Hayot faoliyati xavfsizligi fanidan 2-topshiriq Mavzu bo‘yicha mustahkamlash uchun berilgan savollardan biriga qisqa va lo‘nda javob bering


Download 22.89 Kb.
Sana03.05.2020
Hajmi22.89 Kb.

Hayot faoliyati xavfsizligi fanidan 2-topshiriq
1. Mavzu bo‘yicha mustahkamlash uchun berilgan savollardan biriga qisqa va lo‘nda javob bering.

  1. Hayot faoliyati xavfsizligi fanining maqsadi?

  2. HFX fanining vazifalari?

  3. HFX fani tuzilish jihatdan qanfay bo‘limlardan tashkil topgan?

  4. HFX fanining asosiy tushunchalari

  5. Ishlab chiqarishdagi baxtsiz hodisa?

  6. Mehnatni muhofaza qilish nima?

  7. Xavfli va zararli ishlab chiqarish omili nima?

  8. Favqulodda vaziyat tushunchasi?

  9. HFX fanining asosiy aksiomalari?

  10. Xavflarning turlari ?

  11. Xavflarni o‘rganish tartibi?

  12. Xavflarning taksonomiyasi?

  13. Xavflarning nomenklaturasi?

  14. Xavflar kvantifikatsiyasi?

  15. Xavflar identifikatsiyasi?

  16. Faoliyat xavfsizligini ta’minlash tamoyillari?

  17. Faoliyat xavfsizligini ta’minlash usullari?


2. Quyidagi test savollarining to‘g‘ri javoblarini toping.
1. Xavflarning nomenklaturasi?

A) muayyan belgi, hususiyatiga ko‘ra sistemaga solingan nom va so‘zlar ro‘yxati

B) xavflarni o‘rganish, isbotlash, tasdiqlash

C) xavflarni sifatini, oqibatini aniqlashda sonli tavsiflarning joriy qilinishi

D) murakkab xodisalarni, jarayonlarni, tushunchalarni bir sistemaga solish

2. Xavflarning taksonomiyasi?

A) muayyan belgi, hususiyatiga ko‘ra sistemaga solingan nom va so‘zlar ro‘yxati

B) xavflarni o‘rganish, isbotlash, tasdiqlash

C) murakkab xodisalarni, jarayonlarni, tushunchalarni bir sistemaga solish

D) xavflarni sifatini, oqibatini aniqlashda sonli tavsiflarning joriy qilinishi
3. Xavflarning kvantifikatsiyasi?

A) muayyan belgi, hususiyatiga ko‘ra sistemaga solingan nom va so‘zlar ro‘yxati

B) xavflarni o‘rganish, isbotlash, tasdiqlash

C) xavflarni sifatini, oqibatini aniqlashda sonli tavsiflarning joriy qilinishi

D) murakkab xodisalarni, jarayonlarni, tushunchalarni bir sistemaga solish
4. Xavflarning identifikatsiyasi?

A) muayyan belgi, hususiyatiga ko‘ra sistemaga solingan nom va so‘zlar ro‘yxati

B) xavflarni o‘rganish, isbotlash, tasdiqlash

C) xavflarni sifatini, oqibatini aniqlashda sonli tavsiflarning joriy qilinishi

D) murakkab xodisalarni, jarayonlarni, tushunchalarni bir sistemaga solish
5. Noksosfera tushunchasi nimani bildiradi?

A) insonning faoliyat jarayonida turgan o‘rni

B) insonning mehnat faoliyati jarayonidagi xavfsiz joy

C) insonning mehnat faoliyati jarayonidagi xavfli joy

D) xavflarni bartaraf etish joyi

Savollarga javob.



  1. Hayot faoliyati xavfsizligi fanining maqsadi?

Turli falokatlar, halokatlar va ofatlardan insonlar hayot faoliyatini saqlash «Hayot faoliyati xavfsizligi» fanining maqsadin hisoblanadi.

2.HFX fanining vazifalari?

Fanning vazifasiga fuqarolarni turli xavflardan, tabiiy ofat, avariya va halokatlardan himoyalanish usullariga o‘rgatish, ular uchun havfsix mehnat faoliyatini tashkil etish jarayonlarini tushuntirish havf darajalari haqida ma’lumot berish va boshqalar kiradi.



3.HFX fani tuzilish jihatdan qanday bo‘limlardan tashkil topgan?

Fan tuzulish kihatidan quyidagi 4 bo’limdan tashkil topgan:



  1. Hayot faoliyati xavfsizligining nazariy asoslari.

  2. Favqulodda vaziyatlarda Fuqaro muhofazasi.

  3. Yong‘in xavfsizligi.

  4. Favqulodda vaziyatlarda birinchi tibbiy yordam ko‘rsatish.

  1. HFX fanining asosiy tushunchalari?

Fanning asosiy tushchalariga xavf-hatar, faoliyat, faollik, xavfsizlik, favqullodda vaziyat, xavflarning taksonomiyasi, xavflarning nomenklaturasi,

xavflar kvantifikatsiyasi, xavflar identifikatsiyasi, kasb kasalliklari va boshqa ko’plab tushunchalar kiradi.



  1. Ishlab chiqarishdagi baxtsiz hodisa nima?

Ishlab chiqarishdagi baxtsiz hodisa tushunchasi xodimga jarohat yoki o'limga olib keladigan baxtsiz hodisalarni o'z ichiga oladi.

  1. Mehnatni muhofaza qilish nima?

Mehnatni muhofaza qilish — bu tegishli qonun va boshqa me’yoriy hujjatlar asosida amal qiluvchi, insonning mehnat jarayonidagi xavfsizligi, sihat-salomatligi va ish qobiliyati saqlanishini ta’minlashga qaratilgan ijtimoiy-iqtisodiy, tashkiliy, texnikaviy, sanitariya-gigiyena va davolash-profilaktika tadbirlari hamda vositalari tizimidan iborat.

  1. Xavfli va zararli ishlab chiqarish omili nima?

Ishlab chiqarishning xavfli omillari - bu turli mexanizmlar, mashinalar kabi salbiy oqibatlarga olib keladigan sabablardir. Biroq, zararli bo'lgan omillar asta-sekin har qanday kasb kasalliklari, masalan, kanserogenlar, kimyoviy moddalar paydo bo'lishiga olib keladi.

  1. Favqulodda vaziyat tushunchasi?

Favqulodda vaziyat (FV) – bu muayyan xududda o‘zidan so‘ng odamlarning qurbon bo‘lishi, odamlar sog‘ligi yoki atrof-muhitga ziyon yetkazishi, kishilarning hayot faoliyatiga kattagina moddiy zarar hamda uning buzilishiga olib kelishi mumkin bo‘lgan yoki olib kelgan halokat, stixiyali falokat, epidemiyalar, epizootiyalar natijasida yuzaga kelgan holatdir.


  1. HFX fanining asosiy aksiomalari?

Hayot faoliyati xavfsizligining asosiy aksiomasi sifatida quyidagi jumlalar keltiriladi ya’ni mutlaqo havfsiz faoliyat yo’. Har qanday faoliyatda ham yashirin havf mavjud.

  1. Xavflarning turlari ?

Xavflarning turlari quyidagicha tasnif qilinadi:

  1. Kelib chiqish tabiatiga ko‘ra: tabiiy, texnogen, antropogen (inson bilan bog‘liq) va ekologik.

  2. Ta’sir xususiyatiga ko‘ra: fizikaviy, kimyoviy, biologik, termik va psixofiziologik.

  3. Olib keluvchi oqibatiga ko‘ra: toliqish, kasallanish, jarohatlanish, halokat, yong‘in, nurlanish, kuyish va boshqalar.

  4. Keltiruvchi zarariga ko‘ra: ijtimoiy, iqtisodiy, texnik, siyosiy.

  5. Kelib chiqish sohasiga ko‘ra: turmushda, sportda, yo‘l transportida, ishlab chiqarishda, urush yoki tabiiy ofat natijasida yuzaga keladigan xavflar.

  6. Insonga ta’sir qilish darajasiga qarab: faol (aktiv) va sust (passiv).

  7. Ta’sir doirasiga ko‘ra: lokal, mahalliy, milliy, global.

  8. Ta’sir etish tezligiga ko‘ra: tasodifiy, shiddatli, mo‘tadil va ravon.

  1. Xavflarni o‘rganish tartibi?

Xavflarni o‘rganish tartibi 3 turga bo’linadi: xavflarni oldini tahlil qilish, xavf sodir bo’lishining ketma-ketligini aniqlash va ularning oqibatlarini tahlil qilish.

  1. Xavflarning taksonomiyasi?

Xavflar taksonomiyasi - xavflarni tartib bo‘yicha joylashtish degan ma’noni anglatadi. Xavflar taksonomiyasini tuzish aynan inson faoliyati xavfsizligini ta’minlashda muhim rol o‘ynaydi. Xavflarning taksomaniyasini tuzishni, xavflarning tabiatini chuqur o‘rganish orqaligina amalga oshirish mumkin.

  1. Xavflarning nomenklaturasi?

Nomenklatura - muayyan belgi, xususiyatiga ko‘ra sistemaga solingan nom va so‘zlar ro‘yxatidir. Masalan, tibbiyotda qo‘llaniladigan dori-darmonlar nomenklaturasi birmuncha aniq tuzilgan. Jumladan, antibiotiklarga: tetratsiklin, ampitsilin, oksotsilin, biotsilin, sefozolin va boshqalar kiradi.


  1. Xavflar kvantifikatsiyasi?

Kvantifikatsiya - murakkab tushuncha, (ofat, talafot, yong‘in, nurlanish, shamol va hokazo)larning sifatini, oqibatini aniqlashda sonli tavsiflarning joriy qilinishidir. Amalda kvantifikatsiyaning sonli, balli, darajali, tezlanishli (m/s, m/soat) va boshqa usullari qo‘llaniladi.

  1. Xavflar identifikatsiyasi?

Identifikatsiya - o‘rganish, isbotlash, tasdiqlash ma’nolarini anglatadi. Masalan. dorishunoslikda birorta dori-darmonni to‘liq identifikatsiya qilmasdan turib, uni kasalga tavsiya etib bo‘lmaydi.

  1. Faoliyat xavfsizligini ta’minlash tamoyillari?

Faoliyat xavfsizliginini ta’minlash tamoyillari ularni amalga oshirish belgilariga qarab shartli ravishda 4 ga bo‘linadi:

1. Yo‘naltiruvchi tamoyil

2. Texnik tamoyil

3. Tashkiliy tamoyil

4. Boshqaruv tamoyili


  1. Faoliyat xavfsizligini ta’minlash usullari?

Faoliyat xavfsizligini ta’minlash usullari gomosfera bilan noksosferaning ishtirokiga ko’ra 3 metodaga bo’linadi va ular fanda A,B,C metodlar deb ataladi.

Test javoblari.

1.c


2.d

3.b


4.a

5.b
Download 22.89 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2020
ma'muriyatiga murojaat qiling