He bent his great, shaggy head over Harry and gave him what must have been a very scratchy, whiskery kiss


Download 5.33 Kb.
Sana31.01.2024
Hajmi5.33 Kb.
#1818635
Bog'liq
garri 12


U bahaybat, xurpaygan boshini Garri tomon egib, qichitadigan mo’ylovini tekkizib o’pib qo’ydi. So’ngra to’saddan yaralangan itdek ingrab yubordi.
– Tshshsh! Magllarni uyg’otib yuborasiz, – dedi MakGonagal vishillab.
– K-k-kechiring, – deya yig’ladi Hagrid kattagina, nuqta-nuqtali ro’molchasiga yuzini berkitib, – Lekin men ch-chiday olmayman bunga… Lili va Jeyms Potterlarning o’limi… Bechora Garri Potterning esa Magllar bilan yashashi…
– Ha, ha, bu juda qayg’uli, o’zingizni qo’lga oling Hagrid, yo’qsa bizni payqab qolishlari mumkin! – pichirladi professor MakGonagal Hagridni qo’li bilan ohista silab, shu payt Dambldor bog’ning pastgina devori bo’ylab yurib, eshik ro’parasiga keldi. U Garrni ostonaga ehtiyotkorlik bilan qo’ydi, cho’ntagidan bir xatni olib, bolakayning yopinchig’ining ichiga solib qo’ydi va hamrohlari yoniga qaytdi. Ular bir daqiqa qotib qolishdi va jajji chaqaloqqa tikilishdi; Hagridning yelkalari titrar, Professor MakGonagal ko’zlaridan ko’zyoshi sel bo’lib oqardi, Dambldorning ko’zlarida porlagan uchqun esa so’nib qolgandek edi.
– Yaxshi, – dedi Dambldor axiyri, - Bo’lar ish bo’ldi. Endi bu yerda turishdan foyda yo’q. Borib davraga qo’shilishimiz lozim.
– To’g’ri, - dedi Hagrid past ovozda, - Men unda Siriusga mototsiklini qaytarib beraqolay. Xayrli tun, professor makGonagal, janob Professor Dambldor.
Ko’zlarini kamzulining yengi bilan artgan Hagrid, motosikl motorini o’t oldirish uchun uni tepdi; ….
- Tez orada ko’ishamiz degan umiddaman, Professor MakGonagal, - dedi Dambldor unga boshini qimirlatib. Bunga javoban Professor MakGonagal burnini puflab qo’ydi. Dambldor ortiga burildi va ko’cha bo’ylab ortga qaytdi. Burchakda u to’xtadi va kumush deluminatorni oldi. Uni bir marta chiqqillatdi va undan o’n ikkita yorug’lik sharchalari ko’cha chiroqlariga g’izillab qaytdi. Prayvt Drayv ko’chasi to’satdan yorqin bo’lib ketdi va u ko’chaning boshqa burchagi bo’ylab sein yurib ketayotgan ola-bula mushukni payqadi. U faqatgina ostonadagi chaqaloqning yopinchig’ini ko’ra oldi xolos.
- Omad, Garri, - deb g’uldiradi. Poshnali oyoq kiyimda, yopinchig’ini hilpiratib ortiga qaytib ketdi.
Download 5.33 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling