Hikoyani o’qir ekanman bankir va yosh yurist o’rtasidagi garov oxiri nima bilan tugashiga shu qadar qiziqdim. Hatto bankir aytgani kabi men ham bu yosh yurist ko’p vaqt davomida qamoqda o’tira olmaydi deb o’ylagandim
Download 15.07 Kb.
|
taqriz Garov
Taqriz 1 Hikoyani o’qir ekanman bankir va yosh yurist o’rtasidagi garov oxiri nima bilan tugashiga shu qadar qiziqdim. Hatto bankir aytgani kabi men ham bu yosh yurist ko’p vaqt davomida qamoqda o’tira olmaydi deb o’ylagandim. Lekin afsuski o’ylaganlarim xom hayol bo’lib chiqdi. 15 yillik bu ahdlashuvni qanday o’tkazish haqida bir o’ylab ko’ring-chi, hech qayerga chiqmasdan, hech kim bilan gaplashmasdan o’tkazish juda qiyin hisoblanadi. Lekin yosh yuristning qilgan harakatlari ya’ni vaqt o’tishi bilan qanday harakat qilayotgani anglab olishi, hamda yomon odatlarni tashlab kitob bilan oshno bo’lishi, uning vaqtini qanday o’tganini sezmay qolishi, uning o’qib o’rganganlarini va shu paytgacha ko’rgan kechirganlarini va odamlarning qanday yashayotganini taqqoslash imkonini bergan deb hisoblayman. Undan tashqari yosh yurist yozgan nomani bankir ham o’qib qilmoqchi bo’lgan ishidan qaytganligini hamda shu vaqtga qadar qanday yashaganligini ko’z oldidan o’tishi va pushaymon bo’lishiga olib keldi. Oddiy garov ortidan hayotga bo’lgan qarash shunchalik o’zgarib ketdi. ALBATROS Taqriz 2
Garovda bank sohibining 15 yil avval o'ylanmay aytilgan gaplari shu kunga kelib o'zining boshiga balo bo'layotgani, hatto u mag'lub bo'lmaslik uchun odam o'ldirishgacha borgani achinarli holat.Ammo advakatni 15 yil ichida bir necha tillarni yolg'iz o'zi o'rgangani, ko'plab sohalarni o'zlashtirgani va buni uddasidan chiqqani insonni qay darajada mukammal ekanligini, agar o'zida ishtiyoq bo'lsa hamma narsa qo'lidan kelishi mumkinligini yana bir bor isbotlashi bu hammamiz uchun ibratdir. Ayniqsa uni yozgan maktubi o'zini o'limdan qutqarishi qoyilmaqomdir. "Pul qo'lni kiri" deb shuni aytishsa kerakda ammo buni tushunish uchun odamda sabr bo'lishi darkor.Hayotining eng gullagan davrini tutqunlikda o'tkazib, bundan hech ham afsuslanmaslik esa tahsinga loyiq. Men bu hikoyadan shuni xulosa qilamanki olloh bergan barchasiga shukr qilaylik! Hayotda hamma narsa bo'lishi mumkin ammo bizni yashab turganimizni o'zi katta baxt, ha biz bu dunyodan hech narsa olib ketolmaymiz ammo o'zimizdan yaxshi nom , yaxshi bog' qoldirishimiz mumkin.... Hech qachon to'xtamang doimo olg'a intiling, hatto yiqilsangiz ham o'qish, o'rganish, izlanishdan charchamang, shundagina marra sizniki bo'ladi..... Dinara Yusupova, yosh bloger Taqriz 3
Bahsning mavzusi ham bankirning insonlar taqdirini hal qilishga qodirman deb o’ylashiga ishora qiladi. Ulkan boylikka ega bo’lgani tufayli u yigit garovga rozi bo’lgan taqdirda ham uzoq bardosh bera olmasligiga amin edi. O’n besh yildan so’ng boyning ongida nimadir o’zgardimi? Yo’q. Uni hamon faqatgina boyligi qiziqtiradi, xatto buning uchun o’n besh yil quyosh nurini ko’rmagan yigitni o’ldirishga(!) ham tayyor. Ikkinchi qahramonga kelsak, Uning hayotga, umuman, hamma narsaga bo’lgan qarashlari o’zgardi. Avvaliga zerikish va yolg’izlikdan qiynaldi. Ammo, kitoblarning turfa xillari bilan tanishib borar ekan, aytish mumkinki, u bir necha sarguzashtlarga boy umrlarni yashab o’tdi. Venetsiyalik taniqli dramaturg Karlo Goldoni aytganidek, “qo’lida yaxshi kitobi bor inson hech qachon yolg’iz bo’lmaydi”. U haqiqiy donishmandga aylandi va dunyoning o’tkinchi hoyu-havaslaridan yuz o’girdi. Oxir-oqibat o’z yutug’idan voz kechgan yigit, bu qarori orqali insonning boylikka o’chligiga nisbatan o’z nafratini izxor etdi. Yosh yurist bunchalik uzoq yillar davomida sog’lom fikrlash qobiliyatidan ayrilishi mumkin edi, lekin ozodlikda bo’lsa ham, bankir shunday holatga tushdi va odam o’ldirishga qaror qildi. Hikoya qisqa, sahifalari oz bo’lsada, muallifning fikrlari o’quvchining qalbida chuqur iz qoldiradi, kitoblarning hayotimizdagi o’rni to’g’risida fikrlashga undaydi. Bobur Taqriz 4
Inson shu o'ylar bilan o'zing ham hayotda qanday o'rindaligi va o'zing hayoti mohiyatini tushunishga harakat qiladi. Balki adibning eng asosiy niyati ham shundaydir. Har xil fikrlar inson miyasiga yog'ilib kelaveradi . Ammo ishonaman u hayotning unqur-chunqurlaridan o'tib, olg'a qadam bosgani sari yashash mohiyatini tushunib yetadi. Safarova Umida Taqriz 5
"Garov" hikoyasiga biroz tarif beradigon bo'lsam, xar bir obraz vaziyatlarga mos tanlangan: Yurist - adolat izlagan, qiziquvchan va yoshiga mos egosi rivojlangan yigit Bankir - bir muncha hayotni past balandligini ko'rgan, o'ziga xos hudbinlik va manmanlik hislatlari borilgi ochiq ta'svirlangan. E'tibor bering, Yurist va Bankir ikki kasb egasida xam bir o'xshashlik mavjud, bu o'z so'zini qarshisidagi insonga o'tkazish, aynan mana shu hamohanglik tufayli xam hikoya nomi "Garov" qo'yilgan menimcha . . . Baxsga olingan mavzuni xam tub ma'nosini olsak o'lim haqida, inson umri haqida ... Yigitcha baxsga rozi bo'lishiga undagi qiziquvchanlik va bankirni barchani oldida yengish hissi bo'lgan puldan xam ko'ra nazarimda . . . Yaxshilab e'tibor berilsa, yurist o'tkazgan yillarida qanday qilib komillika yetgani ketma ketlikda kitobxonga tushunarli qilib yoritilgan. U oxirgi o'qigan kitobi injil bo'ldi. U o'zini to'la qonli erkin fikrlashiga asosiy turtkini injil bergan dep o'ylayman chunki asarda muqovasi kam bo'lsada injilni uzoq vaqt o'qigani aytib o'tilgan. U birinchi navbatda ma'naviy keyin esa ruhiy ozuqa olgan. Bir qarashda 15 yil unga tushunishi kerak bo'lgan narsalarni anglashiga yetdi va hatto oxirgi qilgan ishi bilan bankirga xam saboq bera oldi . . . P.s: Komillika yetishish uchun o'z ustida ishlashi va Hayotda xamma bir hil degan fikrdan yiroq bo'lishi kerak ! P.s.s: Xar bir insonni umri uzun qisqaligi bilan emas, Xayrliligi bilan o'lchanadi!!! @Gucci_Louis_Vuittonn Taqriz 6
Anton Chexovning "Garov" hikoyasi ham mana shu mavzular bilan bezatilganligini yaqqol sezishimiz mumkin. Hikoyada yozuvchi jinoyatchilarga o'lim jazosi va bir umrlik qamoq jazosi bilan hukm qilinishi ustida o'ynalgan garov haqida so'z yuritar ekan insonlarga qo'llanilayotgan o'lim jazosi odamiylikka xos bo'lmagan beshavqatlik ekanligini bunga faqatgina qodir Alloh ekanligi aytib o'tmoqchidek. Bu so'zlarimni isboti sifatida asarda keltirilgan quyidagi jumlalarni keltirishimiz mumkin. Davlat-Xudo emas. U istaganida qaytara olmaydigan narsasini tortib olishga haqli emas. Insonga faqatgina Alloh tomonidan beriladigan jonini boshqa hechkim bera olmaydi. Hikoya qisqa va atigi 2ta qahramoni bo'lishiga qaramasdan katta ma'no-mazmunga ega asardir. O'z hayotini 15 yilini qamoqda o'tkazgan yurist insoniylikka to'g'ri kelmaydigan o'lim jazosiga qarshi kurashish va inson qamoqda bo'lganda ham o'zi uchun hayot mazmunini yarata olishi mumkinligi isbotladi. Yozuvchi Olloh bu dunyoda yashashga izn bergan ekan har joyda har daqiqa hayot mazmuni topishimiz mumkinligini isbotladi desak adashmaymiz. Negaki, asarda keltirilgan yurist obrazida 15 yillik qamoq jazosi nihoyalab qolganda o'zi uchun bu hayotni qanaqa ekanligini tushunib yetdi va bu haqiqatni anglashda sarflagan 15 yilga achinmadi ham. Yuristning bu garovda yutqazib berishiga sabab unga bu dunyoning hoyu-havaslariga boshqa aldanmasligini ko'rsatib berishda. U manashu yillar davomida oddiygina qamoq jazosidan mana shuncha xulosalar chiqardi. Demakki o'lim jazosi bilan bir insonni tuproqqa bersak uning hayoti nihoyasiga yetadi, agarda unga qamoq jazosi berilsa u hayotida yana qanaqadir mazmun topa olishi mumkin. Qamoq jazosi orqali juda ko'p bilimga erishgan yurist bir insonni o'lim jazosidan qutqarib qoldi va bu orqali o'z jonini saqlab ham qoldi. Xulosa qilib aytadigan bo'lsak, ilmu-ma'rifat insonni doimo ezgulikka va yetuklikka chorlaydi. Ilm bizni go'zalliklarga shaydo qilguvchi va bu dunyoni gullab yashnatuvchi, olamga ziyo nurlarini taratuvchi shamchirog'imizdir. Shuni ham takidlash kerakki, har kimga hayoti mazmunini, bu hayotning siru-sinoatini anglab yetishiga ko'makdosh bo'lishimiz va jazo bilan kimnidir bunday baxtdan mosuvo qilmasligimiz joizdir. Xuddi bankir o'z hayoti mazmunini boylik bilan o'lchab o'zini o'zi o'limga hukm qilmoqchi bo'lgani kabi. Suyunova Xoldonoy Taqriz 7
Garov hikoyasi Bankirning 15 yil oldin boʻlib oʻtgan bazmdagi garovni eslash bilan boshlanadi. Bazmda yosh yurist bilan Bankirning oʻrtasida oʻlim jazosi va qamoq jazosi borasida baxs ketadi. Baxs shu darajaga yetadiki, bankir va yurist garov oʻynashadi. Garovga muvofiq, yurist 15 yil davomida qamoqda oʻtirishi, bankir esa 2million toʻlashi kerak edi. Shu tobda ular garov oʻynashdi. Yosh yurist Bankirning bogʻidagi fligellardan birida tutqunlikda saqlanadi. Tutqunlik davomida koʻplab kitoblarni oʻqiydi, 6ta tilni oʻrganadi, falsafa , tarix kabi yoʻnalishni oʻrganadi. Injilni hatm qiladi. 15 yil oʻtib, bankir boy bankirdan , oʻrta hol bankirga aylanadi, uni 2million pul toʻlashga qurbi yetmay qoladi. Shunda bankir yuristni oʻldirishga qaror qiladi. Yuristni fligeliga kirganida , yurist uhlab yotardi. Shunda bankir stol ustidagi xatga koʻzi tushadi. Xatni bankir oʻqir ekan, yigʻlab yuboradi, oʻzidan nafratlanib ketadi. Va yuristni oʻldirmaydi. Ertasi kuni yuristni qochib ketgani haqida qoruvul yetkazadi. Asarni oʻqir ekanmiz hayotning teran mohiyatini anglaymiz. Hayot mohiyatini har kim turlicha oʻylaydi, kimdir mol- mulkka hayotini sarflasa , yana kimdir ilm izlashga sarflaydi. Asarda mol -mulk hamma vaqt ham insonni baxtli qila olmasligini boylikdan boshqa narsalar ham borligi anglaymiz. Faxriyeva Nilufar Taqriz 8
✓Sulaymon alayhissalom. Chexov umrining so'ngi yillarida hayot tajribalari va to'plagan ilmlari asosida falsafiy "garov" hikoyasini yozgan. Avvaliga yoshlik qiziqqonligi ( va balkim pulga o'chlik ham) yosh yuristni garov o'ynashga chorlaydi.Lekin... U yillar davomida kitoblarni o'qishi asosida kamolga yetadi. Omonat dunyoning oniy ekanligini his qila boshlaydi.Injilni o'qiganida esa u olamdagi hamma jumboqlarni yechib bo'lgan ( u o'zini o'ldirgan(Rumiychasiga aytganda)), qafasdagi qush singari o'zining asl oshiyoniga intila boshlagan edi. Kamolga yetgan yurist "hayot shaydo"lari ustidan "kuladi" ,"osmonni yerga almashganlar"ga boqib hayratga tushadi.Lekin o'zining to'plagan bilimlaridan ham nafratlanadi. U to'xtaydi.Peshonasi devorga urilgan yo'lovchi kabi yo'lning adog'iga kelib qoladi. Bu asarni olti soniga o'xshatdim : kimdir oltini ko'rdi,kimdir to'qqizni. Sardor Ibodullayev Taqriz 9
Hikoyada qimorga oʻxshagan birja oʻyinlari , qimorlar , garovlar orqali XIX asrdagi rus nafaqat rus balki butun dunyoning ijtimoiy hayoti yoritib beriladi . Qiziqqon bankir va oʻzining nazariyasining haq ekanligini isbotlashga harakat qilgan yuristning umrbod qamoq yaxshimi yoki oʻlim jazosi kabi savollariga asoslangan garovi yurist hayotida juda katta oʻzgarishlarga sabab boʻladi . Bankirning bogʻiga oʻrnatilgan maxsus fligelda yurist 15 yil yashaydi va shu oʻn besh yil mobaynida odamlar bilan muloqat qilish , tashqariga chiqish kabi cheklovlar oʻrnatiladi . Lekin yurist uchun kitob oʻqish , vino , tamaki , musiqa asboblarini saqlash kabi ruxsatlar ham bor edi . Yurist dastlabki 1- yilda zerikish va yolgʻizlikdan qiynaladi . Ishqiy - sarguzasht , jinoyat , komediya , fantastika va shu kabi yengil - yelpi asarlar beriladi . 2- yilga kelib musiqasiz faqatgina klassik adabiyotlarni oʻqiydi . Yuristning uzlatdagi 5- yili esa kitob oʻqilmasdan , vino va tamaki bilan , lekin musiqa bilan oʻtadi . 6 - yildan esa badiiy asarlar qolib , til , falsafa va tarix kabi fanlarni oʻrganadi . 6ta tilni oʻzlashtirib , oʻsha zamondagi tilshunoslardan maqtov oladi . 10 - yildan keyin esa " Injil " ni oʻqishni boshlaydi . Bankirni esa 4yilda 600 tomdan oshiq asarlarni tugatgan insonning 1yilda ham Injilni tugata olmagani hayron qoldiradi . Injildan keyin esa dinlar tarixi va ilohiyot kabi kitoblarga ruju qoʻyadi . 13 - 15 - yillarda esa tabiiy fanlar, kimyo , tibbiyot , roman bilan bir qatorda Shekspir va Bayrondan mutolaa qilinadi . Soʻngi yildagi oʻqish jarayoni esa choʻkayotgan insonning xasga yopishib , tirik qolishga urinishiga o'xshatiladi. Yurist asar soʻngida toʻlanadigan 2milliondan voz kechadi . Chunki unga endi millionlarning ham , dunyo noz - ne'matlarining ham , shod - xurramlik va hayot lazzatining ham qizigʻi qolmagan edi. Uning fikricha bu dunyo abadiy emas va uning oxirida hamma oʻladi , hamma unutiladi . Yuristning fikrlashi notoʻgʻridek tuyuladi lekin aslida u haqiqatni gapiradi . Asarni har safar oʻqiganimda har xil xulosa olaman . Har safar oʻqiganimda boshqacha taʼsir qiladi . Har safar yangicha maʼno va har safar dunyoga yangicha dunyoqarash bilan qarashimga sababchi boʻladi . Menimcha Chexov yurist misolida barcha kitobxonlarning hayotini ochib bermoqchi boʻlgan . Shaxsan meni fikrim shunaqa . Yani hozir biz kitob oʻqishdan toʻxtamasak , mutolaani davom ettirsak va oʻzimiz bilishimiz kerak boʻlgan narsadan ham koʻpini bilsak , menimcha yuristning boshidan kechirganlarini boshimizdan kechiramiz . Biz ham musiqani sevamiz , tabiiy fanlarni oʻzlashtiramiz . Va menimcha bu bevafo dunyodan voz kechamiz . Asar qanaqadir injiq bankir va qaysar yurist yoki puldan voz kechgan , umrini koʻkka sovurgan odam haqida emas . Asar bilim olish , hayotning asl maʼnosini topish va hech narsa abadiy emasligi haqida . Asarni hammaga , barcha oʻquvchilarga oʻqishni tavsiya qilgan boʻlardim chunki har safar oʻqiganimizda boshqacha nigoh bagʻishlaydigan asarlar sirasiga kiradi . @dilnura_yuldosheva Download 15.07 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling