, non-tuzini so`zlari bilan ifodalangan predmetga o`tadi. Demak, o`timli fe’llar tushum kelishigi shaklidagi ot bilan bog`lanadi.

Ba’zan fe’l anglatgan harakat yoki holat predmetning bir qismiga o`tishi yoki harakat o`tgan predmet shu harakatning bajarilishida vosita bo`lishi mumkin. Bunday holda o`timli fe’llar jo`nalish va chiqish kelishigi shaklida qo`llangan otlar bilan ham birikadi. Qiyoslang: nonni oling – nondan oling, otni mining – otga mining.

Biron predmetga bevosita o`tmaydigan harakatni anglatadigan fe’llar o`timsiz fe’l deyiladi. Masalan: Ko`ngil quvonchi uning kuchsizligidan dalolat beradi (Tafakkur gulshani). Pokiza aql insonni ayb va kamchiliklardan qutqaradi (U.Mahkamov).

Bu gaplardagi dalolat beradi, qutqaradi fe’llaridan anglashilgan harakat bevosita tushum kelishigida kelgan otni boshqarmagan, boshqa predmetga o`tmagan, balki harakat bajaruvchining o`zida qolgan.

Fe’ldagi o`timli va o`timsizlik ma’nosi ikki xil usul bilan ifodalanadi:

5. O`timli va o`timsiz fe’llar

O`timli va o`timsiz fe’llar fe’l anglatgan harakatning predmetga munosabati orqali belgilanadi.

Fe’ldagi anglashilgan harakatning tushum kelishigi formasidagi ot bilan (yoki otlashgan so`z bilan) ifodlangan predmetga o`tganligini bildiradigan fe’llar o`timli fe’l deyiladi.

Masalan: Hammamiz shu tuproqning suvini ichganmiz, non-tuzini eganmiz (I.Karimov).

Bu gap ichganmiz, yeganmiz  fe’llaridan anglashilgan harakat bevosita tushum kelishigi shaklidagi suvini, non-tuzini so`zlari bilan ifodalangan predmetga o`tadi. Demak, o`timli fe’llar tushum kelishigi shaklidagi ot bilan bog`lanadi.

Ba’zan fe’l anglatgan harakat yoki holat predmetning bir qismiga o`tishi yoki harakat o`tgan predmet shu harakatning bajarilishida vosita bo`lishi mumkin. Bunday holda o`timli fe’llar jo`nalish va chiqish kelishigi shaklida qo`llangan otlar bilan ham birikadi. Qiyoslang: nonni oling – nondan oling, otni mining – otga mining.

Biron predmetga bevosita o`tmaydigan harakatni anglatadigan fe’llar o`timsiz fe’l deyiladi. Masalan: Ko`ngil quvonchi uning kuchsizligidan dalolat beradi (Tafakkur gulshani). Pokiza aql insonni ayb va kamchiliklardan qutqaradi (U.Mahkamov).

Bu gaplardagi dalolat beradi, qutqaradi fe’llaridan anglashilgan harakat bevosita tushum kelishigida kelgan otni boshqarmagan, boshqa predmetga o`tmagan, balki harakat bajaruvchining o`zida qolgan.

Fe’ldagi o`timli va o`timsizlik ma’nosi ikki xil usul bilan ifodalanadi:

6. 1. Aniq nisbatdagi 

fе'llar harakatning ma'lum shaxs yoki prеdmеt tomonidan bajarilishini bildiradi, ya'ni bu fе'llar ifodalagan harakat-holatning bajaruvchisi aniq bo’ladi. Aniq nisbatdagi fе'llarda maxsus nisbat qo’shimchalari bo’lmaydi: o’qidi, kеlyapti, bormoqchi.



7. O’zlik nisbatdagi

 fе'llar ish-harakatning boshqa buyumga o’tmay, bajaruvchining o’zida qolganini anglatadi. Bunday fе'llar, asosan, o’timli fе'llarning unli bilan tugagan nеgiziga -n, -l, undosh bilan tugagan nеgiziga -in, -il qo’shimchalarini qo’shish bilan hosil qilinadi (bir-ikkita fе'lda –(i)sh qo’shimchasi bilan yasalish bor: kеrishdi, joylashdi): tarandi, sеvindi, sudraldi. Jonlanmoq, odatlanmoq, harakatlanmoq, huvonmoq, sеskanmoq, faxrlanmoq, zavqlanmoq, otlanmoq, afsuslanmoq fе'llari tarkibida -n ko’rsatkichi mavjudligiga qaramasdan, bu fе'llar aniqlik nisbatida hisoblanadi, chunki ular tarkibidagi –n qo’shimchasi ajaratilmaydi. Yayra, qichqir, uxla, bor kabi fе'llardan o’zlik nisbat yasalmaydi.



8.  Majhul nisbatdagi

fе'llar ish-harakatning aniq bajaruvchisini ko’rsatmaydi. Bu fе'llar ham -n, -in, -l, -il qo’shimchalari yordamida hosil qilinadi: to’kildi, to’plandi, ochildi, olindi.

