Harakatning nisbiyligi
Download 37.5 Kb.
|
Harakatning nisbiyligi
Harakatning nisbiyligi 1. 400 m uzunlikdagi poyezd uzunligi 600 m bo'lgan ko'prikdan 36 km/h tezlik bilan qancha vaqtda o'tadi (s)? A) 100 B) 150 C) 50 D) 60 2. 600 m uzunlikdagi avtokolonna 600 m uzunlikdagi tunelldan 100 sekundda o'tdi. Avtokolonna tezligini toping (m/s). A) 10 B) 15 C) 11 D) 12 3. 72 km/h tezlikda ketayotgan 200 m uzunlikdagi poyezd 400 m uzunlikdagi ko'prikdan qancha vaqt davomida o'tadi (s)? A) 20 B) 15 C) 30 D) 25 4. Uzunligi 350 m va tezligi 54 km/h bo'lgan poezd 400 m uzunlikdagi tunnelni qancha vaqtda bosib o'tadi (s)? A) 25 B) 50 C) 60 D) 40 5. Uzunligi 200 m va tezligi 10 m/s bo'lgan poyezddagi pasajir poyezdning tuneldan 100 s da o'tganligini aniqladi. Tunel uzunligini aniqlang (km). A) 0,8 B) 1,2 C) 0,9 D) 1 6. Uzunligi 630 m, tezligi 48,6 km/h bo'lgan yuk poezdi va uzunligi 120 m, tezligi 102,6 km/h bo'lgan elektropoezd ikki parallel yo'ldan bir yo'nalishda ketyapti. Elektrpoezd yuk poezdini qancha vaqtda quvib o'tadi (s)? A) 25 B) 50 C) 60 D) 40 7. Uzunligi 630 m, tezligi 77,4 km/h bo'lgan yuk poezdi va uzunligi 120 m, tezligi 102,6 km/h bo'lgan elektropoezd ikki parallel yo'lda qarama-qarshi yo'nalishda ketyapti. Poezdlar qancha vaqtda bir birini yonidan o'tadi (s)? A) 20 B) 15 C) 30 D) 25 8. Ikki parallel yo'lda uzunligi 370 m, tezligi 72 km/h bo'lgan yuk poezdi va uzunligi 230 m, tezligi 90 km/h bo'lgan passajir poezdi bir tomonga harakatlanmoqda. Qancha vaqt davomida ikkinchi poezd birinchi poezdni quvib o'tadi (s)? A) 120 B) 100 C) 110 D) 90 9. Ikki parallel yo'lda uzunligi 220 m, tezligi 72 km/h bo'lgan yuk poezdi va uzunligi 230 m, tezligi 90 km/h bo'lgan passajir poezdi qarama-qarshi tomonga harakatlanmoqda. Qancha vaqt davomida birinchi poezd ikkinchi poezdni yonidan o'tadi (s)? A) 8 B) 12 C) 9 D) 10 10. Ikkita bir xil uzunlikdagi avtomobil bir-biriga tomon 54 km/h va 90 km/h tezlik bilan harakatlanmoqda. Ikkinchi avtomobil birinchi avtomobil yonidan 0,2 s davomida o'tganligi aniqlandi. Bitta avtomobil uzunligini aniqlang (m). A) 5 B) 10 C) 6 D) 4 11. 15 m/s tezlik bilan harakatlanayotgan 200 m uzunlikdagi tanker o'sha yo'nalishda 10 m/s tezlik bilan tekis harakatlanayotgan 150 m uzunlikdagi boshqa tanker yonidan suzib o'tdi. Quvib o'tish qancha vaqt davom etgan (s)? A) 70 B) 60 C) 50 D) 40 12. 15 m/s tezlik bilan harakatlanayotgan 100 m uzunlikdagi tanker qarama-qarshi yo'nalishda 10 m/s tezlik bilan tekis harakatlanayotgan 150 m uzunlikdagi boshqa tanker yonidan suzib o'tdi. Bir-birini yonidan o'tish qancha vaqt davom etgan (s)? A) 8 B) 20 C) 10 D) 15 13. Uzunligi 450 m va tezligi 36 km/h bo'lgan poezd parallel yo'lda 9 km/h tezlik bilan qarama- qarshi yo'nalishda kelayotgan velosipedchi yonidan qancha vaqtda o'tib bo'ladi (s)? A) 18 B) 36 C) 10 D) 30 14. Tezligi qanday bo'lgan poezd parallel yo'lda 9 km/h tezlik bilan qarama-qarshi yo'nalishda kelayotgan velosipedchi yonidan 50 s da o'tib bo'ladi (m/s)? Poyezdning uzunligi 450 m. A) 7,5 B) 5,5 C) 4,5 D) 6,5 15. Yo'lovchi 3,6 km/h tezlik bilan harakatlanmoqda. Qarama-qarshi yo'nalishda 10 m/s tezlikda kelayotgan mashinalar qatori yo'lovchining yonidan qancha vaqt davomida o'tib bo'ladi (s)? Mashinalar qatorining uzunligi 121 m. A) 11 B) 21 C) 10 D) 15 16. 36 km/h tezlikda harakatlanayotgan poyezd ko'prikdan 10 min da o'tdi. Agar ko'prik uzunligi poyezd uzunligidan 4 marta uzun bo'lsa, poyezd va ko'prik uzunligini toping (m). A) 1200; 4800 B) 4800; 1200 C) 4000; 1000 D) 1000; 4000 17. 200 m uzunlikdagi poezd parallel yo'lda 9 km/h tezlikda ketayotgan velosipedchini 10 sekundda quvib o'tdi. Poezd tezligini toping (m/s). A) 15 B) 17,5 C) 22,5 D) 30 18. Tezligi 48,6 km/h bo'lgan yuk poezdi va uzunligi 120 m, tezligi 102,6 km/h bo'lgan elektropoezd ikki parallel yo'ldan bir yo'nalishda ketyapti. Agar elektropoezdagi yo'lovchi yuk poezdi uning yonidan 50 s da o'tganini aniqlagan bo'lsa, yuk poezdining uzunligini aniqlang (m). A) 700 B) 750 C) 630 D) 870 19. Ikki poezd bir-biriga tomon 72 km/h va 54 km/h tezlik bilan harakatlanmoqda. Birinchi poyezddagi kishi ikkinchi poyezd uning yonidan 14 s davomida o'tganligini aniqladi. Ikkinchi poyezdning uzunligi qancha (m)? A) 710 B) 750 C) 630 D) 490 20. 0,5 m/s tezlikda harakatlanayotgan eskalatorda harakat yo'nalishida eskalator bilan bog'langan sanoq sistemasiga nisbatan 1 m/s tezlikda odam harakatlanmoqda. Odamning 10/3 s dagi eskalatorga va yerga nisbatan ko'chishini toping (m). A) 10/3; 5 B) 5; 10/3 C) 5; 5 D) 10/3; 10/3 21. Metro eskalatori 0,75 m/s tezlik bilan harakatlanadi. Yo'lovchi sanoq sistemasida eskalatorning harakatlanish yo'nalishida 0,25 m/s tezlik bilan yurib borayotgan bo'lsa (sanoq sistemasi eskalator bilan bog'langan), u yerga nisbatan 20 m masofaga ko'chishi uchun ketadigan vaqtni aniqlang (s). A) 15 B) 20 C) 25 D) 30 22. Kater daryoda suvga nisbatan 54 km/h tezlik bilan harakat qiladi. Oqim tezligi 9 km/h ga teng. Katerning oqim bo'yicha va oqimga qarshi tezliklarini (qirg'oqqa nisbatan) toping (m/s). Katerning 2 soatdagi oqim bo'yicha va oqimga qarshi bosib o'tgan yo'llarini toping (km). A) 17,5; 12,5; 126; 90 B) 17,5; 12,5; 120; 90 C) 17; 15; 126; 90 D) 17,5; 12,5; 126; 126 23. 3 m/s tezlikda oqayotgan daryoda qayiq suvga nisbatan 72 km/h tezlikda suzmoqda. Qayiq 391 m masofani oqim bo'yicha va oqimga qarshi suzib o'tgandagi vaqtlarni toping (s). A) 17; 20 B) 23; 17 C) 23; 23 D) 17; 23 24. Kater daryoda oqim yo'nalishi bo'ylab suvga nisbatan 25 m/s tezlik bilan suzmoqda. Agar oqim tezligi 18 km/h bo'lsa, katerning 10 min da bosib o'tgan yo'lini toping (km). A) 15 B) 14 C) 18 D) 20 25. Daryoning to'g'ri chiziqli qismida ikkita shaharcha joylashgan bo'lib, ular orasidagi masofa 100 km ga teng. Kater bu masofani oqim bo'yicha 5 soatda, oqimga qarshi esa 10 soatda bosib o'tdi. Katerning oqim bo'yicha va oqimga qarshi yo'nalishdagi qirg'oqqa nisbatan tezliklarini toping (km/h). Katerning suvga nisbatan tezligi va daryoning oqim tezligini toping (km/h). A) 20; 10; 15; 5 B) 15; 5; 20; 10 C) 15; 10; 15; 5 D) 20; 10; 12; 5 26. Parom 60 km masofaga daryoda suzib borib, qaytib keldi. Agar parom borishda 3 soat, qaytishda esa 10 soat vaqt sarflagan bo'lsa, paromning suvga nisbatan tezligini toping (km/h). A) 10 B) 13 C) 15 D) 14 27. 1 m/s tezlikda oqayotgan daryoda qayiq 3 m/s tezlikda suvga nisbatan oqimga qarshi suzmoqda. Qayiqning 20 s mobaynida suvga va qirg'oqqa nisbatan ko'chishini toping (m). A) 40; 60 B) 40; 30 C) 10; 20 D) 60; 40 28. Qayiq daryoda biror masofani oqim bo'yicha 2 soatda, oqimga qarshi esa 6 soatda bosib o'tsa, qayiqning suvga nisbatan tezligi, oqim tezligidan necha marta katta? A) 3 marta B) 4 marta C) 2 marta D) teng 29. Qayiq daryoda biror masofani oqim bo'yicha 2 soatda, oqimga qarshi esa 4 soatda bosib o'tsa, qayiqning suvga nisbatan tezligi, oqim tezligidan necha marta katta? A) 3 marta B) 4 marta C) 2 marta D) teng 30. Qayiqning suvga nisbatan tezligi oqim tezligidan 2 marta katta. Oqimga qarshi biror masofani bosib o'tishdagi sarf bo'lgan vaqt, o'sha masofani oqim bo'yicha bosib o'tishdagi vaqtdan necha marta katta? A) 2 marta B) 4 marta C) 3 marta D) teng 31. Qayiq kengligi 250 m bo'lgan daryoni oqimga tik yo'nalishda 10 m/s tezlikda suzib o'tmoqda. Agar oqim tezligi 9 km/h bo'lsa, qayiq daryoni qancha vaqtda kesib o'tadi (s)? Kesib o'tish jarayonida oqim qayiqni necha metrga surib ketadi? A) 25; 62,5 B) 25; 60 C) 30; 50 D) 20; 10 32. Kengligi 500 m bo'lgan daryoni qayiq oqimga tik yo'nalishda 72 km/h tezlikda kesib o'tdi. Agar oqim tezligi 3 m/s ga teng bo'lsa, qayiq daryoni qancha vaqtda kesib o'tadi (s)? Bu holatda oqim qayiqni qancha masofaga surib ketadi (m)? A) 75; 25 B) 20; 30 C) 25; 15 D) 25; 75 33. Qayiq daryodan suv oqimiga perpendikulyar yo'nalishda o'tmoqda. Qayiqning tezligi 1,4 m/s, oqim tezligi 0,7 m/s, daryo eni 308 m. Qayiq daryoni qancha vaqtda kesib o'tadi (s)? Oqim qayiqni necha metrga surib ketadi (m)? A)200; 150 B)210; 160 C)220; 154 D)150; 200 34. Kater kengligi 1000 m bo'lgan daryoni oqimga tik yo'nalishda 100 s da kechib o'tdi. Agar bu holatda oqim qayiqni 200 m masofaga surib ketgan bo'lsa, daryoning oqim tezligini toping (m/s). A) 3 B) 4 C) 2 D) 1 35. 72 km/h tezlikda harakatlanayotgan vagonga qarata harakatga perpendikulyar yo'nalishda o'q uzildi. O'q vagon devorlarini teshib o'tib, bir-biridan 10 cm ga siljigan teshiklar hosil qildi. Agar vagon kengligi 3 m bo'lsa, o'q tezligini toping (m/s). A) 600 B) 400 C) 300 D) 500 36. Oqim tezligi 3 m/s bo'lgan daryoda qayiq suvga nisbatan 5 m/s tezlikda harkatlanadi. Kengligi 400 m bo'lgan daryoni qayiq eng qisqa yo'l orqali qancha vaqtda bosib o'ta oladi (s)? A) 80 B) 110 C) 120 D) 100 37. Oqim tezligi 3 m/s bo'lgan daryoda qayiq suvga nisbatan 5 m/s tezlikda harakatlanadi. Kengligi 400 m bo'lgan daryoni qayiq qanday eng qisqa vaqtda bosib o'ta oladi (s)? A) 80 B) 110 C) 120 D) 100 Download 37.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling