Hibat ul-haqoyiq


Download 1.99 Mb.
Sana21.04.2023
Hajmi1.99 Mb.
#1373788
Bog'liq
O\'zbek adabiyoti tarixi fanidan slayd (2)


Mavzu: Ahmad Yugnakiyning “Hibat ul-haqoyiq” asari tahlili
Ahmad Yugnakiy X-XII asrlar o'zbek adabiyotining yirik namoyandasi, iste'dodli shoir, donishmand murabbiydir. Adibning «Hibat ul-haqoyiq” dostoni uning ma'naviy merosidan bizgacha yetib kelgan yagona namunadir. Hajman ixcham bu doston o'sha davr turkiy adabiy tilining ham nihoyatda qimmatli, mo'tabar manbalaridan biri sanaladi.. Tarjimai holi haqida deyarli ma’lumot yo‘q. Uning oxirida Adib Ahmad ismi tilga olinadi
Asar nusxalaridan biriga temuriy amaldorlardan Arslonxoja Tarxon tomonidan ilova qilingan 10 baytli masnaviyda Yugnakiy haqida ba’zi ma’lumotlar mavjud. Undan ma’lum bo‘lishicha, Adib Ahmad Yugnak degan so‘lim va bahavo joyda tug‘ilgan. Otasining oti Mahmud Yugnakiy bo‘lgan. 
Kitobi adabdan iborat bo‘lib, nomi —«Hibat ul-haqoyiq». Kitob koshg‘ariy tilda she’riy yo‘l bilan yozilgan. «Qutadg‘u bilig»dan 1—2 asr keyin yaratilgan bu asar o‘zbek mumtoz adabiyotining noyob durdonasi hisoblanadi. Alisher Navoiy «Nasoyim ul-muhabbat» tazkirasida Yugnakiyni O‘rta Osiyoning mashhur shayxlari qatoriga qo‘yib, uning tug‘ma ko‘rligi xususida so‘zlaydi, yana Navoiy Husayn Boyqaroning o‘g‘li Badiuzzamonga yozgan xatlaridan birida ham «Hibat ul-haqoyiq»dan parchalar keltiradi. «Hibat ul-haqoyiq» asari shoir haqidagi ma’lumotlarni birmuncha to‘ldirishga, Yugnakiy yashab ijod etgan davrni tahlil qilishga imkon beradi.
"Hibat ul-haqoyiq" yozma manbaining to'liq nusxalaridan biri Hirotda, XV asrda qadimgi uyg'ur yozuvi asosida ko'chirilgan, asarning ikkinchi to'liq nusxasi 1480-yilda Istanbulda Abdurazzoq Baxshi tomonidan arab yozuvi bilan ko'chirilgan. Dostonning arab yozuvi bilan ko'chirilgan uchinchi nusxasi XVI asr boshlariga mansub. "Hibat ul-haqoyiq"ning asosiy nusxalari Turkiya kutubxonalarida, ayrim parchalardan iborat bir nusxasi Berlinda saqlanmoqda. Asar 256 bayt, ya'ni 512 misradan iborat. G'azal va to'rtliklar she'r shaklida yozilgan. Adib Ahmad Yugnakiy ham boshqa o'tgan buyuklar kabi Allohni madh etish bilan boshlaydi.
1972-yilda filologiya fanlari doktori, qadimshunos, turkolog olim Qozoqboy Mahmudov "Hibat ul-haqoyiq"ning akademik nashrini chop ettirdi. Unda olim dostonning asli, nasriy bayoni, tahliliy matn, izohli lug'at hamda grammatik va fonetik tahlilni amalga oshirgan. Shu paytgacha "Hibat ul-haqoyiq" dostoni bugungi o'zbek tiliga she'riy tarjima qilinmagan edi.
Qadimgi turkiy adabiy tilning X—XII asrlardagi holati va xususiyatini, uning taraqqiyotini o'rganishda muhim yodgorliklardan biri «Hibat ul-haqoyiq» asaridir. Аsar XII asr boshlarida isteʼdodli adib Аhmad Yugnakiy tomonidan yozilgan. Bu asar XV asrdan XX asrning boshlarigacha fan olamida maʼlum emas edi. Turk olimi Najib Osim birinchi jahon urushi boshlarida Istambuldagi Аyo-Sofiya ibodatxonasining kutubxonasidan shu asarning bir qo'lyozma nusxasini topadi va uni 1915 yilda usmonli turk tiliga qilingan tarjimasi, ayrim sharhlar va lug'ati bilan birga nashr ettiradi.
1951 yilda Аrat Raxmatiy bir necha qo'lyozmalar asosida asarning siyosiy matnini nashr etdi. Yirik sharqshunos Ye. E. Bertels, А. M. Shcherbak, o'zbek olimlaridan N. M. Mallayev, Mahmudov asar yuzasidan tadqiqot ishlari olib bordilar.
Аyniqsa, K. Mahmudov tomonidan bajarilgan ishlar o'zbek adabiyoti va o'zbek tili tarixini o'rganishda muhim ahamiyatga egadir. U 1972 yilda «Hibat ul-haqoyiq» asarining tanqidiy matnini, fonetik va morfologik xususiyatlarini, sharh va lug'atini eʼlon qildi". Jahonda hech bir til yoʼqki, uning lugʼat tarkibi faqat oʼz soʼzlaridan tashkil topgan boʼlsa.
"Ushbu asarning tili, uning leksik xususiyati, tovush tarkibi va grammatik qurilishi, bir tomondan, «Qutadg'u bilig» asariga yaqinlashsa, ikkinchi tomondan, «Qissas-ul anbiyo»ga (XIII—XIV asrlar) o'xshab ketadi. Darhaqiqat, asar tiliga xos fonetik va grammatik xususiyatlarning qarluq,chigil, yag'mo,uyg'ur tillari negizida tashkil topgan adabiy til bilan mushtaraklikka ega ekanligi, ayniqsa, keyingi asrlarda bitilgan asarlar tiliga yaqinligi kabilar eski turkiy adabiy tildan eski o'zbek adabiy tiliga o'tishda «Hibat ul haqoyiq»ning ko'prik bo'lganligidan dalolat beradi".
Misol:
So’ngakka yiliktan eranlik bilik,
Eran ko’rki aql, so’ngakning-yilik.
Biliksiz-yiliksiz so’ngaltan qoli,
Yiliksiz so’ngakka sunulmas alik
So'ngakda ilik bo'lishi lozimligi eran, ya'ni er kishiga ilm kerakligiga qiyos qilinadi. Kishining ko'rki aql bo'lsa, so'ngakniki ilikdir. Shoir ilrtEiz kishini iliksiz so'ngak kabi bo'sh bo'ladi, deb biladi. Shu bois iliksiz xunukka qo'l uzatilmaydi. Ahmad Yugnakiy g'oyatda chuqur mulohazalar asosida o'quvchiga o'zining katta hayotiy tajriba zaminida tug'ilgan teran fikrlarini yetkazarkan, ulami jamiyatdan yiroq bo'lmaslikka da'vat etadi. Chunonchi, shoir nigohida ilmli bir kishi ming tengdir.
Xulosa sifatida shuni aytishim mumkinki, Ahmad Yugnakiyning " Hibat-ul haqoyiq" asarida yoshlar o'rganishi, o'rnak olishi va hayotida tadbiq qilishi mumkin bo'lgan jihatlar ko'p. Bu asar tom ma'noda o'zbek didaktik adabiyotining bebaho durdonasi, bizga qoldirilgan adabiy, boy merosdir. "Hibat-ul haqoyiq" asari Yevropa tan olgan va e'tirof etadigan jahon durdonalari bilan bellasha oladigan mumtoz asardir. Bunday asarlarni mutolaa qilish, o'rganish va bo'lajak pedagog sifatida ularni kelajak avlodga yetkazib berish bizning vazifamizdir.
Foydalanilgan adabiyotlar
  • Ahmad Yugnakiyning “Hibat ul-haqoyiq” asari .
  • Rahmonqul Orzibekov “O’zbek adabiyoti tarixi” T.:2006.
  • Natan Mallayev “O’zbek adabiyoti tarixi”.
  • Rahim Vohidov, Husniddin Eshonqulov “Ozbek mumtoz adabiyoti tarixi” T.: 2006.

Tayyorladi: Gullola Isaqova
Download 1.99 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling