Hech kim meni tushunmaydi, Hech kim menga ishonmas


Download 13.75 Kb.
Sana06.05.2023
Hajmi13.75 Kb.
#1435726
Bog'liq
Hech kim meni tushunmaydi


Hech kim meni tushunmaydi
Hech kim menga ishonmas. 
Hech kim meni o'ylamaydi, 
Hech kim meni deb yonmas. 

Hech kim dardim ololmaydi


Yonimda ham qololmaydi. 
Holing ne deb so'rar ammo, 
Hech kim chin do'st bo'lolmaydi. 

Ko'paytirib g'amlarimni, 


Yuzga solib kamlarimni. 
Ko'zdan oqsa alamlarim
Artisholmas namlarimni. 

Sevgim sarob ayladilar


O'zin oshiq sayladilar. 
Tushunmasdan muhabbatni
Sevdim deya kuyladilar. 

Oh, bu dunyo, qanday dunyo


Kunlari ham tunday dunyo. 
Dardimdayin har dardlari
Mening kabi, menday dunyo. 

Hech kim meni tushunmaydi


Tushunsamda men ularni. 
Hech kim meni o'ylamaydi, 
O'ylasamda ularni...
Download 13.75 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling