V. Ikki sonni ularning ayirmasi va ko`paytmasi bo`yicha topish.
Elementar masala. Ikki sonni ayirmasi 7 ga , ko`paytmasi esa 44 ga teng. Shu sonlarni toping.
Yechilishi: bu tipdagi masalalar ham yuqoridagi kabi usul bilan yechiladi, ya`ni ko`paytmani ko`paytuvchilarga ajratib, bu ko`paytuvchilar ichidan ayirmasi 7 ga teng bo`ladiganlarini tanlab olish bilan yechiladi.
Izlangan sonlar 4 va 7 dan iborat.
VI . Tezlikni aniqlash.
Elementar masala. Kema suvning oqimi bo`ylab soatiga 20 km, suvning oqimiga qarshi soatiga 15 km tezlik bilan yurdi. Suvning oqim tezligini toping.
Yechilishi: kemaning oqim bo`ylab tezligi, kemaning o`zining tezligi bilan oqim tezligining yig`indisiga teng bo`ladi; oqimga qarshi borgan vaqtdagi tezligi esa bularning ayirmasiga teng. Shundan ko`rinadiki, kemaning oqim bo`ylab yurgan tezligi bilan oqimga qarshi tezligi orasidagi farqi oqimning ikkilangan tezligiga teng.
Demak, suvning tezligi km bo`lar ekan.
1-masala. Qayiq turg`un suvdan soatiga 7 km dan suza oladi. U ikki punkt orasidagi masofani oqim bo`ylab suzib o`tish uchun oqimga qarshi suzganiga qaraganda marta kam vaqt sarf qiladi. Suv oqimining tezligini toping.
Yechilishi:
Do'stlaringiz bilan baham: |