Himoyaga ruxsat etaman” Markaz direktori Z. Mo’minov


XIV. Oxiridan boshlab yechiladigan masalalar


Download 0.72 Mb.
bet36/36
Sana20.09.2020
Hajmi0.72 Mb.
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   36

XIV. Oxiridan boshlab yechiladigan masalalar

Elementar masala. Yashikda bir qancha olma bor edi. Birinchi bola yashikdagi olmaning to`rtdan birini va yana 3 tasini olgan. Ikkinchi bola qolgan olmaning uchdan birini va 4 tasini oldi. Uchinchi bola qolganining yarmini va yana 6 tasini olgan. Shundan keyin yashikda 2 ta olma qolgan. Yashikda qancha olma bo`lgan va har bola qanchadan olma olgan?

Yechilishi. Bunday tipdagi masalalarni oxiridan boshlab yechish osonroq bo`ladi.

1) yashikda 2 ta olma qolgan, bundan oldin uchinchi bola 6 ta olma va undan ham oldin yashikda qolgan hamma olmaning yarmini olgan. Bundan ko`rinadiki, uchinchi bola yashikdagi olmaning yarmini olibdi. 8 olmaga (2+6=8) teng bo`lgan ikkinchi yarmi yashikda qolibdi. Demak, uchinchi bola 8+6=14 ta olma olgan va yashikda ikkita olma qolgan. Shunday qilib, ikkinchi bolada yashikda 16 ta olma qolgan edi.



2) ikkinchi bola 4 ta olma olgan, bundan keyin 16 ta olma qolgan. Demak, ikkinchi bola qolgan hamma olmaning ni olgandan keyin yashikda olmaning qismi yoki 20 dona olma qolgan. U hamma olmaning ni, ya`ni 10 ta olma va yana 4 dona olma – hammasi bo`lib, 14 dona olma olgan; bundan keyin 16 dona olma qolgan. Demak, birinchi boladan keyin 30 dona olma (14+16=30) qolgan.

3) birinchi bola uchta olma va bundan oldin yashikda bo`lgan hamma olmaning qismini olgan. U qismini olganda yashikda hamma olmaning qismi, ya`ni 33 olma (3+30=33) qolgan. U , hamma olmaning qismini, ya`ni 11 ta olma (33:3=11) olgan va yana 3 ta olma olgan, hammasi bo`lib, 14 ta olma olgan, yashikda esa 44 ta olma (114=44) bo`lgan.

Biz yuqorida klassifikatsiyalangan ayrim masalalarni yechilishining o`ziga xos yo`llarini ko`rib o`tdik. Bizning klassifikatsiyamiz shartli ekanligini e`tiborga olsak, ularning yechimlari ham turlicha bo`lishi mumkin.

Masalalarni arifmetik usulda yechishga o`rgatishdan ko`zlangan asosiy maqsad, o`quvchilarni mushohada yuritishga, ularni matematik ham yozma, ham og`zaki nutqlarini rivojlantirishdan iboratdir.

Bundan tashqari, masalalarni bu usulda yechish o`quvchilarda:

- konkret masalada uning matematik formasini tezda sezib ola bilishni;

- matematik masalalarni yechishda fikrlash jarayonining turg`unligini;

- matematik masalalarni aniq, ratsional ravishda intilishni

XULOSA.

Mavzu ustida olib borilgan ishlarimiz, pedamaliyotlarda bo`lgan davrda ilg`or o`qituvchilarning darslarini kuzatishlarimiz natijasida hosil qilingan ma`lumotlar quyidagi xulosalarni chiqarishga imkon beradi.

1. O`quvchi masala yechishda arifmetik usulga kirishganida, uning yechilishini tasavvur qilishdan boshlaganida, masalaga kirgan miqdorlar orasidagi asosiy bog`lanishni topishga bevosita duch keladi. Bu miqdorni hosil qilishga yordam beradigan miqdorni va tegishli matematik amallarni tasavvur qila olish, o`quvchilarning bundan keyingi ishlari shubhasiz ongli ravishda borishini ta`minlaydi.

2. So`zda tenglama ( savollar tarzida qo`yilgan ) tasavvuri o`quvchiga masala yechish rejasini tuzishga osonlik tug`diradi: masala bir necha soddaroq masalalarga ajraladi; bu sodda masalaning soni shu so`zli tenglamani tashkil etuvchi ma`noli « bo`g`in » larning soniga bog`liq bo`ladi.

3. Matnli masalalarni arifmetik usulda yechish jarayonida o`quvchilarga yechilgan masalaning syujetidan farq qiladigan yoki shu usul bilan yechiladigan masalalar tuzishni tavsiya etish dars samaradorligini yanada oshiradi. Chunki bu ish o`quvchilar uchun juda diqqat qilib mustaqil bajariladigan ijodiy ishdir. Bu xildagi topshiriqlar o`quvchining tafakkurini va nutqini o`stiradi.

4. o`quvchining masalalarni arifmetik usulda yechishga o`rgatishdagi ish bosqichlari quyidagilardan iborat bo`lmag`i kerak:

a) dastavval masalaning yechish rejasini savol tariqasida tuzish va bu savollarning sifatiga e`tibor berishga o`rgatish;

b) undan keyin har qaysi savolning hal qilinishini, nima uchun masalani yechishda u yoki bu amal tanlab olinganligini qisqacha mulohaza qilish bilan birga olib borishga o`rgatish;

v) o`quvchilar buni o`rganib olganlaridan keyin har bir oid savolni va u bilan bog`liq bo`lgan mulohazalarni bayon tariqasida tushintirishga o`tish;

g) nihoyat, masalaning yechilishi haqidagi alohida – alohida bayonlarni birlashtirib, ravon bayon qilib berishga o`rgatish va masala yechimiga kirishi.

5. Faqat tayyor ma`lumotlarga ega bo`lgan masalani emas, balki turmushdan olingan materiallar asosidagi masalani yechish ham muhimdir; bu ishni qiziqarli, turli – tuman va maqsadga muvofiq bo`lishni ta`minlaydi.

Umuman olganda masalalarni arifmetik masalalarni yechish jarayonida o`quvchilarni o`z bilimini ishlata bilishga, eskini yangi bilan solishtira bilishga, masalaning shartini o`zlashtirish, uni masala ustida qilinadigan ishlarni o`qish, eshitish, yozish, tasavvur etish, tushinish, esda saqlab qolish kabi ba`zi bosqichlarga o`rgatish kerak, so`ngra o`quvchilarni asta – sekin masala shartidagi miqdorlar orasida bo`lgan bog`lanishlarni topa bilishga o`rgatish va ularda murakkab masalalarni sodda masalalarga ajrata bilish malakasini oshirish kerak.

O`ylaymizki, bu ishlar amalga oshirilganda o`quvchilarning nutq madaniyati oshadi, ta`lim samaradorligini ta`minlaydi.



Yo’l xaritasi

__________________ tumanidagi № ___- o’rta ta’lim maktabida matematika fanini o’qitishdagi mavjud muammo va kamchiliklarni bartaraf etish bo’yicha belgilangan vazifalarni amalga oshirishga yo’naltirilgan “Yo’l xaritasi”




Mavjud muammo va kamchiliklar

Bartaraf

etish

mexanizmi

Mas’ullar

Amalga

oshirish

muddatlari

Kutilayotgan

natijalar

1

Matematika faniga oid ko’rgazma va ish qurollarining yetishmasligi.

Katta

hajmdagi

printer

keltirilishi

lozim

Maktab rahbariyati va fan o’qituvchilari

2020-2021 o’quv yillari

Dars samaradorligi oshadi, ko’rgazmalar orqali o’quvchilar yaxshiroq tushunadilar, vaqt tejaladi

2

Maktabda darslarning ikki smenada bo’lishi

Yangi o’quv binolari qurilishi lozim

Tuman hokimligi, XTB lar

Reja asosida

Dars samaradorligi oshadi, o’qituvchi bosim ostida dars bermaydi

3

To’garaklar o’tish uchun xonalar yetishmasligi

Yangi o’quv binolari qurilishi lozim

Maktab

ma’muriyati

Reja asosida

Dars

samaradorligi

oshadi

4

Fanga oid darslik uchun qo ’llanmalarning yo’qligi

O’qituvchi

uchun

metodik

qo’llanmalar

yaratish

Xalq ta’limi vazirligi, masul tashkilotlar

2020-2021 o’quv yili

Dars samaradorligi oshadi, o’qituvchi uchun yengillik bo’ladi



____________________ tumanidagi №___- o’rta ta’lim maktabida matematika fanini o’qitilishini rivojlantirish bo’yicha belgilangan vazifalarni amalga oshirishga yo’naltirilgan “Yo’l xaritasi”




Amalga oshirilishi rejalashtirilga n chora tadbirlar

Amalga

oshirish

mexanizmi

mexanizmi

Mas’ullar

Amalga

oshirish

muddatlar

i

Kutilayotgan

natijalar

1

Fanga oid turli masofaviy testlar va vikotrinalar o’tkazish

Yangi test variantlarin i ishlab chiqish

Fan metod birlashma raxbarlari va fan

o’qituvchilar

i

2020-2021- o’quv yili davomida

O’quvchilarning fanga bo’lgan qiziqishlari yanada oshadi,o’quvchila r ijtimoiy tarmoqlardan samarali foydalanadilar


FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO`YXATI:

1. O`zbekiston Respublikasining “Ta’lim to`g`risida”gi qonuni.

2. O`zbekiston Respublikasining “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi”.

3. I.A. Karimov. “Barkamol avlod orzusi”.T.1999y.

4. “O`rta maktabda masalalar yechish” / V – X sinf matematika o`qituvchilarining tajribalaridan. N. Nikitinning umumiy taxriri ostida.O`quvpeddavnashr,1956y.

5. Velikoslavinskiy A. “Arifmetik masalalarning asosiy tiplari va ularni yechish metodlari”. T. O`zbekiston Davlat nashriyoti. 1943y.

6. Стратилатов П.В. “Решения задач в курсе арифметики 5 – 6 классов средней школы”. М. Учпедгиз. 1963г.

7.Gasteva S.A. Krelshteyn B.I. Lyapin S.Ye. Shidlovskaya M.M. “Matematika o`qitish metodikasi”. T. O`rta va oily maktab nashriyoti. 1960y.

8. Berezanskaya Ye.S. “Arifmetikadan masalalar va mashqlar to`plami”. O`quvpeddavnashr. T. 1954y.

9. Ponomarev S.A. Sirnev N.I. “Arifmetikadan masalalar va mashqlar to`plami”. O`quvpeddavnashr. T. 1954y.

10. Нешков К.И. Семушин А.Д. Функции задач в обучении “Математика в школе”1971г. №3.

11. Фридман Л.М. О механизмах решения задач. “Вапросы психологии”1967г. №2.

12. Matematika – 5. Tayanch maktablari uchun o`quv qo`llanma./ prof. J. Ikromov taxriri ostida. T. O`qituvchi 1996y.

13. Matematika – 6 . Tayanch maktablari 6 – sinflari uchun o`quv qo`llanma. / Prof J. Ikromov taxriri ostida. T. O`qituvchi 1997y.

Foydalanilgan saytlar.

1. Elektron jurnal htt://www.arki.ru/magaz

2. To`liq matnli kutubxona htt://www.lib.ru

3. O`zMU htt://www.nuu.uz

4. O`zbekiston Respublikasi htt://www.gov.uz

5. Turli axborotlar htt://www.bilimdon.uz



6. O`zb Prezidentining istedod jamg`armasi htt://www.istedod.uz



Download 0.72 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   36




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2020
ma'muriyatiga murojaat qiling