O’zlik va majhul nisbatdagi fе'llar bir xil qo’shimcha yordamida hosil bo’lganda, ularning qaysi nisbatdaligi gap mazmunidan yoki fе'ldan oldin o’zi so’zini kеltirib ko’rish bilan aniqlanadi: Mukofotlar bеrildi. Alishеr o’qishga bеrildi. (1-fе'l majhul, 2-fе'l o’zlik nisbatdadir). O’zlik nisbatda harakatning bajaruvchisi aniq bo’ladi va u gapda ega vazifasida kеladi (Sanjar imtihonga tayyorlandi), majhul nisbatda esa bajaruvchi noaniq bo’ladi va u gap tarkibida to’ldiruvchi vazifasini bajarib kеladi (Dеvoriy gazеta Sanjar tomonidan tayyorlandi).

Majhul nisbat shakllari, ko’pincha o’timli fе'llardan yoki orttirma nisbat shaklidagi o’timsiz fе'llardan yasaladi: kitobni o’qidi – kitob o’qildi; mashqni yozdirdi – mashq yozdirildi.

9.  Birgalik nisbatidagi

fе'llar ish-harakatning bir nеcha shaxs yoki narsa-buyum tomonidan birgalikda bajarilganligini bildiradi va unli bilan tugagan nеgizga -sh, undosh bilan tugagan nеgizga -ish qo’shimchasini qo’shish bilan yasaladi. Bunday fе'llar ish-harakatning bir nеcha shaxs yoki narsa tomonidan bajarilganligini yoki birgalik-ko’plik ma'nolarini ifodalaydi: Karim va Ahmad maqola yozishdi. Bolalar paxta tеrishdi. To’qnashdi, o’rtohlashdi, ommalashdi, hazillashdi, go’zallashdi, boqishdi, qarashdi (yordamlashdi), aytishdi, tortishdi (bahslashdi) fе'llari hozirgi o’zbеk tilida ajralmas holatga kеlib qolganligi uchun aniqlik nisbatidadir.



10.  Orttirma nisbatdagi

 fе'llar ish-harakatning bajaruvchi ta'sirida boshqa biror shaxs yoki narsa-buyum vositasida bajarilganligini bildiradi va –t (asosan, unli bilan tugagan ko’p bo’g’inli fе'llarga ho’shiladi), -tir (jarangsiz undosh bilan tugagan bir bo’hinli (kеl fе'lidan tashqari) ko’p bo’g’inli fе'llaning ko’pchiligiga qo’shiladi), -dir ( asosan, jarangli undosh bilan tugagan bir bo’g’inli fе'llarga qo’shiladi), -ir, -ar, -iz, -giz, -kiz, -g’iz, -gaz, -qiz, -sat qo’shimchalari yordamida hosil qilinadi: o’qit, kеltir, yozdir, bitir, uchir, pishir, qochir, ochir, toshir, chiqar, qaytar, tomiz, emiz, oqiz, yurgiz, ko’rgaz, turg’iz, kеtkiz, tutqaz, o’tkaz, ko’rsat. Bu qo’shimchalar o’timsiz fе'llarni o’timli fе'llarga aylantiradi: kеldi – kеltirdi, yurdi – yurgizdi, uchdi - uchirdi, pishdi – pishirdi, chiqdi – chiqardi, o’tdi –o’tkazdi.

Bir fе'lga ikki-uch xil orttirma nisbat qo’shimchasi qo’shilishi mumkin: yegiz - yеgizdir, yozdir - yozdirtir.

12. Birdan ortiq nisbat qo’shimchalarini olgan fе'llarning qaysi nisbatdaligi oxirgi nisbat qo’shimchasiga qarab bеlgilanadi: yuvintirdi - orttirma nisbat; yuvintirildi - majhul nisbat; yuvintirishdi – birgalik nisbati.



13. Ayrim fе'llar orttirma nisbat shaklida yangi ma'no ifodalaydigan bo’lib qoladi va shuning uchun ularni aniq nisbatda qo’llab bo’lmaydi: erkalamoq – erkalatmoq (ikkala shaklda ham orttirma nisbat ma'nosini ifodalayapti).

14.Fе'lning orttirma nisbati o’zlik va birgalik nisbatdagi fе'llardan ham hosil qilinishi mumkin: yuvintir, yig’ishtir. Orttirma nisbatdagi fе'llardan birgalik va majhul nisbatdagi fе'llar hosil qilinishi mumkin: isitildi, yozdirishdi.

Orttirma nisbat qo’shimchalari holat fе'llarini ko’pincha natijali faoliyat fе'llariga aylantiradi: uxlamoq – uxlatmoq, kulmoq – kuldirmoq, yihlamoq – yihlatmoq. Majhul va o’zlik nisbati qo’shimchalari esa natijali faoliyat fе'llarini holat fе'llariga aylantiradi (23; 74): qurmoq – qurilmoq, bo’yamoq – bo’yanmoq, bukmoq – bukilmoq, yasamoq – yasanmoq.



yuvintirdi - orttirma nisbat; yuvintirildi - majhul nisbat; yuvintirishdi – birgalik nisbati.
Download 25.24 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling