Hayot faoliyati xavfsizligi fanidan 10-topshiriq Mavzu bo‘yicha mustahkamlash uchun berilgan savollardan biriga qisqa va lo‘nda javob bering


Download 15.07 Kb.
Sana29.05.2020
Hajmi15.07 Kb.

Hayot faoliyati xavfsizligi fanidan 10-topshiriq
1. Mavzu bo‘yicha mustahkamlash uchun berilgan savollardan biriga qisqa va lo‘nda javob bering.

  1. Favqulodda vaziyat nima?

  2. Favqulodda vaziyatlar turlari.

  3. Texnogen tusdagi favqulodda vaziyatlar.

  4. Tabiiy tusdagi favqulodda vaziyatlar.

  5. Ekologik tusdagi favqulodda vaziyatlar

  6. Ko‘chki vaqtida qanday harakat kilish kerak?

  7. Suv toshqiniga qarshi qanday tayyorgarlik ko‘rish kerak?

  8. Suv toshqini vaqtida qanday harakat qilish kerak?

  9. Suv toshqinidan so‘ng qanday harakat qilish kerak?

  10. Selga qanday tayyorlanish kerak?

  11. Sel vaqtida qanday harakat qilish kerak?

  12. Qor ko‘chkisi mumkin bo‘lgan hududda harakat qilishning asosiy qoidalari

  13. Qor ko‘chkisi vaqtida qanday harakatlanish kerak?

  14. Qor ko‘chkisiga to‘qnash kelganda qanday harakatlanish kerak?

  15. Qor ko‘chkisidan so‘ng qanday harakat qilish kerak?

  16. Kuchli shamollar vaqtida qanday harakatlanish kerak?

  17. Tog‘li hududlarga chiqilganda ehtiyot choralari

  18. Notanish joylarda o‘zini qanday tutish kerak?

  19. Jazirama issiq kunlardan qanday saqlanish kerak?


2. Quyidagi test savollarining to‘g‘ri javoblarini toping
1. Favqulodda epidemiologik, epizootik va epifitotik vaziyatlar qaysi favqulodda vaziyat turiga kiradi?

A) texnogen

B) tabiiy

C) ekologik

D) hamma javoblar to‘g‘ri
2. Epidemiologik vaziyat nima?

A) hayvonlarning kasallanishi

B) o‘simliklarning kasallanishi

C) insonlarning yuqumli kasallanishi

D) sariq, bezgak bilan kasallanish
3. Epizootik vaziyat nima?

A) hayvonlarning kasallanishi

B) o‘simliklarning kasallanishi

C) insonlarning yuqumli kasallanishi

D) sariq, bezgak bilan kasallanish
4. O‘zR Vazirlar Mahkamasining 27.10.1998 yildagi 455-sonli qaroriga muvofiq ekologik xususiyatli favqulodda vaziyatlar qaysi guruhlarga ajratiladi?

A) kimyoviy xavfli ob’ektlardagi avariyalar, radioaktiv va boshqa xavfli hamda ekologik jihatdan zararli moddalardan foydalanish yoki ularni saqlash bilan bog‘liq avariyalar

B) quruqlik, atmosfera va gidrosfera holatining o‘zgarishi bilan bog‘liq vaziyatlar

C) gidrometeorologik xavfli hodisalar, atmosfera holatining o‘zgarishi bilan bog‘liq vaziyatlar



D) geologik va gidrometeorologik xavfli hodisalar, favqulodda epidemiologik, epizootik va epifitotik vaziyatlar
5. Suv toshqiniga qaysi javobda to‘liq ta’rif berilgan?

A) qor erishi, jala (kuchli yomg‘ir) natijasida suv omborlarida, daryo va kanallardagi buzilishlar, baland tog‘lardagi ko‘llardan suv urib ketishi

B) qor erishi, jala (kuchli yomg‘ir), suvning shamol yordamida haydab kelinishi, muz bo‘laklarining tiqilishi va boshqa holatlarda daryo, ko‘l yoki dengiz suvlari sathining keskin ko‘tarilishi oqibatida quruqlikning anchagina qismini suv ostida qolishi

C) tog‘ daryolari o‘zanlarida to‘satdan yuzaga keluvchi katta hajmdagi tog‘ jinslari bo‘laklari, xarsanglar va suv aralashmasidan iborat vaqtinchalik shiddatli oqim

D) suv omborlarida, daryo va kanallardagi buzilishlar, tog‘lardagi ko‘llardan suv urib ketishi natijasida vujudga kelgan hamda odamlar o‘limiga, aholi hayot faoliyatining buzilishiga olib kelgan va ko‘chirish tadbirlarini talab qiladigan halokatli suv bosishlari
Download 15.07 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2020
ma'muriyatiga murojaat qiling