Haydarova gavhar bolalar psixologiyasi fanidan


Download 254.13 Kb.
Pdf ko'rish
Sana14.07.2020
Hajmi254.13 Kb.
#123813
Bog'liq
bolalarda idrokning rivojlanishi


O’ZBEKISTON  RESPUBLIKASI   OLIY VA  

O’RTA MAXSUS  TA’LIM VAZIRLIGI 

A.QODIRI  NOMLI  JIZZAX DAVLAT PEDAGOGIKA INSTITUTI 

PEDAGOGIKA – PSIXOLOGIYA  FAKUL’TETI  

 

MAKTABGACHA  TA’LIM YO’NALISHI   TALABASI  

HAYDAROVA  GAVHAR  

 

BOLALAR PSIXOLOGIYASI  FANIDAN  

 

 

 

 

 

 

TEKSHIRDI: 

 

B.Norbekova 

 

 

  



 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

JIZZAX – 2013 

MAVZU: BOLALARDA IDROKNING 

RIVOJLANISHI 

 

Asosiy savollar: 

1.  Idrokning  umumiy  xarakteristikasi  va  fiziologik 

asoslari  

2.  Ilk  yosh  davrdagi  bolalarda  idrokning  

rivojlanishi va kuzatuvchanlikni o’stirish. 

3.  Bog’cha  yosh  davrida    idrok  turlarining 

taraqqiyoti. Fazo, vaqt va harakatni idrok qilish.  



 

 

Tushunchalar  va  tayanch  iboralar:  Sensor  tarbiya, 

analizatorlar,  idrok, fazoni idrok qilish, vaqtni idrok 

qilish, xarakatni idrok qilish.  

 

Adabiyotlar ro’yxati 

1.Goziеv  E.G  O’tanov  B  “Hamkorlik  psixologiyasi” 

T., Tosh D.U. 1992 

2.“Bolalar psixologiyasi va  uni o’qitish mеtodikasi”.   

Z. Nishonova,   G. Alimova. Toshkеnt “O’zbеkiston 

yozuvchilar  uyushmasi  Adabiyot  jamg’armasi. 

2006y.   

3.  E.Goziеv.  «Psixologiya»  .Toshkеnt  «O’qituvchi» 

1994 y. 

 4.M.Voxidov  «Bolalar  psixologiyasi».  Toshkеnt 

«O’qituvchi» 

 


 Asosiy o’quv matеriali qisqacha bayoni:  

Idrok voqielidagi narsa va hodisalarni sezgi organlarimizga 

ta’sir qilish tufayli ongizmizda yaxlik tarzda aks etishidir

 

Tevarak  atrof  olamni  bilish  prosessida  bizga  o’zning  ayrim 



xususiyati  bilan  o’zining  ayrim  xususiyati  bilan  shunda  ham  yakka 

xolda ta’sir ko’rsatuvchi narsa hodisalar kam uchraydi. Odatda bizga 

narsa va hodisalar so’zlarining barcha xususiyatlar: rangi, hidi, ta’mi 

va h.k. bilan ta’sir etib turadi. Masalan, yosh go’dokka birinchi marta 

olma  berilgan  paytda,  uning  sezgi  organiga  bir  vaqtning  o’zida 

muayyan rang, yoqimli hid ham, shirin ta’m ham ta’sir ko’rsatadi. Bir 

so’z bilan aytganda, olma turli tuman xususiyatlari bilan ta’sir qiladi. 

Bunda  bola  faqat  ayrim  xususiyatlarini  emas,  balki  narsani 

yaxlitligicha biladi. 

Idrok  narsani  yaxlit  obrazini  hosil  qilinishiga  sabab  shundaki, 

olamda  hayot  davomida  murakkab  kompleks  qo’zg’ovchilar  ta’siri 

tufayli juda ko’p mustahkam muvoqqot bog’lanishlar vujudga kelgan 

bo’ladi. Kompleks qo’zg’ovchilar ta’sirida maydonga kelgan reflekslar 

uchun  shu  narsa  xarakterliki,  kompleks  qo’zg’ovchilarning  jamiga 

beriladigan  shartli  refleks  reaksiyasini  shu  kompleksning  ayrim 

qismlari  hosil  qila  oladi.  Bunga  kompleksning  har  bir  qismi  boshqa 

qismlari bilan o’zaro bog’langan bo’lishi sababdir. Agar siz biror kishi 

bilan yaqindan tanish bo’lsangiz, siz uni hatto biror bir xususiyatidan, 

masalan, ovozidan ham taniy olasiz. Butun kompleks (shu odamining 

barcha 


xususiyatlari) 

qanday 


reaksiya 

ko’rsatgan 

bo’lsa, 

kompleksning ayrim qismi (tovush) ham shunday reaksiya tug’diradi. 

Qo’zg’ovchilar  kompleksi  hamisha  baravar  ta’sir  ko’rsata  bermaydi, 

balki ketma – ket ta’sir qilishi ham mumkin. 

 Odam  idrok  qilishda  uning  xossalari  kompleksi  baravar  ta’sir 

etsa,  ohang,  odam  nutqi  ketma-ket  ta’sir  ko’rsatuvchi  qo’zg’ovchilar 

baravar  qo’zg’ovchilar  kompleksiga  misol  bo’ladi.  Kompleks 

qo’zg’ovchilar  baravar  ta’sir  etganida  qanday  reaksiya  vujudga 

kelgan  bo’lsa,  kompleksning  qismlar  birin  ketin  ta’sir  etgan  paytda 

ham  xuddi  shu  reaksiyaning  o’zi  hosil  bo’laveradi.  Bu  esa  tajribada 

isbotlangan.  Masalan,  odamda  muayyan  jumlaga  nisbatan  shartli 

refleks  hosil  qilingan  jumla  aytilishi  bilan  bir  vaqtda  o’tkir  nurli 

lampochka ham yoqilgan, o’tkir yorug’lik nuri ko’rish analizatorining 

sezgirligini  susaytirgan.  Natija  shunday  bo’lib  chiqqan:  butun  jumla 

qanday reaksiyasini vujudga keltirgan bo’lsa, gapning har bir bo’lagi 

ham  shunday  reaksiyani  hosil  qilgan,  bunda  gapning  bosh 



bo’laklariga ko’proq reaksiya qilingan, chunki asosiy ma’no gapning 

shu  bo’laklarida  mujassamlangan  bo’ladi.  Idrokning  bu  xususiyati 

shu turmushda hamisha ko’zga tashlanib turadi.  

Shunday  qilib,  idrokning  fiziologik  asosi  xossalarining  jami  va 

bir qismi sifatida ta’sir ko’rsatuvchi qo’zg’ovchilar kompleksida hosil 

bo’luvchi shartli reflekslardan iboratdir.  

Miyada  ilgari  vujudga  kelgan  muvoqqat  nerv  bog’lanishlari 

odamning  o’tmish  tajribasini  tashkil  qiladi.  Odam  o’tmish  tajribaga 

ega ekanligi tufayli ham o’ziga ta’sir ko’rsatib turgan qo’zg’ovchilarni 

voqelikdagi muayyan narsa va hodisalar sifatida idrok qiladi. O’tmish 

tajrivba  bilan  hech  bir  bog’liq  bo’lmagan  narsani  odam  aniq  bir 

ma’lum  narsadek  idrok  etolmaydi.  O’tmish  tajribaga  ega 

bo’lmaganida odam narsalarni har safar yangicha idrok qilardi, bu esa 

odamning  tevarak  atrof  olam  bilan  munosabatini  qiyinlashtirgan 

bo’lur edi.  

Idrok  aks  etishning  oziga  xos  yuksakroq  bosqichidir.  Olmani 

idrok  qilish  ko’kimtir  sariq  rang  xushboy  hid  hamda  shirin  tam 

xaqidagi  sezgilarning  oddiy  yigindisidan  iborat  emas.  Idrok  ozining 

barcha xususiyatlari bilan boshqa narsalardan farq qiluvchi muayyan 

predmetning  aks  etishidir.    Idrokni,  sezgi  turlararidan  birontasining 

unda  ustunligiga  qarab,  ko’rish,  eshitish,  maza  va  boshqa  xillarga 

bo’lishga  o’rganganmiz.  Lekin  idrok  xamisha  turlicha  sezgilar  va 

sezgi  organlarining  o’zaro  aloqasi  xamda  o’zaro  tasir  ko’rsatishi 

asosida yuzaga  keladi.                                                                                                                         

            Idrok ixtiyorsiz va ixtiyoriy degan xillarga xam ajraladi.      

            Ixtiyorsiz  idrokda  odamning  ongida  avvaldan  maqsqd 

qo’yilmagan xolda aks ettiriladi. Odatda narsa va xodisalarning tashqi 

xususiyatlari,  kishining  xis  tuyg’ulariga  tasir  etishi  ixtiyorsiz  idrokni 

vujudga keltiradi.   

             Ixtiyoriy  idrokda  odam  o’z  oldiga  muayyan  maqsad  vazifa 

qo’ygan bo’ladi. Ixtiyoriy idrokda odam shunchaki eshitmaydi, balki 

tinglaydi,  shunchaki  ko’zdan    kechirmaydi,  balki  sinchiklab 

ko’radi.ixtiyoriy  idrok  ko’p  xollarda  biron  faoliyatning  tarkibiga 

kirgan  bo’ladi.  Masalan,  biron  detalni  yasash  va  musiqa  ijro  qilish 

maqsadida o’quvchilar chizma yoki notani idrok qiladilar.  Bir qancha 

xollarda ixtiyoriy idrok mustaqil faoliyat sifatida yuz beradi konsert, 

kinokartina leksiya va shu kabilarni idrok qilish.     

                                                                                                                                                                                                                                                                                                                                                            

Kuzatish  ixtiyoriy  idrokning  turlaridan  biri  xisoblanadi.  Kuzatish 


maqsadga  qaratilgan  ,  uyushgan  ozmi  ko’pmi  uzoqroq  vaqt  davom 

etadigan  idrokdir.  Kuzatishda  ,  odatda,  kishi  o’z  oldiga  maqsad  

qo’yadi;      biron  bir  obekt  xodisada  yuz  beruvchi  o’zgarishlarni 

kuzatadi.    Masalan,  o’quvchilar  fizika  va  ximiya  darslarida 

tajribalarning  borishini,  biologiya  darslarida    o’simlikning 

rivojlanishini  kuzatadilar.misol  qilib  keltirilgan  ana  shu  xollarning 

barchasida  xam  o’quvchilar  biror  bir  narsa  va  xodisadagi 

o’zgarishlarni  payqab  oladilar.idrokning    yaxlitligi,  anglangan 

bo’lishi,  ayrim  narsalarga  qaratilishi  va  konstantligi  uning  eng 

muxum xusiyatlaridan xisoblanadi.     

 

        Bosh miya po’stida eng kuchli dominat qo’zg’alish yuzaga kelishi 



shaxsning  xususiyatlari  yoki  xolati  bilan  bog’liq  bo’lgan  idrok 

yo’nalishlarining fizologik asoslari xisoblanadi.                                                       

           Narsalarning  shakli,  katta  kichikligi,  rangini  doimo  bir  xilda 

idrok qilishi aliy jixatdan nixoyatda katta axamiyatga egadir.     

                                     

 

           Ilk yosh davrda bolalarda idrokning rivojlanishi 

 

 

Ilk  yoshli  bolalarda  idrok  juda  erta  rivojlana  boshlaydi,  chunki 



idrokning  rivojlanishi  sezgi  a’zolarining,  ya’ni  analizatorlarning 

tobora  takomillashishi  bilan  bog’liqdir.  Lekin  idrok  faqat  sezgi 

a’zolarigagina  bog’liq  jarayon  emas.  Idrok  jarayonida  sezgilardan 

tashqari  odamning  butun  turmush  tajribasi  xam  ishtirok  etadi. 

Shuning  uchun  idrokning  rivojlanishi  turmush  tajribasining  tobora 

ortib borishi, odamning turli bilimlarga ega bo’lishi bilan xam o’zviy 

bog’liqdir.  Anna  shu  nuktai  nazardan  olganda  yangi  tugilgan 

chaqaloqda tom ma’nodagi idrok bo’ladi, deyish juda kiyin. 1-2 oylik 

chaqaloqlarda  anglash  elementi  mutlaqo  bo’lmasa  xam  ularda 

ixtiyorsiz dikkat bor deyish mumkin. 

 

Go’dak  bolalarning  uncha  muncha  idrok  qilishlari  asosan  3-4 



oylik    davrdan  boshlansada,  biroq  idrok  kilinadigan  narsalarning 

doirasi xali juda tor bo’ladi. Bu davda bola ko’z ungidagi yaltirok yoki 

tebranib,  xarakatlanib  turuvchi  narsalarni  idrok  qila  oladi.  Bola  4-5 

oylik  bo’lib,  narsalarni  qo’llarini  bilan  ushlaydigan  bo’lgach,  uning 

idroki mazmun jixatidan boyib, ancha takomillashadi. Buning asosiy 

sababi  shundaki,  ko’rish  xamda  eshitish  sezgilariga  endi  barcha  teri 

sezgilari xam qo’shiladi. Natijada bola narsalarni xar tomonlama tula 

idrok qila boshlaydi.  



 

Bola  yarim  yoshga  tulib,  o’zi  mustakil  utira  bolagach,  uning 

idroki yana xam tezrok rivojlanadi. Bunda birinchidan, uning ko’rish 

doirasi  ancha  kengayadi,  ikkinchidan  esa,  narsalarni  sinchiklab, 

timirskilab  ko’rish  imkoniyati  ortadi.  Bu  davrda  bola  atrofidagi 

narsalarni (xususan o’ziga tegishli narsalarni) qayta-qayta idrok qilish 

tufayli  ularni  bir-biridan  farqlaydigan,  o’ziga  tegishli  narsalarni 

taniydigan bo’lib koladi. Bu davrda xam bolaning idrok qilish doirasi 

qat’iy cheklangan, ya’ni juda tor bo’ladi, chunki bola xali o’zi mustakil 

yura  olmaydi.  U  faqat  o’tirgach,  boshini  aylantirib  chor  atrofdagi 

narsalarnigina idrok qila oladi. 

 

Bola  emaklab,  undan  so’ng  yura  boshlagach,  uning  tevarak 



atrofidagi narsalarni idrok qilish imkoniyati yanada kengayib ketadi. 

Bola xoxlagan narsasining oldiga borib, uni qo’liga olib ushlab kuradi, 

atrofidan aylanib karaydi, iloji bo’lsa albatta yalab xam kuradi. 

 

Yoshidan  oshib,  bemalol  yura  va  yugura  oladigan  bolaning 



idroki uning xar kungi tinimsiz xarakatlari jarayonida takomillashib, 

narsalar  xaыidagi  tasavvurlari  aniklashib  boradi.  Ikki  yoshga 

yakinlashib  kolgan  bolaning  idrokida  narsalarni  bir-biridan  farqlash 

juda  yakkol  kurinadi.  Masalan,  bola  suratda  tasvirlangan  it,  ayik, 

karga, koptok, mashina va xokazolarni bemalol tanib ajrata oladi. 

 

Ikki  yoshga  tulib,  uch  yoshga  kadam  kuygan  bolalarning 



idroklarida ayrim fazoviy elementlar xam ko’rina boshlaydi. Masalan, 

ular  narsalarning  katta  –  kichikligini  farqlay  boshlaydilar.  Bu 

yoshdagi  bolalar  «katta»,  «kichik»  so’zlarini  xali  ayta  olmasalar  xam 

bunday  tushunchani  imo  ishora  va  allaqanday  ovoz  chikarish  bilan 

ifodalashga intiladilar. Kata narsalar xakida qo’llarini baland ko’tarib 

«u-u-u»  deyishlari,.  Kichkina  narsalarni  ifodalamokchi  bo’lganlarida 

esa  «burunlarini  bujmaytirib,  ko’zlarini  yarim  yumib,  ingichka  ovoz 

chikarib ii-i-i» deyishlari mumkin. 

 

Ilk yoshdagi bolalarning nutqni egallashlari idrokning yana xam 



rivojlanishi uchun juda katta imkoniyat tug’diradi. Nutqni egallagan 

bola  idrok  qilayotgan  narsalarning  nomini  aytadigan  bo’ladi.  Bu 

idrokning  onglilik  darajasini  yanada  o’stiradi.  Ana  shu  davrdan 

boshlab  bola  nutq  orqali  xam  (ya’ni  narsalarning  nomini  eshitish 

orqali) idrok qila oladigan bo’ladi. Bola nomini bila olmagan narsalari 

xakida «bu nima?», «buning oti nima?» deb savol bera boshlaydi. Ilk 

yoshdagi  bolalarning  turmush  tajribalari  nixoyat  darajada  kam 

bo’lgani 

uchun 

ularning 



idroki 

bevositaliligini, 

nusxa 

ko’chiruvchanligi  (ya’ni  taqlidchanligi)  bilan  ajralib  turadi.  Bu 



yoshdagi  bolalar  idroklariga  o’z  turmush  tajribalaridan  xali  xech 

narsa  qo’sha  olmaydilar.  Xamma  narsani  zo’r  ishtiyoq  bilan  qanday 

bo’lsa shundayligicha idrok qila beradilar. 

MTYo  va  kichik  maktab  yoshidagi  bolalarning  idroki  ulardagi 

his tuyg’u hamda hatti xarakatlar bilan ham chambarchas bog’liqdir. 

Bu  yoshdagi  bolalar  dastavval  o’zining  yorqinligi    g’alatiligi  bilan 

hayratga soluvchi ajablantiruvchi narsalarni idrok qiladilar. Masalan, 

agar kichik yoshdagi maktab o’quvchisi  qarg’ani ko’rsatib keyin uni 

yashirilsada  o’quvchiga  shu  ko’rgan  narsasini  rasmni  chizib  berish 

taklif qilinsa, o’quvchining hozirgina ko’rish orqali olgan tasavvurlari 

odatda  juda  kambag’al  bo’lar  ekan.  Bola  ko’p  hollarda  qarg’ani 

tasvirlash u yoqda tursin, balki uning rangi qanaqaligini, qarg’aning 

boshi,  tumshug’i  qanday  turishini  va  qanaqa  shaklda  ekanligini, 

ba’zan  esa  uning  hatto  nechta  oyog’i  borligini  ham  aytib  bera 

olmaydi.  

Suratni  ko’rib  uning  mazmunini  gapirtirish  bola  idrokining 

xususiyatlarini namoyish qiluvchi yorqin misol bo’la oladi. Lekin ular 

suratdan ko’zlangan umumiy maqsadi suratning asosiy g’oyasini hali 

ochib  berolmaydi  (aslida  esa  bola  buning  uchun  yetarli  darajada 

bilimga  ham  ega  emas).  Bolaning  yoshi  ulg’aygan  sari  yanada 

mazmuli bo’lib boradi.  

 

Bog’cha yosh davrida  idrok turlarining taraqqiyoti. Fazo, vaqt 

va harakatni idrok qilish. 

 

 



Yasli  yoshidagi  bolalarda  vaqtni  idrok  qilish  juda  sodda,  ya’ni 

boshlang’ich  xolatda  bo’ladi.  Bu  yoshdagi,  ya’ni  bir  yoshdan  uch 

yoshgacha  bo’lgan  bolalar  faqatgina  xozirgi  zamon  vaqti  bilan 

yashaydilar. Ular shu kunni, ayni shu daqiqani yaxshi tasavvur etib, 

o’tgan vqa kelasi zamonni noaniq, pala-partish tasavvur etadilar. Eng 

ko’p ishlatiladigan vaqt tushunchalaridan “kecha”, “bugun”, “ertaga” 

kabilarni 

xam 


ko’pincha 

almashtirib 

yuboradilar. 

Vaqt 


tushunchalarini idrok qilishdagi bu qiyinchiliklar bolalarda ko’pincha 

bog’cha yoshining dastlabki davrlarida xam saqlanib qoladi. 

 

Shunday  qilib,  ilk  yoshdagi  bolalarning  idroki  kundalik 



faoliyatlarida  tevarak  atroflaridagi  narsa  va  xodisalarni  kuzatish  va 

ular bilan bevosita munosabatda bo’lishlari jarayonida xar tomonlama 

rivojlanib  boradi.  Bolalar  idrokining  mazmunan  boyishiga  nutqni 

egallash  juda  katta  ta’sir  qiladi.  Ana  shu  jixatdan  olganda,  yasli 



tarbiyachisining  vazifasi  nutqdan  bolalar  idrokini  o’stiradigan  vosita 

sifatida keng foydalanishdir. Bolalar bilan ko’proq gaplashish, tevarak 

atrofdagi  narsalar  xaqida  ko’roq  so’zlab  berish,  bolalarning  turli 

tuman  savollariga  mumkin  qadar  javob  qaytarishga  xarakat  qilish, 

narsalarning  asosiy  va  muhim  xususiyatlariga  bolalarning 

diqqatlarini  jalb  qilish  lozim.  Bularning  xammasi  bolalar  idrokini 

o’stirishda zarur va muxim yo’llar xisoblanadi. 

Bola  uch  yoshga  to’lib  bog’chaga  qatnay  boshlagach,  bolaning 

faoliyat doirasi juda kеngayib kеtadi. Ikkinchidan, nutqi g’oyat zudlik 

bilan  o’sa  boradi.  Buning  natijasida  bola  juda  ko’p  narsalar  bilan 

mustaqil  hamda  bеvosita  munosabatda  bo’lish  imkoniyatiga  ega 

bo’ladi.  Bola  hayotidagi  bu  o’zgarish  o’z  navbatida  uning  idrokiga 

ta'sir etmay qolmaydi. Ular kundalik faoliyatlari davomida juda ko’p 

narsalar  bilan  to’qnashadilar.  Shunday  bo’lishiga  qaramay  katta 

bog’cha  yoshdagi  bolalar  ham  o’zlari  idrok  etayotgan  narsalarning 

nima ekanini har doim kattalarning yordamisiz bilavеrmaydilar. 

Bog’cha  yoshidagi  bolalar  idrokida  ikkinchi  signallar  sistеmasi 

(nutq)ning  roli  nihoyatda  muhim  ahamiyat  kasb  etadi.  Chunki 

tеvarak-atrofdagi  narsalarni  anglab  idrok  qilishda  faqat  narsaning 

o’zigina  emas,  balki  uning  nomi  ham  birga  qatnashadi.  Bolalar 

idrokini 

takomillashtirish 

maqsadida 

uyushtiriladigan 

ekskursiyalarga 

(hayvonlar 

va 

o’simliklar 



dunyosi 

bilan 


tanishtirishda) bolalar idrokida ikkinchi signallar sistеmasining rolini 

oshirishga  intilish  kеrak.  Chunki  qo’zg’atuvchilarning  (ya'ni  sayrlar 

paytida  ko’rsatilayotgan  narsalarning)  ayni  bir  paytda  har  ikkala 

signallar  sistеmasiga  barobar  ta'sir  etishlari  idrok  qilayotgan 

narsalarning butun va to’la-to’kis aks etishini ta'minlaydi. 

Bog’cha  yoshidaga  bolalar  idrokining  xaraktеrli  tomonlaridan 

biri  shundaki,  ular  turli  narsalarni  idrok  qilishda  bu  narsalarning 

ko’zga  tashlanib  turadigan  bеlgilariga  asoslanadilar.  Biroq  tajribalari 

hali  yеtarli  bo’lmagani,  ya'ni  ko’p  narsalarning  mohiyatiga  mutloqo 

tushuna olmasliklari narsalarning mohiyati bilan bog’liq bo’lgan eng 

muhim  va  umumiy  bеlgalarni  aks  ettira  olmaydilar.  Ular  narsalarni 

idrok qilishda faqat konkrеt tasavvurlarga asoslanadilar. Shu sababli 

bog’cha  yoshidagi  (xususan  kichik bog’cha  yoshidagi)  bolalar  uchun 

narsalarning  eng  asosiy  va  muhim  bеlgilari  ularning  rangi  va 

shaklidir.  Bog’cha  yoshidagi  bolalar  shuning  uchun  ham  o’xshash 

narsalarning  shaklini  bir-biridan  bеmalol  ajrata  oladilar.  Lеkin, 

bog’cha  yoshidagi  kichik  guruh  (kichkina  gruppa  bolalari) 


narsalarning shaklini farqlashga biroz qiynaladilar. Chunonchi kichik 

bog’cha yoshdagi bolalarga abstrakt gеomеtrik shakllar yoki ularning 

rasmi ko’rsatilsa, ular bu shakllarni o’zlariga ma'lum bo’lgan konkrеt 

narsalar bilan bog’lab, ya'ni prеdmеtlashtirib idrok qilishga intiladilar. 

Masalan,  ular  aylanani  «g’ildirak»,  to’rtburchakni  «dеraza»,  yoki 

«eshik»dеb ataydilar. 

Ayrim  psixologlar  bog’cha  yoshidagi  bolalarning  turmush 

tajribalari,  bilim  va  malakalari  nihoyatda  kamligini  hisobga  olmay, 

ular  idrokining  xususiyatlari  haqida  noto’g’ri  xulosa  chiqaradilar. 

Ularning  fikricha,  bog’cha  yoshidagi  bolapar  narsalarning  shaklini 

mutloqo idrok qila olmas emishlar. Bog’cha yoshidagi bolalar go’yoki 

narsalarning  shaklini  idrok  qilishga  nisbatan  «ko’r»  bo’ladilar.  Bu 

albatta  haqiqatga  to’g’ri  kеlmaydigan  fikr.  Psixologlardan.  S.  L. 

Rubеnshtеyn,  S.N.  Shabalin  va  boshqalarning  o’tkazgan  tajribalari 

yuqorida kеltirilgan fikrlarni asossiz ekanligini ko’rsatdi. 

Psixologlar  tajribalarining  ko’rsatishicha,  bog’cha  yoshidagi 

bolalar konkrеt narsalarning shaklinigina emas, balki bu narsalarning 

qora  rang  bilan  qilgan  siluetlariga  (andazalariga)  qarab  ham  ularni 

bir-biridan farqlay oladilar. Bolalar siluetga qarab (ya'ni qora rangda 

ishlangan  quruq  shaklga  qarab)  bu  narsalarning  nima  ekanligini 

yanglishmay aytib bеra oladilar. Bundan shu narsa ma'lum bo’ladiki, 

bog’cha yoshidagi bolalar narsalarning shakllarini ularning mazmuni 

bilan  bog’liq  ravishda  idrok  qila  boshlar  ekanlar.  Dеmak,  bog’cha 

yoshidagi  bolalar  tеvarak-atrofdagi  turli-tuman  narsalarni  idrok 

qilishda  shu  narsalarning  mazmuni,  mohiyati  bilan  organik  bog’liq 

bo’lgan  shaklga  ham  asoslanadilar.  Kichik  guruh  bolalari  turli 

gеomеtrik  shakllardan  qilingan  mozaikalar  bilai  o’ynaganlarida 

ularning  shakliga  qarab,  ya'ni  to’rtburchakni  to’rtburchaklar 

gruppasiga,  uchburchakni  uchburchaklar  gruppasiga,  aylanani 

aylanalar  guruhiga  yanglishmay  ajratadilar.  Bu  o’rinda  shu  narsa 

xaraktеrliki, mozaikadagi gеomеtrik shakllar har xil rangda bo’lishiga 

qaramay  ular  rangni  emas,  balki  shaklni  asos  qilib  olib  gruppalarga 

ajratadilar.  Bog’chada  bolalarning  narsalarini  shakliga  qarab  to’g’ri 

farqlay  olish  xususiyatlarini  o’stirish  kеrak.  Bunga  loy  yoki 

plastilindan  turli  narsalar  yasash  va  rasm  chizish  mashg’ulotlari 

o’tkazish orqali erishish mumkin. 

Bog’cha yoshidagi bolalar idrok qilish paytida narsalarni chuqur 

taxdid  qila  olmaydilar.  Bolalar  idrokidagi  bu  yеtishmovchilik 

ularning  turli  rasmlarni  idrok  qilishlarida  yaqqol  ko’rinadi.  Bolalar 


(xususan  kichik  yoshdagi  bog’cha  bolalari)  rasmda  tasvirlangan 

narsalarning  holatiga  va  fazoviy  munosabatlariga  tamomila  bеfarq 

bo’ladilar.  Ular  rasmlarni  tеskari  ushlab  ham  zavq  bilan  tomosha 

qilavеradilar.  Buning  asosiy  sababi  rasmni  idrok  qilishga  nisbatan 

bolalarning analitik munosabatda bo’lolmasliklaridir. Bolalar rasmda 

tasvirlangan narsalarni bir-biri bilan ma'lum munosabatda emas, balki 

tasvirlangan  narsalarning  hammasini  butunligicha  idrok  qilishga 

intiladilar. Ularda hali tahlil qilish xususiyatlari yaxshi rivojlanmagan 

bo’ladi.  Shuning  uchun  rasmlar  bilan  o’tkazilgan  mashg’ulotlarda 

tarbiyachi  bolalarga  yo’naltiruvchi  savollar  bеrib,  ularni  analiz 

qilishga o’rgatib borishi lozim. Ana shunday mashg’ulotlarda bolalar 

diqqatini,  eng  avvalo,  ko’rsatilayotgan  rasmning  mazmunini 

(syujеtini)  to’g’ri  idrok  qilishga,  ikkinchidan  rasmning  umumiy 

ko’rinishida  har  bir  tasvirlangan  narsaning  o’rnini  to’g’ri  idrok 

qilishga,  ya'ni  rasmdagi  narsalarni  bir-biridan  kеskin  farq  qila 

bilishga,  uchinchidan  esa,  rasmda  tasvirlangan  narsalar  o’rtasidagi 

munosabatlarni to’g’ri idrok qilishga qaratish kеrak. Rasmlarni idrok 

qilish ana shunday tarzda yo’lga qo’yilgandagina bolalarning analitik 

idrok  qilish  qobiliyatini  hamda  kuzatuvchilik  xususiyatini 

rivojlantirish mumkin. 

Bog’cha  yoshidagi  bolalarning  asosiy  faoliyatlari  o’yin 

faoliyatidir.  Ular  o’zlarining  kundalik  o’yin  faoliyatlarida  juda  ko’p 

narsalarga to’qnash kеladilar. Bu narsalarni bilganlaricha idrok qilib, 

bir-birlariga  tushuntiradilar.  Umuman  o’yin  faoliyatida  ularning 

idroki  to’xtovsiz  rivojlanib  boradi.  Bog’cha  yoshidagi  bolalarda 

turmush  tajribasining  yеtarli  emasligi  ba'zan  ular  idrokining 

rivojlanishiga  to’sqinlik  qiladi.  Bu  xususan  murakkab  idrok 

jarayonida,  ya'ni  fazo  hamda  vaqtni  idrok  qilishda  yaqqol  namoyon 

bo’ladi.  Masalan,  ular  narsalar  o’rtasidagi  fazoviy  munosabatlarni, 

fazo  hamda  vaqt  o’lchovlarini  to’g’ri  idrok  eta  olmaydilar.  Narsalar 

o’rtasidagi  fazoviy  munosabatlarni  hamda  vaqtni  bolalar  asosan 

bog’cha yoshidagi davrda o’zlashtira boshlaydilar. Bolalar o’zlaridan 

uzoq  va  yaqin,  baland  va  past  joylashgan  narsalar  bilan  bеvosita 

munosabatda  bo’lish  jarayonida  fazoviy  tushunchalarni  to’g’ri  idrok 

qila boshlaydilar. Bunda tarbiyachilarning narsalar o’rtasidagi har xil 

fazoviy  munosabatlarni  so’z  bilan  ifoda  etishlari  bolalar  idrokining 

rivojlanishiga katta yordam bеradi. Uzoq-yaqin, baland-past, chuqur-

sayoz, katta-kichik, kеng-tor kabi fazoviy tushunchalarni va narsalar 

o’rtasidash  bunday  fazoviy  munosabatlarni  bolalar  o’zlarining  har 


kungi  turli  faoliyatlarida,  ya'ni  o’yin  va  mashg’ulotlarida  ma'lum 

darajada  o’zlashtirib  boradilar.  Lеkin,  chap  va  o’ng  kabi 

tushunchalarni bolalarga o’z vaqtida o’rgatish zarur, chunki ular chap 

va  o’ng  qo’lning  farqiga  bormay  ko’p  ishlarni  chap  qo’llarida 

bajaradigan bo’lib qolishlari mumkin. 

Bog’cha  yoshidaga  bolalarda  fazoviy  tasavvurlarning  yеtarli 

darajada  aniq  emasligini  ularning  chizgan  rasmlarida  yaqqol  ko’rish 

mumkin.  Masalan, kichik va o’rta guruh bolalari  rasm chizganlarida 

narsalarning  hajmiy  munosabatlariga  unchalik  e'tibor  bеrmaydilar. 

Ularning  chizgan  rasmlarida  uyning  balandliga  avtomashinaning 

balandliga  bilan,  odamning  bo’yi  esa  tеrakning  bo’yi  bilan  barobar 

bo’lishi mumkin. Bu bog’cha bolalarini mutlaqo hayron qoldirmaydi. 

Fazoviy  munosabatlarni  to’g’ri  idrok  qilish  va  binobarin,  fazoviy 

munosabatlar haqida to’g’ri tasavvurga ega bo’lish asta-sеkinlik bilan 

bolalarning turmush tajribalari orta borishi davomida o’sib boradi. 

Bog’cha  yoshidagi  bolalarning  vaqtni  idrok  qilishlari  ham 

mukammal  xaraktеrga  ega  emas.  Bolalarda  vaqtni  to’g’ri  va  anglab 

idrok  qilish  fazoni  idrok  qilishga  nisbatan  qiyinroq.  Bolalar  uchun 

vaqtni  idrok  qilishning  qiyin  tomonlaridan  biri,  ular  vaqtning 

uzluksiz  o’tuvchanligini  (ya'ni  vaqtning  bеto’xtov  o’tishini)  anglay 

olmaydilar va binobarin, idrok ham qila olmaydilar. Bu narsani ularga 

ko’rgazma  asosida  ko’rsatib  bo’lmaydi.  Natijada  bolalar  vaqt 

tushunchalarini  ma'lum  narsalar  va  hodisalar  orqali  konkrеtlashtirib 

idrok qilishga intiladilar. 

Odatda  so’zlar  bilan  ifodalanadigan  asosiy  vaqt  o’lchovlari 

borki: «sеkund», «minut», «soat»», «kun», «hafta», «oy», «yil», «asr», 

«kеcha»,  «bugun»,  «ertaga»,  «indinga»,  «ertalab»,  «pеshin», 

«kеchqurun»,  «kеchasi»,  «avval»,  «kеyin»  va  x.k.  bog’cha  yoshidagi 

bolalar erkin foydalana bilmaydilar. Chunki bu vaqt o’lchovlari nisbiy 

hamda  abstrakt  xaraktеrga  ega  bo’lib  bolalar  ertaning  bugungi, 

bugunning kеchaga, kеchaning o’tgan kunga tabiiy ravishda aylanib 

qolishini hеch bir tasavvur eta olmaydilar. 

Bog’cha  yoshidagi  bolalarning  ayrim  vaqt  o’lchovlarini  idrok 

qilishlarida  rеjimning  roli  juda  katta.  Bolalarning  kundalik 

hayotlarida doimiy ravishda takrorlanib turadigan rеjim (kun tartibi) 

ayrim  vaqt  o’lchovlarini  birin-kеtin  ajratib  olishga  yordam  bеradi. 

Bundan  tashqari,  ular  ayrim  vaqt  o’lchovlarini  vaqtning  asosiy 

bеlgilariga  qarab  ham  farqlay  oladigan  bo’ladilar.  Masalan,  «kun 

(quyosh)  chiqqanda-  ertalab  bo’ladi»,  «kun  botganda  kеchqurun 


bo’ladi»,  «qorong’u  bo’lib  hamma  uxlaganda  kеchasi  bo’ladi  dеb 

aniqlaydilar. 

Vaqt  tushunchalarini  idrok  qilish  qiyin  bo’lganliga  uchun 

bog’cha  yoshidagi  bolalar  (xususan  kichik  guruh  bolalari)  asosan 

hozirgi zamon tushunchasi asosida yashaydilar. Ana shu sababli ular 

kеlasi va o’tgan zamon tushunchalariga nisbatan hozirgi zamonga oid 

vaqt o’lchovlarini to’g’ri idrok qila oladigan bo’ladilar. Shuning uchun 

bolalar  dastavval  -  «ertalab»,  «pеshin»,  «kеchqurun»,  «kеchasi», 

«bugun»  kabi  vaqt  tushunchalaridan  to’g’ri  foydalanadigan 

bo’ladilar. 

Bog’cha  yoshidagi  bolalarning  uzoq  zamonga  oid  narsalarni 

tushuntirishlari o’ziga xos xaraktеrga egadir. Ular bunday narsalarni 

vaqt  tushunchalari  orqali  emas,  balki  qalblarida  chuqur  iz  qoldirgan 

taassurotlar  orqali  tushuntirishga  intiladilar.  Masalan,  qachonlardir 

bo’lgan hodisani yoki qachanlardir ko’rgan narsalarini-«hov bir marta 

bayramda...»,  «hov  bir  marta  to’y  bo’lganda...»  kabi  tushuntiradilar. 

Ular xotiralarida qolgan ayrim xodisalarning qaysi yil va qaysi oyga 

tеgishli ekanini aniq vaqt o’lchovida (vaqt tushunchasida) aytib bеra 

olmaydilar. 

Kichik  yoshdagi  bog’cha  bolalarining  vaqtni  idrok  qilishlarida 

shu  narsa  ko’zga  tashlanib  turadiki,  ular  bir-biri  bilan  tеz  almashib 

turadigan  vaqt  o’lchovlarini  qiyinlik  bilan  o’zlashtiradilar.  Shuning 

uchun  ular  bunday  vaqt  o’lchovlarini  ko’pincha  bir-biri  bilan 

almashtirib  yuboradilar.  Masalan,  kichik  yoshdagi  bog’cha  bolalari: 

«kеcha  bugunmi?»  «bugun  ertagami?»  «qachon  ertaga  bo’ladi?» 

«bugun ham kеchasi bo’ladimi?» dеgan savollarni bеrishlari mumkin. 

Vaqtni  to’g’ri  idrok  qilish  ham  xuddi  fazoni  idrok  qilish  kabi 

bolalarning  amaliy  faoliyatlari,  ya'ni  turmush  tajribalari  bilan 

bog’likdir. Bog’cha bolalari o’zlarining har kungi xilma-xil faoliyatlari 

davomida vaqt munosabatlarini o’z ko’zlari bilan ko’radilar va sеkin-

asta o’zlashtirib boradilar. Lеkin vaqt bolalarga bеvosita ko’rinmaydi. 

Shuning  uchun  vaqtni  to’g’ri  idrok  qilishni  bolalarga  yoshlikdan 

boshlab o’rgatish kеrak. Bolalar eng oddiy («hozir», «oldin», «kеyin» 

kabi)  o’lchovlarini  osonroq  o’zlashtiradilar.  So’ngra  bir  qadar 

murakkab,  ya'ni  bir  nеcha  qismlarga  ajratish  mumkin  bo’lgan  vaqt 

o’lchovlarini  (ya'ni  «bugun»,  «kеcha»,  «ertaga»)  o’zlashtirishlari 

mumkin.  Katta  guruh  bolalari  ana  shu  yuqoridagi  vaqt 

tushunchalaridan  tashqari  kunlarning  nomlarini  (ya'ni  yakshanba, 

dushanba,  sеshanba,  chorshanba,  payshanba,  juma,  shanba)  ham 


yaxshi o’zlashtirib, «hafta», «oy» va hatto ba'zan «yil» kabi murakkab 

vaqt tushunchalaridan ham foydalana oladigan bo’ladilar. 

Tеvarak-atrofdagi  narsalar  o’rtasida  mavjud  bo’lgan  fazoviy 

munosabatlarni (baland, past, katta, kichik kabi) to’g’ri idrok qilishda 

bolalarning 

atrofdagi 

turli-tuman 

narsalar 

bilan 

bеvosita 



munosabatda  bo’lishlari  katta  rol  o’ynasa,  vaqt  munosabatlarini 

to’g’ri  idrok  qilishda  vaqt  o’lchovlarini  ifodalovchi  so’zlarning 

ko’proq  ishlatilishi  muhimroq.  Shuning  uchun  bolalar  bilan 

o’tkaziladigan mashg’ulotlarda, suhbatlarda, hikoyalar o’qib bеrishda 

bolalar so’z boyligida hozirgacha yo’q bo’lgan vaqt o’lchovlariga oid 

tushunchalarni  kiritish  kеrak.  Umuman  bolalarga  bog’chada  vaqt 

o’lchovlarini (ya'ni hozir soat 12 bo’lib, tush payti bo’lganligini, soat 5 

dan  oshib  kеch  kirib  qolganligini)  muntazam  ravishda  eslatib  turish 

kеrak. 

Bu  bolalarda  vaqt  hissini  rivojlantirishga  yordam  bеradi.  Vaqt 



hissi  esa  vaqt  o’lchovlarini  to’g’ri  idrok  qilishni  ta'minlaydi.  Bolalar 

vaqt  tushunchalarini  to’g’ri  o’zlashtirayotganlarini  aniqlash  uchun 

ularga «qachon?», «qaysi kuni?», «qancha vaqtdan so’ng?», «qaysi biri 

oldin?»,  «qaysi  haftada?»,  «qaysi  oyda?»  kabi  savollarni  bеrib  turish 

lozim. 

Bog’chada  idrokni  rivojlantira  borish  asosida  kuzatuvchanlikni 



ham  tarbiyalash  kеrak.  Kuzatuvchanlik  odamning  butun  hayoti, 

butun  o’qish  va  mеhnat  faoliyati  davomida  juda  zarur  bo’lgan 

fazilatdir.  Bog’chada  turli  didaktik  mashg’ulotlar  o’tkazish, 

ekskursiyalar  tashkil  qilish  orqali  bolalarda  kuzatuvchanlikni 

tarbiyalab  boriladi.  Bu  jihatdan  yil  fasllari  (baqor,  yoz,  kuz,  qish) 

bo’yicha  o’tkaziladigan  ekskursiyalar,  rasmga  qarab  so’zlatish  (kim 

ko’proq  narsani  ko’radi)  yaxshi  natija  bеradi.  Albatta,  ekskursiya 

mashg’ulotlar paytida bolalarga bеriladigan savollar oldindan o’ylab 

olingan, ya'ni rеjali asosda bo’lishi kеrak. 

Bog’cha  yoshidagi  bolalar  idrokining  normal  o’sishi  hamda 

ularda 

kuzatuvchanlikning 



kamol 

topishi 


ko’p 

jihatdan 

tarbiyachilarga, ularning pеdagogik mahoratiga bog’liqdir. 

 

     



 

 

 

 

  Mustahkamlovchi va muhokama qilish uchun savollar: 

 

1.Idrokning fiziologik asosini tushuntirib bering? 



2.  Idrokning  ilk  yosh  davrida  rivojlanish  xususiyatlari    to’g’risida 

gapirib bering? 

3. Bolalar vaqtni qanday idrok etadilar?  

4. Bolalarda fazoviy idrok qanday shakllanadi. 

5.  Idrokning  asosiy  xususiyatlarini  hamda  idrok  bilan  sezgilar 

o’rtasidagi o’zaro bog’lanishni aniqlang. 

  


T E S T. 

1. Idrokning asosiy turlarini sanab bering? 

a)  Ixtiyoriy idrok ixtiyorsiz idrok 

b)  Fazoviy idrok vaqtni idrok qilish harakatni idrok qilish 

c)  Ixtiyoriy idrok vaqtni idrok qilish 

d)  Kuzatish idroki fazoviy idrok  

           2. Bolalarda fazoni idrok qilish necha yoshdan boshlanadi 

a) 2yoshga to’lib 3yoshga qadam qo’yganda 

b) 4yoshga to’lganda 

c) 5yoshga qadam qo’yganda  

d) to’g’ri javob berilmagan 

           3. Bog’cha yoshidagi bolalarning vaqtni idrok qilishni qiyin 

tomonlaridan bu ; 

a)  to’g’ri tasavurga ega bo’lmaganligi  

b)  turmush tajribalarining kamligi bois  

c)  uning uzluksiz o’tuvchanligi bois  

d)  ularni bevosita idrok qila olmasligi bois 

  4. Maktab yoshidagi bolalarning idrok etish xususiyati ularning qaysi 

faoliyatlarida namoyon bo’ladi? 

a) O’yin va mehnat faoliyatida  

b) Tasviriy va mehnat faoliyatida 

c) Atrof olam bilan tanishish faoliyati 

d) A va B javoblar to’g’ri 

   5. Narsalarni fazoda o’z joyini o’zgartirib turishi va bu holning 

miyamizda aks etishi psixologiyada qaysi idrok turiga kiradi? 

a) Fazo  

b) Vaqt  

c) Harakat  

d) Hamma javoblar to’g’ri 

   6. Hodisalar ketma ketligi va davomiyligini miyada aks etishini qaysi 

idrok turini rivojlantirib boradi? 

a) Vaqtni idrok qilish 

b) Fazoni idrok qilish 

c) Harakatni idrok qilish  

d) To’g’ri javob yo’q 

 

Savol 







Javob 









  

Download 254.13 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling