Hayvonlar organizmining fundamenti bu skelet bo‘lib, harakat aktivligi, hayvonlarning konstitutsional tipi, turi, zoti, yoshi tabiiy yashash sharoiti suyaklarning morfometrik ko‘rsatkichlarini belgilab beradi


Download 17 Kb.
Sana15.11.2019
Hajmi17 Kb.

Hayvonlar organizmining fundamenti bu skelet bo‘lib, harakat aktivligi, hayvonlarning konstitutsional tipi, turi, zoti, yoshi tabiiy yashash sharoiti suyaklarning morfometrik ko‘rsatkichlarini belgilab beradi. Skelet tizimidagi har xil suyaklarning makro, mikroanatomik tuzilishlari, ximiyaviy va fizikaviy xossalari turli zotga, turga, yoshga mansub bo‘lgan hayvonlarda o‘rganilgan.

Skelet inson va hayvonlar tanasining eng muhim qismi xisoblanib, o‘z navbatida suyalar va paylardan tuzilgandir. Bizga ma’lumki, inson tanasida 206 ta suyak mavjuddir. Hayvonlar skeleti tarkibida suyaklar soni farqlanib, o‘z navbatida qishloq xo‘jalik hayvonlaridan otlarning suyaklar soni 207-216 ta bo‘lib, shundan bosh skeletida 32 ta suyak, umurtqa pog‘onasida 53-56 ta suyak qovurg‘alar soni 34-38 ta tush suyagining bo‘g‘inlari 7 ta, oldingi oyoqlarida 40-42 ta, orqa oyoqlarida ham 40-42 ta suyaklardan iboratdir.

Qoramollarda suyaklar soni 207-209 tagacha bo‘lib, shundan bosh skeletida 32 ta suyak, umurtqa pog‘onasida 49-51 ta suyak, qovurg‘alar soni 26 ta, tush suyagining bo‘g‘inlari 7 ta, oldingi oyoqlarida 48 ta, orqa oyoqlarida esa 46 ta suyaklardan iboratdir.

Qo‘ylarda suyaklar soni 192-213 tagacha bo‘lib, shundan bosh skeletida 32 ta suyak, umurtqa pog‘onasida 35-55 ta suyak, qovurg‘alar soni 26 ta, tush suyagining bo‘g‘inlari 7 ta, oldingi oyoqlarida 48 ta, orqa oyoqlarida esa 46 ta suyaklardan iboratdir.

Echkilarda suyaklar soni 199-206 tagacha bo‘lib, shundan bosh skeletida 32 ta suyak, umurtqa pog‘onasida 41-48 ta suyak, qovurg‘alar soni 26 ta, tush suyagining bo‘g‘inlari 7 ta, oldingi oyoqlarida 48 ta, orqa oyoqlarida ham 46 ta suyaklardan iboratdir.

Cho‘chqalarda suyaklar soni 282-292 tagacha bo‘lib, shundan bosh skeletida 33 ta suyak, umurtqa pog‘onasida 51-58 ta suyak, qovurg‘alar soni 28-32 ta, tush suyagining bo‘g‘inlari 6 ta, oldingi oyoqlarida 82 ta, orqa oyoqlarida ham 82 ta suyaklardan iboratdir.

Itlarda suyaklar soni 272-282 tagacha bo‘lib, shundan bosh skeletida 32 ta suyak, umurtqa pog‘onasida 50-53 ta suyak, qovurg‘alar soni 26 ta, tush suyagining bo‘g‘inlari 8 ta, oldingi oyoqlarida 80 ta, orqa oyoqlarida ham 76-84 ta suyaklardan iboratdir.

Mushuklarda suyaklar soni 272-274 tagacha bo‘lib, shundan bosh skeletida 32 ta suyak, umurtqa pog‘onasida 50-53 ta suyak, qovurg‘alar soni 26 ta, tush suyagining bo‘g‘inlari 8 ta, oldingi oyoqlarida 80 ta, orqa oyoqlarida ham 76 ta suyaklardan iboratdir.



Quyonlarda suyaklar soni 278 tagacha bo‘lib, shundan bosh skeletida 32 ta suyak, umurtqa pog‘onasida 46 ta suyak, qovurg‘alar soni 26 ta, tush suyagining bo‘g‘inlari 8 ta, oldingi oyoqlarida 90 ta, orqa oyoqlarida ham 78 ta suyaklardan iboratdir.

Skelet tarkibidagi barcha suyaklar hayvonni harakatlanishi, o‘zini tik tutishi yoki harakat jarayoniga nisbatan tik tovonga bosib yuruvchilar, tovon – barmoqqa bosib yuruvchilar, barmoqqa bosib yuruvchilar, barmoq tuyog‘iga bosib yuruvchilar, tuyoq bilan yuruvchilarga bo‘linib, ularning skeleti tarkibi va suyaklar soni ham harakat jarayoniga bog‘liqdir.
Download 17 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2020
ma'muriyatiga murojaat qiling