Hazorasp tunani 10-son umumiy o’rta ta’lim maktabining navbatdan tashqari pedogogik yig’ilishi bayonnomasi


Download 12.97 Kb.
Sana17.06.2022
Hajmi12.97 Kb.
#762225
Bog'liq
ochiq darslar bayonnoma
1-mavzu.topshiriq-1, 107-Ўзб. янги тарихи-2020, 11 Глагол как самостоятельная часть речи, маъруза ишланмаси, маъруза ишланмаси, The Roman conquest, 6-Laboratoriya ish, EKUSKURSIYALARNI TARIXIY BILIMLARNI RIVOJLANTIRISHDA TUTGAN O’RNI, ochiq darslar bayonnoma, 160-167

Hazorasp tunani 10-son umumiy o’rta ta’lim maktabining navbatdan tashqari pedogogik yig’ilishi


BAYONNOMASI №___dan ko’chirma

__ ,___________, 202_-yil Ovshar qishlog’i


Qatnashdi: __ nafar pedogog


Qatnashmadi: __ nafar pedogog


KUN TARTIBI:
Maktabning informatika fani o’qituvchisi Masharipov Orifjonning 6-b sinfda ,,Hujjatlarda jadvallar bilan ishlash “ mavzusidagi ochiq darsi to’g’risida
ESHITILDI:
Maktabning informatika fani o’qituvchisi Masharipov Orifjonning ,,Hujjatlarda jadvallar bilan ishlash “ mavzusidagi ochiq darsi to’g’risidagi muhokamasi tinglandi.
1.Ochiq dars slaydlar, tarqatmalar, ko’rgazmalilik asosida AKT dan foydalangan holda tashkil etildi. Bunda o’quvchilar “Hujjatlarda jadvallar bilan ishlash” mavzusidagi slaydni tomosha qilishdi. O’tilgan mavzuni mustahkamlash maqsadida o’quvchilarga Hujjatlarni formatlash mavzusi bo’yicha tuzilgan amaliy mashg’ulot berildi. O’quvchilar amaliy mashg’ulotni kompyuterdan foydalanib bajarib berishdi.. Keyin o’quvchilar “So’rovnoma” metodi asosida tayyorlangan tarqatmalarga javob berdilar. Bundan tashqari o’quvchilar “Hujjatlarni formatlash” mavzusi bo’yicha savollarga ham og’zaki tarzda javob berdilar. Bu usullarni bajarishda o’quvchilarga har bir to’g’ri javob uchun bitta “Rag’bat” kartochkasi, noto’g’ri javob uchun esa “Jarima” doirachasi berildi. Yangi mavzuni tushuntirish davomida o’quvchilarga dastlab slayd orqali ko’rsatib o’tildi. Keyin o’qituvchi “Hujjatlarda jadvallar bilan ishlash” tushuntira boshladi. Wordda jadval joylashtirish. Wordda jadval hosil qilish jarayonini ko'rib chiqamiz. Aytaylik, yuqoridagi jadvalni hosil qilish kerak bo'lsin. Word matn protsessorida bu quyidagicha amalga oshiriladi:

  1. Avval jadvalning ustun va satrlari sonini aniqlanadi: bizning holda jadval 3 ta ustun va 4 ta satrdan iborat.

Birinchi usul: ustun va satrlar soni aniqlangach, Jadval(Tаблица) menyusining Joylashtirilsin (Вставить) bо'limidan Jadval (Таблица ) bo'limi tanlanadi. Hosil bo'lgan muloqot oynasida ustunlar va satrlar soni kiritiladi. Enter klavishi bosiladi yoki sichqoncha yordamida OK tanlanadi.
Yangi mavzuni mustahkamlash qismida o’qituvchi “Begona so’z” usuli hamda “Assesment” metodidan foydalangan holda mustahkamladi.
2.Ushbu masala yuzasidan O.Qalandarov K.Matyoqubovlar so’zga chiqib, darsning yangi pedagogik texnologiyalar va AKT-dan foydalangan holda o’tilganligi, dars davomida bir necha metodlarning qo’llanganligi, mavzu uchun tanlangan Akt qurollari ham darsning qiziqarli o’tishini taminlagani, dars o’quvchilar va o’qituvchilarda katta taassurot qoldirganligini aytib o’tdilar.
Yakuniy so’zga maktab direktori I.Bobojonov chiqib, u avvalo, dars davomida ko’pgina metodlarning qo’llanilganligi o’qituvchining 1-yutug’i ekanligini ta’kidladi. Darslik uchun tayyorlangan ko’rgazmali qurol va tarqatma materiallar darsning samaradorligini oshirishga xizmat qilganligini, AKTdan foydalanish bugungi kun talabi ekanligini aytib, o’qituvchining keyingi pedagogik faoliyatida muvaffaqiyatlar tilab, so’zini yakunladi.
QAROR QILINDI:
1. Dars metodik jihatdan talabga javob beradi va mazmunli o’tdi deb topilsin.
2. O’qituvchi Masharipov Orifjonning ,,Hujjatlarda jadvallar bilan ishlash “ mavzusidagi ochiq darsi namunali deb topilsin va maktab miqyosida ommalashtirishga ruxsat berilsin.

Maktab direktori: I.Bobojonov


O’IBDO’: B.Bobojanov
Informatika fani o’qituvchisi: O.Matyoqubov
Download 12.97 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2022
ma'muriyatiga murojaat qiling