Harbiy logistika bu armiyaning normal mavjudligi uchun zaruriy narsalar bilan ta'minlash tizimidir. Harbiy logistikaga birinchi bo’lib Vizantiya impratori Leo VI asos slogan


Download 16.65 Kb.
Sana10.01.2020
Hajmi16.65 Kb.

Harbiy logistika bu armiyaning normal mavjudligi uchun zaruriy narsalar bilan ta'minlash tizimidir. Harbiy logistikaga birinchi bo’lib Vizantiya impratori Leo VI asos slogan. U asosiy harbiy fanlar bilan bir qatorda qo’shinlarni qurollantirish, mudofaa inshootlari va harbiy lagerlar qurish kabi bir nechta yordamchi taktikalar va strategiyalarni tadbiq etgan. Harbiy logistika bu armiyaning tuzilishi, ta'minoti, shuningdek, qo'shinlarning harakati va dam olish muddati normalari haqidagi fandir. Harbiy fan sifatida logistikaning shakllanishi XIX asrning o'rtalariga to'g'ri keldi.

Ko'plab harbiy qo'mondonlar urushda g’alaba qozonish uchun armiya yuqori darajada ta'minlangan bo'lishi kerakligini o’sha vaqtlarning o’zidayoq tushinishgan. Ikkinchi Jahon urushi davrida logistika sohasi juda tez rivojlandi. Tan olish kerakki bu rivojlanishni AQSH armiyasi misolida ko’rishimiz mumkin edi. AQSH qo'shinlarining harbiy-sanoat qurulmalari, transport va ta'minot bazalarining to'liq va o'z vaqtida zarur bo'lgan barcha narsalar bilan ta'minlanganini ko’rishimiz mumkin edi. Harbiy logistikaning yorqin zamonaviy namunasi sifatida 2003 yilda AQSh kuchlari tomonidan Iroqni qurolsizlantirishni aytsak bo’ladi. Bugungi kunda zamonaviy armiya harbiy logistitsiyasiz mavjud bo'lolmaydi. Harbiy ta'minot tizimida xizmat qiladigan harbiy xizmatchilar kvartmeysterlar deb ataladi. Barcha dunyo armiyalarida bu sodda armiya ishchilari front orti qismlarining askarlari soyasida edilar.

Ammo ularning yaxshi muvofiqlashtirilgan ishisiz biron bir samolyot havoga ko'tarilmaydi, bitta tank ham harakatlanmaydi. Zamonaviy talqinda harbiy logistika armiyani o'q-dorilar, harbiy texnika, kiyim-kechak, oziq-ovqat, dori-darmon, yoqilg'i-moylash materiallari bilan ta'minlash va ularning harakatini nazorat qilish tushuniladi.

Harbiy logistika ta'minoti barcha tipik muammolarni o'z ichiga oladi: ierarxiya, hududiy taqsimlash, nomenklatura buyumlarining ko'pligi (600 ming donadan ortiq), ehtiyot qismlarning yuqori narxi va boshqalar. Harbiy logistika ta'minoti tizimlariga qo'yiladigan talablarni hisobga olgan holda, biz harbiy logistika kontseptsiyasining asosiy elementlaridan birini - qo'shinlarni ta'minlash tamoyillarini ko'rib chiqamiz.

O'z vaqtida, to'liq va ishonchlilik printsiplari, kafolatli samarali mexanizmlardan foydalangan holda, o'zlarining haqiqiy ehtiyojlariga muvofiq qo'shinlarni ta'minlashni talab qiladi.

Barqarorlik printsipi. Harbiy logistika tizimlari urush boshlanishidan oldingi vaqtda va urush paytida qurolli kuchlarning dushmanlar ta'siri ostida minimal yo'qotishlarini hisobga olgan holda tegishli manbalar bilan ta'minlanganligidir.

Axborot xavfsizligi printsipi armiyaning axborot resurslariga ruxsatsiz kirishga qarshi turish qobiliyatini anglatadi. Ushbu printsipning qo'llanilishi armiya to'g'risidagi ma'lumotlarning himoyasini ta'minlaydi.

Daromadlilik printsipi, asosan, tinchlik davrida, logistika vazifalarini bajarish uchun kam xarajatli usullarni izlash mumkin bo'lganda namoyon bo'ladi. Xarajatlarni kamaytirish odatda tijorat tashkilotlari tajribasidan foydalanish orqali amalga oshiriladi.

Butunlilik printsipi qo'shinlarni moddiy-texnik ta'minoti tizimi elementlarining ichki tarkibiy mustaqilligi bilan funktsional muvofiqligini nazarda tutadi. Ushbu tamoyilni qo'llash o'zaro bog'liq tizim resurslarini optimallashtirishga imkon beradi.

Ierarxiya printsipi barcha darajadagi harbiy qo'mondonlik va nazorat organlarining (Markaz, harbiy okrug, harbiy qism) samarali o'zaro hamkorligini tashkil etish orqali qo'shinlarni moddiy-texnik ta'minoti bilan bog'liq barcha asosiy masalalarni hal qilish kerakligini anglatadi.

Tizimli yondashuv printsipi armiya iqtisodiy tizimining bir qismi sifatida qo'shinlar bilan ta'minlashni ko'rib chiqishni o'z ichiga oladi. Ushbu printsipning qo'llanilishi amalga oshirilayotgan tadbirlar ko'lami va samaradorligini ob'ektiv ravishda aniqlash imkonini beradi.

Unversallik printsipi qo'shinlarni moddiy-texnik ta'minlashni tashkil etishning umumiy yondashuvlarini ishlab chiqish va foydalanishni o'z ichiga oladi. Ushbu tamoyilning qo'llanilishi xaridorlarga mahsulotni, ishlarni (xizmatlarni) etkazib berish bo'yicha chora-tadbirlarni amalga oshirishda ham idoraviy bo'linmalar, ham mamlakatning iqtisodiy majmuasi tashkilotlari tomonidan birlashishga imkon beradi.



Harbiy logistika sohasidagi asosiy muammolar harbiy operatsiyalar, ayniqsa keng ko'lamli operatsiyalar o'tkazilganda yuzaga keladi. Misol sifatida qurol-yarog', kiyim-kechak yetkazib berish kerak bo'lgan hududdagi aholi punktlari orasidagi yo'llar va aloqa yo'llari dushman tomonidan bombardimon qilinishidir. Bunday muammolar Afg'onistonda 80-yillarda va o'tgan asrning 90-yillarida Checheniston Respublikasidagi harbiy harakatlar paytida paydo bo'lgan. Natijada, Rossiya Federatsiyasi Qurolli kuchlari bo'linmalari uzoq vaqt davomida oziq-ovqat va dori-darmonlarsiz qolishdi, bu esa moddiy-texnik ta'minotning sust tashkil etilganligidan dalolat beradi.

Shunday qilib, harbiy logistika harbiy operatsiyalarning muvaffaqiyatini ta'minlaydigan yechimlarini ta’minlashi kerak.
Download 16.65 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2020
ma'muriyatiga murojaat qiling