Hazorasp tumani 2-son umumiy o`rta ta`lim maktabida “Mart-biologiya fan oyligi”ni o`tkazish dasturi Fan oyligi shiori


Download 0.64 Mb.
bet1/3
Sana26.08.2020
Hajmi0.64 Mb.
#127719
  1   2   3
Bog'liq
“Mart-biologiya fan oyligi”ni o`tkazish dasturi


Xorazm viloyati Hazorasp tumani 2-son

umumiy o`rta ta`lim maktabining biologiya

fani o`qituvchisi Feruza Bobojonova

Hazorasp tumani 2-son umumiy o`rta ta`lim maktabida

Mart-biologiya fan oyligi”ni o`tkazish dasturi



Fan oyligi shiori

O`quvchilar uchun:

-Kichik maqsadlar bizniki emas, oldimizga katta maqsadlarni qo`yaylik!

O`qituvchilar uchun

- Bolaga hech nima qilmasdan nima qilishni o`rgat , uni yo`naltir maqsad sari rag`batlantir, qolganini o`zi bajarsin!
Fan oyligini o`tkazishdan asosiy maqsadlar:

- O`quvchilarni fanga bo`lgan qiziqishini yanada oshirish va ularda bilim, ko`nikma , malakalarni hosil qilish

- O`quvchilarda o`rgangan bilimlarini amalda qo`llay olish qobiliyatini o`stirish

-O`quvchilarni biologiya faniga qiziqishini oshirish orqali kasbga yo`naltirish

-O`quvchilarni biologiya faniga bo`lgan qiziqish va bilim darajasini aniqlash

-Fandagi yangiliklar, qiziqarli yangiliklardan xabardor qilish

- Fan to`garaklari faoliyatini kuchaytiruvchi dasturlar ishlab chiqish

-Fanlararo bog’liqlikni ta’milash

- Sog`lom turmush tarzi,gigiyenik, ekologik bilmlarini oshirish.
1-hafta.(2-7mart)

DTS talablari asosida o`qituvchi va o`quvchilarning ijodiy hamkorligini targ`ib qilish

- “Mart-biologiya fan oyligi”ni o`tkazish bo`yicha ishlab chiqilgan chora tadbirlar bilan o`quvchilarni tanishtirish, uni fan oyligi burchagiga joylashtirish , e`lonlarni osish.

- V-XI sinflarda fan oyligiga kirish testini o`tkazish va monitoringini chiqarish

- Har bir sinfda fan oyligini o`tkazilishiga mas`ul o`quvchilar guruhini tuzish

- V-XI sinflarda ochiq darslar grafigini tuzish

- Dars ishlanmalarni ishlab chiqish

- O`quvchilarning tabiiy fanlar savodxonligini baholash ushun PISA(Programme for International Student Assessment) topshiriqlari to`plamlaridan foydalanish

- O`quvchilar bilan biologiya faniga oid o`zlari o`qigan kitoblar ko`rgazmasini biologiya xonasi oldidagi fayeda tashkil qilish.


2 hafta.(9-14 mart)

O`qituvchilar va o`quvchilarning iqtidori va qobiliyatini ko`rsatish

- V-XI sinflar o`rtasida biologiya haftaligini o`tkazish.

Dushanba - Referatlar tanlovi.

Seshanba - Devoriy gazetalar va al`bomlar tanlovi.

Chorshanba - Qo`lda yasalgan ko`rsatmali qurollar tanlovi.

Payshanba - Savol-javob kechasi.

Juma - Senariylar tanlovi.

Shanba - Haftalik yakuni.

- V-XI sinflarda ochiq darslar va laboratoriya mashg`ulotlarini o`tkazish.

- Tabiiy fanlar metod birlashmasi tashkil qilgan ”Eng yaxshi dars ishlanma ” tanlovida qatnashish.(Bu tanlov maktabimizda an`anaviy har yili o`tkaziladi.)

- VI-XI sinflar o`rtasida biologiya fani bo`yicha krassvordlar konkursini va “Suv va hayot ” mavzusida rasmlar tanlovini tashkil etish.

- V-XI sinf o`quvchilarining biologiya fanidan yuritilgan ish daftarlarining

monitoringini o`tkazish va ”Eng yaxshi biologiya fan daftari” g`olibini aniqlash
3- hafta.(16-20 mart)

Darsdan keyingi otkaziladigan tadbirlar



Tadbirlarning ta`lim-tarbiya berishdagi ahamiyatini ko`rsatish

- V-sinflar o`rtasida ”Ona tabiat, chekma aziyat ” mavzusida kecha o`tkazish.

- VI sinflar o`rtasida”O`yla, izla ,top ” bilimdonlar bellashuvini o`tkazish.

- VII siflarda”Jonivorlar-joni borlar ” nomli bellashuv o`tkazish.

- VIII- sinflar o`rtasida ”Salomatlik –tuman boylik ”nomli bellashuvlar o`tkazish.

- IX- XI sinflar ishtiroqida “Kasbidan e`zoz topgan insonlar”mavzusida xalq e`zozidagi faxriy ustozlar va shifokorlar bilan uchrashuv o`tkazish.

-Iqtidorli o`quvchilar o`rtasida fanlararo bog’liqlikni ta’milash maqsadida ”Fanlar estafedasi” ni o`rkazish. ( Biologiya fanidan krasvord, fizika fanidan masala, kimyo fanidan test, jismoniy tarbiya fanidan yugurush,) Hamkorlikda o`tkaziladi.

- V-XI sinflarda fan oyligidan chiqish testini o`tkazish va monitoringini chiqarish,




    1. mart. Bahorgi ta`til

-”Yosh biolog” nomli to`garak a`zolari o`qituvchilari rahbarligida Xiva shahridagi ”Tabiatshunoslik ” muzeyiga sayohat uyushtirish.

-O`quvchilar bilan kompiyuterda onlayn testlar ishlash.(10 ta netbukga test ishlash uchun pragramma ustanovka qilingan.) AKTdan foydalanish savodxonligini oshirish.
4- hafta (30-31 mart)

Fan oyligihi yakunlash.

-“Eng faol sinf”, ”Eng faol o`quvchi”, ”Eng izlanivchan o`quvchi” , ”Eng iqtidotli o`quvchi”,”Kashfiyotchi o`quvchi” va shu kabi naminatsiyalar goliblari aniqlanib

- Biologiya fan oyligini yakunlashga bag`ishlangan ”Fan oyligi” yakuni bo`yicha yig`ilish o`tkazish. Faol qatnashgan sinflarni va o`quvchilarni rag`batlantirish,taqdirlash.

- Biologiya fan oyligining o`tkazilishi haqida uslubiy birlashma yug`ilishida hamda pedagogik kengashga hisobot tayyorlash.


Fan oyligidagi e`lonlar.


Chiroyli yoz , yozsang xat

Xat yozish ham, zo`r san`at



V-XI SINF O`QUVCHILARI DIQQATIGA

“ Eng namunali biologiya fan daftari ”

ko`rik –tanlovi e`lon qilinadi.

Tanlov sentyabr oyida e`lon qilinib , g`oliblar “Mart-tabiiy fanlar fan oyligi” da aniqlanadi. G`olib o`quvchilar diplom va turfa xil kitoblar bilan taqdirlanadi.Farzandining yutug`ini o`z yutug`i deya quvonuvchi g`olib o`quvchilarning ota-onalariga maktab mamuriyatining tashakkurnomalari e`lon qilinadi.


Tanlov shartlari:

1).Fan daftari muqovasi biologiya faniga oid bezatilganligi;

2).Daftarda barcha o`tilgan sanadagi mavzularning to`liq bo`lishi;

3).Yozilgan mavzular daftar hoshiyasidan o`tilmagan , chiroyli va aniq

bo`yalmagan xolda yozilishi;

4).Daftarda barcha uyga vazifalar (krasvord,test, jadval va topshiriqlar)

bajarilgan bo`lishi;(qizil bo`lmagan, rangli ruchkadan foydalansa bo`ladi.)

Bir so`z bilan aytganda namunali va yana namunali bo`lishi lozim.

Bu esa sizdan doimiy ravishda tinimsiz mehnat qilishingizni talab qiladi.
Qadrli bilimdon, zukko o`quvchi ! ! ! !

Siz mehnatsevar, chuqur insoniy fazilatlarga boy, taniqli va tan olinadigan o`quvchi sifatida shakllanishingizga biz ishonamiz.



Tanlovda barchaga omad yor bo`lsin.

Hurmat bilan biologiya o`qituvchisi

va maktab ma`muriyati

7 sentabr 2019 yil





MART- BIOLOGIYA FAN OYLIGI “



Download 0.64 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling