Hayit, Bayram so'zlari haqida
Download 15.37 Kb.
|
lugat
Hayit, Bayram so'zlari haqida Bayram- Orta forschada padram, Sogʼdcha patram (huzur, baxt, qut degani) shaklida kelgan. Bu so'z Mahmud Qoshg'ariyning DLT(Devoni Lug'ati't Turk) asarida badram/bayram shaklida keladi. Turkiy xalqlarning barchasida bu soʻz birdek ishlatiladi. Yuqoridagi so'zni Ramazon bayrami, Hayit bayrami, Qurbon bayrami, Navro'z bayrami va boshqa qutlamalarda eshitgansiz. Shuningdek: Hayit - (Ar. ʼavd- ʼavdet " qaytish" soʻzidan ʼid) Ramazon va Qurbon bayramida boʻladigan diniy, ulugʻ bayram. Hayitlik - bayram munosabati bilan yaqinlarga, bolajonlarga beriladigan pul, sovgʻa-salom va boshqalardir. Qiltanoq "Baliqning ingichka uzun suyagi'ʼ. Bu ot turkiy tilda 'jun, soch tolasi' maʼnosini anglatuvchi qïl otidan -ta ( < -la) qoʻshimchasi bilan yasalgan feʼlning 'oʻzlik' maʼnosini ifodalovchi -n qoʻshimchasi bilan hosil qilingan shakliga (a)q qoʻshimchasi qoʻshib yasalgan. {[(qïl + ta ( < la) = qïlta-] + n = qïltan-} + aq = qïltanaq> qiltänâq (Oʻzbek tilining etimologik lugʻati, I -jild). O'zbek tilining shevalariga qiltanoqning yonida "qiltïq" soʻzi ham ishlatiladi. Chig'atoycha [Baburnoma, 1530] asarida shunday keladi: Hindustan balıġlarınıng kushti [eti] lazīz bolur édi ve kıltığı bolmas. Eski Turkiy tilda [Mahmud Koshgʻariy, Devonu Lugʻati't-turk, 1073] asarida esa: kıltık [[boshdagi qazg'oq]] maʼnosida ishlatilgan. OTLARGA TAQILADIGAN ABZAL NOMLARI TAQA - Ot-ulov tuyog'ini zararlanishdan, sirg'anishdan saqlash uchun tuyoq ostiga mixlab qoqiladigan yarim doira shaklidagi metall buyum. TUSHOV - Uzoqqa ketib qolmaslik uchun ot-ulov va mollarning oldingi ikki oyog'ini matashtirib bog'laydigan arqon yoki moslama. NO'XTA - Ot-ulovni bog'lash, yetaklash, haydash uchun boshiga solinadigan abzal. YUGAN -Ot, eshak kabi uy hayvonlarini boshqarish uchun ular boshiga solinadigan, suvliq, tizgin va qayish tas-malardan yasalgan abzal. QUYUSHQON - Egarning oldinga siljimasligi uchun ot yoki eshakning dumi ostidan aylantirib, egarga biriktiri-ladigan, ko'pincha turli bezaklar qadaladigan qayish. AYIL — Egarning usti bilan otning qornidan aylantirib bogʻlanadigan toʻqali qayish. JAYPUSH yoki JAHALLIK - egar ostiga solinadigan toʻqim. DIKKAK - Ot ustiga tashlanadigan bezakli, popukli yopiq. JUL – Qo'lda to'qilgan dag'al jun ot uchun terlaganda yopiladigan mato. EGAR - Ot-ulov ustiga uriladigan va minib o'tirish uchun moslangan abzal. SUVLUQ - Yuganning ot og'ziga solinadigan metall qismi. JILOV – Yuganning charm tizgini. QOZIQ - yerga qoqish uchun mo'ljallangan yoki qoqilgan, uchi o'tkir yog'och yoki temir. TO'QIM - Jazliq yoki egar ostiga qo'yiladigan, odatda kigizdan qilinadigan ot-ulov abzali. JAZLIQ – Egar qoptoli ostiga qo'yiladigan bir juft yumshoq ot abzali. QO'M - Tuyaga, ot-ulovga yuk ortish uchun kigizni o'rab va ikki buklab bog'lab, egar o'rniga uriladigan moslama. XURJUN - f. yoki a. – qo'shaloq bo'lmali xalta Egar ustiga yoki yelkaga oshirib tashlanadigan, yuk solinadigan ikki ko'zli qop, qo'sh xalta. Jun xurjun. Ip xurjun. TOʻRVA - ot va eshakka yem berish uchun moʻljallangan maxsus tikiladigan qopcha. XONA - qoshi berib chiqmagan tekis egar. UZANGI - Egarning ikki tomoniga qayish bilan bog'lab, osib qo'yiladigan, otga minish va egarda oyoqlarni tirab o'tirish uchun xizmat qiladigan, metalldan yasalgan ot abzali. QOʻRIQ - jilovlanmagan, mingi qilinmagan otlarni ushlash uchun moʻljallangan uchi ot boshiga aniq toʻgʻri keladigan toʻqilgan arqon. QAMCHI - Ot-ulovni urib, yurishga undash, tezlatish uchun ishlatiladigan dastali, ko'pincha qayish tasma shaklidagi asbob. BOSILDIRIQ - sovuq kunlari asosan qishda otga yopiladigan katta boʻyin bilan qoplab turadigan jabduq. TIZGIN - Ot, eshak va b. hayvonlarni bog'lash yoki qantarib qo'yish uchun xizmat qiladigan, uchi suvliqqa yoki boshvoqqa biriktiriladigan uzun tasma yoki chizimcha. 3 yoshdan oshgan, kuchga toʻlgan erkak yilqi “ot” deyiladi. Yilqi tugʻilgandan birinchi junini tashlaguncha “qulun” boʻladi. 6 oylikdan 1 yoshgacha boʻlgan yilqi bolasi “kuzama” ataladi. 1 yoshli yilqi bolasi “toy”, 1 yoshdan 2 yoshgachasi “kaltatoy” sanaladi. Bir marta tish yorgan yoki 6 yashar yilqi “birovuz” deyiladi. 2 yoshdan 3 yoshgacha boʻlgan erkak yilqi “gʻunon”, urgʻochisi “gʻunojin” boʻladi. 3 yoshdan 4 yoshgacha boʻlgan erkak yilqi “doʻnan”, urgʻochisi “doʻnatin” ataladi. Hali qochmagan urgʻochi yilqi “qisroq”, tugʻmaydigan, qisiri “tul” deyiladi. Boʻgʻoz, lekin hali tugʻmagan urgʻochi yilqiga “tuvbiya” atamasi ishlatiladi. “Baytal” soʻzi tugʻmagan urgʻochi yilqi maʼnosini anglatadi. Qulunlagan yilqi “biya” boʻladi. “Aygʻir” kuyga kelgan biyalarni qochirish uchun maxsus tanlangan ot. Bichilgan ot “aqta” deyiladi. Orasida bitta aygʻiri bor 20-30 yilqidan iborat toʻda “uyur” ataladi. “Yilqi” soʻzi ulov sifatida miniladigan, xoʻjalik ishlarida foydalaniladigan, sport oʻyinlarida qatnashtiriladigan toq tuyoqli, oʻtxoʻr jonivorlarning umumlashma nomi. Yakkaboğ shevasida uchrovchi sózlar 18. O‘vuz – yaqinda bolalagan sigir suti (qo‘y,echki).
Buxoro viloyati G‘ijduvon tumani shevasiga xos so‘zlardan tuzilgan. Inak – sigir. Masalan: “Bizning hovlimizda to‘rtta mol bor. Shulardan ikkitasi inak”. Yazna – pochcha, opaning eri. Masalan: “Yaznam uyga kelganda opamning oyog‘i olti, qo‘li yetti bo‘ladi”. Dommot – kuyov. Masalan: “Dommotlar muborak, hamsoya”. Biyi – ota(ona)ning buvisi. Masalan: “Biz biyimning pand-nasihatlarini eshitib katta bo‘lganmiz”. Jilop – paypoq. Masalan: “Jilopingni kiyib chiq. Ko‘cha sovuq”. Yangacha – kelinoyi. Masalan: “Bodring, dring-dring, Yangacha, uyga kiring. Amakim keloptilar, Egilib salom bering”. Nana – ona, aya. Masalan: “Nana, nanajon! Qarang, akam koptogimni olib qo‘ydi”. Ibi – voy. Masalan: “Ibi, egachi, ha endi, qizi borning nozi bor. Kutamiz. Siz masalahatlashib oling”. Barra – yangi tug‘ilgan qo‘zichoq. Masalan: “Anvar yangi tug‘ilgan barrachani tomosha qilish uchun yugurib keldi”. Uchko'prik shevasiga xos so'zlardan Uchkoʻprik Fargʻona viloyatining Qoʻqon shahriga yondosh tumanlaridan. Shaharga yaqin qishloqlarda Qoʻqon shevasining taʼsiri seziladi. Boshqa joylarda Fargʻona viloyatining Bagʻdod, Buvayda, Oʻzbekiston, Beshariq, Furqat tumanlari lahjasiga yaqin shevada soʻzlashiladi. Quyida eʼtiboringizga havola etilayotgan moʻjaz lugʻat koʻproq ana shu hududga xos soʻzlardan iborat. Bu hudud odamlari uquvsizlik, lanjlik, manfaatparastlik kabi illatlarni juda yomon koʻradi, chogʻi, tanbeh maʼnosidagi soʻzlar koʻp. Bu soʻzlarning ayrimlari nafaqat Fargʻonada, balki boshqa viloyatlarimizda ham ishlatilishi mumkin. 👉Boʻriq – makka yoki joʻxori poyasining mol-qoʻy yeganidan soʻng qolgan bargsiz qismi. Yoz kunlari tandirni boʻriq yoqib ham oqartirish mumkin. 👉Dimiqtirmoq – boshini suvga tiqib, suv yuttirmoq, shu yoʻl bilan qiynamoq. Aka, anavini qarang, dimiqtiraman deyapti. 👉Yemgish – til-jagʻli, oʻzining gapini maʼqullab turaveradigan odam. E-e, gʻirt yemgish ekansiz-ku! Koʻrganni eshitgan yengibdi, deb shuni aytishsa kerak-da! 👉Jippangʻ – toʻla, labigacha toʻldirilgan, toʻkilay-toʻkilay deb turgan. 👉Paqirni jippangʻ qilib qoʻygan ekansan, choʻmich solgan edim, suvi toʻkildi. 👉Kesmaldak – bargsiz, quruq tut novdasi. Kesmaldaklarni bostirmaning tomiga bosib qoʻydik. 👉Lashim – yirik-mayda aralash, yoppasiga. Limonni lashim besh ming soʻmdan sotdik 👉Katta – boboga shunday murojaat qilinadi. “Katta ota” iborasining qisqartmasi boʻlsa kerak. Biroq bu soʻz hozir isteʼmoldan chiqib ketyapti. Uning oʻrniga “opoqi”, “opoqdada”, “bobo” soʻzlari ishlatilyapti. Kattam bir umr dehqonchilik qilib oʻtgan. 👉Nushqut – nishxurd, yem-xashak, oʻt qoldigʻi. Uchko'prik shevasiga xos so'zlardan Uchkoʻprik Fargʻona viloyatining Qoʻqon shahriga yondosh tumanlaridan. Shaharga yaqin qishloqlarda Qoʻqon shevasining taʼsiri seziladi. Boshqa joylarda Fargʻona viloyatining Bagʻdod, Buvayda, Oʻzbekiston, Beshariq, Furqat tumanlari lahjasiga yaqin shevada soʻzlashiladi. Quyida eʼtiboringizga havola etilayotgan moʻjaz lugʻat koʻproq ana shu hududga xos soʻzlardan iborat. Bu hudud odamlari uquvsizlik, lanjlik, manfaatparastlik kabi illatlarni juda yomon koʻradi, chogʻi, tanbeh maʼnosidagi soʻzlar koʻp. Bu soʻzlarning ayrimlari nafaqat Fargʻonada, balki boshqa viloyatlarimizda ham ishlatilishi mumkin. 👉Boʻriq – makka yoki joʻxori poyasining mol-qoʻy yeganidan soʻng qolgan bargsiz qismi. Yoz kunlari tandirni boʻriq yoqib ham oqartirish mumkin. 👉Dimiqtirmoq – boshini suvga tiqib, suv yuttirmoq, shu yoʻl bilan qiynamoq. Aka, anavini qarang, dimiqtiraman deyapti. 👉Yemgish – til-jagʻli, oʻzining gapini maʼqullab turaveradigan odam. E-e, gʻirt yemgish ekansiz-ku! Koʻrganni eshitgan yengibdi, deb shuni aytishsa kerak-da! 👉Jippangʻ – toʻla, labigacha toʻldirilgan, toʻkilay-toʻkilay deb turgan. 👉Paqirni jippangʻ qilib qoʻygan ekansan, choʻmich solgan edim, suvi toʻkildi. 👉Kesmaldak – bargsiz, quruq tut novdasi. Kesmaldaklarni bostirmaning tomiga bosib qoʻydik. 👉Lashim – yirik-mayda aralash, yoppasiga. Limonni lashim besh ming soʻmdan sotdik 👉Katta – boboga shunday murojaat qilinadi. “Katta ota” iborasining qisqartmasi boʻlsa kerak. Biroq bu soʻz hozir isteʼmoldan chiqib ketyapti. Uning oʻrniga “opoqi”, “opoqdada”, “bobo” soʻzlari ishlatilyapti. Kattam bir umr dehqonchilik qilib oʻtgan. 👉Nushqut – nishxurd, yem-xashak, oʻt qoldigʻi. Yangiqoʻrgʻondan olib kelgan qoʻyim juda yaxshi chiqdi, umuman nushqut chiqarmaydi. 👉Ozitqi – adashtirib, yoʻldan ozdiruvchi maxluq, ajina. “Bemahalda yurma, ozitqi ozdirib ketadi”, deb tayinladi enam. 👉Otaqari – kattalarning gapiga aralashib, aql beradigan bolaga nisbatan ishlatiladi. “Tushunmagan narsangga otaqarilik qilma, bolam”, – dedi enam. 👉Palgʻari – uzum navdasini yerga koʻmib, boshqa joyga oʻtqazish. Yerga koʻmilgan qism kelajakda tomirga aylanadi va tok kuchli oziqlanadi. Bugun oʻn tup uzumni palgʻari qildim. 👉Poldir – dovdir, qoʻpol harakat bilan yon-atrofidagi narsalarni agʻdar-toʻntar qilib yuradigan odamga nisbatan ishlatiladi. Buncha poldiraysan? Sendaqa poldirni koʻrmaganman, bir chekkada turgan obdastani agʻdarib ketganingni qara! 👉Polpis – kir-chir, oʻziga eʼtiborsiz yuradigan odam. Polpisga oʻxshaysan-a! Kiygan kiyiming – bir ahvol, yagʻiri chiqib yotibdi! 👉Poʻnka – qargʻani shu nom bilan ham atashadi. Hozir poʻnkalar yozda ham uchib ketmayapti. 👉Sumalanmoq – lapashanglik, lanjlik qilmoq. Menimcha, bu soʻz “sumalak” soʻzi bilan oʻzakdosh. Sumalak juda sekin pishadi, suyuq boʻladi. Odatda, lavangtabiat odamlar atalaga ham oʻxshatiladi. Buncha sumalanasan, tezroq yursang-chi! 👉Soʻltamat – biror ishni eplamay, doim boʻshashib yuradigan odam. Soʻltamatlanma, qadamingdan oʻt chaqnasin, oʻt! 👉Uchelish – “T” shaklidagi uch yoʻl tutashmasi, bir tomoni berk chorraha. Uchelishda oʻrtogʻim Umidjonni koʻrib qoldim. 👉Qapishtirmoq – futbol oʻyinida toʻpni raqibga qarata qattiq zarb bilan yoʻnaltirmoq. Koʻpincha katta yoshlilar kichiklarni qapishtirib, qoʻrqitadi. Shu orqali oson aldab oʻtib, gol urishga harakat qiladi. “Jonli devorga turmayman, qapishtiradi”, dedi u akasiga. 👉Qiyratmoq – shoʻxlik qilib qiynamoq. Gulchehraning oʻgʻli juda shoʻx boʻlibdi, onasini kuni boʻyi qiyratadi. 👉Gʻijirqum – ariq ostida yigʻilib qoladigan mayda qum. Bu soʻz oʻrnida “shilqum” soʻzi ham ishlatiladi. Sotib olsang, ortib qoladi. Bu yerni suvagani Qilovlidan gʻijirqum olib kelsang ham yetadi. 👉Hoʻpitmoq – choʻmilmoq. Bugun Mingbuloqqa hoʻpitgani boramiz. Orif Tolib tayyorladi.
“Bemahalda yurma, ozitqi ozdirib ketadi”, deb tayinladi enam. 👉Otaqari – kattalarning gapiga aralashib, aql beradigan bolaga nisbatan ishlatiladi. Uchko'prik shevasiga xos so'zlardan Uchkoʻprik Fargʻona viloyatining Qoʻqon shahriga yondosh tumanlaridan. Shaharga yaqin qishloqlarda Qoʻqon shevasining taʼsiri seziladi. Boshqa joylarda Fargʻona viloyatining Bagʻdod, Buvayda, Oʻzbekiston, Beshariq, Furqat tumanlari lahjasiga yaqin shevada soʻzlashiladi. Quyida eʼtiboringizga havola etilayotgan moʻjaz lugʻat koʻproq ana shu hududga xos soʻzlardan iborat. Bu hudud odamlari uquvsizlik, lanjlik, manfaatparastlik kabi illatlarni juda yomon koʻradi, chogʻi, tanbeh maʼnosidagi soʻzlar koʻp. Bu soʻzlarning ayrimlari nafaqat Fargʻonada, balki boshqa viloyatlarimizda ham ishlatilishi mumkin. Boʻriq – makka yoki joʻxori poyasining mol-qoʻy yeganidan soʻng qolgan bargsiz qismi. Yoz kunlari tandirni boʻriq yoqib ham oqartirish mumkin. Dimiqtirmoq – boshini suvga tiqib, suv yuttirmoq, shu yoʻl bilan qiynamoq. Aka, anavini qarang, dimiqtiraman deyapti. Yemgish – til-jagʻli, oʻzining gapini maʼqullab turaveradigan odam. E-e, gʻirt yemgish ekansiz-ku! Koʻrganni eshitgan yengibdi, deb shuni aytishsa kerak-da! Jippangʻ – toʻla, labigacha toʻldirilgan, toʻkilay-toʻkilay deb turgan. Paqirni jippangʻ qilib qoʻygan ekansan, choʻmich solgan edim, suvi toʻkildi. Kesmaldak – bargsiz, quruq tut novdasi. Kesmaldaklarni bostirmaning tomiga bosib qoʻydik. Lashim – yirik-mayda aralash, yoppasiga. Limonni lashim besh ming soʻmdan sotdik Katta – boboga shunday murojaat qilinadi. “Katta ota” iborasining qisqartmasi boʻlsa kerak. Biroq bu soʻz hozir isteʼmoldan chiqib ketyapti. Uning oʻrniga “opoqi”, “opoqdada”, “bobo” soʻzlari ishlatilyapti. Kattam bir umr dehqonchilik qilib oʻtgan. Nushqut – nishxurd, yem-xashak, oʻt qoldigʻi. Yangiqoʻrgʻondan olib kelgan qoʻyim juda yaxshi chiqdi, umuman nushqut chiqarmaydi. Ozitqi – adashtirib, yoʻldan ozdiruvchi maxluq, ajina. “Bemahalda yurma, ozitqi ozdirib ketadi”, deb tayinladi enam. Otaqari – kattalarning gapiga aralashib, aql beradigan bolaga nisbatan ishlatiladi. “Tushunmagan narsangga otaqarilik qilma, bolam”, – dedi enam. Palgʻari – uzum navdasini yerga koʻmib, boshqa joyga oʻtqazish. Yerga koʻmilgan qism kelajakda tomirga aylanadi va tok kuchli oziqlanadi. Bugun oʻn tup uzumni palgʻari qildim. Poldir – dovdir, qoʻpol harakat bilan yon-atrofidagi narsalarni agʻdar-toʻntar qilib yuradigan odamga nisbatan ishlatiladi. Buncha poldiraysan? Sendaqa poldirni koʻrmaganman, bir chekkada turgan obdastani agʻdarib ketganingni qara! Polpis – kir-chir, oʻziga eʼtiborsiz yuradigan odam. Polpisga oʻxshaysan-a! Kiygan kiyiming – bir ahvol, yagʻiri chiqib yotibdi! Poʻnka – qargʻani shu nom bilan ham atashadi. Hozir poʻnkalar yozda ham uchib ketmayapti. Sumalanmoq – lapashanglik, lanjlik qilmoq. Menimcha, bu soʻz “sumalak” soʻzi bilan oʻzakdosh. Sumalak juda sekin pishadi, suyuq boʻladi. Odatda, lavangtabiat odamlar atalaga ham oʻxshatiladi. Buncha sumalanasan, tezroq yursang-chi! Soʻltamat – biror ishni eplamay, doim boʻshashib yuradigan odam. Soʻltamatlanma, qadamingdan oʻt chaqnasin, oʻt! Uchelish – “T” shaklidagi uch yoʻl tutashmasi, bir tomoni berk chorraha. Uchelishda oʻrtogʻim Umidjonni koʻrib qoldim. Qapishtirmoq – futbol oʻyinida toʻpni raqibga qarata qattiq zarb bilan yoʻnaltirmoq. Koʻpincha katta yoshlilar kichiklarni qapishtirib, qoʻrqitadi. Shu orqali oson aldab oʻtib, gol urishga harakat qiladi. “Jonli devorga turmayman, qapishtiradi”, dedi u akasiga. Qiyratmoq – shoʻxlik qilib qiynamoq. Gulchehraning oʻgʻli juda shoʻx boʻlibdi, onasini kuni boʻyi qiyratadi. Gʻijirqum – ariq ostida yigʻilib qoladigan mayda qum. Bu soʻz oʻrnida “shilqum” soʻzi ham ishlatiladi. Sotib olsang, ortib qoladi. Bu yerni suvagani Qilovlidan gʻijirqum olib kelsang ham yetadi. Hoʻpitmoq – choʻmilmoq. Bugun Mingbuloqqa hoʻpitgani boramiz. Orif Tolib tayyorladi.
Palgʻari – uzum navdasini yerga koʻmib, boshqa joyga oʻtqazish. Yerga koʻmilgan qism kelajakda tomirga aylanadi va tok kuchli oziqlanadi. Bugun oʻn tup uzumni palgʻari qildim.
Buncha poldiraysan? Sendaqa poldirni koʻrmaganman, bir chekkada turgan obdastani agʻdarib ketganingni qara! Polpis – kir-chir, oʻziga eʼtiborsiz yuradigan odam. Polpisga oʻxshaysan-a! Kiygan kiyiming – bir ahvol, yagʻiri chiqib yotibdi! Poʻnka – qargʻani shu nom bilan ham atashadi. Hozir poʻnkalar yozda ham uchib ketmayapti. Sumalanmoq – lapashanglik, lanjlik qilmoq. Menimcha, bu soʻz “sumalak” soʻzi bilan oʻzakdosh. Sumalak juda sekin pishadi, suyuq boʻladi. Odatda, lavangtabiat odamlar atalaga ham oʻxshatiladi. Buncha sumalanasan, tezroq yursang-chi! Soʻltamat – biror ishni eplamay, doim boʻshashib yuradigan odam. Soʻltamatlanma, qadamingdan oʻt chaqnasin, oʻt! Uchelish – “T” shaklidagi uch yoʻl tutashmasi, bir tomoni berk chorraha. Uchelishda oʻrtogʻim Umidjonni koʻrib qoldim. Qapishtirmoq – futbol oʻyinida toʻpni raqibga qarata qattiq zarb bilan yoʻnaltirmoq. Koʻpincha katta yoshlilar kichiklarni qapishtirib, qoʻrqitadi. Shu orqali oson aldab oʻtib, gol urishga harakat qiladi. “Jonli devorga turmayman, qapishtiradi”, dedi u akasiga. Qiyratmoq – shoʻxlik qilib qiynamoq. Gulchehraning oʻgʻli juda shoʻx boʻlibdi, onasini kuni boʻyi qiyratadi. Gʻijirqum – ariq ostida yigʻilib qoladigan mayda qum. Bu soʻz oʻrnida “shilqum” soʻzi ham ishlatiladi. Sotib olsang, ortib qoladi. Bu yerni suvagani Qilovlidan gʻijirqum olib kelsang ham yetadi. Hoʻpitmoq – choʻmilmoq. Bugun Mingbuloqqa hoʻpitgani boramiz. Samarqand viloyati, Kattaqo'rgʻon shahar shevasida koʻrsatish olmoshlari Mana bu> manbu, manavi Mana shu> manshï, manshu Ana shu> anshu, anshï, (anshagʻ, anshir) Mana bu yer> manbir, manbagʻ, manaqqa. Ana shu yer> anshir, anshagʻ. Mana shu yer > manshir. Shu yer> shir, shirda Ösha yerda> öshirda, öshirgä Bu yoq/ Bu yoqdan/ Bu yoqqa Mana shu yoq > manshagʻ, (manaqqa) Mana bu yoq> managʻ Ana bu yoqda> anbaqqa, anagʻda , anaqqa Bu yoqda> bagʻda, baqqa Ana bunisi/Mana bunisi Ana bunisi> anbunsi, anshunisi Mana bunisi> manbunsi Shundak> shunney Mundek> munney Bu galgi soʻzlar Buxoroning Olot tumani shevasidan tanlandi. Olot Turkmaniston Respublikasi va Xorazm viloyati bilan chegaradosh. Shu bois aholisi asosan oʻgʻuz lahjasiga yaqin tilda soʻzlashadi. Bu hududdagi koʻpgina soʻzlar sof turkiy hisoblanadi. Ishonmasangiz, “Devonu lugʻatit-turk”ni varaqlang. Gʻulva – ariqdan ekinzorga suv oʻtadigan uzun quvur. Gechchi – echki. Gechchini tutib kel. Nova – tarnov. Tomga yangi nova qoʻydik. Mattiq – bemaʼni, huda-behudaga gapiradigan odam. Shu odam juda mattiq-da! Joʻrob – supurgi. Bilgashli – atayin, joʻrttaga. U bilgashli shunday dedi. Soʻvsalamoq – biror narsaning ilinjida gapni uzoqdan boshlamoq. Bekorga kelmagansan, ochigʻini ayt, soʻvsalama! Qayish – kattaligi kaftdek kesilgan xamirli ovqat; beshbarmoq. Bugun kechki ovqatga qayish pishirildi. Hoʻkki – bukri, yelkalari turtib chiqqan. Gulshan momo hoʻkki boʻlib qolibdi. Jilop yoki julop – paypoq. Moʻkki – jundan toʻqilgan qishki paypoq. Hoʻjak – sigirning bolasi. Jirriq – tugʻilganiga besh-oʻn kun boʻlgan qoʻzichoq. Inak – sigir. Bizning inagimiz juda qari edi. Vagʻir – shovqin, baqiriq ovoz; toʻpolon. Bolalar hovlida vagʻir qilishardi. Hoʻpiqmoq – choʻkmoq, suv tagida havo yetmaslik. Choʻmilgani borgandim, hoʻpiqishdan qoʻrqib choʻmilmadim. Majji – sergap, ezma odam. Shukur chol borgan sari majji boʻlyapti. Noʻvqon – gʻalla oʻrimidan keyin dalada qolgan arpa yoki bugʻdoy boshogʻi. Tursh – nordon, taxir. Qatiq juda tursh ekan. Poʻrsi – badboʻy, yoqimsiz hid. Mijona – shoʻrdanak. Toʻyga mijona ham qoʻyiladimi? Shona – yelka, kift. Sayisxona – somon, xashak solinadigan yoxud qishning ayozli kunlarida qoramollar saqlanadigan katta ayvon, ogʻilxona. Gʻoʻlagir – uy tomiga xas-xashak yopilgach, birinchi bor qilinadigan loysuvoq. Bugun yangi uyni gʻoʻlagir qilamiz. Zomi – handalak. Daladan zomi uzib kel, oʻgʻlim. Download 15.37 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling