Havoni tozalash


Download 56.32 Kb.
Pdf ko'rish
Sana27.12.2022
Hajmi56.32 Kb.
#1069811
Bog'liq
Havoni tozalash - Vikipediya



Havoni tozalash
Havoni tozalash - uy-joy, jamoat va sanoat binolaridagi havoni texnik vositalar yordamida
chang va boshqa zararli moddalardan tozalash; havo ventilyatsiya va havoni konditsirlash
tizimlari yordamida tozalanadi. sanoat korxonalarida texnologik jarayonlar vaqtida ajralib
chiqadigan va ifloslangan havo atmosferaga chiqarishdan oldin tozalanadi.
Havoni tozalash vositalari havoning ifloslik darajasiga va tozalashga qoʻyiladigan talabga qarab
tanlanadi. Binolarga beriladigan havoni tozalashda koʻplab qoʻllanadigan qurilmalardan biri —
havo filtrlaridir. Bunday qurilmalar ventilyatsiya va konditsirlash tizimlari tarkibiga kiradi. Ular
yordamida binolardan atmosferaga chiqarib yuboriladigan (retsirkulyatsion) havoni ham tozalash
mumkin. Retsirkulyatsion havo tarkibida chang koʻp boʻlsa, u avval chang yutkichlarda
tozalanadi.
Sanoat binolarida texnologik jarayonlar natijasida ifloslangan havoni tozalash va zararsizlantirish
uchun turli filtrlar, chang va gaz tutkichlar, chang choʻktirgich kameralar, sik-lonlar va boshqa
uskunalar qoʻllanadi. If-loslangan havo tarkibidagi qattiq zar-ralar (mas, uchuvchi kullar)ni tutish
uchun mexanik kul tutkichlar — sik-lonlar, multitsiklonlar hamda nam kul tutkichlardan
foydalaniladi. Sik-lonlarning foydali ish koeffitsiyenti (f.i.k.) 40—70%, qarshiligi 70– 80 mm suv
ustuniga teng, tuzilishi sodda, ishlatishi qulay, biroq biroz qoʻpolroq. Multiiiklonlar ancha ixcham,
ishi ham samarali. Nam kul tutkichlar xavoni yaxshi tozalaydi, ammo ish jarayonida koʻp suv talab
qiladi.
Ko‘proq o‘rganish
Ushbu maqolada 
Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi
 (2000-2005)
maʼlumotlaridan foydalanilgan.


 
Soʻnggi tahrir 3 oy avval
 
MalikxanBot
 tomonidan amalga oshirildi
Ushbu maqola 
chaladir
. Siz uni 
boyitib, (https://uz.wikipedia.org/w/index.php?title=Havoni
_tozalash&action=edit)
 
Vikipediyaga
 yordam berishingiz mumkin. 
Bu andozani 
aniqrogʻiga
almashtirish kerak.
"
https://uz.wikipedia.org/w/index
.php?
title=Havoni_tozalash&oldid=28413
33
" dan olindi

Download 56.32 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling