Haydarov Muhammad 111-, A


Download 0.96 Mb.
Sana17.06.2023
Hajmi0.96 Mb.
#1537307
Bog'liq
yurak Irxanova Ziyoda 103B


Haydarov Muhammad 111-, A


Yurak
Yurak (cor) mushakdan tuzilgan (87-rasm) qon aylanish tizimining markaziy a’zosi. U ko'krak qafasida oldingi ko'ks oralig'ining pastki qismida joylashib, konussimon shaklga ega. Yurakning bo'ylama o'qi qiyshiq bo'lib, orqadan oldinga, yuqoridan pastga va o'ngdan chapga yo'nalgan bo'ladi. Uning toraygan uchi (apex cordis) chapga, pastga va oldinga, keng asosi (basis cordis) yuqoriga va orqaga qaragan. Yurakning oldingi to'sh-qovurg'a yuzasi (facies stemocostalis) qavariq bo'lib to'sh va qovuig'aning oiqa yuzasiga qaragan. Pastki diafragma yuzasi (facies diapbragmatica) diafragmaning pay markaziga tegib turadi. Yurakning yon yuzalari o'pkaga qaragan bo'lib, o'ng va chap o'pka yuzalari (facies pubnonalis dextra et sinistra) deb ataladi.Yurakning o'rtacha og'irligi erkaklarda 300 g, ayollarda 250 g, uzunligi 10-15 sm, ko'ndalang
o'lchami 9—11 sm, oldingi-orqa o'lchami 6-8 sm bo'ladi.
Yurak yuzasida bo'lmacha va qorinchalar o'rtasida chegara bo'lib tojsimon
arteriya egati (sulcus coronarius) o'tadi. Yuraknng to'sh-qovurg'a yuzasida qorinchalar o'rtasidagi oldingi egat (sulcus interventricularis anterior), pastki yuzasida qorinchalar o'rtasidagi orqa egat (sulcus interventricularis posterior) yotadi. Bu ikkala egat yurakning uchida o'yma (incisura apicis cordis) hosil qilib qo'shiladi. Yurak 4 kameradan iborat. Unda o'ng, chap bo'lmacha va o'ng, chap qorincha tafovut qilinadi. Bo'lmachalar venalardan qonni qabul qilib olsa, qorinchalar qonni haydab chiqaradi. Yurakning o'ng bo'lagida vena qoni, chap bo'lagida arteriya qoni oqadi. Bo'lmachalar qorinchalar bilan o'zaro tabaqali klapani bo'lgan o'ng va chap bo'lmacha-qorinchalararo tirqish orqali qo'shilib turadi.

O'ng bo'lmacha (atrium dextrum) kub shaklida bo'lib, chap bo'lmachadan bo‘lmachalararo to'siq (septum interatriale) vositasida ajrab turadi. To'siqda bitib ketgan oval teshik qoldig'i bo'lgan oval chuqurcha (fossa ovalis) yaqqol ko'rinadi. O'ng bo'lmacha hajmi ancha katta bo'lib, o'ng quloqcha (auricula dextra) bo'shlig'i hisobiga kattalashadi. Bo'lmacha devorining qalinligi 2—3 mm bo'lib, ichki yuzasi silliq. Quloqchaning ichki yuzasida taroqsimon mushak (mm. pectmati) tutamlari bo'ladi. O'ng bo'lmacha devorida yuqori (ostium venae cavae superioris) va pastki kovak vena teshigi (ostium venae cavae inferioris), o'rtasida kichkina do'ng (tuberculum intervenosum) bor. Pastki kovak vena teshigining pastki qirrasi bo'ylab yarimoysimon burma (valvula venae cavae inferioris) joylashgan. Bu burma homila davrida qonni o'ng bo'lmachadan oval teshik orqali chap bo'lmachaga yo'naltiradi. Bo'lmacha qorincha bilan ostium atrioventricularae dextrum orqali qo'shilib turadi. Pastki kovak vena teshigi bilan bo'lmacha-qorinchaaro tirqish o'rtasida tojsimon sinus (sinus coronarius) teshigi ochiladi. Uning atrofini ingichka o'roqsimon burma —tojsimon sinus klapani (valvula sinus coronaria) o'ragan. Tojsimon sinus yoniga mayda yurak vena teshiklari (foramina venoram minimarium) ochiladi.
O'ng qorincha (ventriculus dexter) uchi pastga qaragan uch qirrali piramida shaklida bo'lib, devorining qalinligi 5—8 mm. Uning medial devori qorinchalararo to'siq (septum interventricularae) hosil qilib, ko'p qismi mushakdan (pars muscularis) va yuqori bo'lmachaga yaqin qismi pardadan (pars membranacea) iborat. Uning diafragmani pay markaziga tegib turuvchi pastki devori yassi, oldingisi esa qavariq bo'lib, o'ng qorinchaning yuqori keng qismida ikkita teshik bor. Orqadagi bo'lmacha — qorinchaaro tirqish (ostium atrioventricularae) bo'lib, u orqali vena qoni o'ng bo'lmachadan o'ng qorinchaga o'tadi. Oldingi teshik - o'pka poyasi teshigi (ostium trunci pulmonalis) orqali qon o'pka poyasiga o'tadi. Bo'lmacha-qorinchaaro tirqish uch tabaqali qopqoq (valva atrioventricularis dextra seu tricuspidalis) bilan bekilgan. Qopqoq tabaqalari uchburchak shaklidagi pay qatlamcha ko'rinishida bo'lib, ulaming asosi teshik aylanasiga birikkan, erkin chekkalari esa qorincha bo'shlig'iga qaragan. Tirqishning oldingi yarim aylanasiga qopqoqning oldingi tabaqasi (cuspus anterior), orqa tashqi yarim aylanasiga orqa tabaqasi (cuspus posterior) va ichki yarim aylanasiga qopqoqning ichki to'siq tabaqasi (cuspus septalis) birikkan. Bo'lmacha qisqarganida qon bosimi ta’siri ostida qopqoq tabaqalari qorincha devoriga yopishadi va qonning qorinchaga o'tishiga qarshilik qilmaydi. Qorincha qisqarganida qopqoq tabaqalarining erkin chekkalari yopiladi, ammo bo'lmachaga qarab bukilmaydi, chunki qorincha tomonidan ulami pishiq biriktiruvchi to'qimali paysimon ipchalar (chordae tendineae) ushlab turadi. O'ng qorincha ichida mushak trabekulalari va so'rg'ichsimon mushaklar (mm. papillaris) bor. O'ng qorinchada uchta: oldingi, orqa va to‘siq so‘rg‘ichsimoti mushaklar (mm. papillares anterior, posterior et septales) tafovut qilinadi. Bu mushaklar uchidan boshlangan paysimon ipchalar ikkita qo'shni tabaqalaming erkin chekkasiga va ularning qorinchaga qaragan yuzasiga birikadi.


Download 0.96 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling